• moliyaviy hisobot tuziladigan sana
  •  Auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin, biroq moliyaviy hisobot




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet129/174
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #132887
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   174
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    11.2. Auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin, biroq moliyaviy hisobot 
    e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan hodisalar 
    Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin, biroq auditorlik xulosasi 
    imzolangunga qadar yoxud auditorlik xulosasi imzolangandan keyin, biroq 
    tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti e’lon 
    qilinadigan sanagacha yuz bergan hodisa va dalillar, shuningdek moliyaviy hisobot 
    e’lon qilingandan so’ng yuz bergan hodisalar uning mazmuni va to’g’riligiga ta’sir 
    ko’rsatgan taqdirda auditorlik tashkilotining harakatlarini aniqlash muhim 
    hisoblanadi. 
    «Kelgusi davr moliyaviy ma’lumotlarini o’rganish» nomli 560-son XASda 
    quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: 
    a) moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar (keyingi 
    hodisalar) - hisobot davri tugagan paytdan boshlab audi-torlik xulosasi 
    imzolanadigan sanaga qadar yuz bergan, shuningdek auditorlik xulosasi 
    imzolangandan keyin aniqlangan, tekshirilayotgan hisobot davriga taalluqli 
    bo’lgan va moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishni yoki unda axborotni oshkor 
    etishni talab etadigan hodisalar; 
    b) moliyaviy hisobot tuziladigan sana - hisobot davridagi oxirgi kalendar 
    kuni; 
    v) auditorlik xulosasi imzolanadigan sana - auditorlik xulosasida uni 
    imzolash chog’ida qo’yilgan sana, undan keyin, odatda, auditorlik tekshiruvi bilan 
    bog’liq axboriy materiallarga oid barcha tekshiruvlar to’xtatiladi, bu muddat 
    tugagach, auditorlik xulosasiga birorta ham tuzatish kiritilmaydi. 
    Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini moliyaviy hisobot tuziladigan 
    sanadan ilgari imzolay olmaydi; 
    g) moliyaviy hisobot taqdim etiladigan sana - xo’jalik yurituvchi 
    sub’ektning moliyaviy hisobotini amalda undan foydalanuvchilarga beriladigan 
    yoki bu hisobot qonun hujjatlarida belgi-langan tartibda e’lon qilinadigan sana. 


    308 
    Auditorlik xulosasini imzolash chog’ida auditorlik tashkiloti auditorlik 
    xulosasi imzolanadigan sanaga qadar moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim 
    bo’lgan, moliyaviy hisobotga tuzatish yoki qo’shimchalar kiritishni talab etadigan 
    barcha hodisalar u tomonidan lozim ravishda aniqlangani, baholangani va 
    tekshirilganiga amin bo’lishi kerak. 
    Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga yaqin qolganda 
    moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishni yoki unda axborotni oshkor etishni talab 
    etadigan hodisalarni aniqlash uchun mo’ljallangan taomillarni bajaradi. Bunday 
    taomillar, odatda, quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
    a) xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan belgilangan, keyingi 
    hodisalarni aniqlash imkoniyatini yaratuvchi taomillar sharhi; 
    b) hisobot davri tugaganidan keyin o’tkaziladigan aktsiyadorlar yig’ilishi, 
    direktorlar kengashi majlislari va ijroiya organining bayonnomalari bilan tanishib 
    chiqish hamda bayonnomalari hali tayyorlanmagan yig’ilishlarda muhokama 
    qilingan masalalarni oydinlashtirish; 
    v) pul mablag’lari smetalari, harakat prognozlari va rahbariyatning boshqa 
    tegishli hisobotlari bilan tanishib chiqish; 
    g) tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt yuridik xizmatining sud 
    muhokamalariga (agar ular o’rinli bo’lsa) taalluqli bo’lgan faoliyati bilan tanishib 
    chiqish; 
    d) tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga moliyaviy 
    hisobotga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan keyingi hodisalarga taalluqli savollar. 
    Bunday savollar quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
    `yo) dastlabki yoki tugallanmagan ma’lumotlar asosida hisobga olingan 
    moddalarning joriy holati; 
    j) yangi majburiyatlar qabul qilinganmi, yangi zayomlar olingan yoki 
    ajratilganmi, kafillik shartnomalari tuzilganmi; 
    z) aktivlarni sotish amalga oshirilganmi yoki rejalashtirilmoqdami; 
    i) yangi aktsiyalar yoki qarz majburiyatlari chiqarilganmi, sub’-ektni qo’shib 
    yuborish yoki tugatish to’g’risidagi bitimlar tuzilganmi yoki rejalashtirilmoqdami; 


