4-moment: homila boshining tashqi burilishi va yelkalarning ichki burilishi
b)
Ensa oldinda yotishining orqa turida tug’ruq biomexanizmi
Maqsad: Ensa oldinda yotishining orqa turida tug’ruq biomexanizmini
fantomda o’zlashtirish.
Kerakli asbob anjomlar: fantom qo’g’irchoq
Bajarish bosqichlari:
1-moment: homila boshining bukilishi
2-moment: homila boshining ichki burilishi
3-moment: homila boshining qo’shimcha bukilishi
4-moment: homila boshining yozilishi, bosh o’rta qiyshiq o’lcham bilan tug’iladi.
(10-33 sm)
5-moment: boshning tashqi yelkalarning ichki burilishi.
TUG’RUQNI 3-DAVRINI FAOL OLIB BORISH
Homila tug’ilib, pulsatsiya to’xtagandan so’ng ikkinchi homila bor-yo’qligiga
ishonch hosil qilish uchun qorin devori paypaslab ko’riladi.
10ED oksitotsin muskul orasiga yuboriladi.
Plasentaning ajralganlik belgisi paydo bo’lib,ayolda to’lg’oq tutishi
boshlanganda1-qo’l bilan qorin devori ustidan kontrtraksiya hosil qilinadi.
2-qo’l bilan kindik tizimchasidan ushlab,yuqoriga va pastga asta-sekin tortiladi.
30-40 sekund ichida plasenta tug’ilmasa kindik tizimchasidan tortish to’xtatiladi
keyingi to’lg’oqni kutiladi.
Plasenta kindik tizimchasini tortish va bachadonni bosish yordamida ajraladi
Bachadon massaj kilinadi
Plasenta tug’ilgandan so’ng diqqat bilan ko’zdan kechiriladi:(uning
qobiqlari,bo’laklari,kindik tizimchasi)
Kindikka birlamchi ishlov berish;
Kindikni tug’ruqdan keyin qisish vaqti:
Kindikni erta qisish – 10-15 sekund o’tgach
Kindikni kech qisish – 3-5 minut o’tgach
Bugungi kunda kindikni optimal qisish vaqti normal tug’ilgan chaqaloq
uchun hayotini birinchi minuti o’tgach, chala tug’ilgan chaqaloq uchun esa – 30-45
sekunddan iborat.
Kindikni bog’lashni qulay usuli – rezina jgutidir. Plastikli qisqichdan
foydalansa ham bo’ladi.
CHAQALOQ HOLATINI APGAR SHKALASI BO’YICHA BAHOLASH
Bolani ahvolini baholash uchun hayotini 1 va 5 daqiqalarida Apgar shkalasidan
foydalaniladi.
Ballar
Belgi
0
1
2
Yurak qisqarishlari soni
Yo’q
100dan kam
100 dan ko’p
Nafas olishi
Yo’q
Sekin betartib
Ravon
Muskul tarangligi
Sust
Oyoq va qo’llarda
biroz xarakat
Faol
Reaksiya (burun
katetiriga javob)
Javob
bermaydi
Yuzini
burishtiradi
Yo’taladi
Teri qoplamalari rangi
oq
Tana och pushti
oyoq-qo’li ko’k
Pushtirang
YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQ KO’ZLARIGA ISHLOV BERISH
Tug’ruq yo’llaridan infeksiyalanishini oldini olish maqsadida tug’ilgan chaqaloqda o’z
vaqtida blenoreyaga qarshi profilaktika o’tkaziladi.
Profilaktika uchun ishlatiladigan dori vositalari:
1% tetrasiklin malxami
0,5% eritromitsin malxami
Tavsiya etiladi:
Profilaktika tug’ilgach birinchi soat ichida o’tkaziladi.
KO’KRAKKA BIRLAMCHI TUTISH
Maqsad: chaqaloqninng tashqi muhitga, ichak va terisining normal bakterial floraga
ertaroq ega bo’lishi, laktatsiyaning tiklanishi, ona va bola o’rtasida ruhiy aloqa
o’rnatilishi, yiringli-septik kasalliklar sonini kamaytirish, me’da-ichak faoliyatining
tiklanishi, gipoglikemiyaning oldini olish, bachadonning qisqarishi imkon beradi.
Ko’rsatma: barcha chakaloklarga tugilgandan sung birinchi soat ichida utkaziladi
Bolani ona ko’kragiga qulay tutish va bola emishga tayyorligiga ishonch hosil qilish
(qidirish va emish reflekslari mavjudligi)
onaga ko’krak so’rg’ichlarini qanday qilib bolaga tutish va bir necha tomchi o’g’iz
sutini siqib chiqarishni tushuntirish,
bola ogzini ochib, so’rg’ichlarni to’liq og’ziga olishini kutish (surgichni areolasini tulik
ogziga olishi lozim)
onaning his-tuyg’ularini so’rash va uning reaksiyasiga e’tibor berish
Muolaja davomiyligi chegarlanmagan, emizish vaqtida bolaning teri qoplami rangi va
nafas olishiga e’tibor berish lozim.
Moneliklar: onada ochiq sil, onasi sitostatik dorilar qabul qilganda, onada OVI/VICh
musbat bo’lganda.
TUQQAN AYOLNI VA UNING SUT BEZLARINI PARVARISHLASH
Kerakli jihozlar: suyuq sovun, steril sochiq, steril doka sharcha.
Bajarilish tartibi:
1. Ko’krak bezlari sovunlab iliq suvda yuviladi. Avval so’rg’ichi, sut bezi, qo’ltiq osti bezi
va qo’ltiq osti yuviladi.
2. Maxsus sochiqqa atib quritiladi.
3. Ko’krak uchlari yorilmasligi uchun bolani 15 daqiqadan ortiq emizmaslik kerak.
4. Bolani emizib bo’lgach, 10-15 daqiqa havo vannasi qabul qilinadi, ko’krak bezlari
ochib yotiladi.
5. Sog’lom ayol chaqaloqning talabigi qarab ikkala ko’kragida galma-gal emizadi.
AJRALIB CHIQQAN YO’LDOSH BUTUNLIGINI TEKSHIRISH
Maqsad: ajralib chiqqan yo’ldosh butunligini aniqlash
Kerakli anjomlar: steril qo’lqop, latok, pelyonka, qisqich
Bajarish bosqichlari:
Yo’ldoshni kindik tizimchasidan ushlab kog’onoq pardalarning butunligi, chin va soxta
tugunlar bor yo’qligi aniqlanadi:
yo’ldoshni lotokka qo’yib,kog’onoq pardalar yirtilib, plasentaning qo’shimcha
bo’laklari vabutunligi pelyonka yordamida tekshirib ko’riladi.
Eslatma: yo’ldosh butunligi buzilganda yoki bo’laklari bachadon bo’shlig’ida
qolganligiga gumon kilinsa, darhol yordam choralari ko’rsatiladi.
YO’QOTILGAN QON MIQDORINI ANIQLASH
Kerakli jihozlar: o’lchamli stakan (mernaya krujka), tarozi, pelyonka, lotok
Bajarish bosqichlari:
Tug’ruq vaqtida yo’qotilgan qon miqdori o’lchamli stakan yoki tarozi yordamida
o’lchanadi. Agar salfetka va sharchalar qon bo’lgan bo’lsa, ular ham o’lchanadi.
Buning uchun avval toza salfetka va sharchalar, so’ngra qon bo’lganlari o’lchanadi,
ular orasidagi farq umumiy qonga qo’shiladi. Me’yorda yo’qotilgan qon 500 mldan
oshmasligi kerak.
TUG’RUQDAN SO’NG BACHADON TUBINI ANIQLASH
Ilk chilla davrida ayol holati baholanadi: A/D, pulsi, tana harorati, siydik ajralishi,
bachadon tonusi
Bachadon tonusi tug’ruqdan keyingi 2 soat ichida-har 15 minutda;
Keyingi 1soat ichida har 30 minutda;
Keyingi 3 soat ichida har 1soatda;
24 soat davomida har 4 soatda tekshiriladi va monitoring varag’iga yozib boriladi.
QORIN AORTASINI MUSHT BILAN BOSISH
Qo’lni musht qilib qorin devori ustidan bosim bilan qorin aortasi bosiladi. Bosish
nuqtasi kindik ro’parasida yoki biroz chaproqda joylashadi. Bosimni baholash uchun
ikkinchi qo’l bilan chov arteriyasi palpatsiya qilinadi Agar puls aniqlansa, musht bilan
bosim o’tkazish noto’g’ri bajarilayotganligini bildiradi, aksincha puls aniqlanmasa
to’g’ri bajarilayotganligini bildiradi. Qorin aortasini bosish qon ketish to’xtagunga
qadar bajariladi.
BACHADONNI BIMANUAL KOMPRESSIYASI
Qo’llarni obrabotka qilib steril perchatka kiyiladi.
1-qo’lni qinga kiritib, musht qilib tugiladi, bachadonning oldingi devori ustidan
bosiladi.
2-qo’l bilan qorin devori ustidan bachadonning orqa devoriga 1-qo’l yo’nalishiga
qarab bosiladi.
Bachadon kompressiyasi bachadon qisqarguncha va qon to’taguncha davom
ettiriladi.
YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQ ANTROPOMETRIYASINI O’TKAZISH: KO’KRAK
QAFASI, BOSH AYLANASI, BO’YINI O’LCHASH
Kerakli jihozlar: tarozi, o’lchov tasmasi, bo’y o’lchag’ich.
Bajarilish tartibi:
YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQNING O’LCHAMLARI:
1. To’gri o’lcham (diametr fronto-oipitalis) - burun hansharidan ensa
do’mbog’igacha: To’g’i o’lcham-12 sm.Aylana o’lcham-34 sm.
2.Katta qiyshig o’lcham (diametr mento-oipitalis) - ensa do’mbog’idan engakkacha:
To’g’ri o’lcham-13 sm.Aylana o’lcham-35-36sm.
3.Kichik qiyshiq o’lcham (diametr suboipito-bregmatika) - ensa ostidagi
chuqurchadan katta hiqqildoqning oldingi burchagigacha:
To’g’ri o’lcham-9,5sm.Aylana o’lcham-32sm.
4.O’rtadagi qiyshiq o’lcham (diametr suboipito-frontalis) - ensa ostidagi
chuqurchasidan peshananing sochli qismi chegarasigacha:
To’g’ri o’lcham-10sm.Aylana o’lcham-33sm.
5.Tik yoki vertikal o’lcham (diametr vertikalis,strachelo-bregmatika)-tepa suyak
uchidan til osti sohasigacha:
To’g’ri o’lcham-9,5-10sm.Aylana o’lcham-33sm.
6.Katta ko’ndalang o’lcham (diametr biparietalis)-tepa do’mboqlar o’rtasidagi eng
katta masofa-9 sm teng.
7.Kichik ko’ndalang o’lcham (diametr bitemporalis)-toj chokning eng olis nuqtalari
o’rtasidagi masofa-8 sm teng.
YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQNING KO’ZLARIGA ISHLOV BERISH
Maqsad: blennoreyaning oldini olish
Ko’rsatma: barcha chakaloklarga tugilgandan sung birinchi soat ichida utkaziladi.
Jihozlar: 1% tetrasiklin yoki eritromitsin malhami (maz) (har bir bola uchun individual
tyubik); Steril yoki toza bir martalik qo’lqoplar;
Qo’llarni yuvib, qo’lqoplarni kiyiladi
Pastki qovog’ini pastga tortib, ikkala ko’zining kon’yunktival qopchasiga bir martadan
maz suriladi
Ko’z shilliq pardasiga tyubik tegmasligi lozim!
Bajarilgan muolaja kasallik tarixiga yozib qo’yiladi.
Asoratlar: Ko’zning infitseksiyalanishi (aseptika qoidalariga rioya qilmaganda),
ko’zning mexanik zararlanishi.
KINDIK QOLDIG’INI DASTLABKI ISHLOVDAN O’TKAZISH VA PARVARISH QILISH
Maqsad: kindikdan qon ketishi va infeksiya tushishining oldini olish.
Jihozlar: Steril qo’lqoplar, steril tagliklar, steril rezinali xalqa yoki Rogovin qisqichi, yoki
bmr martalik plastik qisqich, steril qisqich.
Ko’rsatma: Chakaloklarga majburiy ishlov berish usuli
Kindik qoldig’iga birlamchi ishlov berish tuqruqdan keyingi birinchi 2 soat ichida
bajariladi
Ko’llar yuvilib. Steril qo’lqoplar kiyiladi
Kindik qoldig’iga rezina xalqa kiritilgan qisqich qo’yiladi
Ikkinchi qisqich bilan xalqani kindik qoldig’iga kindik xalqasidan 3-4 sm masofada
qo’yiladi
Agar bular bo’lmasa (uydagi, mashinadagi tug’ruq) bint yoki bir necha qavat
qilingan ipni etil spirti yoki aroqda namlab ishlatiladi
Rezina xalqadan 1sm masofada qo’yiladi
Kindik qoldig’i quruq va ochiq qoldirlishi lozim.
CHAQALOQNI TANA HARORATINI SAQLASH(«KENGURU» USULI, «TERINI–TERIGA»
KONTAKTI)
“KENGURU” USULINI AMALGA OSHIRISH
Afzalliklari:
Bolani tana haroratini, yurak urishi, nafasi va qon saturatsiyasini muqimligini
ta’minlaydi.Apnoeni kamaytiradi, hatto yo’qotadi.Miyani qon aylanishini
yaxshilaydi.Bolani bo’shashgan ko’krak muskullarini ushlab turadi.Oshqozondagi
sutni ichakka o’tishiga yordam beradi.O’pka ventilyatsiyasini yaxshilaydi.O’qchish va
aspiratsiyani kamaytiradi.Tashqi ta’sirlardan asraydi.Bezovtaligi kamayadi, bola
tinchlanadi.Laktatsiyani yaxshilaydi, emizishni davomiyligi uzayadi.Ona bolani
reaksiyasini tushuna oladigan bo’ladi.Bola yaxshi uxlaydi, yig’isi kamayadi, vazni yaxshi
qo’shiladi.Shifoxona ichi infeksiyasi bilan zararlanish xavfi kamayadi.
Bajarish bosqichlari:
Ona bolani bu usulda olib yotishga tayyor bo’lishi kerak.Bolani ahvoli o’zgarmas,
nafas olishi bir me’yorda bo’lishi kerak.Ona o’ziga qulay, yarim o’tirgan holatda
yotadi. Bolani old tomoni yalong’ochlanib, onani ko’kraklari oralig’iga “fleksi”
(qurbaqa) holatida yotkaziladi. Bolani qo’liga qo’lqopcha, oyoqlariga paypoqcha
kiygaziladi. Ona va bolani ustidan issiq choyshab (ko’rpa) yopiladi.Honani harorati
24ºS va undan yuqori bo’lishi kerak.
YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLARDA «OG’IZDAN- OG’IZGA» USULIDA SUN’IY
NAFAS BERISH
YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLARDA YURAKNI BEVOSITA MASSAJ QILISH
BELGILARI
Kattalar
1-8 yoshgacha 1yoshgacha
Yangi
tug’ilgan
chaqaloklar
Ko’krak qafasini bosish
soni
1min 100 martadan kam bo’lmasligi kerak
1min.nafas olish tezligi
Xar 6-8 sekund 1nafas (1min. 8-10 nafas)
30 nafas
Bosish chukurligi
5 smdan kam
emas
5 smgacha
4
smdan
kam emas
1,5-2,0sm.
Yurak massaji vaqtida
qo’lar holati
Xanjarsimon
o’simtadan
ikki barmoq
yuqoriga
kaftni
kaft
ustiga kapalak
simon
Xanjarsimon
o’simtadan
ikki barmoq
yuqoriga
1-
qo’lning kafti
qo’yiladi
So’rg’ichlar orasiga 2ta
barmok qo’yiladi
qo’yiladi
Sun’iy nafas va yurak
massajining nisbati
30:2
(1yoki 2 kishi)
30:2 (1yoki 2 kishi)
15:2 (2 kishi)
3:1
15:2
SITOLOGIK TEKSHIRISHGA SURMA OLISH.
Maqsad: bachadon bo’yni rak kasalligini barvaqt diagnostika qilish uchun
Ko’rsatma: bachadon bo’yni erroziyasi, yallig’lanish kasalliklari va bachadon bo’yni
shaklining o’zgarishi.
Kerakli asbob-anjomlar: steril qo’lqop, pelyonka va paxta sharcha, qin ko’zgulari,
kornsang, bo’lakchalarga bo’lingan buyum oynachalari.
Bajarish bosqichlari:
Bemor ginekologik kresloga yotqiziladi
Qoshiqsimon qin ko’zgulari yordamida bachadon bo’yni ochiladi
Kornsang bilan bachadon bo’ynidan
Diagnostika maqsadida bachadon bo’yni shilliq qavatidan qirma olish;
Diagnostika maqsadida bachadon bo’shlig’i shilliq qavatidan qirma olish;
Ayollarda sut bezini tekshirish;
Ayollarda siydik qopini kateterlash;
Tozalovchi huqna qilish;
BAZAL HARORATNI O’LCHASH
Maqsad: gormonal faoliyatni aniqlash
Ko’rsatma: bepushtlik, hayz faoliyatining buzilishi, kontrasepsiya
Jihozlash: 2 ta simob termometri, vazelin, yozuv daftarchasi, ruchka.
Test o’tkazish haqida ayollar bilan suhbatlashish.
Ayol daftarga grafalar bo’yicha qo’yidagilarni yozadi: kalendar kuni, hayz sikli kuni,
to’g’ri ichak harorati, tana harorati va eslatma.
Ayolga tushuntirish kerak: ertalab to’shakdan turmasdan xar kuni bir vaqtda chapga
yonboshlab bitta termometrni vazelin surtib to’g’ri ichakka 2-3 sm ichkariga kiritadi,
ikkinchisini - qo’ltiq ostiga 15 daqiqaga qo’yiladi.
Haroratni 7-10 minut davomida o’lchanadi, termometrdagi ko’rsatkichni tegishli
grafaga yoziladiTahlil: Normada bazal harorat ikki fazali, 14 kunigacha birinchi
fazada 37
0
S gacha, 14 chidan 26 kungacha – ikkinchi fazada 37
0
Sdan yuqori.
Orasidagi farq 0,5
0
S gacha bo’lishi kerak.
Monofazali harorat (37
0
S past) - bu butun sikl davomida ovulyatsiya yo’qligidan
dalolat beradi.
Tashqi jinsiy a’zolarni ko’zdan kechirish;
Qinni ko’zgular yordamida tekshirish;
Ginekologik bemorlarni bimanual (ikki qo’llab) tekshirish;
Qindan tozalik darajasini aniqlash uchun qindan surtma olish;
Qindan gormonal holatini aniqlash uchun surtma olish;
Bakteriologik va bakterioskopik tekshiruvga surtma olish;
Diagnostik tekshiruvlar uchun ayollarni tayyorlash;
Qinga (tabletka, malham, shamcha va h.k) dori moddalarini kiritish;
Spermagramma uchun sperma yig’ishni o’rgatish
Ishlatilgan tibbiy asbob - anjomlarlarni zararsizlantirish
100095, Toshkent sh, Olmazor tumani, Ziyo kо‘chasi, 76-uy
Tel: +99871246-90-38 / Veb-sayt: www.ipitvet.uz /
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, KASB-HUNAR TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Document Outline - Akusherlik va genekologiyada hamshiralik ishi.pdf
|