Anemiya natijasida rivojlangan yurak yetishmovchiligi
Bu holatda har doim qon quyish shart
- qon mahsulotlarini qo’llang;
- har bir birlik qon quyilgandan so’ng v/iga 40 mg furosemid yuboring
Yurak kasalliklari natijasida rivojlangan yurak yetishmovchiligi
O’tkir yurak yetishmovchiligini davolang. Quyidagi dori vositalarini qo’llash
mumkin:
- morfin 10 mg m/o bir marta;
- YoKI 40 mg furosemid v/iga, lozim bo’lsa, takrorlang;
- YoKI digoksin0,5mg m/oga bir marta;
- YoKI nitroglitserin 0,3 mg til ostiga, lozim bo’lsa, 15 minutdan so’ng
takrorlang
Lozim bo’sa, ayolni uchlamchi bo’g’indagi kasalxonaga yuboring.
Tug’ruq vaqtida rivojlangan yurak yetishmovchiligida yordam berish
- ayolni chap yonboshiga yotqizing.
- Sirkulyator yuklanishning oldini olish maqsadida quyiladigan suyuqlik
miqdorini chegaralang va suyuqlik balansini kuzatuv varaqasida nazorat qiling
-Adekvat analgeziya qiling
- lozim bo’lsa, oksitotsin quying, yuqori konsentratsiyali suyuqliklarni
suyuqlik balansini nazorat qilish uchun past tezlikda quying.
Eslatma: Ergometrin qo’llamang.
- Homila haydalish davrida uzoq kuchantirmang
- ayolga yuklanishni kamaytirish uchun tug’ruqda epiziotomiya qiling va
vakuum-ekstraksiya yoki akusherlik qisqichlari qo’yish bilan yakunlang.
- tug’ruqning uchinchi davrini faol olib boring
Yurak yetishmovchiligi kesar kesishga ko’rsatma bo’lib hisoblanmaydi.
Kesar kesish vaqtida rivojlangan yurak yetishmovchiligida yordam berish
- ayolning hushini saqlagan holda sedatsiya bilan mahalliy infiltratsion
anesteziya qiling. Spinal anesteziya qilmang.
- bolani va yo’ldoshni tug’diring.
Zotiljam
O’pkada shamollash parenxemani jarohatlaydi, homilador ayollarda bu
jarayon og’ir o’tadi.
- zotiljam tashxisini tasdiqlash uchun ko’krak qafasini radiologik tekshirish
kerak bo’ladi. - - eritromitsin 500mg peroral kuniga 4 mag’al 7 kun davomida.
- bug’ bilan ingalyatsiya qiling.
Sil tarqalgan joylarda ayolda silga shubha qiling.
Bronxial astma
Bronxial astma 3-4% hollarda homiladorlik kechishini asoratlaydi.
- Bronxospazm kuzatilsa, bronxolitiklar (masalan, salbutamol 4mg peror
har 4 soatda yoki 250mkg aerozol har15 minutda uch martagacha) qo’llang.
- Agar bronxolitiklardan samara bo’lmasa, lozim bo’sa, kortiqosteroid
qo’llang: gidrokortizon v/iga 2mg/kg tana vazniga har 4 soatda.
- Agar infeksiya belgilari (bronxit) bo’lsa, ampitsillin 2g v/iga har 6 soatda.
- Prostaglandinlar qo’llamang. Chilla davrida qon ketishining oldini olish
va davolashda oksitotsin 10 BIR. m/oga yoki ergometrin 0, 2mg m/oga qo’llang.
- avj olishin to’xtatgandan so’ng ingalyatsion bronxolitiklar va ingalyatsion
kortiqosteroidlar bilan yana avj olishining oldini oling.
Anemiya - faqat bizning Respublikamizdagi muammo bo’lib qolmay,
balki butun dunyoda uning ko’p tarkalganligi, iktisodiy va insonlar sog’ligiga
o’tkazayotgan ta’siri kattadir. JSST ma’lumotlariga ko’ra temir tankisligi
kamkonligi (TTK) bilan dunyo bo’yicha 800 mln odam kasallangan, 100 ta
bemordan 95 tasini ayollar tashqil kiladi. Homiladorlarda eng ko’p uchraydigan
ichki kasallik kamkonlik hisoblanadi. Bu asosan temir mikroelementining
yetishmasligidan kelib chiqadi. Kamqonlik kasalligi homiladorlikda, tug’rukda
va chilla davrida ko’p asoratlar sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Bunda homilaning
xayoti ham xavf ostida qoladi. M.A.Nabieva (1984), Yu.Q.Jabborova (1990) va
X.K.Farmonkulov (1994) larning tekshirishlariga ko’ra homiladorlar ekstragenital
kasalliklari ichida TTK birinchi o’rinda turadi. Barcha anemiyalar ichida esa TTK
75-95% ni tashqil qiladi. TTK ning muammoligi uning keng tarkalganligidir.
O’zbekistonda Fertil yoshidagi ayollarda 70%, homilador ayollarda 91,2%
uchraydi (B.X.Hamzaliev 1990, D.A.Azimova, 1994, Sh.I.Karimov, 1994,
S.M.Baxramov, X.K.Farmonkulov, 1996, I.Z.Zokirov, 1997.) Orol atrofidagi
ekologik holatning jiddiyligi ayollarning sog’ligiga ta’siri katta. O’sib kelayotgan
kasalliklar orasida birinchi o’rinda ayollar kamkonligi kasalligi turadi. Bu kasallik
so’nggi 10 yil ichida 5 baravar oshgan. (O.A.Ataniyozova, 1997). JSST (1996)
ma’lumotlari bo’yicha kamqonlik bilan og’rigan ayollarda tug’ruk paytidagi
o’lim, sog’ lom ayollarga nisbatan 5-10 barobar ko’p uchraydi. Gemoglobin 80
r/l dan past bo’lsa, homilador ayolning kon yo’qotishra tolerantligini pasaytirib
yuboradi. Gemoglobin 60 g/l dan pasayib ketsa, sirkulyator dekompensatsiya
tinch xolatda xansirash, yurak minutlik xajmining oshishi bilan yakkol namoyon
bo’ladi. Tug’ruq, abort, kon yo’kotish va boshqa asoratlar tug’uvchi ayolning
o’limiga sabab bo’lishi mumkin (PMASO, 1989). Gemoglobinning 40 g/l dan
pasayib ketishi ayolning anemik yurak yetishmovchiligi va o’tkir gipoksiyadan
o’lim ko’rsatkichini oshiradi. Gemoglobin 40 g/l dan past bo’lgan ayol uchun
100 r kon yo’kotish ham tug’ruq paytida sirkulyator shok va o’limga olib kelishi
mumkin. (PChASO, 1989).
O’Z R SSV tavsiyasiga ko’ra anemiya tug’ruqqa va homiladorlikka karshi
ko’rsatma bo’lib hisoblanadi.(1999). Ammo amaliyotda akusherlik
komplekslariga gemoglobini 70-30 g/l ni tashqil etadigan ayollar murojaat
etmokdalar. Ko’pincha bunday ayollar birinchi tug’uvchilar bo’lib, ularda
preeklampsiya, akusherlik patologiyalarini uchratish mumkin. Bu esa akusher-
ginekologlarni ekstremal xolatga tushiradi.Ular anik va yukori darajadagi
akusherlik, gematologik, anesteziologik, reanimatsion yordamini talab kiladi.
Tasnifi: Temir tanqisligi kamqonligi (TTK) homiladorlar organizmida shunday
xolatki, bunda diagnostik ko’rsatkichlar bo’lib:
• Gemoglobin miqdorining 100 r/l yoki bundan ham pasayishi
• Eritrotsitlar 3,5 x 10e x 1/l yoki bundan ham pasayishi
• Rang ko’rsatkichi 0,85 gacha
• Gematokrit sonining pasayishi 33% yoki bundan ham pastroq
• Zardobdagi temir miqdori 10,746 mkmol/l dan kamayishi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda homiladorlar kamkonligining bir necha xil tasniflari mavjud.
Klinitsistlar orasida ko’p tarkalgani I.A.Kassirskiy va G.A.Alekseeva (1962,
1970) larning tasnifi hisoblanadi. Bu usulga asosan kamkonlikning kelib chiqish
sabablariga ko’ra xillari kuyidagicha:
1. Qon yo’kotish natijasida vujudga keladigan (postgemorragik) kamkonlik.
2. Qon tarkibidagi modsalar almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga
keladigan kamqonlik:
- temir yetishmasligidan kelib chiqadigan kamkonlik; 12 V (folat kislotasi)
yetishmasligidan kelib chiqadigan kamkonlik;
-
eritropoezning
buzilishi
natijasida
yuzaga
keluvchi
(dieritropoetik)kamqonlik;
- suyak iligida qon xosil bo’lishining pasayishi natijasidagi
(gipoplastik)kamkonlik;
3. Qizil kon tanachalarining yorilishi natijasida yuzaga keladigan
(gemolitik) kamkonlik. Buning sabablari: allergik shok, sepsis, nomuqobil
guruxdagi kon kuyish, zaxarlanish va boshkalar. Kasallikning og’irlik darajasiga
ko’ra prof. Yu.Q. Djabbarova (1982) quyidagicha ajratishni taklif kildi. Kamkonlik
birlamchp yoki surunkali, ya’ni homiladorlikdan oldingi yoki ikkilamchi, ya’ni
homiladorlik davridagi kamkonlikka bo’linadi.
Yana shuni aytish mumkinki, temir yetishmasligining 3 bosqichi mavjud:
1-
temir moddasining zaxira yeridan yo’qolishi (kamayishi);
2-
uning kon zardobidan yo’kolishi;
3- uning qizil kon tanachalaridan yo’kolishi. Homiladorlarda anemiyaning
ham ma turlari uchraydi, lekin ko’pincha temir tankisligi anemiyasi
kuzatiladi.TTA kon zardobida, suyak ko’migida temir moddasining kamayishi
bilan xarakterlanadi. Buning natijasida gemoglobin xosil bo’lishi buziladi,
gipoxrom anemiya, to’kimalarda trofik o’zgarishlar vujudga keladi (L.I Idelson,
1977, 1979). Homiladorlar TTA si va homiladorlikdan oldin ham bo’lgan
surunkali TTA si uchraydi.TTA si eritrotsitlar sonining kamayishi (eritropeniya)
va gemoglobin sonining kamayishi (gipoxromiya) bilan harakterlanadi.
Kamqonlikning etiologiyasi va patogenezi Temir moddasi organizmda
juda muxlm rol o’ynaydi. U fakat mioglobin va gemoglobin xosil bo’lishidagina
emas, balki juda ko’p fermentlar tarkibiga kirib, organizmdagi muhim
vazifalarni bajaradi. Bu fermentlar sitoxrom, peroksidaza, katalazadir. Temir
moddasining yetishmasligi organizmdagi moddalar almashinuvining
buzilishiga, kislorod tashilishining buzilishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida
tanada Hb va eritrotsitlar xosil bo’lishini keskin o’zgartiradi. Kamkonlikka olib
keluvchi sabablardan biri kon yo’kotish.