    309 
    k) aktivlarni davlat daromadiga qaratish yoki ularning, masalan, yong’in yoki 
    toshqin natijasida nobud bo’lishi holatlari yuz berganmi; 
    l) mavjud xatarlar yoki shartli hodisalar bilan bog’liq qandaydir o’zgarishlar 
    yuz berganmi; 
    m) onda-sonda qo’llaniladigan qandaydir buxgalteriya tuzatishlari kiritilganmi 
    yoki ko’rib chiqilyaptimi; 
    o) moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan hisob siyosatining 
    o’rinliligiga shubha tug’diradigan biror-bir hodisalar yuz berganmi yoki yuz 
    berishi mumkinmi. 
    Agar bo’linmani boshqa auditor auditorlik tekshiruvidan o’tkazayotgan 
    bo’lsa, asosiy auditor boshqa auditor tomonidan bajariladigan keyingi hodisalarga 
    taalluqli 
    bo’lgan taomillarni baholashi, shuningdek boshqa auditorni 
    rejalashtirilayotgan auditorlik xulosasini imzolash sanasi haqida xabardor qilishi 
    lozim. 
    Agar auditor moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatuvchi hodisalar to’g’risida 
    xabar topsa, u mazkur hodisalarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini 
    tekshirishi lozim. 
    Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosalari 
    imzolangan sanadan keyin yuz bergan hodisalar uchun javobgar bo’lmaydi. Bunda 
    xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati auditorlik xulosasi imzolangan sanadan 
    keyin, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan 
    moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatuvchi hodisalar haqida auditorlik tashkilotiga 
    xabar berilishi uchun javobgar bo’ladi. 
    Agar auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyingi 
    davrda, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan 
    hodisalar haqida xabar topsa, u moliyaviy hisobot va auditorlik xulosasiga tuzatish 
    kiritish kerakligini aniqlashi, yuzaga kelgan muammolarni xo’jalik yurituvchi 
    sub’ekt rahbariyati bilan muhokama qilishi hamda bunday hodisalar moliyaviy 
    hisobotga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan holatlarda mazkur hisobotga tegishli 
    o’zgartirishlar kiritishni talab qilishi lozim. 


    310 
    Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati moliyaviy hisobotga o’zgartirish 
    kiritgan bo’lsa, ilgari tayyorlangan auditorlik xulosasiga havolani o’z ichiga olgan 
    yangi auditorlik xulosasini tayyorlash lozim. Bunda yangi xulosaga o’zgartirilgan 
    moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan oldingi sana qo’yilmasligi kerak. 
    Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati auditorlik tashkiloti talab 
    qilayotgan va jiddiy tusdagi tuzatishlar kiritilishini zarur deb topmasa, auditorlik 
    tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektni mazkur dalil haqida yozma ravishda 
    xabardor qilishi, o’zgartirishlar kiritilmagan taqdirdagi oqibatlar uchun 
    javobgarlikni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklashi hamda salbiy 
    auditorlik xulosasi tuzishi kerak. 
    Agar auditorlik xulosasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt (buyurtmachi)ga berilgan 
    bo’lsa, auditorlik tashkiloti buyurtmachini va (yoki) xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
    rahbariyatini sub’ekt moliyaviy hisobotni va unga doir auditorlik xulosasini 
    uchinchi shaxslarga taqdim etmasligi haqida yozma ravishda xabardor qilishi 
    lozim. 
    Agar moliyaviy hisobot uchinchi shaxslarga berilgan bo’lsa, auditor mazkur 
    uchinchi shaxslar auditorlik xulosasiga tayanmasligi uchun chora ko’rishi kerak. 
    Moliyaviy hisobot e’lon qilinganidan keyin auditorlik tashkiloti mazkur 
    moliyaviy hisobotga tegishli so’rovlar yo’nalishiga taalluqli hech qanday 
    majburiyatga ega bo’lmaydi. 
    Agar moliyaviy hisobot e’lon qilinganidan keyin auditorlik tashkiloti 
    tekshirilayotgan hisobot davriga tegishli bo’lgan hamda moliyaviy hisobotga 
    tuzatishlar kiritishni va unda axborotlarni oshkor qilishni talab etadigan hodisalar 
    haqida xabar topsa, auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni qayta ko’rib chiqish 
    zarurligi masalasini ko’rib chiqishi, uni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati 
    bilan muhokama qilishi va mazkur holatlarda maqsadga muvofiq bo’lgan chora-
    tadbirlar ko’rishi lozim. 
    Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati moliyaviy hisobotni qayta ko’rib 
    chiqayotgan bo’lsa, auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati 
    bilan birgalikda ilgari taqdim etilgan moliyaviy hisobot bilan auditorlik xulosasini 


    311 
    olgan barcha kishilarni yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor qilishga doir 
    tadbirlarni bajarishi hamda qayta ko’rib chiqilgan moliyaviy hisobot bo’yicha 
    yangi auditorlik xulosasini taqdim etishi kerak.
    Bunda yangi auditorlik xulosasi ilgari tayyorlangan auditorlik xulosasiga 
    havolani o’z ichiga olishi va qayta ko’rib chiqilgan moliya-viy hisobot tuzilgan 
    sanadan oldingi sana qo’yilmasligi lozim.
    Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ilgari taqdim etilgan moliyaviy 
    hisobot va auditorlik xulosasini olgan barcha kishilarni yuzaga kelgan vaziyat 
    haqida xabardor qilish uchun zarur chora-tadbirlarni ko’rmayotgan va moliyaviy 
    hisobotni qayta ko’rib chiqmayotgan bo’lsa, auditor uni qayta ko’rib chiqishni 
    zarur deb hisoblagan holda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatini uchinchi 
    shaxslar auditorlik xulosasiga tayanmasliklari uchun auditor chora-tadbirlar 
    ko’rishi to’g’risida xabardor qilishi lozim. 
    Kelgusi davr uchun moliyaviy hisobotni e’lon qilish sanasi yaqin-lashayotgan 
    bo’lsa, yangi hisobotda tegishli axborot oshkor qilinishi sharti bilan, moliyaviy 
    hisobotni qayta ko’rib chiqish va yangi auditorlik xulosasi berishga zarurat 
    tug’ilmasligi mumkin. 
    Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin yuz bergan hodisa va dalillarga doir 
    auditorlik tashkilotining barcha harakat va qarorlari majburiy tartibda auditorning 
    ish hujjatlarida aks ettirilishi kerak. 

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   174




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin, biroq moliyaviy hisobot

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish