natijalari tahlilini qaysi hujjatda aks ettiradi?
А. Auditorning ishchi hujjatlarida
B. Auditorlik hisobotida
С. Auditorlik xulosasida
D. Auditorlik shartnomada
23. Tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda
tanlanish ehtimolining ta’minlanishi nima deb ataladi?
А. Reprezentativlik
B. Ekstrapolyatsiya
С. Dispersiya
D. Stratifikatsiya
303
24. «Auditni rejalashtirish» nomli XASga binoan auditni rejalashtirish nechta
bosqichdan tashkil topadi?
А. 3 ta bosqichdan
B. 2 ta bosqichdan
С. 4 ta bosqichdan
D. 5 ta bosqichdan
Tayanch tushunchalar
Auditorlik dalillar, auditorlik tanlash, statistik tanlash, auditorlik tekshiruvini
rejalashtirish, auditda muhimlik darajasi, auditda tavakkalchilik darajasi,
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash, ma’lumotlarning kompyuter
ishlovi sharoitida audit, buxgalteriya baholarining auditi, bog’liq tomonlar, asosiy
auditor, boshqa auditor, ichki audit.
304
XI BOB. AUDITNING HISOBOT VA MAXSUS STANDARTLARI
11.1. Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa ma’lumot
Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa ma’lumotga quyidagilar kirishi
mumkin:
Ijroiya organi raisi yoki ish boshqaruvchisining xati;
Moliya hisobotlari va ichki nazorat uchun uning mas’ulligi xususida
ma’muriyatning bayonoti;
Asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar;
Quyidagilarning moliyaviy sharhi:
a) kapital qo’yilmalar;
b) texnik qarash va kapital ta’mirlash, reklamaga, shuningdek, tadqiqot va
ishlanmalarga doir foydalanish xarajatlari;
Tushuntirish yozuvlari;
Moliyaviy ma’lumotlarni ochib beradigan chizmalar, jadval va grafiklar.
Boshqa ma’lumot va tekshirilgan moliyaviy hisobotlarini o’z ichiga olgan
hujjatni auditor o’qishi kerak. Hujjatni o’qiyotgan auditor xo’jalik yurituvchi
sub’ektning faoliyati va moliyaviy ahvolini yaxshi bilishi, audit paytida aniqlangan
muammolardan xabardor bo’lishi shart.
Auditor boshqa ma’lumotni tekshirilgan moliya hisobotlari bilan
taqqoslashdan tashqari raqamli ma’lumotlarni qayta sanaydi, ularni ish
qog’ozlaridagi raqamlar bilan solishtiradi. Agar boshqa ma’lumot moliya
hisobotlariga kiritilgan ma’lumotlarni o’z ichiga olsa, bunday ma’lumotlar
tekshirilgan moliya hisobotlaridagi ma’lumotlar bilan taqqoslanishi kerak.
Boshqa ma’lumotda tilga olingan barcha ko’rsatkichlar tekshirilgan moliya
hisobotlari asosida qaytadan sanab chiqiladi. Yangidan sanab chiqilgan
ma’lumotlar boshqa ma’lumotdan olingan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanishi kerak.
Boshqa ma’lumot moliya hisobotlarining, masalan, sotilgan mahsulot
tannarxi, savdo chiqimlari va umumiy boshqaruv xarajatlari to’g’risidagi
ma’lumotlarini tasdiqlaydigan tushuntirish yozuvlarini o’z ichiga olishi mumkin.
305
Ana shu tushuntirish yozuvlarining ayrim qismlari auditor ish qogozlaridagi
kengaytirilgan qoralama balans ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Agar boshqa ma’lumotni o’rganayotganda auditor ana shu ma’lumot bilan
tekshirilayotgan moliya hisoboti o’rtasida jiddiy zid kelishni aniqlasa, auditor
moliya hisoboti yoki boshqa ma’lumot tuzatilishi kerakmi yoki yo’qligini
belgilashi kerak.
Agar tekshirilayotgan hisobotga tuzatish kiritish zarur bo’lsayu, xo’jalik
yurituvchi sub’ekt tuzatishlarni o’z moliya hisobotiga kiritishdan bosh tortsa,
auditor shak-shubhasiz ijobiy xulosadan farq qiluvchi xulosa tuzishi kerak.
