Distantia spinarum - tazomer tugmachasini chanoq suyagining old yuqori qirrasining
tashqi chegarasiga qo’yiladi. Bu o’lcham 25-26 sm. Distantia cristarum – tazomer
tugmachasini yonbosh suyak, tashki chegaralari buylab surib boriladi, bunda eng
katta oraliq masofa aniqlanadi. Bu o’lcham 28-29 sm Distantia trochanterica – katta
ko’st suyagini aniqlab unga tazomer tugmachasini qo’yamiz. Bu o’lcham 30-31 sm.
Conjugata externa- tashqi kon’yugatani o’lchash uchun tekshirilayotgan ayol yon
boshiga o’girilib pastki oyogi bukilgan, tashki oyogi yozilgan xolda yotadi. Tazomer
tugmachasini orqada V bel umurtqasi va I dumgaza suyakni o’simtasi oralig’iga
qo’yiladi (dumg’aza chuqurchasi) oldindan qov suyagi birikkan joyida tashqi
chegarasiga qo’yiladi. Tashqi kon’yugata 20-21 sm teng.
HOMILADOR AYOLDA SOLOVYOV INDEKSINI ANIQLASH
Ko’rsatma: Suyak qalinligiga qarab, chanoq tekistligiga baho berish.
Kerakli jihozlar: Santimetrli lenta (o’lchov lentasi).
Bajarilish tartibi:
1. Ayolning qo’l qismi ko’ylakning yeng qismidan ochiladi.
2. Bilak-kaft bo’gimi sohasining aylanasi o’lchanadi.
3. Lenta bo’g’imga zich tegib turishi kerak.
4. Solovyov indeksi o’rtacha 14-16 sm ni tashkil qiladi.
Eslatma: Bilak–kaft bo’g’imining o’lchami qancha kichik bo’lsa chanoq sig’imi
shuncha katta bo’ladi. Indeks katta bo’lsa, suyaklar va chanog’ sig’imining o’lchami
kichikroq bo’ladi.
QIN ORQALI IKKI QO’LLAB (bimanual) TEKSHIRISH
Maqsad: Bu tashki ginekologik tekshiruvi bachadon bo’yni tuzilishi, bachadon
harakatchanligi, og’riqligi, tuxumdonlar holatini tekshirishga yordam beradi
Ko’rsatma: ginekologik tekshiruvlarda
Kerakli jihozlar: fantom, ginekologik kreslo, steril qo’lqop
Bajarilish bosqichlari:
Ayol ginekologik kresloga chalqanchasiga yotadi. Tekshiruvchi ikkala qo’liga
steril qo’lqoplar kiyadi. Tashqi jinsiy a’zolar antiseptik eritma bilan artiladi. Chap
qo’lning katta va ko’rsatkich barmoqlari yordamida jinsiy yoriq ochiladi va o’ng
qo’lning kursatkich va o’rta barmoklari birlashtirilgan holatda qinga kiritiladi.
Ko’rsatgich va bosh barmoq bilan bartolin bezlari paypaslab ko’riladi, so’ngra qin
yuqori devori orqali uretra paypaslanadi. Bachadon bo’ynining qin qismi
paypaslanadi, uning konsistensiyasi, shakli, tashqi teshik holati, harakatchanligi va
chanoq o’qiga munosabati aniklanadi. Bachadon paypaslanadi, bunda ikkala barmoq
orqa gumbazga kiritiladi, chap qo’l oldingi qorin devori orqali bachadon tanasi
topiladi, uning kattaligi, konsistensiyasi, harakatchanligi, holati, og’riqliligi aniqlanadi.
Bachadon ortiqlarini paypaslashda barmoklar yonbosh gumbazlar sohasiga
o’tkaziladi, bunda bachadon ortiqlarining holati, og’riqliligi va harakatchanligi
aniqlanadi. Bachadon boylamlari paypaslanadi. Qin gumbazlarining holati aniklanadi.
Qo’lqoplar yechilib dezinfeksiyalovchi eritmaga tashlanadi.
QINNI KO’ZGULAR YORDAMIDA TEKSHIRISH
Maqsad: tashki ginekologik tekshiruvi bachadon bo’yni va qin devori tuzilishi,
rangini, ajralmalar va holatini tekshirishga yordam beradi.
Ko’rsatma: Ginekologik tekshiruvlarda
Kerakli jihozlar: fantom, kushetka, qin ko’zgulari , steril qo’lqop
Bajarilish bosqichlari:Ayolni qovug’ini bo’shatib kelishini tavsiya qilamiz, so’ngra
bemordan ginekologik kresloga yotishni so’raladi. Ikkala qo’lga sterillangan rezina
qo’lkop kiyiladi. O’ng qo’lga qin ko’zgusi olinadi, chap qo’lning ko’rsatkich va bosh
barmoqlari yordamida jinsiy lablar ochiladi. Kuzgu vertikal holatda qinga kiritiladi va
sekin asta ichkariga xarakatlantirib gorizontal holatga o’tkaziladi qinning yuqori
devori ko’tariladi, qin devorlari va bachadon bo’ynini ko’riladi. Bachadon bo’yni
diqqat bilan ko’zdan kechiriladi (rangi, shakli, tashqi teshik holati, ajralmalar xarakteri),
qin devorlari holati ko’riladi. Kuzgular qindan chiqariladi va dezinfeksiyalovchi
eritmaga tashlanadi.
QIN TOZALIK DARAJASINI ANIQLASH
Maqsad: genital yallig’lanishni tashxislash.
Ko’rsatma: barcha ayollarda tekshirish usuli
Jihozlash: steril qo’lqop va pelyonka, zarur asbob anjomlar, ginekologik
kreslo,buyum oynasi;
Qin tozalik darajasini aniqlash uchun ajralma 3 ta nuqtadan olinadi: uretradan,
servikal kanaldan va qinning orqa gumbazidan.
I-dar. tozaligi - qin ajralmasi kislotali reaksiyaga ega (pH=4.0-4.5); mikroskop
ostida faqat epiteliy va qin Doderleyn tayoqchasi ko’rinadi.
II-dar. Tozaligi – reaksiya kislotali (rN = 5,0 – 5,5); qin hujayralari va Doderleyn
tayoqchalar kam
III-dar. Tozaligi - reaksiya past ishqoriy (pH=6.0-6.5); qin tayoqchalari kam
miqdorda; comma tariabill va anaerob streptokkok dominantlik qiladi; koklar va
leykotsitlar ko’p miqdorda.
IV-dar. tozaligi – reaksiya past ishqoriy, qin tayoqchasi yo’q; aralash bakterial
flora, anaerob kokklar, batsilla, trixomanada, leykotsitlar ko’p miqdorda.
BAKTERIOLOGIK TEKSHIRISH UCHUN QINDAN SURTMA OLISH
Maqsad: tashki ginekologik tekshiruvi-bachadon bo’ynidan ochib surtma olinadi,
ajralmalar tekshirishga yordam beradi
Ko’rsatma: Har doim ginekologik tekshiruvlarda
Kerakli jihozlar: fantom, ginekologik kreslo, steril qo’lqop, steril klyonka, salfetka
va kerakli asbob-anjomlar
Bajarilish bosqichlari:
Ayol ginekologik kresloga yotkiziladi.Uretrani orqa devori o’ng qo’lning
ko’rsatkich barmog’i bilan yuqoridan pastga qarab yengil massaj qilinadi, so’ngrasteril
tayoqchabilan surtma olinadi. Olingan material buyum oynachasining sektor «U» ga
surtiladi. Qinga ko’zgu kirgaziladi va steril tayoqcha bilan bachadon bo’yni kanalidan
surtma olib, olingan material buyum oynagasiga sektor «V» ga surtiladi. Steril
tayoqchaning ikkinchi uchi bilan qinning orqa gumbazidan servikal kanaldan surtma
olinadi va olingan surtma buyum oynachasining sektor «S»ga surtiladi. Ko’zgular
qindan chiqariladi, asboblar zararsizlantiraladi. Laborotoriyaga tekshirish uchun
yo’llanma yoziladi. Surtmalar qurigach yo’llanma bilan labaratoriyaga yuboriladi.
U
V
C
U –uretra: V- qin: C-bachadon bo’yni kanali:
Eslatma: Qinni chayish, muolaja o’tkazish mumkin emas. Qabul qilingan
antibakterial preparatlar inobatga olinadi.
AYOLDA BAZAL HARORATNI O’LCHASH
Maqsad: gormonal faoliyatni aniqlash
Ko’rsatma: bepushtlik, hayz faoliyatining buzilishi, kontrasepsiya
Jihozlash: 2 ta simob termometri, vazelin, yozuv daftarchasi, ruchka.
Test o’tkazish haqida ayollar bilan suhbatlashish.
Ayol daftarga grafalar bo’yicha qo’yidagilarni yozadi: kalendar kuni, hayz sikli
kuni, to’g’ri ichak harorati, tana harorati va eslatma.
Ayolga tushuntirish kerak: ertalab to’shakdan turmasdan chapga yonboshlab
bitta termometrni vazelin surtib to’g’ri ichakka 2-3 sm ichkariga kiritadi, ikkinchisini
- qo’ltiq ostiga qo’yiladi.
Haroratni 7-10 minut davomida o’lchanadi, termometrdagi ko’rsatkichni tegishli
grafaga yoziladi.
Normada bazal harorat ikki fazali, 14 kunigacha birinchi fazada 37S gacha, 14
chidan 26 kungacha – ikkinchi fazada 37Sdan yuqori. Orasidagi farq 0,5S bo’lishi
kerak.
Monofazali harorat (37S past) - bu butun sikl davomida ovulyatsiya yo’qligidan
dalolat beradi.
BIV QO’YISH TEXNIKASI
(COPPER T 380 A)
Maqsad: bachadon ichki vositasini kiritishni o’rgatish
Ko’rsatma: kontrasepsiya maqsadida, ginekologik ko’rik
Kerakli jihozlar: steril qo’lqoplar va pelyonka, bachadon ichki vositasi, bachadon
fantomi, ginekologik ko’zgu, bachadon zondi, qisqich, spirt
Bajariladigan bosqichlar:
Ikkala qo’lga steril kulkop kiyiladi; BIVni steril paketta kiritishga tayyorlanadi:
paketni BIVdan bush kismini oching va oxirlarini turli tomonga torting; applikatorga oq
sterjenni qo’ying ; paketni tekis yuzaga qo’ying; BIVni T-simon yelka ostiga
identifikatsion kartochkani itaring; BIVni yelka oxirlarini ushlab turib applikatorni
oldingga shunday suringki natijada bu yelkalar pastga egilib tursin;
BIV yelkalari applikator devorlariga tekkanda, ularni oxirlarini ozgina torting;
Applikator oxirlarini kutaring va u bilan spiral yelkalarini oxirlarini ushlab oling,
ehtiyotkorlik bilan uni aylantiring;. Bachadon buynini ko’rish uchun ginekologik
ko’zgu kirgizing. Bachadon buyni va kinni antiseptik vosita bilan ikki marta ishlov
bering. Kinni yon devorlariga va ko’zguga tekizmasdan servikal kanal orkali bachadon
bo’shlig’iga bitta harakatda bachadon zondini kiriting. Bachadon bo’shlig’ini uzunligini
va holatini zond yordamida aniqlanadi. BIV to’g’irlangan paketni oling va BIVni steril
paketdan chiqarmasdan kerakli uzunlikka chuqurlik chegaralovchini o’rnating, keyin
paketni butunlay oching. Steril paketdan BIV to’g’irlangan applikatorni torting,
nosteril yuzalarga tekkizmasdan servikal kanali orkali to’g’rillangan applikatorni
ehtiyotlik bilan bachadon bo’yniga tegmaguncha yoki qarshilik sezmaguncha
kiriting. Oq sterjenni chiqaring va applikatorni ehtiyotlik bilan oldinga suring, to yengil
qarshilik sezmaguningizcha. Sekinlik bilan applikatorni chiqaring va BIV kiprikchalarini 2-
3 sm uzunlikda qoldirib kesing. Keyin applikatorni butunlay chiqarib oling. Qisqichlarni
ehtiyotlik bilan ajrating. Ishlatilgan asboblar zararsizlantiriladi.
Eslatma. BIVni qo’yish uchun hayz kunining 2-3 kuni kelish tavsiya etiladi.
BIVNI OLIB TASHLASH (COPPER T 380A)
Maqsad: BIV ni olib tashlashni o’rgatish.
Ko’rsatma: Kontrasepsiyani to’xtatish, ginekolog ko’rigidan o’tish.
Zarur jihozlar: Sterillangan qo’lqop va pelyonka, bachadon fantomi, ginekologik
ko’zgu, kushetka
Bajariladigan bosqichlar: steril qo’lqopni ikki qo’lga kiying
Bimanual tekshiruvni o’tkazing.
Bachadon bo’ynini ko’rish uchun ginekologik ko’zguni kiriting.
Antiseptik modda bilan 2 marta qin va bachadon bo’ynini tozalang.
Ingichka qisgich orqali ehtiyotlik bilan bachadon bo’yniga yaqin joy ushlanadi
va BIV sekin astalik bilan chiqarib olinadi. BIVni bemorga ko’rsating. Ehtiyotlik bilan
ko’zguni chiqaring.
Eslatma. BIV olishga mone’liklar bo’lganda ayolni statsionarga yo’llanma bilan
yuboriladi.
BIV qo’yish paytida noxush holatlar paydo bulganda birinchi yordam ko’satish
BIV qo’yish paytida noxush holatlar paydo bulganda, keltirib chiqaruvchi
sabablar darxol aniqlanadi va bartaraf qilinadi.(bachadon perforatsiyasi, og’riqli shok
holati, BIV ipchalarini noqulay joylashuvida).
ISHLATILGAN TIBBIY ASBOB-ANJOMLARNI ZARARSIZLANTIRISH
Kerakli jihozlar: kleyonkali fartuk, himoya ko’z oynagi,suyuq sovun – 1ml, qog’oz
sochiq steril qo’lqop, peregidrol, kir yuvish kukuni – 5 gr.
Bajarish algoritmi:
1. Qo’llar yuviladi, quritiladi.
2. Hamshira maxsus kiyim: xalat ustida polietilen fartuk, rezina qo’lqop, maxsus
bosh kiyim, rezina oyoq kiyim kiyadi.
3. Tibbiy asboblar qismlarga ajratiladi va 0,5% yuvuvchi eritmaga bo’ktiralidi.
4. Tibbiy asboblar щyotka yordamida har bittasi alohida yuvuvchi vosita
yordamida yuviladi.
5. Oqar suvda 10 daqiqa davomida chayiladi. So’ngra distillangan suvda
chayiladi.
6. Tibbiy asboblar ishqor qoldiqlaridan tozalanganligini fenolftalin sinamasi
yordamida tekshiriladi.
7. Tozalab yuvilgan tibbiy asboblar quritish shkafida 50 S haroratda yaxshilab
quritiladi.
8. Quritilgan tibbiy asboblar kraf paketlarga joylanib sterelizatsiyaga yuboriladi.
9. Qo’lqoplar yechiladi, zararsizlantiriladi.
HOMILADOR AYOLNING BACHADON TUBI BALANDLIGI VA QORIN
AYLANASINI O’LCHASH
Ko’rsatma: Homilardorlik muddatini aniqlash.
Kerakli jihozlar: o’lchov tasmasi, kushetka, ayolning shaxsiy kartasi.
Bajarilish tartibi:
1.Bachadon tubini o’lchash, ayolga siydik pufagi bo’shatilishi lozimligi
tushuntiriladi.
2. Ayol kushetkaga oyoqlari to’g’rilangan holda yotqiziladi.
3. O’lchov tasmasini qorinning o’rta chizigi bo’ylab, chovning yuqori qirrasidan
bachadon ko’proq bo’rtgan joygacha qo’yib ma’lumot belgilanadi.
4. Homiladorlik muddati hafta (oy): Bachadon tubi balandligi.
1) I-oy (6 hafta) – Bachadon sharsimon shaklda bo’ladi Snegerov, Genter,
Gorvis-Gegor belgilarida.
2) II-oy (8 hafta) – Ayol mushtidek, tubi simfez tengligida Piskechega belgisi
namoyon bo’ladi.
3) III-oy (12 hafta) – Erkak mushtidek, bachadon tubi simfezdan bir barmoq
yuqorida 1-2 sm.
4) IV-oy (16 hafta) – chov va kindik o’rtasida 6-7 sm.
5) V-oy (20 hafta) – qorin sezilarli kattalashgan, bachadon tubi kindikdan 2
barmoq pastda. Homila qimirlashi seziladi yuzaki tonlar eshitiladi. 12-13 sm.
6) VI-oy (24 hafta) – Bachadon tubi kindik ro’parasida 20-24 sm.
7) VII-oy (28 hafta) – Bachadon tubi kindikdan 2 barmog’ yuqorida 24-28 sm.
8) VIII-oy (32 hafta) – Kindik sillig’lashadi, bachadon tubi kindik va xanjarsimon
o’sik o’rtasida 28-30 sm.
9) IX-oy (36 hafta) – Bachadon tubi xanjarsimon o’sik va qovurga yo’lar ostiga
yetadi.
10) X-oy (40 hafta) – Bachadon tubi homila boshi chanoq bo’shlig’iga tushishi
hisobiga pastga 32 haftalik homiladorlikda joylashgan yerga tushadi 28-32 sm.
HOMILADOR AYOLNI QORIN AYLANASINI ANIQLASH
Ko’rsatma: Homilardorlik muddatini aniqlash.
Kerakli jihozlar: o’lchov tasmasi, kushetka, ayolning shaxsiy kartasi.
Bajarilish tartibi:
1. Tekshirilishdan oldin qomilador ayolga siydik yo’li bo’sh bo’lishi tushuntiriladi.
2. Ayol kushetkaga yotqiziladi va oyog’lari to’g’rilanadi.
3. O’lchov tasmasi qorin atrofidan, oldindan, kindik orqasidan, bel soxasidan
aylantirib o’tqaziladi.
4. Olingan ma’lumot belgilanadi.
5. Ayolga o’rindan turishga yordam beriladi.
6. Qo’llar iliq suvda, sovun bilan yuviladi.
7. Olingan ma’lumot homilador ayolning shaxsiy kartasiga yoziladi.
Eslatma: Akusherlik hisobidagi IX-oy oxirida bachadon tubi xanjarsimon o’siq
va qovurg’alar ravog’igacha ko’tariladi. Bu homilaning bachadon tubidan eng ko’p
ko’tarilgan nuqtasidir, qorin aylanasi o’rta hisob bilan 90 sm, kindik tekislangan
bo’ladi.
HOMILADOR AYOLNING TANA VAZNINI ANIQLASH (TVI)
Kerakli jihozlar:tibbiy tarozi, dezinfeksiyalovchi eritma va dinamik varaqa.
Muolajani bajarish:
1. Tibbiy tarozi muvozanatga keltiriladi.
2. Ayol ustki kiyimlari yechintiriladi.
3.Ayol tarozi maydonchasining o’rtasiga zatvorning ko’tarib qo’yilgan holatida
ehtiyotlik bilan chiqariladi.
4.Ayolni qattiq silkinib ketishdan saqlash lozim.
5.Muvozanat holati yuzaga keltirilgan zatvor pastga tushiriladi.
