TUG’RUQDA HAMSHIRANING PARVARISHI VA VAZIFASI
REJA:
1. Tug’ruq tushunchasining tahlili.
2. Tug’ruqning boshqarilishi.
3. Tug’ruq davrlari
4. Tug’ruqning klinik kechishi
5. Tug’ruqni olib borish.
Tug’ruq boshlanishining asosiy sabablari. Tug’ruqning boshlanish
sabablarini tushuntiradigan nazariyalar Gippokrat davridan boshlangan.
Homiladorlik normal kechganda homila taraqqiyoti to’xtagandan keyin
bachadon muskullari ritmik ravishda qisqara boshlaydi, bu tug’ruq dardining
boshlanishidir. Tug’ruqning fiziologik xususiyati shuki, homilaning rivojlanish
davri tamom bo’lishi bilan homila jinsiy yo’llar orqali tug’iladi. Ba’zi patologik
holatlarda homila taraqqiyoti oxiriga yetmasdan chala, vaqtidan ilgari tug’iladi.
Ba’zi hollarda homila jinsiy a’zo orqali tug’ila olmaydi (bunga homilaning
ko’ndalang kelishi, chanoqning tor bo’lishi va boshqa patologik holatlar sabab
bo’ladi). Natijada homila operatsiya qilib tug’diriladi (kesarcha kesish, qisqich
qo’yish, homilani maydalab olish va boshqalar).
Ayollar bachadoni hayz boshlanishi bilan u to’xtaguncha (menopauza)
vaqti-vaqti bilan qisqarib turadi. Lekin bu qisqarish unchalik kuchli bo’lmaydi.
Bachadon qisqarishi homiladorlikning turli muddatlarida turlicha: kuchli yoki
kuchsiz bo’ladi. Chunki u neyrogumoral apparatning boshqarishiga bog’liq
bo’lib, homiladorlikning normal kechishini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi.
Tug’ruq jarayoni bachadonning ma’lum ritmda qisqarishidan boshlanadi.
Bachadon muskullarining qisqarishi har 8—15 minutda takrorlanib, 25—35
sekund davom etadi, to’lg’oq oralig’idagi muddat asta-sekin kamayib boradi,
har 4-5 minutda qaytarilib, 45—50 sekund davom etadi. Bundan tashqari,
qisqarish kuchi ham osha boradi, buni maxsus apparatlar yordamida oson
aniqlash mumkin.
Bachadonning nerv sistemasida simpatik va parasimpatikbo’limlar, somatik
(sezuvchi) nervlar bo’ladi. Bu bachadonning biologik xususiyatidir. Bachadondagi
nervlar markaziy nerv sistemasi impulslari ta’sirida homiladorlikning normal
taraqqiyotini ta’minlaydi. Somatik nervlarning ahamiyati unchalik katta emas,
orqa umurtqa miya falajida refleks yo’li kesilgan bo’lishiga qaramay, ayol
homilador bo’lishi, u normal kechishi, tug’ruq og’riqsiz o’tishi kuzatilgan (10.1.-
rasm).
1.-rasm. Dardni boshqarish sxemasi. To’g’ri chiziq — aktivatsiya
(stimulyatsiya),
punktirli chiziq — bosilish: α —α-adrenoretseptorlar; β — β-
adrenoretsep-torlar; μ — μ-xolinoretseptorlar.
Ayollarda jinsiy a’zolar funksiyasida spesifik estrogen va progesteron
gormonlarining o’rni katta. Tuxumdondagi follikuldan estrogen, sariq tanadan esa
progesteron gormoni ajraladi. Homiladorlikda bu gormonlarni yo’ldosh
to’qimalari ajratadi. Hozircha xorion hujayralarining qaysi biri bu gormonlarni
ajratishi aniq emas. Homiladorlikning oxirida estrogen, progesteron gormonlar
bachadonda bir qator fiziologik o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Bu o’zgarishlar
bachadonning tug’ish jarayonida normal qisqarishiga yordam beradi. Tug’ish
jarayonida bachadon muskullari va homilador organizmidagi o’zgarishlarda
muhim bo’lgan omillar hali to’la o’rganilgan emas. Ammo ayrim omillar bu
masalani hal qilishda ma’lum vazifani o’tashi maqsadga muvofiqdir.
Ko’pchilik mualliflarning fikricha, bachadon muskullarining qisqarish
xususiyati bachadondagi moddalar almashinuvi bilan chambarchas bog’liqdir. N.
S. Baksheev laboratoriyasida olib borilgan ishlar shuni ko’rsatadiki,
bachadondagi biokimiyoviy jarayonlar ayol organizmining funksional holatiga
bog’liqdir.
Bachadon muskul to’qimasining moddalar almashinuvidagi asosiy
ko’rsatkichlari fosforlanish jarayoniga bog’liq. Bu jarayon bachadon muskullarida
energiyaga boy (mikroenergetik fosforlar), muskullarning fermentli oqsili
vaqisqaruvchi fraksiyalar hamda ularning qisqarishi uchun ahamiyatli elektrolitlar
to’planishiga imkon beradi. Elektrolitlardan Sa
++
zarurdir. Homilador bo’lmagan
ayolning bachadon muskullarida moddalar almashinuvi sust bo’lib, energetik
moddalar kam bo’ladi. N. S Baksheevning ko’rsatishicha, homilador bo’lmagan
ayol bachadonining muskul to’qimasida glikogen o’rta hisobda 50-60 mg %,
adenozintrifosfat kislota (ATF) 14,5 mg%, fosfokreatin 1,4 ml % ni tashqil qiladi.
Bachadon muskullaridagi umumiy oqsilning yarmisi uncha faol bo’lmagan
qo’shimcha to’qima proteinidan iborat. Bunda oqsillarning bachadon qisqarishini
(kontraktil) ta’minlovchi guruhi (aktomiozin) oqsil substraktining 3-4% ini tashqil
qiladi. Buning konsentratsiyasi miometriyning funksional holatini belgilaydi.
Fermentli oqsillar umumiy oqsilning 25% ini tashqil qiladi, bu bachadon muskullari
metabolizmi darajasini ko’rsatadi. Homiladorlikda oksidlanish jarayonining
faolligi oshadi, deyarli kam energiya beradigan anaerob glikoliz kamayadi.
Bachadonda oksiddanish jarayoni homila o’sgan sari oshib, tug’ish
vaqtida 4 barobar ko’payadi. Agar homiladorlik muddati ortishi bilan glikoliz
jarayoni dinamikada kam o’zgarsa, bu anaerob glikoliz tomoniga o’zgaradi.
Tug’ruqda aerob glikoliz energiyaniig ko’proq vujudga kelishiga sharoit
yaratadi. Bu energiya bachadon qisqarishini ta’minlaydi.
Homiladorlikning oxirida bachadon muskullarida glikogen miqdori
homiladorlikdan oldingi miqdoridan 12 barobar ortiq bo’ladi. Fosforlanishni
ta’minlovchi birikmalardan biri fosforkirotin 2,5 barobar oshadi. Tug’ish jarayoni
yaqinlashganda bachadon muskullarining sut kislotasi yarmiga kamayadi,
anaerob glikoliz faolligi kamayib oksidlanish jarayoni oshadi. Homiladorlik
oxirida bachadon muskullarida umumiy oqsil 40% ga ortadi.
Jinsiy gormonlarning bachadonni tug’ishga tayyorlanishda va tug’ish
jarayonining boshlanishida ahamiyati kattadir.Homiladorlik boshlanishi bilan
ayol organizmida jinsiy gormonlar, asosan estrogen gormonlar ortib boradi. Bu
gormonlar homilaning normal rivojlanishini, bachadonda va umumiy
organizmdagi o’zgarishlarning normal kechishini ta’minlaydi. Homiladorlikning
birinchi yarmida progesteronning ahamiyati katta, keyinroq esa estrogenlar
orta boradi. Bu gormonlar bachadonning o’sishi uchun ahamiyatli bo’lib,
aktomiozin sintezi, glikogen va fosfor birikmalari hamda oqsil fermentli
fraksiyasining oshishiga imkon beradi.
Homiladorlarning tug’ishga tayyorligini aniqlash. Homiladorning tug’ishga
tayyorligi asosan bachadonning qisqarish xususiyati va bachadon bo’yni
xususiyatlariga qarab aniqlanadi. Bachadon muskullarining qisqarish
xususiyatini qo’l va maxsus apparatlar yordamida aniqlash mumqin.
I. «Yetilmagan» bachadon bo’yni.
Bachadon bo’ynining qattiqligi yoki yumshoqligi aniqlanadi
Bachadon bo’yni kanalining tashqi teshigi berk yoki barmoq uchi sig’adi.
Bachadon bo’yni saqlangan yoki 4 sm dan ko’p qisqarmagan.
Bachadon bo’ynining pastki segmenti yupqalashgan, ammo
yumshamagan.
Bachadon bo’yni qalin, devorining qalinligi 2 sm gacha.
Bachadon bo’yni chapga va orqaga qaragan.
II. Bachadon bo’yni «yetilgan»
Bachadon bo’yni yumshagan.
Bachadon bo’ynining qin qismi 2 sm va undan kam qisqargan.
Bachadon bo’yni kanali bir barmoq ochiq chanoq o’qi bo’yicha joylashgan.
Qin gumbazi orqali oldinga keluvchi qismi aniq bilinadi.
Bachadon bo’ynining qalinligi 0,5 sm.
Bachadon bo’yni chanoq o’qi bo’yicha joylashgan.
III. Bachadon muskullarining oksitotsinga sezgirligi (Smitning oksitotsin
belgisi) ni aniqlash uchun:
Homilador 15-20 minut yotqizib qo’yiladi.
500 ml 5% li glyukozaga 1 ml 5 birlikda oksitotsin qo’shiladi (0,01 birlik
oksitotsinga 1 ml glyukoza hisobida).
Tayyorlangan eritmadan 5 ml ni 1minutda 1ml dan quyiladi.
Bachadon qisqarishini paypaslab yoki gisterograf yordamida aniqlanadi.
3 minutdan keyin bachadon qisqarsa, ijobiy hol hisoblanadi, oksitotsin ukol
qilingandan so’ng 2 kun davomida tug’ruq boshlanadi.
Tug’ruq 3 kun davomida boshlanmasa salbiy hol hisoblanadi, bunda
tug’ruqni tezlatadigan boshqa usullardan foydalanish kerak bo’ladi.
Tug’ruq.Tug’ruq davrlari
Bachadonda oksidlanish jarayoni homila o’sgan sari oshib, tug’ish vaqtida
4 barobar ko’payadi. Agar homiladorlik muddati ortishi bilan glikoliz jarayon
dinamikada kam o’zgarsa, bu anaerob glikoliz tomoniga o’zgaradi. Tug’ruqda
aerob glikoliz energiyaning ko’proq vujudga kelishiga sharoit yaratadi. Bu
energiya bachadon qisqarishini ta’minlaydi.
Homiladorlikning oxirida bachadon muskullarida glikogen miqdori
homiladorlikdan oldingi miqdoridan 12 barobar ortiq bo’ladi. Fosforlanishni
ta’minlovchi birikmalardan biri fosfokarotin 27g barobar oshadi. Tug’ish jarayoni
yaqinlashganda bachadon muskullarining sut kislotasi yarmiga kamayadi,
anaerob glikoliz faolligi kamayib oksidlanish jarayoni oshadi. Homiladorlik oxirida
bachadon muskullarida umumiy oqsil 40% gaortadi.
Jinsiy gormonlarning bachadonning tug’ishga tayyorlanishida va tug’ish
jarayonining boshlanishida katta ahamiyati bor. Homiladorlik boshlanishi bilan
ayol organizmida jinsiy gormonlar, asosan estrogen gormonlar ortib boradi. Bu
gormonlar homilaning normal rivojlanishini, bachadonda va umumiy
organizmdagi o’zgarishlarning normal kechishini ta’minlaydi. Homiladorlikning
birinchi yarmida progesteronning ahamiyati katta, keyinroq esa estrogenlar orta
boradi. Bu gormonlar bachadanning o’sishi uchun ahamiyatli bo’lib, aktomiozin
sintezi, glikogen va fosfor birikmalari hamda oqsil fermentli fraksiyasining
oshishiga imkon beradi.
Hayvonlarda qilingan tajribalarning ko’rsatishicha, nervlar tuzilmalarisiz
bachadon muskullari qisqarmaydi. Tug’ishdan bir oz oldin nerv tuzilmasi orqaga
taraqqiy qilib, ayolda ortiqcha og’riq bo’lmaydi. Bunga sabab nerv tolalari
tuzilmasi kamayganida organik impulslar ham kamayadi. Bu bachadonning
fiziologik holati, uning tug’ish jarayoniga tayyorligi ko’rsatkichidir.
