16. Bosh auditor quyidagilardan qaysi biri uchun ma’suldir?
А. Auditorlik jarayoni natijalariga tayyorgarlik, ularni amalga oshirish va
hujjatlashtirish
B. Auditorlik xulosasi tarkibiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan audit natijalari
to’g’risida auditorlik tashkiloti rahbarni xabardor qilish
С. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan joriy nazorat ishlarini tashkil etish va olib
borish
D. Auditorlik tekshiruvi rahbarini tayinlaydi va auditga yo’naltirilgan
mutaxassislar guruhini tuzadi
17. Moliyaviy hisobotning auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib
chiqish qaysi XAS bilan tartibga solinadi?
А. 250-XAS
B. 220-XAS
С. 530-XAS
D. 630-XAS
18. Qonunlar va me’yoriy hujjatlar to’g’risida umumiy tushuncha olish
uchun, odatda, auditordan quyidagilar talab qilinmaydi?
А. Kassani tekshirish
B. Sub’ekt faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan qonunlar va
me’yoriy hujjatlar to’g’risida rahbariyat bilan so’rovnoma o’tkazish
234
С. Sud da’volari va choralarini aniqlash, baho berish va hisobga olish bo’yicha
qabul qilingan siyosat va muolajalar to’g’risida rahbariyat bilan suxbat o’tkazish
D. Faoliyat qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligiga oid sub’ektning
siyosati va muolajalari to’g’risida rahbariyat bilan so’rovnoma o’tkazish
Tayanch tushunchalar
Moliyaviy hisobot auditining maqsadi, auditorning mijoz oldidagi xat-
majburiyati, oferta, tekshirish o’tkazishda shartnoma, biznesni bilish, auditning
ishchi hujjatlari, aldash va xato, auditor ishi sifati.
235
X BOB. AUDITNING ISHCHI STANDARTLARI
10.1. Auditorlik dalillar va ularni olish usullari
Auditorlik
tekshiruvi
davomida
auditor
chiqaradigan
qarorlarining
asoslanganligini ko’rsatish uchun dalil yig’adi. Tekshirish davomida yig’ilgan va
tahlil qilingan ma’lumotlar auditorning qaror qabul qilishi uchun asos bo’lib
xizmat qiladi va auditorlik dalillari deyiladi.
Auditorlik dalillari nafaqat auditorlarga, balki ushbu dalillardan asosiy
foydalanuvchilar qatoriga kiradigan korxona rahbariyati uchun ham juda zarur
hisoblanadi.
Korxona rahbariyati uchun axborotlar tarkibi mansabdor shaxslarning
bajaradigan funktsiyalariga qarab aniqlanadi. Masalan, korxona mulkdorlari,
ta’sischilari hamda rahbari uchun avvalo mablag’larning miqdori hamda likvidligi,
soliqqa oid munosabatlar, foydaning taqsimlanishi, dividendlarning hisoblanishi
kabi ma’-lumotlar zarur bo’ladi.
Menejerlar uchun esa asosan foydaning miqdori va me’yori, tannarx hamda
rentabellik, korxonaning to’lovga qobiliyatlilik darajasi kabi ma’lumotlar zarur.
Bevosita korxonadan moliyaviy manfaat mavjud tomonlarga auditorlik
xulosasi bilan tasdiqlangan tashkilotning moliyaviy hisoboti ishonchli
ma’lumotlari taqdim etiladi.
Boshqa tashqi foydalanuvchilarga soliq to’lovlari, byudjetdan tashqari
fondlarga ajratmalar xususidagi ma’lumotlar taqdim qilinishi mumkin.
Barcha tomonlarning axborotga bo’lgan talabini qondirish maqsadida auditor
korxona moliya-xo’jalik faoliyatini, uning moliyaviy hisobotini tekshiradi. Bunday
vaziyatda auditordan auditorlik dalillari va isbotlarini olish talab etiladi.
Auditorlik
tekshiruvi
davomida
yig’iladigan hujjatlarning miqdori
cheklanmagan. Auditor o’zining malaka talablaridan kelib, buxgalteriya
hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi isbot va dalillarning miqdorini mustaqil
holda belgilaydi.
Auditorlik dalillari, agarda hujjatlar va aktivlar, xususiy kapital va
majburiyatlarning haqiqiy holati bilan tasdiqlanganda, ishonchli hisoblanadi.
|