6.Gavda massasini tarozi pastki va yuqoriga plankalarda yuklar to’xtagan
bo’limlarining ikkita soni yig’indisi bo’yicha aniqlanadi.
7.O’lchangandan olingan ma’lumot dinamik varaqasiga belgilanadi.
8.Tarozi dezinfeksiya eritma bilan artiladi.
Eslatma: Homiladorlikda ayolning tana vazni ortib boradi. Tana vazniga bir
haftada 300-400 gramdan qo’shiladi. Butun homiladorlik davrida tana vazniga
normada 10-11 kg qo’shiladi.
HOMILADOR AYOLNI LEOPOLD-LEVISKIY USULI BO’YICHA
TASHQI AKUSHERLIK TEKSHIRUVIDAN O’TKAZISH
Maqsad: Tashki akusherlik tekshiruvi homiladorlik paytida homila joylashishi,
pozitsiyasini, kurinishini, kichik chanokni kaysi satxiga tushganligini aniklashga va
tug’ruq jaryonini boshkarishda yerdam beradi
Ko’rsatma: Homiladorlik davri, tug’ruq davrida
Kerakli jihozlar: kushetka, fantom,mulyaj
Bajarish bosqichlari:
I - amal: ikkala kul kafti bachadon tubiga kuyiladi. Bu usul bilan bachadon tubi
balandligi va u yerda homilaning kaysi kismi joylashganligi aniklanadi. Agar
bachadon tubida yumaloq, qattiq, xarakatchan qism aniqlansa u homilaning boshi
xisoblanadi, agarda keng xajmli yumshoq, kam xarakat qismi bo’lsa, demak
homilaning dumbasi bachadon tubida yotganligi ma’lum bo’ladi.
II - amal: bachadon tubidan ikkala kul kafti bachadon yoniga utkaziladi. Ikki kul
barmoklari galma-gal bosib kurish yuli bilan bachadon paypaslanadi. Bunda
homilaning holati, pozitsiyasi, turi aniklanadi. Agar homila orqasi bachadon chap
devoriga karasa I pozitsiya deyiladi, agar ung tomonga bulsa II pozitsiya.Homilaning
orqasi bachadon oldingi devori tomon og’ib turgan bo’lsa, oldingi tur, orqaga qarab
turgan bo’lsa orqa turi deyiladi.
III - amal: homilaning oldinda yotgan qismini aniqlash uchun qo’llaniladi. O’ng
kulning ochiq kafti bilan homilaning oldinda yotgan qismi ushlanadi. Birinchi
barmogi kolgan barmoklardan maksimal uzoklashtiriladi va «simptom
ballotirovanie» homila boshi aniklanadi , shu bilan birga homila boshi ulchamlari
aniklanadi. Homilaning chanoq tomoni oldinda yotgan bo’lsa, simfiz ustida aniq
shaklga ega bo’lmagan va chetlari aniq bilinmaydigan kattagina yumshoqroq qism
qo’lga unnaydi.
IV - amal: oldinda keluvchi kismning turgan joy xamda u chanokning kaysi
yuzasida turganligi aniklanadi.
HOMILADORLIK VA TAXMINIY TUG’RUQ MUDDATINI ANIQLASH
Maqsad: Ushbu akusherlik tekshiruvi yordamida homiladorlik paytida homilani
taxminiy vaznini aniklaymiz. Homiladorlik davrini va tug’ruq jaryonini boshkarishda
axamiyatga ega
Ko’rsatma: Homiladorlik davri, tug’ruq davrida
Kerakli jihozlar: kushetka, fantom,sm. lenta homilador ayolning maxsus varaqasi
Bajarish bosqichlari:
Oxirgi hayz kunga karab, hayz sikling birinchi kunidan boshlab homilador ayolni
tekshiruv vaqtigacha bo’lgan muddat haftalar bilan xisoblanadi.
Tug’ruq vaqtini aniqlash uchun hayz siklining boshlangan birinchi kunidan 3
oyni ayirib tashlab 7 kun qo’shiladi. X-3oy+7kun
|