Agar boshqa ma’lumot tuzatishga muhtoj bo’lsayu, xo’jalik yurituvchi
sub’ekt unga tuzatishlar kiritishdan bosh tortsa, auditor auditorlik xulosasiga
aniqlangan jiddiy zid kelish bayon etilgan xatboshini kiritish masalasini ko’rib
chiqishi yoki boshqa choralar ko’rishi shart. Ko’rilgan choralar, masalan, dastlabki
auditorlik xulosasidan farqlanadigan yangi xulosa tuzish yoki fikrini ifodalashdan
bosh tortish, alohida holatlarga, zid kelish tabiati va muhimligiga bog’liq bo’ladi.
Auditor yuzaga kelgan vaziyatda bundan keyin nima qilish xususida tavsiyalar
olish uchun yuristga murojaat qilishi kerak.
Jiddiy
zid
kelishlarni
aniqlash
maqsadida
boshqa
ma’lumotlarni
o’rganayotgan auditor faktlarni jiddiy buzishlarga duch kelishi mumkin.
Mazkur standart nuqtai nazaridan olganda “faktlarni jiddiy buzishlar”, agar
tekshirilayotgan moliya hisobotida taqdim qilingan masalalarga taalluqli
bo’lmagan bunday ma’lumot noto’g’ri taqdim etilgan bo’lsa, mavjud deb
hisoblanadi.
Agar auditor boshqa ma’lumotda faktlarni jiddiy buzishlar borligini aniqlasa,
u ana shu masalani xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan birga muhokama
qilishi kerak. Masalani rahbariyat bilan muhokama qilayotganida auditor har doim
ham boshqa ma’lumotning va auditor so’rovlariga rahbariyat javoblarining
asosliligini baholashi mumkin emas va mulohazalar hamda fikrlar o’rtasida
haqiqatan ham farq bor-yo’qligini ko’rib chiqishi kerak.
306
Auditor shubhasiz faktlar jiddiy buzilgan deb hisoblagan taqdirda u
rahbariyatdan xo’jalik yurituvchi sub’ekt yuristi singari malakali uchinchi tomon
bilan maslahatlashishni iltimos qilishi va olingan javobni tahlil qilishi shart.
Agar auditor boshqa ma’lumotda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati
tuzatishdan bosh tortayotgan faktlar buzilishi mavjud degan xulosa chiqarsa,
auditor o’zining nuqtai nazarini yozma shaklda ijroiya kengashiga ma’lum qilishi
va keyingi tadbirlari xususida o’z yuristi bilan maslahatlashib olishi kerak.
Hech qanday boshqa ma’lumotdan auditorlik xulosasi tuzilgunga qadar
auditor foydalana olmagan taqdirda u boshqa ma’lumot bilan moliya hisoboti
muvofiq kelmasligining muhimlik darajasini belgilash uchun boshqa ma’lumotni
iloji bo’lgan eng qisqa muddatlarda o’rganishi kerak bo’ladi.
Agar boshqa ma’lumotni o’rganarkan, auditor jiddiy zid kelishlarni belgilasa
yoki faktlarni ochiqdan-ochiq jiddiy buzishlarni aniqlasa, u moliya hisoboti va
boshqa ma’lumotni qaytadan ko’rish kerakligi yoki kerak emasligini belgilashi
kerak.
Tekshirilayotgan moliya hisobotini qayta ko’rib chiqish taqozo etiladigan
taqdirda “Balans tuzilgan sanadan keyingi voqealar” standarti qoidalariga amal
qilish lozim.
Boshqa ma’lumotni qayta ko’rib chiqish zarur bo’lgan va xo’jalik yurituvchi
sub’ekt uni amalga oshirishga rozi bo’lgan hollarda auditor holatlar bo’yicha
rusum-qoidalarni bajarishi shart. Rusum-qoidalarga ilgari chiqarilgan moliya
hisoboti, auditorlik hisoboti va boshqa ma’lumot foydalanuvchilariga o’zgarishlar
to’g’risida ma’lum qilinganiga ishonch hosil qilish uchun rahbariyat amalga
oshirgan tadbirlar sharhi kiritilishi mumkin.
Boshqa ma’lumotni qayta ko’rib chiqish zarur bo’lgan, lekin rahbariyat qayta
ko’rishni amalga oshirishdan bosh tortadigan hollarda auditor tegishli harakatlar
amalga oshirilishi mumkinligini ko’rib chiqishi shart. Bunday harakatlarga
auditorda shubha uyg’otadigan boshqa ma’lumotga doir masalalarda xo’jalik
yurituvchi sub’ekt rahbariyatini yozma shaklda xabardor qilish, shuningdek,
yuridik maslahat olish kabi tadbirlar kiritilishi mumkin.
|