Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti




Download 0,97 Mb.
bet8/12
Sana26.12.2023
Hajmi0,97 Mb.
#128458
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Saodat

Muvozanat konstantasi. Reaktsiya unumini muvozanat konstantasi (k) deb atalgan kattalik bilan qayd etiladi. Sistemaning tabiatiga qarab bu kattalikning ifodasi turli xil korinishda boladi.
a) sistema gomogen bolib, u suyuqliklardan iborat bolsa, muvozanat konstantasi, odatda Кс bilan ifodalanadi.
b) sistema faqat gazlardan iborat bo‘lsa, muvozanat konstantasi, Кр – bilan ifoda etiladi.
Ko‘pgina reaktsiyalar bir xil sharoitda qarama-qarshi ikki tomonga boradi: dastlabki moddalardan turli mahsulotlar va mahsu-lotlardan dastlabki moddalar hosil boladi. Reaktsiya davom etgan sari, dastlabki moddalarning kontsentratsiyasi uzluksiz pasaya boradi, natijada massalar tasiri qonuniga muvofiq, togri reaktsiyaning tezligi ham kamayib boradi, mahsulotlar kontsentratsiyasi esa aksincha orta boradi, natijada teskari reaktsiyaning tezligi ham oshadi. Nihoyat shunday bir payt keladiki, bu vaqtdan boshlab togri reaktsiyaning tezligi teskari reaktsiyaning tezligiga tenglashadi: bu vaqtda muvozanat qaror topadi. Dastlabki moddalarning va mahsulotlarning kontsentratsiyasi ozgarishdan toxtaydi. Olingan moddalarning bir qismi reaktsiyaga kirishmasdan qoladi. Muvozanat qaror topgan vaqtda moddalar kontsentratsiyasi muvozanat kontsentratsiya yoki partsial bosim deyiladi. Gaz aralashmasida ayrim gazlarning bosimi, malum moddaning partsial bosimi deyiladi. Kimyoviy muvozanat holati, muvozanat konstantasi kattaligi bilan ifodalanadi.
Vodorod va yoddan vodorod yodid hosil bolish reaktsiyasi Н2+J2 → 2HJ ning tezligi reaktsiya uchun olingan moddalar kontsentratsiyalari ko‘paytmasiga proportsional bo‘ladi:
V1 = K1 [H2] [J2]
bu yerda K1 – to‘g‘ri reaktsiyaning tezligi konstantasi, [H2] [J2] – vodorod va yodning molyar kontsentratsiyasi
Vodorod yodidning hosil bo‘lishi bilan teskari jarayon boshlanadi, uning tezligi V2 vodorod yodid kontsentratsiyasiga proportsionaldir, ya‘ni
V2 = К2 [HJ]2
bu yerda К2 teskari reaktsiyaning tezlik konstantasi,
[HJ] – vodorod yodidning molyar kontsentratsiyasi.
Vaqt otishi bilan V1 kamayib, V2 ortib boradi, muvozanat vaqtida togri va teskari jarayonlarning tezligi tenglashadi. U holda V1 = V2 bolib, sistema kimyoviy muvozanat holatiga keladi.
Demak, kimyoviy muvozanatda harakat toxtamaydi, chunki bu holat bir-biriga qarama-qarshi borayotgan ikki jarayon tezliklarining tenglashish holatidir: V1 = V2 bolsa
2 ] [J2] = К2 [НJ]2
Bu tenglamada [Н2 ], [J2] va [НJ] – reaktsiyada ishtirok etayotgan moddalarning muvozanat kontsentratsiyasi (ya‘ni Н2 va J2 ning reaktsiyaga kirishmay qolgan kontsentratsiyalari bo‘lsa, НJ ning muvozanat qaror topganida hosil bo‘lgan kontsentratsiyasidir). Quyidagi ifoda

qiymati muvozanat konstantasi nomi bilan yuritiladi.


Demak, Н2+J2 =2НJ muvozanatining konstantasi:
bilan ifodalanib, bu tenglama ayni sistema uchun masalalar ta‘siri qonunini aks ettiradi. Agar sistemada
аА+вВ = сС+dD
tenglamasi bilan tasvirlanadigan muvozanat holati qaror topsa, uning konstantasi:
tenglama bilan ifodalanadi.
Bu ifoda massalar tasiri qonunining umumiy korishishi bolib, quyidagicha tariflanadi:
Kimyoviy muvozanat davomida reaktsiya mahsulotlari kontsentrat-siyalari kopaytmasining dastlabki moddalar kontsentratsiyalari kopaytma-siga nisbati ozgarmas temperaturada doimiy kattalikdir.
Км ning qiymati reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiati va temperaturasiga bog‘liq, lekin aralashmadagi moddalarning kontsentrat-siyasi, bosimi, begona qushimchalar ishtirok etish – etmasligiga bog‘liq emas.
Км ning qiymati qanchalik katta bo‘lsa, reaktsiya shunchalik ko‘p unum beradi. Shu sababli Км ni bilish kimyo va kimyoviy texnologiya uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega.

Download 0,97 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti

Download 0,97 Mb.