Eslatma: Agar to’qima juda qattiq yopishgan bo’lsa, bu yo’ldoshning chin
yopishib qolishi hisoblanadi. Qiyin ajralayotgan yo’ldoshni ajratish harakatlari
ko’p qon ketib qolishiga yoki bachadonning perforatsiyasiga olib keladi.
Bunday asoratlarda gisterektomiya qilish zarur bo’ladi.
• Agar qon ketishi davom etaversa, krovat oldi testidanfoydalanib, qonning
ivishini tekshiring. Qonning sekinivishi (7 minutdan ko’proq) yoki qon yumshoq
ivisa va tez buzilibketsa, koagulopatiyani taxmin qilish zarur.
Bachadonning ag’darilib qolishi
Yo’ldosh ajralayotgan vaqtda bachadon ichidan tashqariga ag’darilib
qolsa, bachadonning ag’darilib qolishi deyiladi. Bachadonning repozitsiyasi
очи
қ
Бачадон
қисқарди
баллонни
олиб
ташлаш
мумкин
оочи
қ
darhol bajarilishi lozim. Vaqt o’tishi bilan ag’darilib qolgan bachadon atrofidagi
aylana taranglashib, bachadonning ichi esa qonga to’lib qolishi mumkin.
Eslatma: Bachadonning ag’darilib qolishini korreksiya qilmaguncha,
uterotoniklar ishlatmang.
Agar qon ketishi davom etaversa, krovat oddi testidan foydalanib, qonning
ivishini tekshiring. Qonning sekin ivishi (7 minutdan ko’proq) yoki qon yumshoq
ivisa va tez buzilib ketsa, koagulopatiyani taxmin qilsh zarur.
Bachadonni korreksiya qilib bo’lgandan so’ng, antibiotiklar yuboring.
° ampitsillin 2 g v/iga va metronidazol 500 mg v/iga;
° yoki sefazolin 1 g v/iga va metronidazol 500 mg v/iga;
Agar infeksiyaning belgilari bo’lsa (tana harorati baland, qindagi
ajramalarning hidi sassiq) xuddi metritdagi singari antibiotiklar buyuring.
Agar nekrozga shubha qilsangiz qin sohasidan gisterektomiya qiling. Bu
ayolni maxsus markazga olib o’tishni talab etadi.
Tug’ruqdan keyin kech («ikkilamchi») qon ketishi.
Agar og’ir anemiya (gemoglobin 70 g/l yoki gematokrit 20% past) bo’lsa
qon quying va temir preparatlarini va folat kislota bering.
Agar infeksiyaning belgilari bo’lsa (tana harorati baland,qindagi
ajralmalarning hidi sassiq) xuddi metritdagi singari antibiotiklar buyuring.Kech
yoki cho’zilgan TKQK metritning belgisi bo’lishi mumkin uterotoniklar bering.
Agar bachadon bo’yni ochiq bo’lsa, qo’l bilan bachadonni
tekshirib,bo’shliqdan qon laxtalari va yo’ldoshning fragmentlarini olib tashlang.
Bachadonni qo’l bilan tekshirish texnikasi yo’ldoshning ushlanib qolishidagi
kabi bajariladi.
Agar bachadon bo’yni o’z xoliga qaytgan bo’lsa, unda bachadon
bo’shlig’idagi yo’ldoshning qoldiqlarini evakuatsiya qiling.
Ba’zi hollarda qon ketishi davom etsa, bachadon va bachadon-tuxumdon
arteriyalarini boylang yoki gisterektomiya qiling.
Trofoblastik kasallikni yo’qligini tekshirish uchun iloji bo’lsa,bachadon
ichidan qirib olingan narsalarni yoki gisterektomiya qilingan materialni
gistologik tekshiruvga bering.
Test savollari
1. Kuyidagi xollarda oksitotsin yuborilmaydi
A.Dard sustligi
B.Xomila oldi suvi erta ketganda
V.kup xomildalik
G.kupsuvlilik
D.Xomila xarakati kiyinlashganda
2. Xomila dumbasi bilan kelganda mekoniy xosil bulishi
A.Xar doim xomila disstresini bildiradi
B.Agar xomila yurak urishi yaxshi bulsa disstres belgisi hisoblanmaydi
V.Kesar kesishga kursatma buladi
G.Xomila gipoksiyasini bildiradi
D.Xomilani chanogidan tortib tugdirishga kursatma
3. Kup xomilalikda birinchi xomila kundalang joylashgan bulsa
A. Tugruk normal olib boriladi
B. Xomilani aylantirish lozim
B. Kesar kesish lozim
G. Vakuum-ekstraktor kuyish kerak
D. Akusherlik kiskichi kuyish kerak
4. Tugrukda xomila desstresi aniklansa
A. Oksitotsin kuyilayotgan bulsa, tuxtatish lozim
B. Oksitotsin mikdorini kamaytirish
B. Oksitotsin tezligini kamaytirish
G. Yukoridagilarning xech biri emas
D. Oksitotsinga spazmolitiklar kushiladi
5. Xomila yurak urishi tezlashishi kuyidagi bilan boglik
A. Ona xarorati yukoriligi
B. Onaning yurak urishi tezlashtiruvchi dori kabul kilishi
B. Ona gipertenziyasi bilan
G. Yukoridagilarningbarchasi
Vaziyatli masala
Ayollar maslaxatxonasiga xomilador ayol murojaat qildi. Ko’zdan
kechirilganda ayolning bo’yi past,152sm, tana tuzilishi infantil tipda,chanoq
o’lchamlari 24-26-28-18sm. Qin orqali tekshirilganda bachadon 12 xaftalik
muddatiga qadar kattalashgan, xarakatchan, Diagonal konyugata 11sm.
DIAGNOZI, nima qilish kerak?
Nazorat savollari
1 Chanoq suyagining o’lchamlari
2.Homiladorlikda ayollar organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar.
3 Homiladorlik davrida moddalar almashinuvi
4 Homiladorlikka diagnoz qo’yish usullari.
5 Qin orqali tekshirish
6. Homiladorlikning dastlabki davrini aniqlash
7. Homiladorlikni kechki muddatlarda aniqlash
8. Birinchi va qayta homiladorlikni aniqlash
9.Homilaning tirik yoki o’lganini aniqlash
10. Homiladorlikning davom etishi, uning muddati va tug’ish vaqtini
aniqlash
11. 30 haftalik homiladorlikni aniqlash mezoni
CHILLA DAVRI FIZIOLOGIYASI VA POTOLOGIYASIDA HAMSHIRALIK
PARVARISHI
REJA:
1. Tug’ruqdan keyingi davr fiziologiyasi
2. Chilla davrini olib borish
3. Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqlarni baxolash va parvarishlash
4. Tukkan ayollarni ambulator olib borish mezonlari
5. Kelib chikish ehtimoli bo’lgan asoratlar, ularning diagnostikasi
6. Ko’krak bilan oziqlantirish tamoyillari, karshi ko’rsatmalar
7. Ko’krak bilan emizishning rolini ko’rsatish.
Chilla davri homilaning tug’ilgan paytidan boshlanib, 6-8 hafta davom
etadi. Homiladorlik va tug’ruq munosabati bilan ro’y bergan o’zgarishlarning
deyarli hammasi chilla davrida barham topadi. Ayolning jinsiy apparati
homiladorlikdan oldingi ahvoliga deyarli batamom qaytadi. Bola
emizmaydigan ba’zi ayollar chilla davri tugashi bilan yana hayz ko’ra boshlaydi,
emizikli onalar kechroq (ko’pincha emizish davri tugagandan keyin) hayz
ko’radi. Emizikli ayollardan faqat ba’zilari tug’ruqdan 6-8 hafta keyin hayz ko’ra
boshlaydi.
