O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Kasbiy ta’limni rivojlantirish va
muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi
jamoat salomatligi texnikumi
AKUSHERLIK VA GENEKOLOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI
fanidan
VIZUAL-DIDAKTIK MATERIALLAR
Tayyorlov yunalishi
Umumiy amaliyot hamshirasi
Kasb yoki mutaxassislik nomi 5.71.03.01-“Hamshiralik ishi”
ShAXRISABZ 2021
AMALIY KO’NIKMALAR RO’YXATI:
ANAMNEZ YIG’ISH
1. Pasport qismi: familyasi, otasining ismi, yoshi, ish joyi va kasbi, yashash joyi.
2. Shikoyatlar, ya’ni ayolning nima sababdan tibbiy yordam so’rab murojaat qilish
sababi
3. Irsiyati va boshidan kechirgan kasalliklari.
4. Hayz funksiyasi:
-birinchi hayz ko’rish qaysi yoshda boshlangan
- hayz ko’rish turi
-jinsiy hayot boshlagandan keyin, tug’ruq yoki abortlrdan so’ng hayz ko’rishdagi
o’zgarishlar
-oxirgi hayzning muddati
5. Jinsiy va sekretor funksiya, bunda jinsiy a’zolardan chiqayotgan ajralma
xarakteri, og’riqlar bor-yo’qligi.
6. Bola tug’ish funksiyasi, bunda quyidagilarga e’tibor qilinadi:
-necha marta homilador bo’lgan
-oldingi homiladorlikning kechishi va tugallanishi
7. Jinsiy hayot boshlagandan to birinchi homiladorlikkacha bo’lgan oraliq
muddat.
8. Erining sog’lig’i haqidagi ma’lumot olinadi.
9. Homiladorning salomatlik darajasini belgilashda yashash va ishlash sharoiti,
so’rab-surishtirishdan keyin obektiv tekshirishga o’tiladi.
QO’LLARGA GIGIENIK ISHLOV BERISH
1.
Qo’llarni iliq suv bilan xo’llanadi.
2.
1-2 tomchi suyuq sovundan tomiziladi.
3.
K
a
f
t
l
a
r
n
i
k
o
’
4.
Qo’l barmoqlarini «Qulf»ga olib, har bir barmoq uchlarini ishqalanadi.
5.
Chap qo’l bosh barmog’ini o’ng qo’lning kafti bilan aylanma harakatlar
bilan ishqalanadi va aksincha.
6. O’ng qo’l barmoqlarini yiqqan xolda chap qo’l kaftiga qo’yib, aylanma
h
a
r
a
k
a
t
l
7
.
Q
o
’
l
8. Qo’llar sochiq bilan yaxshilab quritiladi.Shu sochiq yordamida kran o’chiriladi.
Eslatma: qo’lni bunday zararsizlantirish, mijozlarni tekshirish yoki
parvarishlashdan avval, muolajalarni bajarishdan oldin qilinadi;
ARTERIAL QON BOSIMINI O’LCHASH
Kerakli jihozlar:tonometr, fonendoskop, bemorning shaxsiy kartasi yoki tarixi,
0,5 %li xloramin eritmasi, sochiq yoki salfetka.
Muolajani bajarish:
1.
Arterial bosimni o’lchash uchun ayol yotgan yoki o’tirgan holatda bo’ladi.
2.
Bemorning chap qo’li yelkasigacha ochiladi.
3.
Bemorning qo’li krovatga yotgan yoki stulga o’tirgan xolda kaft yuqoriga
qilib qo’yiladi.
4.
Tanometr manjetining havo yuborish naychasi pastga qaratib olinadi.
5.
Bemorning qo’liga tirsak bo’g’imidan 2-3 sm yuqoridan manjet sal
bo’shroq qilib o’raladi. 2-3 barmoqlar yordamida bemorning tirsak bo’g’imidan yelka
arteriyasining urishi topiladi.
6.
Tomir urgan joyga fonendoskopni bosmasdan qo’yilib, eshituv naychasi
quloqqa ulanadi.Vintni berkitib ballon yordamida manjetkaga havo yuboriladi.
7.