Utkir va surunkali qon ketishlar (yara kasalligi,bavosilda) va boshka
kasalliklarda (tanadagi zaxira temir moddasining ko’plab sarflanishi kuzatiladi).
Bundan tashqari, temirning ko’p sarflanishiga tez-tez homilador bo’lish
(tug’ishlar orasi 3 yildan kam), bolani uzok emizish, sifatsiz ovqatlanish, turli
somatik va infeksion kasalliklar: revmatizm, bezgak, brusellyoz; oshkozon-
ichak, buyrak kasalliklari sabab bo’ladi. Temir yetishmasligi holati giposideroz
deyiladi.
Giposideroz inson xayotining 3 davrida uchraydi: emib yurgan davrida,
balog’at yoshga yetganda va voyaga yetgan yoshidagi ayollarda. To’qimalarda
temir yetishmasligi mazkur fermentlar ishini susaytiradi, to’kimalarning nafas
olishini jiddiy ishdan chiqaradi.
To’kimalarda temir yetishmovchiligi kamkonlik hali yuzaga chikmay turib
yuz bergan bo’lishi ham mumkin, chunki odatda organizm mavjud temir
zaxlrasidan birinchi navbatda gemoglobin sintezi uchun foydalanadi.
Kamkonlik aksariyat xollarda organizmda temir yetishmay kolishining tobora
og’irlashib borishidan yuzar chiqadi. Temir yetishmasligidan kelib chiqadigan
kamkonlik organizmda oksil almashinuviga yomon ta’sir ko’rsatadi, natijada
jigarda transferrin ishlanib chikishi yomonlashadi, okibatda temirning ichak
yo’llarida xazm bo’lishi susayadi. Organizmda oksil yetishmasligi kon
yaratilishiga ta’sir etadi, chunki gemoglobinning asosiy massasi globinli oqsil
kompleksidan tashqil topadi. Homilador ayollarda kamkonlik kuzatilsa, kon
zardobida umumiy oqsil kamaygan bo’ladi.
Homilador ayollarda kamkonlikning ko’p uchrashiga ularda
sarflanayotgan temir, ovkat bilan tushayotgan temir moddasining yetarli
qoplanmasligi sabab bo’ladi. Odam organizmida temir mivdori odatda 3,5-5,0
g ga teng bo’ladi. Shundan taxminan 3,0-4,0 r temir Hb ulushiga to’g’ri keladi.
300-500 mg temir oksidlovchi fermentlar sistemasiga sarf bo’ladi, 300-400 mg
temir muskul to’kimalarining mioglobin tarkibida bo’ladi, 500-1000mg temir
depo sanalgan a’zolar: jigar, talok, ichaklarning Shilliq pardasida to’plangan
bo’ladi. Shundan ko’rinib turibdiki, odam organizmida temir erkaklarnikiga
qaraganda ayollarda 2-3 barobar ko’prok sarflanadi. Ayol xar hayz ko’rganda
13000 mg temir yo’kotadi, bundan tashqari, homiladorlik va tug’ishlarda ko’p
qon yo’kotishga to’g’ri keladi.
TTA homiladorlikda temir deposining kamayishi va uning ba’zi sabablar
bilan to’ldirilmasligi okibatida yuzaga keladi. TTA ning homiladorlarda yuzaga
chikishiga surunkali gastrit, enterokolit, xolesistit, pankreatit, gijja invaziyasi,
gipotireoz, latent infeksiya o’choqlari (tonzillit, pielonefrit) sabab bo’ladi va bu
kasalliklarda temir moddasining so’rilishi buziladi. Ovqat tarkibidagi vitaminlar,
oksil, mikroelementlar va temir moddasining yetishmovchiligi ham muhim
ahamiyatga ega. Ushbu kasallikning kelib chikishiga tez tug’ish, virusli
kasalliklar bilan og’rish, kon yo’kotish katta ta’sir ko’rsatadi va homiladorlik
anemiyasining kelib chikishiga muxlt yaratadi. Neyrogormonal kayta kurilish
ta’siri ostida suyak ko’migining giperplaeiyasi rivojlanadi. Bunda fiziologik
gipervolemiyaning holati, tizimning qon shaklli elementlari tarkibi o’zgaradi. Bu
o’zgarishlarning ham masi homiladorlikning fiziologik kechishini ta’minlashga
karatilgan va homilaga yaxshi sharoit yaratib beradi.
Gipervolemiya holati o’zida
• Aylanuvchi qon xajmini
• Aylanuvchi eritrotsitlar xajmini
• Aylanuvchi plazma xajmi oshishini mujassamlashtiradi.
Homiladorlarda TTA ning vujudga kelishida homiladagi kon xosil bo’lish
jarayoni ham ikkinchi darajali ta’sir ko’rsatadi. Qon hosil bo’lish jarayoni
homiladorlikning 19-kunidan boshlanadi va 3 ta bosqichdan iborat: sariklik
xaltasida, homila jigarida, suyak ko’migida. Bunda homila gemoglobinni xosil
kilish uchun ona organizmining zaxiralaridan foydalanadi: temir, oksil, vitamin,
tuz, mikroelementlar.
Homila faqatgina ona organizmidagi temirdangina foydalanib qolmay,
balki oxirgi 3 oy ichida o’zining jigarida 200-400 mg temir moddasini yig’adi.
Homiladorlarda TTA ning rivojlanishiga uchlamchi sabab bo’lib ona
organizmining temir moddasiga bo’lgan ehtiyojining xar doimgiga nisbatan
oshishi hisoblanadi. Bunda ovkat tarkibidagi temir moddasi normada bo’ladi.
To’rtlamchi sabab tez-tez homilador bo’lish va tug’ish natijasida temir
deposining to’ldirilmasligi hisoblanadi. Homiladorlik davrida ayol 700-800 mg
temir yo’kotadi. Bu yo’kotishni 2-3 yil davomida ayol organizmi to’ldiradi.
Mavjud tasniflarning hech biri homiladorlik vaqtida yuzaga keluvchi
anemiyalarning nima sababdan vujudga kelganligini tushuntirib bera olmaydi.
Yu.Q.Jabborova o’zining gestatsion davrdagi TTA tasnifini takdim etgan. Bu
tasnif akusherlarga ayolning butun homiladorlik, tug’ruk, tug’rukdan so’nggi
davrdagi patogenetik asoslangan terapiyani belgilashra yordam beradi.
Anemiya oldi davri. Yakkol klinik ko’rinishlarsiz kechadi. Bizdagi
ko’rsatkichlar bo’yicha 61% xomiladorlarda uchraydi. Bular o’zlarini sog’lom
deb hisoblaydilar. Yashirin temir tankisligini aniqlashda kondagi transferrin
mikdori va transferrinning temir bilan to’yinish koeffitsentini aniklash orqali
aniklanadi.Yashirin temir tankisligi bilan og’rigan ayollar yukori xavf guruhiga
kiritilgan. Anemiya oldi davri ko’pincha ko’p abort kilinganlarda, kon
yo’qotganlarda, ekstragenital patologiyasi borlarda, tez-tez va ko’p
tug’uvchilarda, laktatsion davrda homilador bo’lgan ayollarda ko’p uchraydi.
Bunday xomiladorlar tezda charchash, ishtaxaning yo’kolishida’m bilish
buzilishidan shikoyat kiladilar. Ba’zan kamkonlikni erta toksikoz bilan
adashtirishadi.Davolanmagan anemiya preeklampsiyaga olib kelishi mumkin.
Bu bemorlarga profilaktika choralarini ko’llash tavsiya kilingan. Uz vaqtida
berilgan temir preparatlari, kobalt, vitaminlar, glyukoza anemiya oldi davrining
oldini oladi va anemiyaga o’tib ketmasligini ta’minlaydi.
Alimentar anemiya - 13% ayollarda dispeptik o’zgarishlar natijasida
(jig’ildon qaynashi, kekirish, ko’ngil aynishi), go’sht maxsulotlarini yeyishdan
bosh tortish, ta’m bilish buzilishi, kusish, ya’ni erta toksikoz belgilarining
namoyon bo’lishi, gastroenterokolitning zo’rayishi natijasida kelib chiqadi.
Davolash va profilaktika choralari temir preparatlari, vitaminlar,
mikroelementlar, glyukoza, oqsil moddalari, dezintoksikatsion va
desensibilizatsion moddalarni parenteral yuborish. Postgemorragik anemiya -
kon yo’kotish, bachadondan tashqari homiladorlik, abortning boshlanishi,
yelbo’g’oz, yo’ldoshning barvaqt ko’chishi, bachadonning yorilishi natijasida
kelib chiqadi. Anemiyaning o’tkir yoki sekin kechishi organizmdagi temir
modsasining zaxirasiga, kon ketish darajasi, muddati, takrorlanishiga bog’lik.
Tekshirilgan xomiladorlarning orasida anemiyaning bu turi 3% ni tashqil kiladi.
Odatda bemor konni kam-kam porsiyalab yo’kotganida xech narsadan
shikoyat qilmaydi, lekin gematologik ko’rsatkichlari pasayib ketadi.
Anemiyada o’tkir qon yo’kotish tana massasining 0,3-0,5\% ni tashqil
kilsa, gemorragik shokka olib keladi va zudlik bilan infuzion va intensiv
gemostaz terapiya o’tkazishni talab kiladi.
Xomiladorlar anemiyasi. Homiladorlar anemiyasi deb, homiladorlikkacha
yoki birinchi trimestrda gemoglobin mikdorining 120 g/l yoki bundan baland
bo’lishiga aytiladi. Ko’pincha anemiya 20-xaftadan boshlanadi. Bu holat
xomilada kon yaratilishi va fetoplasentar kompleksning funksional xolati bilan
bog’lik.