Jinsiy a’zolarning o’z asliga qaytish jarayoni-involyusiya. Yo’ldosh
tushgach, bachadon yaxshi qisqaradi, shar shaklliga kiradi, konsistensiyasi
zichlashadi, boylam apparati cho’zilgani uchun bachadon ancha harakatchan
bo’lib qoladi. Tug’ruqdan keyin qin ilvillagan, keng, tashqi jinsiy a’zolar
shishgan, bo’rtgan, jinsiy yoriq ochiq bo’ladi. Tashqi jinsiy a’zolar va qin
devorlari ko’pincha yoriladi va chaqalanadi.
Chilla davridagi septik kasalliklar tug’ruq vaqtida hosil bo’lgan jarohat
yuzalari orqali mikroblar kirishi natijasida kelib chiqadi. Chilladagi kasalliklarning
etiologiyasi tahlil qilinar ekan, bu kasalliklarning polietiologik xususiyatga ega
ekanligiga ahamiyat berish kerak. Amalda esa bu kasalliklarning sababi ko’proq
patogen stafilokok va streptokokklardir. Hozirgi vaqtda grammusbat anaerob
kokklar, mikroblar assotsiatsiyasi, bakteroidlar, genital miqoplazma, tilla-rang
stafilokokklar kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar sanaladi.
Infeksiyaning birlamchi o’chog’i bo’lib bachadon hisoblanadi. Chilladagi
septik kasalliklar S. V, Sazonov va A. V. Bartels klassifikatsiyasi bo’yicha yagona
jarayon bo’lib quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
Birinchi bosqich-infeksiya tug’ruq jarohati sohasida chegaralangan bo’ladi
(oraliq, qin devori, bachadn bo’ynidagi tug’ruq yarasi, endometrit).
Ikkinchi bosqich-infeksiya birlamchi o’choqdan tashqari chiqadi, lekin
chegaralanganicha qoladi: metrit, metrotromboflebit, parametrit, chanoq
venalarining tromboflebiti va son venasining chegaralangan tromboflebiti,
pelvioperitonit.
Uchinchi bosqich-infeksiya og’irligi jihatidan tarqalgan infeksiyaga yaqin
turadi: diffuz peritonit, avj oluvchi tromboflebit.
To’rtinchi bosqich-keng tarqalgan infeksiya (umumiy septik kasalliklar):
septitsemiya, septikopiemiya, septik shok.
Hozirgi vaqtda akusherlikda kasallikni aniqlash va uni davolashning yangi
usullari qo’llanilmoqdakim, bu usullar infeksiya kikrishiga va uning
tarqalishishga yo’l ochib berishi mumkin (amniotsentez, amnioskopiya, kesar
kesish).
Chilla davri infeksiyasining ba’zi turlari:
Tug’ruq yarasi- oraliq, qin devori va bachadon bo’ynida bo’lib, bunda kasal
jinsiy a’zolari sohasida og’riq seziladi, tana harorati 38 S gacha ko’tariladi. Bu
hol 4-5 kun davom etadi, yaraning yuzasi yiringli kir kulrang yoki sarg’imtil
kulrang parda bilan qoplanib, bu parda to’qimadan juda qiyin ajraladi, yara
osongina qonaydi. Yara atrofida shish va yallig’lanish ( qizarish) paydo bo’ladi.
Davosi: nekroz parda bo’lsa 10% li natriy xlorid eritmasiga doka salfetkani
ho’llab yaraga bostiriladi. Antibiotikli malhamlar surtiladi. Oraliq tikilgan bo’lsa,
choklarni yechish zarur, agar yiring bo’lmasa malhamlar, UVCh, kvars qo’yiladi.
Endometrit-ko’pincha aseptika va antiseptika qoidalarini buzish, uzoq
muddatga cho’zilgan tug’ruq, suvsiz davrning cho’zilishi, ayollarning tug’ruqda
jarohatlanishi, operativ usul bilan tug’dirish, tug’ruqda ko’p qon ketishi,
tug’ruqdan keyin septik kasalliklar vujudga kelishiga zamin yaratadi.
Klinikasi: harorat ko’tarilib, tomir urishi tezlashadi. Sassiq hidli chiqindilar
keladi, loximetra va subinvolyusiya bo’lib turadi.