Vint sekinlik bilan ochilib, havo chiqariladi.Havo chiqarish bilan
fonendoskopdan arteriya devorlaridan tomir urishi eshitiladi – bu sistolik
bosim.Keyinchalik havo chiqishi davomida tovushlar to’xtaydi – bu diastolik
bosim.Tovushlarning eshitilgan va eshitilmasdan qolgan joylaridagi sonlar yozib
olinadi.Vint to’liq ochilib, manjetka ichidagi havo chiqariladi.
8.
Manjetka monometr ulangan rezina naychadan ajratiladi.
9.
Manjetka bemor bilagidan olinadi.
10. Arterial bosim homilador ayollarda har ikkala qo’lda o’lchanadi. Olingan
ma’lumotlar shaxsiy varaqasiga yoziladi.
Eslatma: Yurakning qisqarishi va bo’shashi natijasida qonning tomir devorlariga
ko’rsatilgan bosimi A/B deyiladi. Qon bosimini bir vaqtda qayta-qayta ko’tarib tushirib
o’lchab bo’lmaydi, sababi A/B ning ko’rsatgichi o’zgaradi.
PULSNI O’LCHASH
Kerakli jihozlar:sekundomerli soat, ruchka, tomir urishning grafik tasvirini qayd
qiluvchi 004 – shakl varaqa, kasallik tarixi, sochiq yoki salfetka.
Muolajani bajarish bosqichlari:
1.
Pulsni bilak oldi yuzasida bir barmoq asosida bilak arteriyasidan
aniqlaniladi.
2.
Muskullar va paylar tarangligi paypaslashga xalaqit bermasligi uchun
ayolning qo’li bo’sh qo’yiladi.
3.
Tekshiruvchi ayolning qo’lini o’ng qo’lning barmoqlari bilan bilak – kaft
bo’g’imi sohasida bo’shgina ushlanadi va o’ng qo’l bilan tekshiruvchining yuragi
satxiga qo’yiladi.
4.
Birinchi barmoqni tirsak tomoniga, 2-3-4 barmoqlar esa bilak tomoniga
bosiladi.
5.
Pulsatsiya qilayotgan arteriyani uchala barmoq bilan paypaslab, uni bilak
suyagining ichki tomoniga bosiladi.
6.
Tomir urishini kamida 30 sekund sanab, olingan raqam 2 ga ko’paytiriladi.
Eslatma: Pulsning sekinlashuvi bradikordiya, tezlashuvi taxikardiya deyiladi.
Pulsni – chakka, son va uyqu arteriyasidan aniqlash mumkin.
Pulsni tezlashganligi ko’p holatlarda ichki a’zolarda qon ketayotganligini yoki
xaroratni ko’tarilganligini bildiradi.
NAFAS SONINI SANASH
Kerakli jihozlar: sekundomer, gemodinamika varaqasi,
Muolajani bajarish bosqichlari;
1.
Bemor bilan ishonchli munosabat o’rnatiladi.
2.
Muolaja mohiyati va ketma-ketligini tushuntiriladi.
3.
Bemordan muolajaga roziligini olinadi.
4.
Hamshira qo’llari yuviladi va quritiladi.
5.
Nafasni sanash uchun bemor krovatga o’tirgan yoki yotgan bo’lishi kerak.
6.
Bemor oldida joylashib o’tiriladi va bemorni chalg’itish uchun uning qo’lini
pulsni aniqlash maqsadida ushlagandek ushlanadi.
7.
Hamshira qo’lini bemorning bilagidan ushlab, agar ko’krak tipidagi nafasni
aniqlash kerak bo’lsa bemorning ko’krak sohasiga, qorin tipini aniqlashda epigastral
sohasiga pulsni aniqlash maqsadida qo’ygandek qo’yadi.
8.
Nafas olishni sekundomerdan foydalangan holda sanaladi.
9.
Nafas olishni sanalganda uning maromini, sonini, chuqurligini va tipini
baholanadi.
10. Nafas harakatlari 1 daqiqa davomida sanaladi.
11.
Natija baholanadi va bemorga tanishtiriladi.
12. Hamshira qo’llari yuviladi va quritiladi.
13. Ko’rsatkichlar gemodinamika varaqasiga kiritiladi.
TANA HARORATINI O’LCHASH
Kerakli jihozlar: termometr, sekundomer, gemodinamika varaqasi, suyuq sovun
– 1ml, qog’oz sochiq – 20 sm, steril qo’lqop – 1 ta, 70 % li etil spirti – 5 ml, paxta
sharcha
Muolajani bajarish bosqichlari:
1. Bemor bilan ishonchli munosabat o’rnatiladi.
2. Muolaja mohiyati va ketma-ketligini tushuntiriladi.
3. Bemordan muolajaga roziligini olinadi.
4. Kerakli jihozlar tayyorlanadi.
5. Hamshira qo’llari yuviladi va quritiladi.
6. Termometr quritib artiladi va ko’rsatgichi 34-35º S gacha silkitib tushiriladi.
7. Bemorni qulay vaziyatda joylashtiriladi (stulga o’tkaziladi yoki kushetkaga
yotqiziladi).
8. Bemorning qo’ltiq osti sohasi ko’zdan kechiriladi.
9. Bemorning qo’ltiq osti quruq sochiqda artiladi (qo’ltiq ostida monelik
qiladigan holat bo’lmasligi kerak).
10. Termometrni simob rezervuari teriga hamma tomondan tegib turadigan qilib
qo’ltig’i ostiga qo’yiladi.
11. Bemor qo’lini ko’krak qafasiga yaqinlashtirib qisib turadi.
12. Termometrni qo’yilgan vaqti belgilanadi.
13. Tana harorati o’lchash muddati 10 daqiqa.
14. Tekshiruv natijasi bemorga tanishtiriladi.
15. Termometr ko’rsatgichi gemodinamika varaqasiga qayd etiladi.
16. Termometr yuqumsizlantiriladi (1% xloromin eritmasiga 20-30 daqiqaga to’liq
cho’ktiriladi).
17. Termometr yuqumsizlantiruvchi eritmadan olinadi, oqar suvda chayiladi va
quritiladi.
18. Termometr ko’rsatgichi simob rezervuarigacha silkitib tushiriladi.
19. Termometr idishiga solib qo’yiladi.
20. Hamshira qo’llari yuviladi va quritiladi.
HOMILADOR AYOL VAZNINI ANIQLASH
Kerakli jihozlar:tibbiy tarozi, dezinfeksiyalovchi eritma va dinamik varaqa.
Muolajani bajarish bosqichi:
1.
Tibbiy tarozi muvozanatga keltiriladi.
2.
Ayol ustki kiyimlari yechintiriladi.
3.
Ayol tarozi maydonchasining o’rtasiga zatvorning ko’tarib qo’yilgan
holatida ehtiyotlik bilan chiqariladi.
4.
Ayolni qattiq silkinib ketishdan saqlash lozim.
5.
Muvozanat holati yuzaga keltirilgan zatvor pastga tushiriladi.
6.
Gavda massasini tarozi pastki va yuqoriga plankalarda yuklar to’xtagan
bo’limlarining ikkita soni yig’indisi bo’yicha aniqlanadi.
7.
O’lchangandan olingan ma’lumot dinamik varaqasiga belgilanadi.
8.
Tarozi dezinfeksiya eritma bilan artiladi.
Eslatma: Homiladorlikda ayolning tana vazni ortib boradi. Tana vazniga bir
haftada 300-400 gramdan qo’shiladi. Butun homiladorlik davrida tana vazniga
normada 10-11 kg qo’shiladi.
AYOL CHANOG’I O’LCHAMLARINI O’LCHASH
Maqsad: Ayol chanog’i o’lchamlarini o’lchash
Kursatma: homiladorlik vaqtida, tug’ruqdan oldin
Kerakli asboblar: tazomer, fantom, homilador ayol
Bajarish bosqichlari:
Akusherka homiladorning o’ng yonida turadi, homiladorga qaragan holda katta
va ko’rsatkich barmoq bilan tazomer tugmachasini ushlab turadi. 3-4 barmoq bilan
o’lchanadigan suyak nuqtasi aniqlanadi va tazomer tugmachasi shu yerga o’rnatiladi.
|