Kimyoviy muvozanat siljishiga Le-Shatele printsipi




Download 0,97 Mb.
bet9/12
Sana26.12.2023
Hajmi0,97 Mb.
#128458
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Saodat

Kimyoviy muvozanat siljishiga Le-Shatele printsipi. O‘zgarmas tashqi sharoitda qaytar reaktsiya borayotgan sistemaning vaqt o‘tishi bilan ozgarmaydigan holatga kelishiga muvozanat holati deyiladi. Lekin tashqi sharoit ozgarganida muvozanat ham shunga qarab ozgaradi, yani yangi sharoitga mos yangi muvozanat holati qaror topadi. Har qanday muvozanat nisbiydir.
Kimyoviy reaktsiyalarning muvozanat holatiga temperatura, bosim va muvozanatda ishtirok etayotgan moddalarning kontsentratsiyasi tasir etadi. Agar bu faktorlarning birortasi ozgarsa, muvozanat buziladi, yani moddalarning muvozanat kontsentratsiyasi ozgaradi, jarayon va ozgargan tashqi sharoitga mos muvozanat qaror topguncha davom etadi. Tashqi sharoit tasirida muvozanat kontsentratsiyalarining ozgarishiga muvozanatning siljishi deyiladi. Muvozanat siljishi natijasida reaktsiya mahsulotlarining miqdori (kontsentratsiyasi) kopaysa, muvozanat chapdan unga (yani togri reaktsiya yonalishida), reaktsiya uchun olingan dastlabki moddalarning kontsentratsiyasi kopayganda esa muvozanat ongdan chapga (teskari reaktsiya yonalishida) siljiydi. Tashqi sharoit ozgarishi natijasida muvozanatning qaysi tomonga siljishi 1884 yilda tariflangan umumiy qoidaga Le-Shatele printsipiga boysunadi. Bu printsipga kora, agar muvozanatdagi sistemaga tashqaridan biror tasir korsatilsa, muvozanat shu tasirni yoqotish tomonga siljiydi.
1. Kontsentratsiya ozgarishining tasiri. Kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemadagi moddalardan birining kontsentratsiyasi oshirilsa, sistemada mumkin bolgan reaktsiyalardan shunday reaktsiya kuchayadiki, natijada kontsentratsiyasi oshirilgan modda sarf bo‘ladi.
Masalan: СО2 + Н2 = СО + Н2О tenglamasi bilan ifodalanadigan muvozanatdagi sistema berilgan bo‘lsa, bu sistemaga qushimcha СО2 berilsa, sistema СО2 kontsentratsiyasini kamaytirishga intiladi, ya‘ni kimyoviy muvozanat o‘ng tomonga siljiydi. Aksincha, agar SO2 ning miqdori kamaytirilsa, sistema uni kopaytirishga intiladi, yani kimyoviy muvozanat chap tomonga siljiydi.
2. Temperaturaning tasiri. Le-SHatele printsipiga muvofiq, agar muvozanatda turgan sistemaning temperaturasi ozgarsa temperatura kotarilganda sistemaning muvozanati issiqlik yutiladigan, temperatura pasayganda esa issiqlik chiqadigan jarayon tomoniga siljiydi.
Masalan: 2SO2 + O2 =2SO3 + 225, 4 kJ tenglama bilan ifodalanadigan muvozanatda turgan sistema olinsa SO3 ning hosil bo‘lishi ekzotermik reaktsiya bo‘lganligi uchun, Le – Shatele printsipiga muvofiq, temperatura oshirilganda SО3 ajraladi, ya‘ni muvozanat
2SO3 = 2SО22
reaktsiyasi tomonga siljiydi: aksincha, temperatura pasaytirilganda, SО2 bilan О2 birikib, SO3 hosil qiladi, yani muvozanat 2SO2 + O2 = 2SO3 reaktsiyasi tomonga siljiydi.

Download 0,97 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kimyoviy muvozanat siljishiga Le-Shatele printsipi

Download 0,97 Mb.