Akusherlik va genekologiyada hamshiralik ishi




Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/57
Sana06.12.2023
Hajmi6,89 Mb.
#112335
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Bog'liq
Akusherlik

Qopcha va nisobni qanday to’g’ri ko’yish va ishlapshsh mumkin? Bolani 
chalqanchasiga yotqizilib, boshi biroz orqaga tashlanadi. Birinchi bir necha 
puflashga katta bosim (40 -50 sm suv ustuni) talab qilinadi, va davomiyligi 
kamida 5 soniya bo’ladi. O’pkalar havoga to’lganda, nafas berish osonroq 
davom etadi, 25-30 sm suv ustuni bosimida va bir daqiqada 40-60 marta 
bajariladi. Samarasiz puflashning sababi, noto’g’ri puflash, yoki nafas 
yo’llarining berqilib qolishi mumkin. Yordamchi nafas berishning samaraliligini 
baholash uchun doimiy ravishda pulsni sanash va har qaysi siklda ko’krak qafasi 
ekskursiyasini tekshirib turish lozim. Yurak faoliyatining tiklanishi samarali 
jonlantirish ko’rsatkichidir. 
Og’ir asfiksiyada chaqaloq hayotining birinchi 30 soniyasida nafas olish 
harakatlari yo’q, pulsi kamaygan (100 dan kam), mushaklar tarangligi pasaygan, 
teri rangi oqish yoki kul rangda. Chaqaloqga 1-2 daqiqa davomida niqob orqali 
qopchadan nafas berishni boshlash kerak va yana holatini qayta baholash 
kerak. Agar nafas olishi tiklanmasa, yurak qisqarishlari soni 100 tadan ortiqga 
ko’paysa, yana 3-4 daqiqa davomida nafas berishni davom ettirib, yana holati 
qayta baholanadi. Agar nafas va YuQS tiklansa, bolani onasiga berish mumkin. 
Agar 1-2 daqiqadan so’ng nafas olishi tiklanmasa, YuQS soni bOdan kam bo’lsa, 
unda yurakni bilvosita uqalash va endotraxeal intubatsiya qilish kerak. Agar 
ushbu muolajalar siz kutgan samarani bermasa, puls meyoriga kelmasa, 
vazoaktiv dori darmonlar qo’llashni boshlang. 
Endotraxeal intubatsiya boshha usullar samarasiz bo’lgan hollardagina 
o’tkaziladi. 
Endotraxeal intubatsiya uchun ko’rsatmalar: 
1. Niqob orqali nafas berilganda yurak urish tezligining 1 daqiqada 
YuOtadan oshmasligi. 
2. Amniotik suvlarda quyuq mekoniylar bo’lganda bolaning ikkilamchi 
apnoe holati, ayniqsa, tug’ruq kesar kesish orqali olib borilganda. 
3. Bolada yurak qisqarishining 1 daqiqada bOtadan kamligi va shu sababli 
yurakni bilvosita uqalash va traxeya ichiga adrenalin yuborish zaruriyati. 
4. Bolaning irenatal tashxislangan diafragma churrasi bilan tug’ilishi. 


Qo’shimcha kislorod 
Uni jonlantirishda beriladi, aslida 50-60% kislorodga to’yingan havo 
ishlatish lozim. Nazariy tomondan kislorodga to’yingan havoning samaraligi 
aniqlangan emas. 100 % li kislorodni qo’llash o’pkalar atelaktaziga olib kelishi 
va zaharli bo’lishi mumkin. Ammo tibbiy muassasalarning ko’pchiligida faqat 
toza kislorod bo’ladi. Agar faqatgina toza kislorod bor bo’lsa uni faqat sianoz 
yo’qolguncha ishlating. Shu bilan birga oddiy havo ham, xuddi kislorod bilan 
to’yingan havo kabi samarali deyishga asosimiz bor, shuning uchun 
chaqaloqga jonlantirish muolajalari o’tkazilayotganda, va kislorod bo’lmaganda 
ham, nafas berishni o’tkazishdan voz kechish kerak emas. 
Vazoaktiv vositalar 
Agar endotraxeal intubatsiya va yurakni bilvosita uqalash davomida puls 
me’yoriga kelmasa, metabolik atsidoz to’g’risida tahmin qilish mumkin va 
miokardni adrenalin (1:10000 nisbatda suyultirilgan 0,1-0.3 mg/kg) yordamida 
traxeya ichiga yoki Qindik kateteri orqali yuborib, stimulyatsiya qilish kerak. 
Jonlantirish muolajalarini to’xtatishga ko’rsatmalar 
Agar 15 dakika davomida adekvat sirkulyatsiyaga erisha olinmasa, 
jonlantirish muolajalarini to’xtatish lozim. 
Agar adekvat sirkulyatsiyaga erishilgan bo’lsada, lekin nafas olish 
harakatlari 30 daqiqa davomida kuzatilmasa, go’dakga nafas berishni davom 
ettirish va qayta ko’rik uchun intensiv davolash bo’limiga(xonasiga) o’tkaziladi. 
Chaqaloqni asfiksiyadan keyingi kuzatuv 
Asfiksiya kechirgan chaqaloqlarda gipoglikemiya va gipotermiya xavfi 
yuqori bo’ladi. Og’ir asfiksiyani o’tkazgan bolalarda ba’zi a’zolar funksiyasining 
tranzitor yetishmovchiligi namoyon bo’lishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi, 
hatto og’ir bo’lmagan asfiksiyadan keyin ham kuzatilishi mumkin, yurak 
yetishmovchiligi va gipoksik-ishemik ensefalopatiya odatda og’ir asfiksiyadan 
so’ng kuzatilishi mumkin. Chaqaloqlarni asfiksiyadan keyin to’g’ri olib borish o’z 
ichiga quyidagilarni oladi: 

bola yotgan xona issiqligini ta’minlash; 

erta va tez-tez ko’krak bilan boqishni tashqil etish; 

ona va bola orasidagi aloqani erta boshlash(teri-teriga); 

monitor orqali yurak urishi, nafas olishi, agar mumkin bo’lsa, buyrak 
faoliyati, qand va qondagi kalsiy miqdorini kuzatish; 



kelgusida bolaning holati, o’sishi va rivojlanishini mukammal kuzatib 
borish. img 
Masalalar.
1. A. ismli tukkan ayol, chilla davrining ikkinchn kuni umumiy axvoli yaxshi 
bo’lib, harorati 36,6 gradus, tomir urishi minutiga 68 ta. Ichki a’zolarmda 
o’zgarishlar yo’k. Ko’krak bezlari sal kattalashgan, uchlari yaxshi, qizarmagan. 
Bachadon yaxshi kiskargan.Bachadon tubining yukorigi nuktasi Qindik agrofida 
bo’lib, paypaslaganda og’rimaydi. Loxiya kon aralash kizil rangda oz miqdorda, 
siyishi yaxshi. Ichi o’tgani yo’k (yozilmagan).
1. Diagnoz
2. Chilla davrida bachadon og’irligining o’zgarishi.
3. Chilla davrining birinchi kunlari ko’krak bezlari nima ishlab chiqaradi, 
og’iz sutining tarkibini aytib bering.
2. S. ismli tukkan ayol, chilla davrining beshinchi kuni umumiy axvoli yaxshi 
bo’lib, xarorati 36,8 gradus, tomir urishi minutiga 64 ta. Ichki a’zolarida 
o’zgarishlar yo’k. Ko’krak bezlari sal kattalashib, kattiklashgan, uchlari yaxshi, 


qizarmagan. Bachadon yaxshi kisqargan. Bachadon tubining yukori nuktasi 
Qindik bilan qov o’rtasida bo’lib, paypaslaganda og’rimaydi. Loxiya oz 
miqdorda bo’lib, kon aralash sarg’ish tusda, siyishi yaxshi. Kuniga bir marta 
yoziladi.
1. Diagnoz
2. Chilla davrida loxiya xususiyatlarining o’zgarishi.
3. Chilla davrining 5 kunlarida ko’krak bezlari nima ishlab chiqaradi. 
Vaziyatli masala№1 
23 yoshli takror tug’ayotgan ayol, 5 soat oldin dard boshlangaliginligi 
tufayli tug’ruqxonaga kelgan. Yarim soat oldin uyda qog’onoq suvlari o’rtacha 
miqdorda ketgan. Amneziyadan ma’lum bo’lishicha ikkinchi tug’ruq, birinchi 
homiladorligi bundan ikki yil oldin chala tug’ish bilan yakunlangan. Ayol kelgan 
vaqtda tekshirish o’tkazilganda bo’yi o’rtacha balandikda, Mixaelis rombi 
noto’g’ri shaklda, yuqorigi burchagi yassilangan. Bachadon tubi balandligi 
muddatiga yetgan homiladorlikka mos keladi. Homila bo’ylama vaziyatda, 
boshi oldinda joylashgan, kichik chanoqning kirish qismiga taqalgan. 
Homilaning yurak urishi aniq va ravshan. I daqiqada 140 marta Qindikdan 
pastda eshtilmoqda, qorin aylanasi 97sm. Chanoq o’lchamlari: 26-26-30-17.5 
sm. Dard kuchayib, to’lg’oq boshlangan. Qin orqali tekshirish: bachadon bo’yni 
ancha kaltalangan va 6 smga ochilgan. Homila boshi kichik chanoqning kirish 
qismiga taqalgan. O’q-yoysimon chok ko’ndalang o’lchamda, oldinga – qov 
birlashmasi tomon siljigan kichik liqildoq chap, kattasi o’ng tarafda ikkala 
liqildoq ham bir tekkisligida joylashgan. Diagonal konyugata – 10.5 sm. 
DIAGNOZI, qanday patologiya? Tug’ruqni qay tarzda boshqarish kerak? 
A. Umumiy tekis toraygan chanoq tug’ruq tabiy yo’li orqali kutish 
taktikasiga rioa qilib boshqariladi. 
B. Raxitik yassi chanoq boshning tepa bilan oldinda yotishi, orqa asliktlizm 
Kesar-kesish operatsiya qilish kerak. 
V. Funksional (klinik) tor chanoq kraniotomiya operatsiyasi maqsadga 
muvofiq.. 
Nazorat savollari 
1. Chaqaloqlarning patologik holatlari.
2. Chaqaloq asfiksiyasi 


3.Chaqaloqlar birlamchi reanimatsiyasi 
4.Chaqaloqlarning tug’ruq jarayonida jarohatlanishi 
5. Chaqaloqlar yuqumli kasalliklari
6 Akusherlik operatsiyalari.
7. Qog’onoqni sun’iy usulda yorish ham shira pararishi 
Test savollari 
1. Normada xomilaning yurak urishi 
A. dard vaqti sekinlashmaydi 
B. dard vaqtida uzgarmaydi 
B. dard vaqtida sekinlashadi 
G. dard vaqtida sekinlashib, darddan keyin normallashadi
D. gugruk davomida uzgarmaydi 
2. Fetoplasentar yetishmovchiligiga kupincha kuyidagilar olib keladi 
A. gipertonik kasalligi 
B. buyrak kasalligi 
B. xomiladorlik kech gestozi 
G. kamkonlik 
D. semirib ketish 
3. Preeklamsiyaga xos simptomlar 
A. albuminuriya 
B. gipertenziya 
B. sub’ektiv shikoyatlar 
G. oyoklardagi shishlar 
D. xomiladorlik ikkinchi davrida paydo bulishi 
4. Eklampsiya belgilari 
A. gipertenziya 
B. diareya 
B. siydik kamayishi 
G. shishlar va albuminuriya
D. koma va tutkanoklar 
5. Eklampsiyada ayollar ulimiga eng kup olib keladigan sabablari
A. bosh miyaga kon kuyilishi
B. buyraklarga yetishmovchiligi
V. infeksiya
G. upkalar shishi
D. bosh miya shishi 
6. Agar ayolda sut dimlanishi bulsa 
A.Kasallangan kukragi bilan bolani emizmaslipi kerak 
B.Kukragiga kuniga uch maxal issik kompress kuyishi lozim 