Anemiyaning xarakterli xususiyatlari - kamkonlik, xomilador ayolning
normal ovkatlanishi va xech kanday qon yo’kotmasligi natijasida kelib chikishi
mumkin. Bu kasallik asta-sekin rivojlanib boradi. Tekshiruvlar natijasida
ekstragenital kasalliklar aniklanmaydi (kon, buyrak, jigar, o’pka, OIT, YuKTS
patologiyalari). Kasallikning eng yukori cho’kkisi xomiladorlikning 28-34 -
xaftalarida namoyon bo’ladi. Anemiyaning rivojlanishiga birinchi galda temir
mikdori ba’zi vitaminlar (A, V, S, D, Ye), mikroelementlar (kobalt, marganes, rux,
selen, nikel) kamaynshn, moddalar almashinuvining buzilishi, plazma
oqsillarining kamayishi muxim rol o’ynaydi. Bizningcha, xomiladorlikdagi
eritropoezning pasayishiga asab sistemasi boshqarilishining buzilishi, steroid
gormonlarning oshishi, asosan estradiol va estronlarning, oshkozon
sekresiyasining pasayishi ta’sir kiladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, gemopoezning buzilishiga xomiladorlik
davridagi immunologik siljishlar ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Kasallik anamnezini
o’rganish natijasida anemiyagacha bo’lgan immunologik siljishlar bilan
kuzatilgan xolatlarni-o’tkir virusli infeksion kasalliklar (gripp. angina),
xomilaning tushib qolish xavfi. egizak xomila, rezus immunizatsiya, dermatoz,
surunkali infeksiya o’choklarini aniqlash mumkin. Bu anemiyaning davolash
kompleksiga desensibilizatsiyalovchi, dezintoksikatsion va immunostimulyator
moddalari kiritilgan. Temir tanqisligi anemiyasining asosiy sabablari: temir
moddasini tug’ilgandan keyin yetarli darajada kabul kilmaslik,
muvozanatlashtirilmagan ovkatlanish (oksilning kunlik mikdori 120-150 g dan
kam), o’tkazilgan o’tkir gastrit, enterit, ichak disbakteriozi natijasida OIT so’rish
funksiyasining buzilishi, ekologiyaning buzilishi, suvning yuqori minerallanishi,
ovkat maxsulotlarining pestitsid, gerbitsid, nitratlardan zaxarlanishi va
boshkalar hisoblanadi. Ikkinchi marta tug’uvchilarda kuyida sanab o’tilgan
omillardan tashqari, abort natijasida kon ketish, tug’ruk operatsiyalari TTA ning
asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Homiladorlarda gematologik
ko’rsatkichlarning pasayish darajasini aniklash kerakligi klinik jihatdan
isbotlangan, chunki jarayonning rivojlanish darajasi xomila va onaning xayotiga
xavf tug’diradi.
Anemiyaning og’irlik darajasi bo’yicha tasnifi
Og’irlik darajasi
Gemoglobnp g/l
Eritrotsit,
Yengil
110-91
3,6-3,2
Urtacha
90-71
3,3-2,6
Og’ir
70-51
2,8-1,8
Uta og’ir
50 dan past
2,2-1,5
Kamqonlik diagnostikasi Kamkonlik diagnostikasi uchun har tomonlama
yig’ilgan ma’lumotlar katta ahamiyatga ega.
1. Irsiy kasalliklar, oilada nechanchi farzand bo’lib tug’ilgan, otaonasining yoshi,
kancha vaqtgacha ko’krak suti bilan emizilgan, yoshlikdagi faoliyati.
2. Ilgari qanday kasalliklar va yukumli kasalliklar bilan og’riganligi.
3. Jinsiy a’zolarning o’tkir va surunkali kasalliklari .
4. Hayz faoliyati.
5. Homiladorlikning kechishi, asoratlari.
6. Ovkatlanish sifati.
7. Ish va uy sharoitlari.
Laborator tekshiruvlar:
• Klinik qon taxlili
• Gematokrit, retikulotsit, trombotsit
• Temir miqsori
• Qon tarkibidagi ferritin, transferrin miqsorlarini, transferrinning temir bilan
to’yinish foizini aniklash TTA ning takkoslama tashxisi uchun ko’shimcha
diagnostik usullar
• Suyak ko’migi morfologiyasi (gemoglobin 60 g/l dan past bo’lganda) •
Eritrotsitlarning osmotik rezistentligi
• Qon ferritini • Umumiy oqsil va qondagi oksil fraksiyasi
• Bilirubin va kon fermentlari (ALT, ACT, xolinesteraza)
• Revmoproba
• ekg
• Xolesterin, lipoproteid, kondagi qand mikdori
• Qon elektrolitlari(kaliy,kalsiy, natriy)
• Mochevina kon kreatinini
• Qon ivish tizimi (protrombin indeksi, rekalsifikatsiya vaqti, reparinga
tolerantligi, fibrinogen mikdori)
• Qonning gaz tarkibi va kislota, ishkor muvozanati
• Siydik umumiy tahlili (Nechiporenko, Zimniskiy, Roberg sinamalari)
• Ahlat analizi (gijja tuxumlari va yashirin qonga)
Homiladorlar organizmining holatini tekshirishda ishlatiladigan
ko’shimcha usullar.
• Ikkala qo’lda kon bosimini o’lchash
• Tana vaznini nazorat uchun o’lchash va nazoratga olish
• Qin ajralmalaridan tozalikka analiz olish
• Burun va servikal kanal ajralmalarini patogen mikroflora va antibiotiklarga
sezuvchanligini bakterial aniqlash.
• Bachadon bo’ynining yetilganligi va organizmning tug’rukka tayyorligini
aniklash (38-xaftadan)
• Toksoplazmoz, xlamidioz, kizilcha, uroplazmoz va gripp virusiga qon
tekshirish
Fetoplasentar kompleks xolatini baxolashda ko’shimcha usullar
• Homila va yo’ldosh UTT si
• Homila KTG si
Anemiyali homilador ayolni tekshirish vaqtida zaxm, tuberkulyoz,
brusellyozga ham tekshirish kerak.
Bemor terapevt, JIOP, stomatolog, gematolog, okulist va boshka
mutaxassislar ko’rigidan o’tishi shart. Homilador ayolni davolash
samaradorligini baholash uchun xar 10 kunda tekshirish kerak.
TTA da xomiladorlikni olib borish Yengil kechuvchi anemiyani davolash
ayollar maslaxatxonasi sharoitida olib boriladi. Ekstragenital patologiya bilan
kechuvchi anemiyannng HH-HU darajasi, davolashdan keyingi natijaning
yo’kligi, akusherlik anamnezining og’irligi va boshka akusherlik
patologiyalarining bo’lishi xomilador ayolni gospitalizatsiya kilishga ko’rsatma
bo’ladi. Bu xomiladorlarni kasalxonadan chiqarilayotgan vaqtda yuqori xavf
dispanser guruhiga o’tkaziladi. Surunkali anemiya vaqtida shifokor taktikasi: I-
trimestrda birinchi ayollar konsultatsiyasida anemiya kasalligi aniklangan
homiladorlar o’ta jiddiy e’tiborni talab kiladi. Shifokor anemiya etiologiyasini,
kasallik muddatini va og’irlik darajasini aniklashi, oldin o’tkazilgan antianemik
terapiyaning effektini aniklashi zarur. Homiladorlarda III-IV darajali anemiya
aniklanganida Verlgof kasalligini, suyak ko’migi gipoplaziyasini, gemolitik
anemiya kabi kasalliklarni ham aniklash darkor. Ko’pincha anemiya surunkali
jigar kasalliklari (shish.gepatolienal sindrom) yoki buyrak kasalliklari
(glomerulonefrit, pielonefrit, o’sma) simptomi bo’lishi mumkin, shuning uchun
xomiladorlarning bu guruxi o’ta chuqur klinik tekshiruvdan o’tishlari lozim.
Surunkali anemiya bilan og’ruvchi ayollarda xomiladorlik odatda ularning
xolatini kiyinlashtiradi, og’irlik darajasi ortadi.
Ayollarni anemiyaning II-III darajasida bosh aylanishi, ko’zning tinishi,
bosh og’rig’i, umuMiy holsizlik, xansirash va yurakning tez urib ketishi bezovta
kiladi. Bunday kasallarda teri qoplamasining oqarishi, arterial kon bosimi tushib,
sistolik shovkin yuzaga keladi. Kasallikning muddati to’g’risida xar xil turdagi
trofik o’zgarishlarga, koshiqsimon tirnok, ularning sinuvchanligi, jilvasining
yo’kolishi, soch to’kilishi, terining kuruqligiga qarab baho berish mumkin.
Gemolitik anemiya, suyak ko’migining gipoplaziyasi va aplaziyasi, leykoz,
Verlgof kasalligi, homilador bo’lishga qarshi ko’rsatma sanaladi. TTA ning og’ir
darajasida xomiladorlikni 12 xaftagacha bo’lgan muddatda uni to’xtatish tavsiya
kilinadi. Xomiladorlikning 12 haftasidan so’ng, anemiyaning III-IV darajasida
xomiladorlikni to’xtatish to’g’risidagi masala o’ta extiyotkorlik bilan xal kilinishi
lozim, chunki bu vaqtda yetarli darajada qon yo’kotilishi mumkin. Shu bilan
birga xomiladorlikni to’xtatish uchun og’ir sabablar: 40 yoshdan kattaligi,
oldingi tug’rukdagi kon ketish, revmatizmning aktiv fazasi, endokardit, aortal
va mitral klapanlar stenozi, og’ir yurak yetishmovchiligi, surunkali gepatitning
aktiv fazasi, jigar sirrozi, o’tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, III darajali
tireotoksikoz.
Homiladorlikni to’xtatishdan oldin statsionarda asosiy kasallikni bir kurs
davolash, qon ketish profilaktikasini o’tkazish lozim. II darajali anemiyali
xomiladorlarning yukori xavf guruxdagilari uchun tekshiruv va davolash-
profilaktika chora-tadbirlari tashqil kilinadi, ular o’zida 4 xaftalik intervalda 20-
30 kundan iborat bo’lgan 2-4 kurs statsionar davolashni mujassam etadi.
Statsionardan chiqarilganidan so’ng ambulator davolash davom ettiriladi. TTA
ning yengil darajasidagi xomiladorlar ambulator davolashni statsionar va
kuiduchgi statsionar sharoitda kabul kiladilar. O’rtacha og’ir darajadagi
anemiyada ambulator davo foyda bermaganda, ko’shimcha ekstragenital va
akusherlik patologiyasi bo’lganida homiladorlikning 28-32 haftasida rejali va
profilaktik gospitalizatsiya kilinadi, 38-haftadan esa, tug’rukqa tayyorlashga
yotkiziladi.
Homiladorlikning 28-32 xaftasidagi gospitalizatsiya TTA ning
profilaktikasi va davolashni ham da bachadon-plasenta kon aylanishining
yaxshilanishi, preeklampsiya yuzaga kelishining profilaktik choralarini ko’eda
tutadi. TTA ni davolash ham poliklinika, ham statsionar sharoitida kompleks
bo’lishi shart, bu terapiya o’zida dietoterapiyani, medikamentoz terapiyani,
ko’shimcha patologiyaning zararli omillarini yo’kotishni mujassam etadi. TTA
bilan og’ruvchi xomiladorlarning iste’mol kiladigan ovqati yuqori kaloriyali
bo’lishi (3000-3500 kkal) va tarkibida kasallikni davolash uchun kerakli
qo’shimchalari bo’lishi kerak.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, temir moddasi mol go’shtida, jigar, tuxum
sarig’ida, ukropda, petrushkada ko’p bo’ladi. Bu mahsulotlar organizmning
temir modsasiga bo’lgan talabini to’la kondnra olmaydi. Shuning uchun temir
preparatlarini iste’mol qilib turish kerak. Ferropreparatlar suyak ko’migiga
aktivlashtiruvchi ta’sir o’tkazadi. Eritrotsitlar sonining oshishini ta’minlaydi, rang
ko’rsatkichi oshadi. Peroral preparatlar bilan davolash uzok muddat olib
borilishi kerak (4-6 oy).
TTA ning I-darajasi bilan xastalangan xomilador ayollar konsultatsiyasi
sharoitida davolanishadi. Temir tanqisligini to’ldirish uchun temir tutuvchi
preparatlar buyuriladi.
Globeks tarkibida temir (II) - fumarat, folat kislota, Bj2, elementar rux
tutadi. 1 kapsula (100 mg) dan 2 maxal kuniga buyuriladi.
Aktiferrin temir (II) - sulfat va s-aminokislota -serin tutadi. Aminokislota
preparatning qonga so’rilishini ta’minlaydi (78%). Terapevtik dozasi 1
kapsuladan 3 mahal ovkatgacha, profilaktik doza kuniga 1 kapsula.
Ginotardiferron-tarkibida temir (N)-sulfat, mukoproteaza, folat kislota,
askorbin kislota tutadi. Muhim xususiyati temir preparatdan uzok va sekin
ajraladi, absorbsiyasi sekin kechadi, terapevtik effektn kuniga 1 tabletka.
Totema-tarkibida temir glyukonat, marganes, mis tutadi. Bunday maxsus
tarkibi temir, marganes va misning birgalikda ta’siriga asoslangan. 1 ampula (50
mg) 100 ml suvga ko’shib ichiladi, kuniga 2-3 ampuladan.
Ferrumlek 1 tabletka (100 mg temir III) dan 1- 2 mahal chaynash.
Kamkonlikning o’rta og’ir va og’ir darajalarida temir moddalarni parenteral
ko’llash mumkin.
Ferkayl 1 ampula (2 ml 100 mg temir Sh)dan m/o 1 marta kuniga 5-10 kun
yuborish.
Kosmofer 1 ampulani (2 ml YuOmg temir III) 10 ml 5% glyukoza eritmasi
bilan v/i 1 marta kuniga 5-10 kun yuborish.
Venofer 1 ampulani (5 ml 100 mg temir III) 200 ml 0,9% natriy xlor
eritmasida v/i kunora 3-5 marta yuborish.
Maltofer 1 ampula (2 ml 100 mg temir III) dan m/o 1 marta kuniga 5-10
kun yuborish.
Markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtirish uchun:
pustirnik yoki valeriana eritmasi (1 qoshikdan 2 maxal),
trioksazin yoki seduksen (1 tabletka kechqurun),
biopassit, novopassit 1 tabletkasi kechasiga buyuriladi.
Organizmni desensibilizatsiya qilish uchun:
kalsiy glyukonat (0,5 g dan 1-2 marga),
dimedrol yoki pipolfen (0,025 r kechkurun).
Oqsil yetishmovchiligini davolash uchun:
dietoterapiya,
almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar qabul kilish - metionin (0,25 r
dan 4 maxal),
glutamin kislotasi (0,5 g dan 3 maxal).
Organizmni mikroelementlar va vitaminlar bilan to’yintirish uchun
pregnavit (1 draje 2-3 maxal), vitrumprenatal, materna.
Atsidoz va gipoksiyaning profilaktikasi: glyukoza 10 % li 20 ml vena ichiga
10-12 in’eksiya.
Homila gipotrofiyasi va gipoksiyasining oldini olish uchun: glyukoza,
kokarboksilaza (50-100 mg vena ichiga), vitaminlar, almashtirib bo’lmaydigan
aminokislotalar, oksigenoterapiya o’tkaziladi.
Dietoterapiya homiladorlar anemiyasini davolashda muhim aham iyatga
ega, homiladorlar ratsioni oqsil, vitaminlar, mikroelementlar. temir
moddalarining ko’payishi hisobidan kengayishi lozim.
Homiladorlikning birinchi yarmida oksilning bir kunlik miqsori 110 g, yog’ -
80 g, uglevod - 350 g, taomning umumiy kaloriyasi 2800-3000 kkal.
Homiladorlikning ikkinchi yarmida oksil miqdorini 120g, yog’ - 90 g,
uglevodni 400 r gacha oshirish kerak (ovkatning umumiy kaloriyasi 3100-3200
kkal). Oqsilning asosiy manbai go’sht, jigar, til, buyrak, tuxum, sut mahsulotlari.
Temir moddasi xayvon maxsulotlari iste’mol kilinganda, o’simlik mahsulotlarini
iste’mol qilingandagiga nisbatan 8,5 marta ko’prok so’riladi. Odam organizmi
yog’, go’sht, pishloq, tvorog, suzma, qaymoq, tuxum kabi maxsulotlardan oladi.
Bemorlarning ovkatlanish ratsioniga o’simlik va sarik yog’ni ishlatish maqsadga
muvofik (paxta, pista, soya, ko’pincha 25 r). Uglevodlarni buyurishda
kletchatkaga boy o’simlik maxsulotlarira aham iyat beriladi javdar noni,
sabzavotlar (tomat, sabzi, kovok, kartoshka, lavlagi, karam, rediska), tarvuz,
kovun, mevalar (anor, olma, o’rik, gilos, bexi, olxo’ri, olcha, anjir, limon,
mandarin, apelsin va boshkalar), quruq mevalar (turshak, kishmish,
koki),yong’okli mevalar (pista, bodom), rezavor mevalar (na’matak,
maymunjon, malina, kulupnay), dukkaklilar (loviya, makkajo’xori, no’xat,
betaga, grechixa, sholi). Qo’zikorin va achitkilar mikroelementlarga boy.
Homiladorlarning har kunlik ratsionida albatta ko’katlar va ismalok, ko’k piyoz,
shovil, ukrop, petrushka va boshqalar bo’lishi kerak.
Agar ratsionda mevalar yetishmasa sharbatlar (olma, o’rik, pomidor,
sabzi) va kompot, kisellarni kiritish mumkin. Mevalar, ko’katlar, sabzavotlar
xomiladorlar ratsionida muxim o’rin tutadi. Ularning ba’zilari kraxmal manbai
bo’lsa, boshkalari oksil, kand manbaidir. O’simlik maxsulotlari mineral tuzlar,
mikroelementlar va vitaminlarga boy. O’simliklar tarkibidagi kletchatka xazm
kilish jarayonida ichaklardan so’rilmaydi, shuning uchun ham u xomiladorlikda
ichaklar peristaltikasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Gestatsion davr
Bu davrda quyidagi asoratlar kuzatiladi:
1. Preeklampsiya
2. Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi
3. Tug’rukdan oldin suv ketishi
4. Homila rivojlanishining to’xtash sindromi, xomila ichi gipoksiyasiga olib
keluvchi fetoplasentar yetishmovchilik.
5. Muddatidan oldingi tug’ruk
6. Tug’ruk dardlarining kuchsiz bo’lishi.
7. Uchinchi va erta tug’rukdan so’nggi davrda gipotonik kon ketish. 8.
Koagulopatik qon ketishi.
9. Loxiometr va bachadon subinvolyusiyasi.
10. Gipogalaktiya.
11. Tug’rukdan keyingi yiringli-septik kasallik.
12. Onalar o’limi va kasallanish darajasining oshishi.
13. Homilalar o’lnmi va kasallanish darajasining oshishi. Perinatal patologiya:
asfiksiya, tug’ruk jaroxdti, tana vaznining kamayishi, anemiya, immun
yetishmovchiligi bilan bog’lik infeksiyalanish xavfi va melenaning rivojlanishi.
14. Temir tanqisligi natijasida bolalarda temir yetishmovchiligi kamqonligi:
• psixomotor rivojlanishning orqada kolishi;
• so’zlashish nuksoni va o’kishning sustligi;
• jismoniy aktivligining pasayishi;
• akliy rivojlanishdan orqada kolish (yengil darajasidan o’rtacha og’ir
darajagacha)
• Bolaning bosh miyasi temir tankisligiga o’ta sezgir bo’ladi.
Ma’lumki, TTAda kasalga eritrotsitar massasi kuyish maqsadga muvofik
bo’lmaydi. Zamonaviy immunologiyada biz qon kuyishni to’qima
transplantatsiyasi sifatida karaymiz. Bu onaning xolatiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi
mumkin, chunki VICh, zardob gepatiti yukish xavfi bor. Shuning uchun kon
komponentlari quyishdan oldin resipient va donorning kon guruhini rezus-
omilga tekshirish lozim. Kasalxonada transfuzion terapiyani terapevt va
akusher-ginekolog ko’rsatmasiga ko’ra mas’ul shifokor-transfuziolog amalga
oshirishi kerak. Bundan tashqari, akusherlik kompleksida kon xizmati juda
yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak. Navbatchi donor va tibbiyot
xodimlarining manzil va telefonlari bo’lishi lozim. Bu choralar gepatit, VICh va
mononukleoz infeksiyalar yuqishining oldini oladi. Tug’ruk zallarida xar doim
eritrotsitar massa va qon zardobining zahiralari bo’lishi lozim. Zaxiralarning
to’ldirilishi va ishlatilishi kattiq nazoratga olinishi kerak. Kuzatuvlar shuni
ko’rsatadiki gemotransfuziya reja asosida ish kunining birinchi yarmida soat 13°
gacha olib borilsa, gemotransfuzion asoratlar kamayadi.
Qon va uning komponentlarini kuyish quyidagi maksadlarda amalga
oshiriladi:
-globulinlar va plazma hajmini to’ldirish uchun;
- o’tkir sirkulyator gemik va to’kima gipoksiyasining oldini olish uchun;
- bachadon va yo’ldoshda kon aylanishini yaxshilash uchun, kislorod
transportining oshishi, kon komponentlari bilan ta’minlash, tug’rukda og’ir
anemiya, o’tkir asfiksiya va gipoksiyaning profilaktikasi va davolash maksadida;
- tug’rukda va tug’rukdan so’ng bachadon kiskarishini yaxshilash;
- tug’ruk dardlari susayishi, gipotonik va atonik kon ketishi, bachadon
subinvolyusiyasining tug’rukdan so’nggi profilaktikasi;
- eritrotsitlar, trombotsitlar, kon ivish omillari o’rnini to’ldirish bilan gemostaz
sistemasini korreksiyalash. Bu xolat, birinchidan, yo’ldosh ajralgandan keyingi
kon ketishini kamaytiradi, ikkinchidan, koagulopatiya va trombotsitopeniyaning
oldini oladi;
- tug’rukdan so’nggi yiringli kasalliklar profilaktikasi uchun organizmning
immun ximoyasini oshiradi;
- gipogalaktiyaning profilaktikasi, laktatsion davrda ko’krak sutining mikdori va
sifatini yaxshilash.
Kamkonlikning oldini olish va davolash yo’llari.
Laborator usullardan: konni klinik tekshirish; gematokrit, retikulotsitlar,
trombotsitlar sonini aniklash; qon zardobidagi temir va ferritin mikdorini
aniklash hamda transferrin temir bilan to’yinganligi koeffitsientini aniqlash.
Homiladorlikda kamkonlikning oldini olish uchun quyidagilarga rioya
etish kerak:
1. Har kuni kun tartibiga qat’iy rioya qilish, yetarlicha dam olish, vaqtida to’yib
uxlash, bu o’z navbatida markaziy asab ishini faollashtiradi.
2. Ertalabki badantarbiya, cho’milish va boshka gigiena shartlariga rioya kilish.
3. Ochik xavoda sayr kilish.
4. To’g’ri ovkatlanish kamqonlikning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Homilador ayol kuniga 5-6 maxal ovkatlanishi zarur. Bunda u oqsilga,
vitaminlarga boy ovkatlarnk iste’mol kilishi kerak. Bular: go’sht, baliq, jngar,
tuxum, sut maxsulotlari: katik, sut, brinza va boshqalar. Sabzovotlarni kaynatib,
pishirib emas, balki xomligicha yeyish mumkin: piyoz, sabzi, pomidor, bodring;
ho’l mevalardan: uzum, o’rik, olma, gilos, limon, apelsin va boshkalar.
5. Hb mikdori xomiladorlikning 1-6 oyligida oyiga 1 marta, oxirgi 3 oyligida
oyiga 2 marta tekshnrilib boriladi.
TTA da ayollar reabilitatsiyasi
TTA ni kamaytirish uchun fertil yoshdagi ayollarda tug’ruk intervallari
kamida 3 yil bo’lishi kerak, har bir xomiladorlikda gemoglobin va eritrotsit
ko’rsatkichlari normal bo’lishi kerak. Ovkatlanishni ratsionallashtirish, normal
kun tartibi, sog’lom turmush tarzini olib borish to’g’risida tushuntiruv ishlarini
olib borish kerak. Reabilitatsion choralarni UASh olib borishi kerak. Asosiy
e’tiborni anemiyaga olib keluvchi ekstragenigal kasalliklarga qaratish kerak.
TTA bilan og’ruvchilarda ‘‘yuqori xavf guruxi” ni tashqillashtirish va ular orasida
profilaktika choralarini olib borish nazorati aloxida ahamiyatga ega. TTA li
ayollarda kontrasepsiyaning ham ma turlarini ishlatish mumkin. BMC fonidagi
giperpolimenoreya bundan istisno hisoblanadi. Bu xolatda spiralni olib tashlash
kerak.
Rezus immunizatsiyali ayollarda xomiladorlikning kechishi. Chala tug’ish,
o’lik tug’ish va perinatal davrdagi o’limning sabablaridan biri ona va xomila
konining rezus-omil, AVO-tizimi bo’yicha immunologik nomuvofikligi
hisoblanadi.
1940 yil Landshteyner va Vinnerlar birinchi marta insonlar eritrotsitida
agglyutinogen borligini isbotladilar va uni «rezus-omil» deb atadilar. Rezus-
omil eritrotsitlarda 85% xollarda mavjud bo’lib, bunday insonlar rezus-musbat
(Rh «+»), 15% xollarda rezus-omil bo’lmaydi va ular rezus-manfiy (Rh «-»)
insonlar guruxiga kiradilar. Rezus-omilning bor yoki yo’kligi insonning kaysi kon
guruxiga xos ekaniga yoki uning yoshi kaysi jinsga mansub ekanligiga bog’lik
emas.
Rezus-omilning xossalaridan biri uning nasldan-naslga o’tishidir. Rezus-
omil protein bo’lib, u asosan eritrotsitlarda, kamrok xollarda leykotsit va
trombotsitlarda joylashgan.
Rezus-omilning sifat bo’yicha bir-biridan fark kiluvchi asosiy turlari mavjud:
D antigeni 85%, S antigeni 70%, Ye antigeni 30% odamlarda mavjud. Gemolitik
kasallik ko’pincha ona va homila qonining D omili bo’yicha mos kelmasligi
tufayli rivojlanadi.
Antigen rezus manfiy odam koniga tushib, uni immunlaydi va antirezus -
antitanalar ishlab chiqarishiga sabab bo’ladi. Qoni rezus - manfiy ayollarning
immunlanishi ular qoni rezus-musbat xomila bilan xomilador bo’lganlarida,
yoki ayol organizmiga rezus -musbat qon yuborilganda ro’yobga chiqadi
(gemotransfuziya, gemoklizma, izogemoterapiya). Rezus-omilga bo’lgan
immunizatsiya sun’iy abort, xomila tashlash va bachadondan tashqaridagi
homiladorlikdan so’ng ham vujudga kelishi mumkin. Shuni aytish kerakki,
rezus-omil bo’yicha immunologik nomuvofiklik barcha rezus-manfiy konli
ayollarda emas, balki 5-10% xollarda uchraydi. Birinchi bor xomiladorlikda
uchramagan rezus-immunizatsiya 2-3- 4 xomiladorliklarda uchraydi.
Arap sun’iy abort kilinsa, homila tashlash, gemotransfuziya va boshka
xollarda ham og’irlik darajasi ortib, antitanalar titri ortadi. Shu tufayli xomila
tushish, chala tug’ish, chakaloqlardagi gemolitik kasalliklar kabi asoratlar
yuzaga keladi.
Homiladorlikning
kechishi.
Rezus-immunizatsiyali
ayollarda
xomiladorlikning kechishi sog’lom ayollardagidan birmuncha fark qiladi.
Homilador ayol umumiy xolsizlikka, uykuchanlikka, xdvo yetishmasligi, ba’zan
kisqa muddatga xushdan ketish, korin ostida doimiy og’rikdan shikoyat kiladi.
Rezus-immunizatsiyali ayollarda xomiladorlikning I yarmidagi toksikozlar 50%,
xomila tushish xavfi 47%, kon bosimining pasayishi (gipotoniya) 23% xollarda
kuzatnlgan. Homiladorlikning II yarmidagi toksikozlar ham ko’p uchraydi:
shishlar - 13%, nefropatiya - 16%. Kamqonlik va uning asoratlari ham ko’p
xollarda kuzatnladi. Bundan tashqari, jigar faoliyatining buzilnshi ham
kuzatilgan. Homila tomonidan esa surunkali gipoksiya, yurak urishnning
o’zgarishi xollari kuzatiladi. Homilardorlikda rezus-immunizatsiya xolatini
aniklash uchun ilk bor ayollar maslaxatxonasiga kelgan barcha
homiladorlarning kanday rezusga mansub ekanligi aniklanadi. Agar
sensnbilizatsiya bo’lmasa 2 oyda 1 marta, sensibilizatsiyali ayollarda 32
haftagacha xar oyda 1marta, 32-35 haftagacha oyiga 2 marta va keyin xar
xaftada kon tekshirib turiladi. Arap rezus-manfiy bo’lsa, turmush o’rtog’ining
kon guruhi va rezusi aniklanadi, chunki rezus - musbat qon guruxi aniklansa,
rezus - immunizatsiya holati kelib chikishi mumkin bo’ladi. Rezus-
immunizatsiya diagnozi laborator tekshirish usullaridan konda antirezus-
antitanalar titri aniqlangach ko’yiladi. Lekin rezus-immunizatsiyaga xos bo’lgan
asoratlar titr oshmasdan ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday asoratlar: homila
tushish xavfi, erta toksikozlar va homiladorlikda gipertenziya xolatlari, xomilada
gemolitik kasallik, o’lik tug’ilishi, tug’ilgan chakaloklardagi bilirubinln
ensefalopatiya va boshkalar.
Davolash. Barcha rezus - manfiy xomiladorlarga (immunizatsiya
kuzatilmasa ham ) va rezus - antitana titri 1:2 bo’lgan xollarda ham ambulator
yoki statsionar sharoitida 3 marta nospesifik, desensibilizatsiya qiladigan
davolash choralari 10-12 kun davomida xomiladorlikning 10-12, 22-24, 32-34
xaftalarida o’tkaziladi:
- ovqatlanish ratsioni belgilanib oksilga boy, vitaminlarga boy ovkatlar
buyuriladi.
- glyukozaning 40%
- 20-40 ml eritmasi 3,0-5,0 askorbin kislota eritmasi bilan 10-15 kun yuboriladi.
- vitaminlardan: pregnavit 1 tabletkadan kuniga, V| - 6% - 1,0 kunora teri ostiga,
Bg 5% - 1,0 kun ora teri ostiga 10 kun yuboriladi. Ye vitamini 10% - 1,0 kunora
mushak orasiga 10 kun yuboriladi.
- kokarnit 1 ampuladan m/o 6 kun, kokarboksilaza 50 mg har kuni 10 kun
davomida yuboriladi.
- antigistamin vositalardan: dimedrol, pipolfen, suprastin 1 tabletkadan
kechasiga buyuriladi.
- temir preparatlari: globeks, maltofer, tardiferon, ferrumlek va boshkalar 1 tabl.
2 maxal ovkatdan keyin ichiladi.
Arap kamqonlik kuzatilsa, ferkayl yoki kosmofer mushak orasiga yoki
venofer venadan yuboriladi.
- metionin 0,5 dan, rutin 0,02 gdan, folat kislotasi 0,02 gdan, kuniga 3 marta.
- kislorod ingalyatsiyasi 3-4 marta buyuriladi.
- deksametazon 12 mg xar 12 soatda 2 marta buyuriladi.
- akusherlik anamnezida nuksonlari bo’lgan, xomiladorligi asoratli kechuvchi
ayollar, antitanalar titri yukori bo’lgan ayollar albatta shifoxonaga intensiv
davolash uchun yotkiziladi.
- alloplastika, plazmoferez, gemosorbsiya tadbirlari o’tkaziladi
- konda antitanalar titrini aniklash ham muxim: 32 xaftagacha 1 oyda 1 marta,
32-35 xaftadan keyin har xaftada aniklanadi.
- dinamikada ultratovush yordamida 20-24 xaftada tekshirib turish juda muxim
ahamiyatga ega. Bunda yo’ldoshdagi o’zgarish xolatlari, xomilaning kimirlashi,
nafas olishi, gepatomegaliya, qorinda suv yig’ilishi holatlarini kuzatish mumkin.
Vaqtidan ilgari 35-37 haftalikda tug’dirib olish uchun kuyidagi holatlarni
aniklash kerak.
1. Rezus - antitanalar titri o’sib borishi;
2. Og’ir akusherlik anamnezi: o’lik bola tug’ilgan bo’lsa, chaqaloqning gemolitik
kasalligi aniqlangan bo’lsa, kon quyish hollari kuzatilgan bo’lsa.
3. Homila ahvoli o’zgarish xollari kuzatilsa: o’ta yoki sekin qimirlash, yurak urish
nuksonlari kuzatilsa, FKG da o’zgarishlar bo’lsa. Homilani vaqtidan oldin
tug’dirilganda xomila vazni 2500 g dan kam bo’lmasligi kerak.
Rezus-immunizatsiyali homiladorlikda ko’p uchraydigan asoratlardan biri
chaqaloqlarning gemolitik kasalligidir.
Rezus-immunizatsiya holatining oldini olish choralari
1. Qon kuyilganda rezus va guruxi bo’yicha mos keluvchi kondan foydalanish
mux.imdir.
2. Rezus-manfiy ayollarda 1-homiladorlikni iloji boricha saqlab qolish
abortlarning oldini olishi kerak.
3. Reeus-immunizatsiyali va rezus-manfiy (immunizatsiya bo’lmasa ham)
homiladorlarni vaqtida hisobga olish, davolash chora-tadbirlarini vaqtida
boshlash.
4. Rezus-manfiy ayollarga antirezus-gammaglobulinni tug’rukdan keyin 48
soat ichida yuborish, abortdan keyin, bachadondan tashqari homiladorlikda,
yo’ldoshning muddatidan oldin ko’chish hollarida ham albatta antireeus-
gammaglobulinni yuborish muximdir. Immunoglobulin- antirezusni (200 mkg
dan) m/o ra 1 marta kilinadi. Kesar kesish va bachadon bo’shlig’ini ko’l bilan
tozalangandan keyin bu doza ikki barobar oshirilgan dozada qilinadi.
5. Abortlarning oldini olish uchun oilaviy poliklinikada, uyda to’g’ri tushuntirish
ishlarini olib borish, bachadon ichki vositalaridan foydalanish ayollarda
uchraydigan barcha asoratlarning oldini olishning muhim omilidir.
Endokrin kasalliklarda homiladorlik. Keng tarqalgan endokrin kasalliklar
qatoriga qalqonsimon bez kasalliklari ham kiradi. O’rta Osiyodagi atrof-
muhitda yod tanqisligi mavjud bo’lgan sharoitda bu bez kasalliklarining aholi
salomatligiga ta’siri ancha katta hisoblanadi. So’nggi yillarning ma’lumotlariga
ko’ra O’zbekistonda qalqonsimon bez xastaliklari katta yoshdagi 100 ming
aholiga nisbatan hisoblaganda 2847 bemorni tashqil etadi.
Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi homiladorlikning kechishiga
salbiy ta’sir etadi. O’z navbatida homiladorlik ham qalqonsimon bez faoliyatiga
ta’sir ko’rsatadi. Sog’lom ayollarda homiladorlik qalqonsimon bez faoliyatida
quyidagi o’zgarishlarga olib keladi.
Homiladorlikning boshlang’ich, hali homilaning qalqonsimon bezi o’z
faoliyatini boshlamagan davrida, bo’lajak onaning qalqonsimon bezi nisbatan
zo’riqib ishlay boshlaydi va ko’proq gormonlar ishlab chiqaradi.
Yodning yo’ldosh orqali homila tanasiga o’tib o’zlashtirilishi, homiladorlik
davrida modda almashinuv jarayonining kuchayishi, qalqonsimon bez
gormonlarining sintez qilinishi uchun ayollarning homiladorlik davrida yodga
bo’lgan ehtiyojini oshiradi. Shu bila birga siydik orqali yod chiqishining
ko’payishi, yo’ldoshda tiroksin konversiyasining kuchayishi bilan uning ta’sirini
susayishi – hammasi birga bo’lib yod va qalqonsimon bez gormonlarining
tanqisligiga olib keladi. Bu esa qalqonsimon bezning kattalashishiga sabab
bo’ladi.
Tashqi muhitda yod yetarli bo’lgan hududlarda (Yaponiya, Skandinaviya)
homiladorlik davridagi yodga talabning ortishi sezilarli yod tanqisligiga olib
kelmaydi, chunki sutkalik yodga bo’lgan talab (150-200 mkg/sutka) butun
homiladorlik davrida qoniqarli ta’minlanadi. Shu bilan birga atrof muhitda yod
tanqisligi o’rta va og’ir bo’lgan hududlarda (Bunday hududlar qatoriga
O’zbekiston ham kiradi) me’yoridan kam miqdorda yod iste’mol qilinishi
homilador ayollarda qalqonsimon bezining kattalashishiga va yoyma zaharsiz
buqoqning taraqqiy etishiga olib keladi.
Homilador ayolning qalqonsimon bezi va homilaning qalqonsimon bezi
nisbatan bir-biridan mustaqil faoliyat kechiradi. Onaning qalqonsimon bez
gormonlari va tireotrop gormon yo’ldosh to’sig’idan homila qon aylanishiga
o’tmaydi. Ammo homiladorlikning erta davrlarida onadan homilaga yo’ldosh
orqali qalqonsimon bez gormonlarining o’tish imkoniyati borligi taxmin
qilinadi. Yod, qalqonsimon bez to’qimalariga qarshi antitelolar, tireostatik
dorilar yo’ldosh orqali ona qon aylanishidan homila qon aylanishiga o’tadi.
Homila qalqonsimon bezining faoliyati mutloq onadan homilaga
o’tadigan yodga bog’liq. Homilador ona organizmiga yetarli miqdorda yod
kirmasligi homila tanasida ham yod tanqisligini vujudga keltiradi. Bu esa
homilada ham buqoq taraqqiy etishiga olib keladi. Homilada va neonatal
davrda gipotireoz bo’lishi tug’ilgan bolaning aqliy va jismoniy taraqqiyoti
nuqsonli bo’lishiga sabab bo’ladi.
Yod tanqisligi bo’lgan hududlarda yoyma zaharsiz buqoqning oldini olish
va davolash uchun sutkasiga 150-200 mkg hisobida yod qabul qilish tavsiya
etiladi. Buning uchun haftasiga bir-ikki marta bir tabletkadan “Antistrumin” (1
tabletkada 1000 mkg kaliy yodid bor) yoki har kuni bir tabletkadan “Yodomarin-
200” yoki “Yodid-200” tabletkalarini qabul qilish buyuriladi. Buni amalga
oshirish odatda buqoqning kattalashishini to’xtatadi, ba’zi hollarda uni
kichiklashtiradi.
Homiladorlikkacha katta buqoq bo’lgan hollarda, homiladorlikning
boshlang’ich davrlarida buqoq tez kattalashgan hollarda yodni qalqonsimon
bez gormonlari bilan birga buyurish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun har
kuni bir tabletkadan L-tiroksin qabul qilish tavsiya etiladi. Buni amalga
oshirish homilador ayoldagi qalqonsimon bezning normal faoliyatini tiklashga
imkoniyat beradi va homiladorlikni buqoqqa olib keluvchi ta’sirining oldini
oladi.
Qaqonsimon bez kasalliklarida, uning faoliyati buzilishi bez
gormonlarining me’yoridan ortiq (gipertireoz) yoki kam (gipotireoz) ishlab
chiqilishi bilan ifodalanadi. Modda almashinuvining gipertireoz holati bilan
kechadigan kasalliklar orasida eng muhimi yoyma zaharli buqoqdir.
Yoyma zaharli buqoq va homiladorlik. Yoyma zaharli buqoq qalqonsimon bez
gormonlarining me’yoridan ortiqcha ishlab chiqarilishi bilan kechadigan
xastalik. Qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi bilan birga uning hajmi ham
bir tekisda kattalashadi. Kasallikning kelib chiqishida autoimmun jarayonlar va
nasliy omillar ishtirok etadi. Xastalik ko’pincha 20-50 yoshlar orasida vujudga
keladi va ko’proq ayollarda uchraydi. Kasallik ko’pincha ichki sekret bezlari
faoliyatida o’zgarishlar vujudga keladigan (balog’atga yetish, homiladorlik,
klimaks) davrlarida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, jismoniy va ruhiy
ezilishlar ham kasallikning ro’yobga chiqishiga sharoit tug’diradi.
Kasallikning asosiy belgilari (bemorning ozib, vaznini yo’qotishi, ruhiy
bezovtalik, xotirjamlikni yo’qotish, asabiylashish, yurakning doimo tez urishi,
teri nam va issiq bo’lishi, odinga cho’zilgan qo’l barmoqlarida mayda titroqlar
kuzatilishi, ko’z soqqasining chaqchayib turishi – ekzoftalm) aniq namoyon
bo’lgan hollarda zaharli buqoq tashxisini qo’yish qiyinchilik tug’dirmaydi. Agar
kasallikning belgilari sust yuzaga chiqqan bo’lsa, tashxis qo’yishda qiyinchiliklar
vujudga kelishi mumkin. Kasallik borligini tasdiqlash uchun qalqonsimon bez
gormonlari – erkin tiroksin (er T
4
) va erkin uchyodtironin (er T
3
) larning miqdori
aniqlanadi. Yoyma zaharli buqoqda bu gormonlarning miqdori me’yoridan
ortiq bo’ladi.
Qalqonsimon bez gormonlari bilan zaharlanish darajasiga qarab zaharli
buqoqning yengil, o’rta va og’ir kechishi farqlanadi. Zaharli buqoqning yengil
kechishida asab qo’zg’aluvchanligi qisman oshadi, bemorning vazni 10-15 foiz
kamayadi va yurak urishi 1 daqiqada 100 dan ortmaydi. O’rtacha og’irlikdagi
kechishida asab qo’zg’aluvchanligi ancha oshadi, yurak urishi 1 daqiqada 100-
120 orasida bo’ladi. Zaharli buqoqning og’ir kechishida bemor oson
asabiylashadigan bo’lib qoladi, yurak urishi daqiqasiga 120 dan oshadi, bemor
50 foizgacha vaznini yo’qotishi mumkin. Kasallikning bu kechishida ko’pincha
yurakning tartibsiz urishi, jigar faoliyatining buzilishi, yurak faoliyatining
yetishmovchiligi kuzatiladi.
Zaharli buqoqning yengil va o’rtacha kechishida bo’lgan ayollarning 3
foizgachasida homiladorlik kuzatiladi. Kasallikning og’ir kechishida odatda
ayollar bepusht bo’ladilar.
Homiladorlik bilan birga kechadigan tireotoksikoz yaxshi davolanmasa
homiladorlikning kechishini og’irlashtiradi, ayniqsa homiladorlikning erta
toksikozlari og’ir kechadi, abort va vaqtidan oldin tug’ish ehtimoli ortadi,
tireotoksikoz krizi xavfi kuchayadi. Homilada va tug’ilgan chaqaloqda
rivojlanishning tug’ma nuqsonlari (gidro va mikrotsefaliya, gipospadiya,
kriptorxizm, Qindik chov churrasi, yumshoq tanglay nuqsoni, Daun kasalligi)
bo’lish hollari hamda o’lik bola tug’ilishi xavfi ko’payadi. Zaharli buqog’i bo’lgan
qator ayollardan tug’ilgan chaqaloqlarda gipotireoz alomatlari bo’lishi mumkin.
Bu holat ko’pincha tireostatik dorilarning katta dozalari bilan davolanganda
ko’proq uchraydi. Yangi tug’ilgan chaqaloqdagi gipotireoz holati ko’pincha bir
necha hafta ichida o’tib ketadi va qalqonsimon bez faoliyati me’yoriga keladi.
Ba’zi hollarda yetishmagan qalqonsimon bez gormonlarini tashqaridan yuborib
qoplashga to’g’ri keladi.
Zaharli buqoq bo’lgan ayollarda homiladorlik davri ularda og’ir kechishini,
hamda tug’ma nuqsonli, majruh bolalar tug’ilishi mumkinligini tushuntirib,
homiladorlikni to’xtatish tavsiya etiladi. Zaharli buqoqning yengil kechishida
homiladrlikni saqlab qolishga ruxsat berish mumkin. Agar zaharli buqoq
bo’lgan homilador ayol vrach maslahatlariga ko’nmasdan tug’ishga ahd qilsa,
u holda bu ayol endokrinolog va akusher-ginekolog nazoratida bo’lishi kerak.
Tug’ish yoshidagi ayollarda yoyma zaharli bo’qoq bo’lsa, u holda kasallik
turg’un remissiya holatiga kelguncha bu ayollar kontrasepsiyaning biror turini
qo’llab, homiladorlikdan saqlanishlari kerak.
Ilova №1
Interfaol o’yin «kuchsiz zveno». Talabalar yarimaylana bo’lib o’tirishadi.
O’qituvchi aylana bo’ylab savol beradi. O’ylash uchun 3 sek. vaqt beriladi. Javob
bera olmagan talaba, o’yindan chetlatiladi. Unga shtraf ballar beriladi. Javob
bergan talabaga rag’batlantiruvchi ballar beriladi.
O’yin uchun savollar:
1. Homiladorlik davrida OSK qanday o’zgaradi?
2. YuQTKga nimalar kiradi?
3. orttirilgan yurak nuqsonlarining turlari?
4. YuQTKda 1 – gospitalizatsiya vaqti va maqsadi?
5. YuQTKda 2 – gospitalizatsiya vaqti va maqsadi?
6. YuQTKda 3 – gospitalizatsiya vaqti va maqsadi?
7. YuQTKda 4 – gospitalizatsiya vaqti va maqsadi?
8. jarrohlik bilan tug’dirishga ko’rsatmalar?
9. Fiziologik homiladorlikda nechta qon aylanish doirasi bo’ladi va gestatsiya
muddatining qaysi haftasidan ishga tushadi?
Ilova №2.
Gurhli munozara: o’yin «qor bo’ron»:
«Yurak qon-tomir kasalligi va homiladorlik. Olib borish taktikasi. Dispanser
nazorati».
Talabalar sanash yo’li bilan 2 guruhga bo’linadi. 1 – guruh talabalari 2-
guruhga savol beradi, ular o’zaro kelishib javob beradi, so’ng aksincha 2-guruh
talabalari 1-guruhga savol beradi, ular ham o’zaro kelishib, javob berishadi.
O’qituvchi ekspert bo’lib, ularinng javobini kuzatib boradi. Faol qatnashgan
guruh va faol ishtirok etgan talabaga sovg’a beriladi.
Vaziyatli masala №1
I. ismli homilador ayol 27 yosh,homiladorlik III. Oxirgi xayz 30 mart, 22
dekabrda navbatdagi kurikka keldi. Anamnezidan 15 yoshidan revmatizm bilan
ruyxatda turadi. Shikoyati: yurak tez-tez urishi, yurganida xansirash. Umumiy
axvoli konikarli. Teri va kurinarli Shilliq qavatlari odatdagi rangda. Shishlar yuk.
Yurak tonlari ritmik, yurak chukkisida sistolik shovkin. A/B 110/70, 110/70
mm.sim.ust. Puls 92 ta/min. Bachadon normal tonusda, homila buylama
joylashgan, oldinda keluvchi qismi boshi. Chanoq kirish tyokisligiga takalgan.
Homila yurak urishlar soni 138 zarba. Korin aylanasi 86sm, bachadon tubi
balandligi 37sm.
Savol:
1. Taxminiy tashxisingiz:
2. UASh taktikasi
Javob:
1. Homiladorlik III,38 hafta, tug’ruq III. Revmatizm remissiya fazasida, mitral
stenoz KAE 1 daraja
2. Tug’ruqni kaysi usulda olib borishni xal qilish va tug’ruqka tayyorlash
uchun statsionarga yotkizish.
Vaziyatli masala №2
A. ismli ayol 23 yosh 11 hafta 1 homiladorlik bilan poliklinika shifokoriga
murojat kildi. Shikoyati: tana xarorati 39 gacha kutarilishi, bugimlarda ogrik.
Yeshligida revmatizm bilan dispanser nazoratida bo’lgan. Kurikda: yurak tonlari
bugik, yurak chukkisida sistolik shovkin. A/B 100/60, 100/70 mm.sim.ust. Puls
96ta
Savol:
1. Taxminiy tashxis.
2. UASh taktikasi
Javob:
1. Homiladorlik-1, 11 hafta, Revmatizm aktiv fazasi
2. Davolash va chukur instrumental tekshiruvlar olib borish, homiladorlikni
davom ettirish mumkin yoki mumkin emasligi xal etish uchun
statsionarga yotkizish.
Vaziyatli masala №3
B. ismli ayol , 30 yoshda, oltinchi homiladorligi, 30 haftalik muddatda.
Ona posetila antenatalnuyu kliniku pri sroke beremennosti 20 haftalik
muddatda unda anemiya borgligi aniqlangan unga temir vositasi va foli
kislotasini keyingi tashrifgacha 2 haftaga berishgan. Ammo u vaqtida
kelmasdan 10 haftadan so’ng keldi. U nafas olish qiyinlashishiga, uyquchanlik
va tez charchashga shikoyat qiladi.
Savol:
1. Taxminiy tashxis:
Holatini baholash (Anamnez, tibbiy ko’rik, skrining muolajalar/ laborator
analizlar)
Quyidagilar aniqlandi: u hansirash 1 oy oldin boshlanganligini aytdi. So’ng tez-
tez charchash bezovta qilib boshlagan. Tana harorati va arterial
bosiminormada, nafas soni 30 ta 1 minutda. Kon’yunktiv va kaftlari oq rangda.
Bachadon hajmi gestatsiya muddatiga mos. Homila yurak urishi normada.
Gemoglobin 6,5 g/dl. Oxirgi 2 yilda bezgak bilan og’rimagan. U gijja
invaziyasiga endemik joyda yashaydi, ammo 3 yil davomida davolanmagan.
Shular asosida qanday tashxis qo’yish mumkin?
2. Javob: mijozdagi simptomlar va belgilar (nafas qiyinligi, kon’yunktiv va
kaftlari oq rangda, uyquchanlik va tez charchash) og’ir anemiyadan darak
beradi.
1 darajali testlar
1.Yurak nuqsoni bo’lgan ayollarda tug’ruqning II davrida kuzatiladigan asorat
А) Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt kuchishi*
Б) Tug’ruq kuchlarining sustligi
В) Bachadon buynining tug’ruqka tayyor bulmasligi
Г) Antenatal ulim
2.Yurak nuqsoni bo’lgan ayollarda tug’ruqdan keyingi eng ko’p uchrovchi
asorat
А) Tromboembolik asorat*
Б) Bachadondan kon ketish
В) Uroksimon anemiya
Г) Kon bosimining kutarilishi
3.Yurak nuqsoni bor ayollarda tug’ruqdan so’ng kontrasepsiya maksadida kaysi
usuldan foydalanish mumkin emas?
А) KOK*
Б) BIV
В) DXS
Г) SPK
4. .Yurak nuqsoni bor ayollarda tug’ruqdan keyin kancha muddatda
homiladorlikka ruxsat etiladi?
А) 3-4 yildan so’ng*
Б) 2 yildan so’ng
В) 5yildan so’ng
Г) 7-8 yildan so’ng
5. .Yurak nuqsoni bor homilador ayolllar shifoxonaga nechanchi haftalarda
yotkizilishi kerak?
А) 11-12 hafta,28-32 hafta,36-37 hafta*
Б) 11-12 hafta,24-32 hafta, 39-40 hafta
В) 10-8 hafta,20-22 hafta,39-40 hafta
Г) 18-22 hafta,20-22 hafta ,38-39 hafta
6. .Yurak nuqsoni bor homilador ayol 11-12 haftada yotkizilishidan maksad?
А) Homiladorlikni davom ettirish mumkin yoki mumkin emasligigni
aniqlash*
Б) Anemiyani davolash
В) FPV ni davolash
Г) Gemodinamikani tiklash
7. .Yurak nuqsoni bor ayollarda homiladorlikka qarshi ko’rsatma quyidagidan
tashqari?
А) Mitral stenoz 1 daraja*
Б) Yurak nuqsoni , taxiaritmiya
В) Aortal yurak nuqsoni dekompensatsiya bosqichi
Г) Revmatizm II-IIIfaollik
8. Kaysi yurak kon tomir nuqsoni bor bo’lgan bemorlarga homiladorlik qarshi
ko’rsatma hisoblanadi?
А) Barchasi to’g’ri*
Б) Komissuroomiyadan keyingi restenoz
В) Surunkali revmatik perikardit
Г) Utkir revmatik isitma II-III daraja
9.Yurak kon tomir nuqsoni bo’lgan homilador ayol 36-37 haftada
yotkizilishidan maksad
А) Tug’ruq jarayonini xal qilish*
Б) Homiladorlikni tuxtatish
В) Ona bola gemodinamikasini yaxshilash
Г) Homila oldi suyukligini vaqtli ketib kolishini oldini olish
10.Yurak kon tomir nuqsoni bo’lgan homilador ayolni birlamchi gospitalizatsiya
qilish muddati
А) 12 haftagacha*
Б) 8 aftagacha
В) 20 haftagacha
Г) 28 haftagacha
11. og’ir anemiyasi bo’lgan homiladorga xos
A). Nafas olish qiyinlashishi va shig’illashlar
B). Nafas olish qiyinlashishi va kon’yunktiva, til, tirnoq falangalari oqimtir
C). Nafas olish qiyinlashishi va yurak ritmi buzilishi *
D). Yuqoridagilarning hech biri xos emas
12. Quyidagi belgilar bo’lganda homilador ayolda zotiljamga shubha bo’ladi
A). Nafas olish qiyinlashishi va shig’illashlar
B). Nafas olish qiyinlashishi, shig’illashlar va yuqori temperatura
C). Nafas olish qiyinlashishi, yuqori harorat, balg’amli yo’tal va ko’krakda
og’riq *
D). Nafas olish qiyinlashishi, xirillashlar va yuqori temperatura
13. Aanemiya natijasida rivojlangan yurak yetishmovchiligini davolash doimo
kiradi
A). Konservatsiyalangan eritrotsitlarni quyish
B). Konservatsiyalangan va cho’ktirilgan eritrotsitlarni quyish
C). Har qanday qon komponentini quyish
D). Yuqoridagilarning hech biri xos emas
14. Gelmintoz endemiyasi bo’lgan joylarda og’ir anemiya bilan homiladorlarni
davolash
A). Homiladorlikning birinchi trimestrida bir marta antigelmintli davo
o’tkazish
B). Homiladorlikning ikkinchi trimestrida bir marta antigelmintli davo
o’tkazish
C). Homiladorlikning uchinchi trimestrida bir marta antigelmintli davo
o’tkazish
D). Birinchi kursdan so’ng 12 haftadan keyin antigelmintli davoni takrorlash*
15. Homiladorlik davrida og’ir anemiyani davolash uchun temir preparati va
foli kislotasininig har kunlik dozasi:
A). Temir sulfati yoki temir fumerati 120 mg peroral plyus foli kislotasi 400
mkg peroral*
B). Temir sulfati yoki temir fumerati 60 mg peroral plyus foli kislotasi 400
mkg peroral
C). Temir sulfati yoki temir fumerati 120 mg peroral plyus foli kislotasi 200
mkg peroral
D). Temir sulfati yoki temir fumerati 30 mg peroral plyus foli kislotasi 200
mkg peroral
16. Yurak yetishmovchiligi
A). Doimo kesar kesish uchun ko’rsatma bo’lib hisoblanadi.
B). Kesar kesish uchun ko’rsatma bo’lib hisoblanmaydi.*
C). Doimo homiladorlikning 36 haftasigacha tug’dirib olishga ko’rsatma
bo’lib hisoblanadi
D). Yuqoridagilarning hech biri xos emas
2 darajali testlar
1.Yurak-kon tomir kasalligi mavjud homiladorlik asoratlari
А) Muddatdan oldingi tug’ruqlar*
Б) FPE*
В) Homilaning surunkali gipoksiyasi*
Г) Homilaning rivojlanishdan orqada kolishi*
Д) Sariklik
Е) Ko’psuvlilik
Ж) Utkir buyrak yetishmovchiligi
2.Homiladorlikda yurak kon tomir sistemasiga yuklamaning oshishi
А) Homilador ayol vaznining oshishi(10-11%ga, ya’ni taxminan 10-11kg)
*
Б) Diafragmaning yuqoriga kutarilishi, natijada yurak ukining gorizontal
holatga utishi*
В) Yangi plasentar kon aylanishini paydo bulishi*
Г) Homila yurak urishining ona yurak urishiga nomutanosibligi
Д) Homila distressi
Е) Onada yuzaga keladigan patologik taxikardiya
3.Homiladorlikni saklab kolish quyidagilarga bog’liq
А) Nuqson shakli va uning darajasi*
Б) Yurak kon tomir sistemasining funksional holati*
В) Aritmiyaning mavjudligi*
Г) anamnezida tug’ruqning bulishi
Д) anamnezida homiladorlikning mavjudligi
4.Yurak kon tomir kasalliklarida homiladorlikni tuxtatishga ko’rsatma
А) Aktiv revmokprdit, kaytalanuvchi revmokardit*
Б) kon aylanish yetishmovchiligi 2A i 3 daraja*
В) Xilpillovchi aritmiya, mitral klapan stenoz va aorta ravogi stenozi*
Г) Homila gipoksiyasi
Д) Eklampsiya
Е) Homila ichi rivojlanishining syokinlashishi
5.Yurak kon tomir kasalligi mavjud homiladorlarda gospitalizatsiya muddatlari:
А) 12haftagacha nuqson shaklini, revmatik jarayon darajasini aniqlash*
Б) 28-32 haftada (OSK oshish chukkisi)*
В) 37-38 haftada (tug’ruq usulini tanlash va xal qilish)*
Г) 20 haftagacha nuqson shaklini, revmatik jarayon darajasini aniqlash
Д) 30-35 haftada (OSK oshish chukkisi)
Е) 38-42 haftada (tug’ruq usulini tanlash va xal qilish)
6.Yurak kon tomir kasalikklarida homiladorlikning xavf darajalarini aniqlang
А) Ayol yoshi
Б) Oldingi homiladorlik va tug’ruqning kechishi*
В) Kasallik davomiyligi, miokard holati*
Г) somatik surunkali kasalliklar
Д) menstrual sikl patologiyalari
Е) genitaliy pastki qismlarining yiringli –yalliglanish kasalliklari
7.Yurak kon tomir kasalliklarida muddatidan kat’iy nazar homiladorlik tuxtatiladi
А) Kuk nuqsonli (Fallo tetradasi). Birlamchi ,ikkilamchi sianoz*
Б) Yuqori ikkilamchi gipertenziyada tug’ma yurak nuqsonlari*
В) yurak nuqsoni dekompensatsiya bosqichi*
Г) ko’psuvlilik
Д) homila gipoksiyasi
Е) genitaliy pastki qismlarining yiringli yalliglanish kasalliklari
8.Yurak kon tomir kasalligi mavjud homiladorlikda xiladorlikning kaysi davrida
yurakka ortiqcha yuk tushadi
А) 8-12 hafta
Б) 28-32 hafta*
В) 12-14 hafta
Г) 34-38 hafta
9.Revmatik isitma xuruji homiladorlikning kaysi davrlarida ko’p kuzatiladi
А) 14 haftagacha*
Б) 20-32 hafta
В) chilla davrining birinchi kunlari
Г) 8 haftagacha
Д) 34-38 hafta
Е) tug’ruq paytida
10.Kaysi yurak kon tomir kasalliklari homiladorlikni davom ettirishga Qarshi
ko’rsatma hisoblanadi
А) Revmatizmning aktivligi*
Б) Aortal yurak nuqsoni dekompensatsiyasi*
В) mitral kopkokning P, III darajali stenozi*
Г) Mitral yetishmovchilik stenoz Bilan
Д) Miokardit
Amaliy kunikmalar ruyxati.
1. Homilaning taxminiy vaznini aniqlash
2. Tashqi akusherlik kurigi
3. Homiladorlik va tug’ruq muddatini aniqlash
Masalalar
1. 24 yoshli birinchi bor homilador bo’lgan ayol, oilaviy poliklinikaga 12
haftalik muddatdagi homiladorlik bilan murojaat kildi. Qon guruxl A ( II)., Rh (-
) (pasportidan).
I. Qanday tekshirish o’tkazish kerak?
A. Qondagi antitanalarni aniklash.*
B. SPID.
V.UTT.
G. Dopplerometriya.
D. Biokimyoviy qon tahlillari.
2. Rezus- manfiy ayolda homiladorlik davrida qanday asoratlar
kuzatiladi?
A. Homilaning vaqtidan oldin tushishi.*
B. Muddatidan o’tib ketish.
B. Gemolitik kasallik.*
G. Kolpit.
D. Surunkali gipertenziya.
3. 32 yoshli kayta xomilador ayol xomiladorlar patologiyasi bo’limiga
yo’llanma bilan yuborildi. Yo’llanmadagi diagnozi: homiladorlik 35-36 xafta.
Rezus- konfliktli homiladorlik (titr AT 1:32)
I. Statsionar shifokorining taktikasi?
A. Mudsatidan oldin tug’ruk bilan yakunlash.*
B. Qondagi antitanalarni aniqlash.*
B.UTT.
G. Doplerometriya.
D. Biokimyoviy qon tahlili.
II. Yangi tug’ilgan chakalovdagi gemolitik kasallikning ko’rinishlari.
A. Anemik.*
B. Sarik tusli.
B. Shish.*
G. Virusli.
D. Ko’p kamerali.
O’rgatuvchi testlar.
1. Rezus-manfiy nomutanosiblikdagi xomiladorlikda xomilaning ahvolini
baxolash uchun qonda nima tekshiriladi?
Qon guruxi.
Rezus-omil.
Kumbs sinamasi.
2. Chakaloklar gemolitik kasalligi simptomlarini ayting.
Giperbilirubinemiya.
Kamkonlik.
Terining sariq ranggi.
Tanadagi shishlar.
3. Rezus-manfiy homilador ayolda necha marta antitanaga tekshiruv
o’tkaziladi?
32 xaftagacha oyda bir marta.
35 haftadan har xaftada.
32-35 xaftalardan boshlab oyiga ikki marta.
4. Rezus-manfiylik bo’yicha izoimmunizatsiya diagnostikasi.
Anamnezi.
Rezus antitanalarga test, onasining rezus alokadorligini aniklash.
Erining rezus alokadorligini aniklash.
Anti-rezus-antitanalarni aniqlash.
5. Homilador ayollarda rezus- sensibilizatsiyaning sabablari.
Qon guruxi to’g’ri kelganda, bola Rh(+), ona Rh(-) bo’lganda.
Rezusi to’g’ri kelmaydigan qon kuyilsa, autogemoterapiya olish.
32 kunligida o’z-o’zidan yoki sun’iy abort kilinsa.
Bachadondan tashqari homiladorlikda.
Homila ichida sensibilizatsiya. AVO bo’yicha to’g’ri kelmagan Rh(+)
bolaning Rh(-) onadan tug’ilishi.
6. Homilaning 37-38 xaftasida mudsatidan ilgari tug’dirishga ko’rsatmalar.
Antitanalar titri baland 1:8.
Homilaning UTTda ahvolining yomonlashuvida.
Amniotik suyuklikda bilirubin oggtik zichligining oshishi.
7. Rezus-konfliktli xomiladorlarda xomila gemolitik kasalligining og’irligini
aniklash usullari.
Amnioskopiya, amniotsentez.
UTT.
Homilani biofizikaviy profilini aniklash.
Homila a’zolarini o’lchash.
8. Homiladorlik kechishida antirezus antitanalarning aham iyati?
Antirezus antitana titrining borgan sari oshib borishi yoki «sakrovchi»
holatda oshishi yomon prognostik belgi hisoblanadi.
Antirezus antitananing titri va cha
kaloq gemolitik kasalligi (ChGK) ning og’irligi orasida to’g’ridan-to’g’ri
bog’lanish yo’k.
Antirezus antitananing titri past bo’lganda ham og’ir, ham yengil shakli
ChGK ro’y berishi barobar.
Antirezus antitananing yuqori titrida ChGK og’ir shakli uchramaydi.
9. Rezus-konfliktli homiladorlikda uchraydigan eng ko’p asoratlar?
Homiladorlikning muddatiga yetmasligi.
Kamkonlik rivojlanishi.
Homila gipoksiyasi, homilaning antenatal o’limi.
Homila va chaqaloq gemolitik kasalligi.
Homiladorlar erta toksikozi va gipertenziya xolatlari.
Homila gipoksiyasi.
10. Homila va chakalok GK shakllari?
Anemik.
Sariklik.
|