Davosi: antibakterial, desensiblizatsiyalovchi, bachadonni qisqartiruvchi
dorilar. Bachadon tbo’shlig’iga antiseptik (dioksidin, antibiotiklar) dorilar
yuborilib, instillyatsiya qilinadi, qorinning pastki qismiga muz qo’yiladi, qonning
reologik xususiyatlarini normallashtiradigan dorilar: oqsil komponentlari-
gammaglobulin, plazma, antikoagulyantlarishlatiladi. Davolash bakteriologik
tekshirish nazoratida olib boriladi.
Muvaffakiyatli emizish tomon «11 qadam»:
1.Ko’krakbilan emizish buyicha joiy kilingan koidalarga kat’iyan amal
kilishi,ularni tibbiy xodimlar va tukan ayollarga muntazam yetkazib turishi.
2.Barcha tibbiy xodimlarni ko’krak bilan emizishni ish jarayoniga tatbik
etish borasida zarur bo’lgan kunikmalarga urgatish.
3.Barcha xomilador ayollarni emizishning afzalliklari va kanday emizish
kerakligidan xabardor kilish.
4.Bola tug’ilgandan keyin yarim soat ichida emizishni boshlashda onalarga
yordam berish.
5.Onalarga kanday emizishni ham da uz farzandi bilan vaqtincha bulla
olmagan xolda sut xosil bo’lishini kuvvatlab turishni kursatish.
6.Tibbiy ko’rsatmalardan tashqari xollarda chaqaloqka ona sutidan boshka
xech kanday ovqat va ichimlik bermasligi.
7.Onalar va chaqaloqlarning bir palatada tunu kun birga bo’lishini
amaliyotga kiritishi.
8.Gudakni rejali emas, balki talabiga kura emizilishini ragbatlantirilishi.
9.Ko’krak bilan emizilayotgan yangi tug’ilgan chaqaloqlarga ona kukragini
rad etuvchi xech kanday vositalar va tinchlantiruvchi moddalar(surgich)
berilmasligi.
10.Emizishni kullab-kuvvatlovchi guruxlar tuzilishini ragbatlantirishi ham da
tug’ruqxonadan yoki shifoxonalardan chiqarilayotgan onalarni shunday
guruxlarga yuborishi lozim.
11.KVP,shifoxonalarda
ko’krak
bilan
emizishni
targibot
kilish,ragbatlantirishni kullab-kuvvatlanishi.
Ko’krak sutining afzalliklari:
A)bolaga zarur bo’lgan ozuqa moddalardan iborat
B)bola organizmida yengil xazm buladi va samaradorligi yukori buladi.
V)bolani infeksiyadan ximoya kiladi..
Sut tarkibidagi o’zgarishlar
Og’iz suti-bu tug’ruqdan keyingi bir necha kun davomida ayolning
ko’kraklarida ishlab chikiladigan sutdir.U kuyuk, sargish rangda buladi
Yetilgan sut- bu sut bir necha kundan keyin xosil bo’lib,sutning mikdori
oshadi.
Ertangi sut- bu emizishning boshida ajraladigan sut.
Kechki sut- bu emizishning oxirida xosil buladigan sut
Bolani ko’krak oldi xolatlari:
1.Chaqaloqning boshi va tanasi bir to’g’ri chizikda turishi kerak.
2.Chaqaloqning yuzi ko’krakka karagan, burni esa ko’krak uchi satxida
joylashgan
3.Chaqaloq onasiga yakin tutiladi.
4.Agar chaqaloq yangi tug’ilgan payti bulsa, uning fakat boshi va yelkasini
emas, balki butun tanasini tutib turish lozim.
Sut xosil bo’lishida prolaktin va oksitotsin gormonlari faol ishtirok etadi
Samarali emizishning 4ta asosiy jihatlari:
1.Bolaning og’zi katta ochilgan.
2.Pastki labi tashqariga kayrilgan.
3.Bolaning engagi onaning kukragiga tegib turadi.
4.Bola ogziga korachikni pastki qismini kuprok olgan.