B.Sut bezlarini boglashi yoki byusgalter takishi lozim 
G. Antibiotiklar kullamaslik kerak 
D. Antibiotiklar kullashi lozim 
7.Kaysi oldin utkazilgan kasalliklar chilla davridagi septik kasalliklarga 
olib kelmaydi 
A.endometrit
B. revmatizm 
V.surunkali tonzillit 
G. jinsiy a’zolar yalliglanishi 
D. bolalar infeksiyasi (koklyush, kor) 
O’rgatuvchi testlar.
1. Ilk chilla davrida shifokor e’tiborini qaratishi lozim bo’lgan 6 ta asosiy 
ko’rsatkichni ko’rsating.
Tukkan ayolning umumiy ahvoli.
Teri va ko’rinadigan Shilliq qavatlarning ranggi.
Puls.
Jinsiy yo’llardan ajralayotgan ajralmalar xarakteri.
AB (kon bosimi ko’rsatkichlari).
Bachadonning xolati.
2. Bachadon subinvolyusiyasida nima buyuriladi?
Oksitotsin.
Pituitrin.
Metilergome grin.
3. Bachadon involyusiyasining gezligi nimaga bog’lik?
Homila vazniga.
Ayolda tug’ruk soniga.
Tug’ruk kechipshga.
Ko’krak bilan emizishga bog’liq.
4. Ilk chilla davrida shifokor kanday 5 ta asosiy holatga aham iyat berishi 
kerak?
Ayolning umumiy axvoli.
Teri va Shilliq qavatlar ranggi.
Tomir urishi. Q/B. 
Bachadonning axvoli.
5. Chilla davrini boshkarishning asosiy vazifalari.
Tukkan ayol va bolada yiringli septik kasalliklarning oldini olish.
6. Laktatsiya jarayonini asosan kaysi gormonlar boshkaradi?
Oksitotsin.
Prolaktin.


Progesteron.
7. Tukkandan keyingi bachadonning parametrlarini ko’rsating.
Bachadon tubi kovdan 15-16 sm balandlikda turadi.
Bachadon devorining qalinligi bachadon tubida - 4-5 sm, bachadon 
bo’ynida 0,5 sm ga teng.
Bachadonning ko’ndalang o’lchami 12-13 sm ni tashqil kiladi.
Bachadon bo’shlig’ining uzunligi tashqi yoriqdan bachadon tubigacha 15 
-1 8 sm.
Bachadon vazni 1000 g ga teng.
8. Chilla davrining birinchi xaftalari va oxirida normal bachadon 
involyusiyasini ko’rsating.
1 - hafta oxiriga kelib bachadon vazni 500 r ga teng bo’ladi.
2 - hafta oxirida - 350 g.
3 - xafta oxirida - 250 g
Chilla davrining oxirida - 50g.
9. Chilla davrida bachadon involyusiyasiga nimalar xos?
10 - sutkalarda ichki bo’g’iz yopiladi.
Bachadon bo’g’zi yoriqsimon shaklni egallaydi.
Bachadon bo’yining oxirigacha shakllanishi 13 - xaftaning oxirida sodir 
bo’ladi.
Bachadon ichki satxining epiteliylanishi 10 - sutka oxirida tugallanadi, 
yo’ldosh yopishgan maydon bundan mustasno.
Yo’ldosh yopishgan maydonning bitishi 3 - haftaning oxirida tugaydi.
10. Chilla davrida loxiyalar xususiyati o’zgarishini ko’rsating.
Tug’rukdan keyin 2-3 sutka ichida loxiyalar konli.
3 dan 9 kungacha sarg’imtir, seroz-sarg’imtir loxiyalar.
10-kundan loxiyalar serozli.
5-6 haftada loxiyalar oqish xususiyatga ega bo’ladi.
11. Chilla davrida sut bezlarida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?
Mammogenez - sut bezlarining rivojlanishi.
Laktogenez - sut ajralishi.
Galaktogenez - sut ajralishining ushlab turilishi.
Galaktokinez - bezdan sutning chiqarilishi.
12. Sutning hujayra tarkibini ko’rsating?
Monotsitlar - 70-80%.
Neytrofil leykotsitlar - 15-20%.
Limfotsitlar- 10%.
13. Og’iz suti nima va uning tarkibi?


Og’iz suti nima - bu tukkandan keyingi 2-3 kun ichida sut bezlaridan 
ajraluvchi sekret.
Og’iz suti sarg’imtir rangga ega.
Og’iz suti tarkibida og’iz suti tanachalari leykotsitlar, sut sharchalari bor.
14. Chilla davrida tukkan ayol xolatini belgilovchi 6 ta asosiy ko’rsatkichlarni 
ko’rsating.
Tana harorati.
Gemodinamika xolati.
Bachadon involyusiyasi dinamikasi.
Loxiyalar xususiyati.
Sut bezlarining xolati.
Siydik pufagi va ichaklar faoliyati.
15. Tug’rukdan keyingi bo’limga ko’yiladigan 6 ta asosiy sanitariya talablari.
Har bir tukkan ayolga kamida 8 kv.m. maydon.
Har bir yangi tug’ilgan bolaga kamida 2 kv.m. maydon.
Ichki kiyim va o’rin- ko’rpalarni 1 kunda 1 marta almashtirish.
Palatalarni kuniga 3 marta 20 minutdan kvarslash. K 
uniga kamida 2 marta tashqi jinsiy a’zolar tualeti.
Harorat tartibi - yetilib tug’ilgan bolalar palatalarida 20 gradus, chala 
tug’ilganlarda - 22 gradus.
16. Tug’rukdan keyingi bo’limda kanday 5 ta asosiy sanitariya - okartuv 
ishlari olib boriladi?
Shaxsiy gigiena koidalari to’g’risida suhbat.
Onalar maktabi.
San. byulletenlar, devoriy gazetalar chiqarish.
Sanitariya - okartuv adabiyotlari bilan ta’minlash.
Oilani rejalashtirish va kontrasepsiyalar xaqida suhbatlar va ma’ruzalar.
17. Sog’lom tukkan ayol tug’rukxonadan kaysi sutkalarida chiqariladi?
Tug’rukdan keyin 4-5 sutkasida.
18. Ilk va kechki chilla davrlarining davomiyligi kanday?
Ilk chilla davri tukkandan keyin 2 soat davom etadi.
Kechki chilla davri 6-8 xafta davom etadi.
19. Tukkandan keyin yiringli - septik kasalliklarning oldini olishning asosiy 
tamoyillari.
Homiladorlik va tug’rukni ratsional boshkarish.
Bakterial vaginoz, kandidoz, xlamidioz va boshka infeksiyalarni o’z vaqtida 
davolash.
Homiladorlarning immun statusini oshirish: ratsional muvozanatlashgan 
ovkat, kun tartibi, vitaminizatsiya, ekstragenital kasalliklarni davolash.


Bir marta ishlatiladigan, shprislar asboblar va parvarish buyumlaridan 
foydalanish.
Akusherlik statsionarlarida sanitariya-epidemiologik tartibga rioya qilish. 

Download 6,89 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akusherlik va genekologiyada hamshiralik ishi

Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish