Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqlar parvarishini hozirgi zamon
talablariga mos ravishda tashqil etish
Tug’ruq zalida yangi tug’ilgan chaqaloqlarga shoshilinch yordam
ko’rsatish uchun quyidagi tibbiy asboblar, jihozlar va dori-darmonlar kerak:
Bolani isitish uchun: issiqlik manbai (aloxida yoki jonlantirish stoli bilan),
kuvezlar, isitiladigan to’shaklar;
So’rib olish uchun: ballonchalar, kateterlar, zondlar, elektr yoki mexanik
so’rish moslamalari;
Sun’iy nafas berish uchun: kislorod manbai (markazlashgan, yoki
kislorod konsentratori), xavo namlagich, kislorod ulovchi trubkalar, 250-300
ml xajmdagi xavo berish qopchalari(«Ati», «Rep1op», «aegs1a1», «V1ie Sgozz»
va xokazo.), turli o’lchamdagi yuz niqopchalari, laringoskop №0 (chala
bolalar uchun), №1 (yetilgan bolalar uchun) 2,5, 3,0, 3,5, 4,0 o’lchamdagi
traxea trubkalari;
Dori darmonlar: reanimatsiya uchun-adrenalin gidroxlorid suyultirilgan
1:10000, (0,1-0,3 mg/kg), natriy xlorning fiziologik suyuqligi, qon
-o’tkir kamqonlikda, nalokson gidroxloridi (0,1 mg/kg)- medikamentoz
depressiyada1% tetrasiklin yoki eritromitsin ko’zga malham i(maz), K vitamini.
Dori darmonlar yuborish uchun asboblar: bir martalik shprislar, zondlar,
kateterlar;
Boshqalar: sekundomerlar, 35 darajadan past xaroratni o’lchaydigan
termometrlar, fonendoskop.
Tug’ruk zallarida quyidagi tozalik tamoyillariga amal qilinishi kerak:
- toza qo’llar;
- Qindik kesish va chaqaloq parvarishida steril qo’lqoplar;
-tug’ruq va Qindikka ishlov berishda foydalaniladigan bog’lov materiallari
va steril asboblar;
- Qindik yarasi qurishi va bitishi uchun ochiq qoldirilishi kerak.
Yangi tug’ilgan sog’lom chakalok parvarishi
Chaqaloqni tug’ilgan zahoti issiqlik yo’qotilishini oldini olib va issiqlik
zanjiri tamoyillariga amal qilgan holda tezda artib quritiladi va ona qorniga
qo’yiladi. Onasi bilan birga issiq ko’rpa (odeyal) yopiladi, boshiga qalpoqcha
kiydiriladi. Bolaning sovuq qotishiga, sababsiz onasidan ajratilishiga yo’l
qo’ymaslik kerak. Bolada emishga tayyorligini birinchi belgilari (spontan nafas
olish, so’ruvchi harakatlar, ko’krakni qidirish) namoyon bo’lgach, tug’ilgandan
so’ng o’rtacha 30-60 minut davomida ko’krak bilan birinchi boqishni boshlash
mumkin.
Teri - teri bevosita alokasi - bolani ona terisi bilan bevosita aloqasi uchun
ko’kraklar orasiga yotqiziladi va issiqni saqlash uchun ona-bola ko’rpa bilan
o’raladi. Bu usul sianoz va asab buzilishlari belgilari aks etmagan, bir tekis nafas
olayotgan bolalar uchun mos keladi. Teri - teri bevosita aloqasi, "issiqlik zanjiri"
asosiy tamoyillariga rioya qilgan holda, bola tug’ruq zalida bo’lishi davrida
davom etadi. "Issiqlik zanjiri" qatorlari quyidagilar hisoblanadi:
bolani tug’ilishi va uni parvarishida ishtirok etadigan barcha xodimlarni
o’qitish: tozalik, issiqlik, yelvizak bo’lmagan palatani ta’minlovchi tug’ruq
joylarini tayyorlash;
toza, issiq joylar, quritish va boshi bilan o’rash uchun yo’rgak yoki
sochiqlar (qalpoqchalar) tayyorlash;
yangi tug’ilgan bolani o’sha zahoti quritish;
bolani tug’ilgan zahoti onasiga berish va ularni issiq ko’rpaga o’rash;
ovqat qabul qilishni birinchi belgilari paydo bo’lgach, issiqlik tartibini
saqlagan holda, ko’krakni spontan emishiga yo’l berish; - bolani boshiga issiq
shapkacha; agar zarur bo’lsa, issiq, xavfsiz ko’chirish vositasi.
Yangi tug’ilgan gipotermik chaqaloqlarni isitish juda qiyin - sovuq qotgan
bolani o’rash yordam bermasligi mumkin, u muzdek bo’lib qolvaeradi. Darhol
issiqda saqlash osonroq.
Shilliqni so’rib olish rutin bo’lmasligi kerak. Yangi tug’ilgan chaqaloqda
asfiksiya, qon yoki mekoniy asiiratsiyasi bo’lganda shilliq so’rish uchun
ko’rsatma beriladi. Sog’lom boladan agressiv va uzoq vaqt nafas yo’llaridan
shilliqni so’rish bir tekis nafas o.lishni boshlanishini kechiktirish va uzoq
bronxospazmga olib kelishini unutmaslik kerak. Shuning uchun, og’iz bo’shlig’i
sanatsiyasida eng yaxshisi bir marta ishlatiladigan balloncha yoki maxsus
yumshoq so’ruvchi kateterdan foydalanishdir, kateter bolani og’ziga 3
sm.gacha kirgizilish kerak, avval og’iz, keyin burun tozalanadi. Muolaja
davomiyligi 5 sekunddan oshmasligi kerak.
Kindikni hisish - tug’ilgandan taxminan 1 daqiqa o’tgach yoki pulsatsiya
to’xtagach, amalga oshiriladi (tibbiy ko’rsatmalarga ko’ra, Qindikni darhol
qisilishi bundan istisno). Qindik yarasi parvarishi tozalikka rioya qilgan holda,
qurituvchi moddalardan foydalanmasdan ochiq usulda olib boriladi.
Profilaktik tadbirlar - ona va bolani tug’ruqdan keyingi palataga
o’tkazishdan avval olib boriladi, ya’ni birinchi ikki soat davomida teri-teriga
aloqa o’tqazilgandan
so’ng: antropometriya, tana haroratini o’lchash, gonoblenoreyani oldini
olish uchun ko’zlarga, qizlarni jinsiy a’zolarini 1%li tetrasiklin, u bo’lmasa - 1%li
eritromitsin malhami yoki 1%li kumush nitrat eritmasi bilash ishlov beriladi.
Gemorragik sindromni oldini olish vitamin "K" bilan o’tkaziladi. So’ngra
qoldirilgan Qindik bo’lakchasiga skobka yoki rezina halqacha o’rnatilgan yopiq
qisqich o’rnatiladi, skobka yoki rezina halqani chetlari Qindik halqasi chetlaridan
3-4 sm masofada bo’lishi kerak. Takroran infuzion yoki transfuzion davolash
o’tkazish lozim bo’lsa, Qindikka Qindik halqasidan 3-4 sm masofada ipak-
ligatura o’rnatiladi.
Bolaga yaxtakcha yoki ko’ylakcha kiydirish kerak, chunki qattiq yo’rgaklash:
1.
Diafragma harakatiga qarshilik qiladi, to’satdan o’lim sindromi
xavfini oshiradi;
2.
Issiqni saqlashga yordam bermaydi;
3.
Asab-mushak koordinatsiyasini buzadi;
4.
Qon aylanishini buzadi;
5.
Ko’krak bilan muvaffaqiyatli boqishga halaqit beradi.
Chaqaloqni kiyimi bo’lmaganda, qattiq emas, boshini o’ramasdan
yo’rgaklash kerak. Boshiga alohida yo’rgak yoki qalpoqcha. Chaqaloqning
barcha kiyimlari iloji boricha uydan keltirilgan, toza bo’lishi kerak. Chaqaloqni
tug’ruqdan keyingi palataga onasi bilan issiqlik zanjiri qoidalariga rioya qilgan
holda ko’chirish kerak.
Chaqalokni tug’ilgandagi holatini baholash va jonlantirish chora
tadbirlarini tashqil etish
|