Emizishni muvaffakiyatli kechishiga chaqaloqning tutib olish, surish va
yutish reflekslari yordam beradi.
LAU(laktatsion amenoreya usuli)- bu bolani istisnosiz ko’krak bilan emizish
vaqtida bola 6 oylik bulgunga kadar,xayz kurmagan takdirda emizikli ayolning
xomilador bulmasligidir.
Ko’krak bilan emizishga ona va bola tomonidan qarshiliklar:
Ona tomonidan-OIV/OITS
Bola tomonidan-ona sutini kutara olmaslik.
Kam vaznli va bemor bolalarni ovqatlantirish
Tug’ilgandagi kam vaznli (TKV) termini deb- tug’ilganda tana vaznining
2500g dan kam bo’lish aytiladi.Bunga muddatidan oldin tug’ilgan chala va
gestatsion yoshiga nisbatan kichik bolalarkiradi.Kam vaznli bolalarda
infeksiyaga chalinish xavfi yukori,shu sababadan ular kata bolalarga nisbatan
ko’krak sutiga kuprok darajada muxtojdirlar.Bola dastlabki bir necha kun
davomida og’iz orqali ovqatlana olmasligi mumkin. U tomir orqali oziklanishga
muxtoj bo’lishi mumkin.Bola ovqatni kutara oladigan bo’lgandan sung, og’iz
orqali ovqatlantirishni boshlash kerak.
Gestatsion yoshi 30-32 xaftadan kichik bolalarni nazogastral zond orqali
ovqatlantirish lozim.Sogilgan ko’krak sutini zond orqali berish kerak.Agar iloji
bulsa, bolani ona kulida ushlashga va u bilan har kuni teri-teriga muloqatda
bo’lishiga sharoit yaratish kerak,bu ko’krak sutini kuprok ajralishiga imkon
yaratadi.
Gestatsion yoshi 30-32 xaftalik bolalarni kichik piyolacha va kichik
koshikcha orqali ovqatlantirilsa buladi.Bu yoshda ovqatlantirishning yana bir
usuli bola ogziga sutni to’g’ridan-to’g’ri sogish hisoblanadi.
Gestatsion yoshi 32 xaftadan kata bo’lgan bolalar ko’krakni emishlari
mumkin.Bola uzini yaxshi xis kilgandayok bolani ko’krakka kuyishga onaga
ruxsat berish mumkin.
Ko’krak bilan ema olmaydigan bolalar uchun beriladigan sut mikdori.
2500g dan yukori vaznda bo’lgan bolalar uchun:
1kg tana vazniga kuniga 150ml dan sut
Sutni umumiy mikdorini 8ta ovqatlanishga bo’lib,har 3 soatda berish lozim.
2500g dan kichik vaznda bo’lgan kam vaznli bolalar uchun:
60ml/kg vazndan boshlash kerak.
Har kuni umumiy sut mikdorini 20 ml/kg tana vazniga oshirib borib,toki
bola kuniga 200mldan sut olsin.Umumiy sut mikdorini 8-12 martalik
emizishlarga bo’lish va har 2-3soatda emizish lozim.
Bolaning tana vazni 1800g ga yetmaguncha yoki butunlay ko’krak bilan
emizishga utmaguncha ovqatlantirish kerak.
Kukrak sutining aham iyati. O’zSSVning 3 mart 2006 yildagi 81 sonli
“O’zbekiston Respublikasida qo’krak bilan boqishni himoyalash chora-tadbirlari
va Bolaga Do’stona Munosabatdagi Shifoxona Tashabbusini yanada
kengaytirish” to’g’risidagi buyrug’i JSST va YuNISEF ko’rsatmalari asosida
amaliyotga kiritildi.
Bu buyruqning maqsadi:
Respublikadagi hamma tug’ruq muassasalarini “Bolaga Do’stona
munosabatdagi shifoxona” sertifikatini olishga tayyorlash.
Bolaga Do’stona munosabatdagi muassasa tashabbusini sog’liqni saqlash
tizimidagi birlamchi tibbiy sanitariya yordami ambulator bo’g’imiga tarqatish.
Istisnosiz faqat ko’krak suti bilan boqishni 6 oylikkacha bo’lgan bolalar
o’rtasida 70-80% ga yetkazish.
Bu buyruqdagi keltirilgan ilovalarni mazmun moxiyati quyidagilardan
iborat:
1 ilova. Bolaga Do’stona Munosabatdagi Shifoxona to’g’risidagi nizom. Bu
ilovaga ko’krak suti bilan boqishning 11 ta qadami kiritilgan.
2 ilova. “Bolaga Do’stona Munosabatdagi Shifoxona” nomini olishga
xarakat qilayotgan muassasani o’zini-o’zi baholash to’g’risidagi instruksiya.
Buni amalga oshirishda ko’krak suti bilan boqishni har bir qadami taxlil qilinadi
va anketadagi savollarga javob beriladi, agarda har bir qadam bo’yicha 80%
ijobiy javob olinsa, bu qadam bajarilgan hisoblanadi.
3 ilova. Bolalar shifoxonasi va poliklinikalarda “Ko’krak suti bilan
boqishning 10 ta qadami” ni qo’llash.
Buni amaliyotga kiritish uchun sertifikatga ega bo’lgan tug’ruqxonada
faoliyat yuritayotgan xodimlarni ularga ko’maklashish uchun jalb qilish zarur.
Bu esa “Ko’krak suti bilan boqish” ni 11 – qadamini bajarishga yordam beradi.
Bolaga Do’stona Munosabatdagi Shifoxona Tashabbusi
maqomini olishni 11 ta tamoili:
Muntazam ravishda hamma tibbiyot xodimlariga yetkazib turadigan
ko’krak suti bilan boqishni maqsad va masalalari bayon qilingan yozma
ravishdagi hujjatga ega bo’lish.
Hamma tibbiyot xodimlarini onalarga maslahat bera oladigan
ko’nikmalarga o’rgatish.
Hamma xomilador va tuqqan ayollarga ko’krak suti bilan boqishni
afzalliklari haqida ma’lumot berish.
Tug’ruqdan keyin 30 daqiqa ichida hamma onalarga ko’krak bilan
boqishda ko’maklashish.
Onalarga qanday emizishni va o’z farzandi bilan vaqtinchalik birga
bo’lmaganda laktatsiyani saqlab qolish usullarni o’rgatish.
Tibbiy ko’rsatmalardan mustasno chaqaloqlarga 6 oylikkacha ko’krak
sutidan boshqa hech qanday begona ovqat va suyuqliklarni bermaslik.
Ona va bolani kechayu-kunduz bir xonada bo’lishini amalda qo’llash.
Ko’krak bilan boqishni talabiga qarab amalga oshirish.
Ko’krak suti bilan boqilayotgan chaqaloqlarga ko’krakni eslatuvchi hech
qanday tinchlantiruvchi vosita va moslamalarni bermaslik.
Onalarni qo’llab-quvvatlovchi guruhlarni tashqil qilishni rag’batlantirish va
onalarni maslaxat olish uchun bu guruhlarga jalb qilish.
Xududda sertifikatli muassasalarni kengaytirish maqsadida kamida 2 ta
DPM ni Bolaga Do’stona Munosabatdagi Shifoxona maqomini olishga
ko’maklashish.
Quyidagi qoidalarga amal qilish ko’krak suti bilan boqish yanada
muvaffaqiyatli bo’lishini ta’minlaydi:
Tug’ruqdan so’ng go’dakni ko’krakka mumkin qadar erta tutish.
24 soat davomida bolaning talabiga ko’ra emishiga ko’maklashish.
24 soat davomida ona va bolaning bir xonada birga bo’lishi.
Onani ko’krak suti bilan boqishning afzalliklari va sun’iy ovqatlantirish xavf-
xatarlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Shishachadan boqish va sun’iy ovqatlar ishlatilishining oldini olish.
Ko’krak suti bilan boqishga xalal beruvchi shifoxona amaliyotini oldini
olish.
|