Estrogenlar ATF faolligini oshiradi, ular bachadon mushaklarining qisqarishiga
spesifik ta’sir qiluvchi oksitotsinni parchalovchi oksitotsinaza ta’sirini susaytiradi.
Bachadon nerv va muskul apparatining oksitotsinga sezgirligini oshiradi, natijada
bu a’zoning qisqarishini birdaniga oshirib yuboradi.
Progesteron esa bachadon nerv-muskul apparatining qo’zg’alishini
susaytiradi, oksitotsinga nisbatan sezgirligini kamaytiradi. Progesteron ayniqsa
homiladorlikning birinchi, ikkinchi uch oyligida bachadon muskullari birdaniga
qisqarishini to’xtatadi. Uchinchi uch oylikda esa uning bachadon muskullariga ta’siri
birmuncha kamayadi. Tug’ruq yaqinlashgan sari bachadon mushaklari
estrogenga sezgir bo’lib qoladi.
Homiladorlikning uchinchi oyida hamda o’tibketgan (41-42haftalik)
homiladorlikda tug’ruq dardini sinestrol yoki estradiol bilan qo’zg’atish
mumkin. Bachadon muskul hujayralari estrogen gormoni ta’sirida qisqarishga
tayyorlanadi. Uning nerv sistemasining qo’zg’alish mediatorlari — asetilxolin va
serotoninga nisbatan sezgirligi oshadi. Homiladorlik oxirida serotonin tobora
ko’p yig’ilib boradi.
Serotonin kalsiyning hujayralarga o’tishiga, kalsiy bilan ATF ning
qisqartiruvchi oqsil moddasiga ta’sir etishiga va bachadon muskullarining
qisqarishiga yordam beradi.
Kalsiy nerv impulslarini markaziy nerv sistemasiga o’tkazadi. Estrogenlar va
serotonin bu jarayonlarda sinergistlar hisoblanadi. Kalsiy va magniy ATF li
aktomiozinga va suvda eriydigan ATF mitoxondriyga aktivator sifatida ta’sir
qiladi.
Kalsiy ioni serotonin bilan birga hujayralar membranasining bir qator
elektrolitlarini o’tkazish xususiyatini oshiradi, natijada qisqarish mexanizmining
bir qismi bo’lib qoladi.
Elektrolitlar gumoral omillar -asetilxolin, oksitotsin va gistaminlarning silliq
muskulga ta’siri uchun zarur. Hujayralardagi elektrobiologik tekshirishlar
natijasida birmuncha yangi omillar topildi, ular asosida bachadon muskul
to’qimasining birdaniga qo’zg’alishida jinsiy gormonlarning vazifasiga doir
nazariyalar ishlab chiqildi. Hujayralar membranasiga natriyga nisbatan kaliy
oson o’tadi, natijada natriy ioni ko’pincha membrana sathida qoladi.
Homiladorlikda qisqarmayotgan muskul hujayralarda kaliy bilan natriy nisbati
2:9 ga tengligi aniqlangan. Kaliy bilan natriyning bunday muvozanati muskul
hujayralarining qisqarishini qo’zg’atishga qodir emas. Buning uchun hujayralar
oralig’idagi kaliy kamayishi kerak. Hujayralar membranasidagi bu elektrik
potensiallarning har xil bo’lishi membranalar potensiali deb ataladi.
Muskul hujayralarining qisqarishga tayyorligi tinchlik potensialining
kamayishi (hujayralarda potensial deyarli kamayadi) bilan bog’liqdir. Bunda hujayra
membranalariga natriy ionining o’tishi ortadi (500 marta) va kamrog’i esa
hujayralardan chiqadi, buning natijasida vujudga kelgan elektrik oqim ATF
energiyasini bo’shatib muskul tolalari bo’yicha tarqaladi, aktimiozinning ko’p
qismi qisqarishga sarflanadi, bir qismi esa membrana hujayralari zaryadlarining
tiklanishiga ketadi. Membranalar potensiali muskullar bo’shashuvi bilan tiklanadi.
Bachadon qisqarish belgilari.
Har tomonlama tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, bachadon muskullarining
qisqarishida estrogen va progesteronlarning roli katta. Xususan bachadonning
yo’ldoshga yopishgan devori boshqa qismlariga nisbatan ancha yuqori
membrana potensialiga ega. So’nggi tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, agar
homiladorlikda progesterondan ukol qilinsa, bachadonning yo’ldosh
yopishmagan sathida ham xuddi yopishgan joyidagi kabi membrana potensiali
oshadi. Estrogen gormonlari ta’sirida muskul hujayralari birdaniga qisqaradi va
farmakologik sezgirligi oshadi. Muskul hujayralarida elektr zaryadlarning ayrim
tartibda
tarqalishi
natijasida
«qo’zg’alish»
to’lqini
bachadon
muskullarininghammasiga tez tarqaladi (10.2.-rasm).
Elektrofiziologik tekshirishlardan aniqlanishicha, bachadon muskullarining
normada qo’zg’alishi bachadon tubi yoki uningburchaklaridan, xususan o’ng
burchagidan boshlanib, tezda uning hamma qismiga tarqaladi. Bachadon
qo’zg’alishi boshlanadigan joyi «qisqarish ritmini boshqaruvchi» deb ataladi.
Intensivligi
43 mm.sim.ust.
Soni 4 qisqarish/
10daqiqada
Bachadon faolligi
172 YeM
Uchlik gradienti (sxemasi).
Ba’zi mualliflar qo’zg’alish bachadonning pastki segmentidan boshlanib,
yuqoriga tarqaladi, degan nazariyani oldinga suradilar. Ammo qo’zg’alish
bachadonning bir necha qismlaridan boshlansa, patologik holat hisoblanadi,
bu bachadon muskullarining noto’g’ri qisqarishiga olib keladi. Bunda bachadon
segment-segment bo’lib qisqaradi, tug’ish jarayoni og’irlashadi. Homiladorlik
boshlanishi bilan, ayniqsa uning oxirgi haftasida markaziy nerv sistemasi (miya
po’stlog’i, bosh miya) ning funksional jihatdan qayta qurilishi ro’y beradi,
bachadon muskullarida esa bioenergetik jarayonni oshiruvchi moddalar
yig’iladi.
Tug’ruq kechishi 3 jarayonga bog’liq :1-tug’ruq yo’llari; 2-tug’ruq
haydovchi kuchlar; 3- homila va uning yo’ldoshi.
Tug’ruq yo’li chanoq suyagi va yumshoq tug’ish yo’llaridan iborat bo’ladi.
Ma’lumki, kichik chanoq suyagi bo’shlig’ining har bir qismi o’zining shakli va
o’lchovlari bilan bir-biridan farq qiladi. Kichik chanoq kirish qismi oval shaklda
bo’lib, ko’ndalang o’lchovli diametri bilan boshqa o’lchovlardan farq qiladi.
Kichik chanoq bo’shlig’i deyarli dumaloq shaklda bo’lib, u keng va tor bo’limdan
iborat.
Kichik chanoqning chiqish qismi muskul va fassiyadai shakllangan
diafragma bilan berk, pastga emas, oldinga ochilgan bo’ladi. Homiladorlik
oxirida dumg’aza va dum bo’g’imining qo’zg’aluvchanligi oshadi. Homila boshi
chanoq tubiga tushib tug’ilishi jarayonida dum suyagi bukilishi natijasida
chanoq chiqish qismining o’lchoviga 1,5-2sm qo’shiladi. Kichik chanoq yo’li to
chanoq chiqish suyagining orqaga bukilganiga ko’ra qiyshiq, ya’ni go’yo tizza
bo’g’imining bukilgan holatiga o’xshaydi Chanoqning o’qi pastki qismida
to’mtoq burchak hosil qiladi, oldinga aylanib, aylanma ilmoq (baliq tutadigan
qarmoq) shaklida bo’ladi.
qisqarish intinsivligi
bachadon ichi
bosimi
Kichik chanoq bo’shlig’i frontal ko’rinishda voronka shaklida bo’ladi
Tug’ish jarayonida chanoq og’ish burchagining ham ahamiyati katta. Chanoq
suyaklarini birlashtiradigan bo’g’imlar homiladorlikda va tug’ish jarayonida
qo’zg’aluvchan bo’lib qoladi. Bunga sabab bo’g’imdagi tog’aylar shishib,
yumshaydi. Chanoq bo’g’imlarini, xususan qovuq va dumg’aza yonbosh
suyaklari bo’g’imlarining bunday qo’zg’aluvchanligi tug’ish jarayonida amaliy
ahamiyatga ega bo’lib, homilaning oldinga keluvchi qismining chanoq kanali
bo’ylab surilishiga va tug’ruqning qulay o’tishiga imkon beradi.
|