Akusherlik va genekologiyada hamshiralik ishi




Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/57
Sana06.12.2023
Hajmi6,89 Mb.
#112335
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
Akusherlik

 
Onalarga tavsiyalar:
ko’krak bilan ilk bor emizishni chaqaloq tug’ilganidan so’ng 30-60 daqiqa 
ichida boshlang.
bola talab qilganida kechasiyu kundizi kamida 8-12 marotaba emizing 
emizish vaqtini chegaralamang. 
go’dak tug’ilganidan to taxminan 6 oylik bo’lguniga qadar faqat ko’krak 
suti bilan boqing. 
ko’krak suti bilan boqishni 2 yil va undan ko’p davom ettiring. 
Ona sutini xususiyati 


Ko’krak suti yangi tug’ilgan chaqaloq uchun asosiy ozuqadir. Uning 
tarkibidagi oqsillar, fermentlar, gormonlar, himoyalovchi antitelolar, vitaminlar, 
uglevodlar bor. Ona suti har doim iliq xolatda, sterildir va u kichkintoy 
tomonidan yaxshi xazm bo’ladi. 
Tug’ruqdan so’ng birinchi kunlari og’iz suti ajralib chiqadi. U quyuq 
sarg’ish rangda, tarkibi jihatidan yetuk sutdan farq qiladi. Og’iz suti oqsil, yog’, 
vitaminlarga boy bo’ladi, albumin, globulinlar ham ko’p miqdorda. Undan 
tashqari og’iz sutida birlamchi immunizatsiya uchun moddalar mavjud. Bular 
immunokomponent limfotsitlar, lizotsim va boshqa infeksiyadan himoyalovchi 
faktorlardir. 
Demak xulosa qilib aytish mumkinki, og’iz suti: 
Infeksiya va alergiyadan asraydi – chunki immunoglobulinga boy 
Ko’p miqdordagi leykotsitlar – infeksiyadan himoyalaydi 
Bo’shashtiruvchi effektga ega, bu esa ichak faoliyatini yaxshilaydi, 
mekoniyni chiqib ketishini ta’minlaydi, sariqlikni kamaytiradi. 
Rivojlanish faktorlari – ichakni yetilishini ta’minlaydi, oshqozon ichak 
kasalliklarini katta bo’lganida ham kamayishiga olib keladi. 
Vitamin A – infeksiyaga moyillikni kamaytiradi, ko’z kasalligini rivojlanishini 
oldini oladi. 
Ko’krak sutida infeksiyaga qarshi himoyaviy tarkibiy qismlar 
Sutni tarkibiy qismi 
Vazifasi 
A toifasidagi sekretor 
immunoglobulinlar 
Bakterial “yopishqoqlik”ning oldini oladi.
Antigenlar kirishini cheklaydi, neytrofillar
xemotaksisini qiyinlashtiradi 
Hujayralar: T-limfotsitlar 
Hujayra orqali immunitet uzatilishi 
Makrofaglar
Fagatsitoz – mikroblarni o’ldirish 
Mikroblarga qarshi immunologik moddalar 
Laktoferin 
Kompliment (birlashish)ni qiyinlashtiradi. 
Temirni qo’shish (Fe+3) yo’li bilan bakteriyalar 
ko’payishini qiyinlashtiradi 
Lizotsim
Xemotoksisni va zaharli kislorod radikallari 
ishlab chiqarilishini qiyinlashtiradi 
Lipaza 
Virus pardalarini buzuvchi va sodda 
mikroorganizmlarni lizislovchi erkin yog’ 
kislotalari va monoglitseridlarning hosil 
bo’lishiga yordam beradi 


Yallig’lanishga qarshi moddalar 
katalaza 
Vodorod 
perikisi 
parchalanishini 
katalizatsiyalaydi 
Alfa-tokoferol, 
sistein, 
askorbin kislotasi 
Kislorod radikallarini yutadi 
Gistaminaza
Gistaminni parchalaydi 
Antitiripsin – alfa-1 
Yallig’lanish 
jarayonida 
qatnashuvchi 
fermentlarni zararsizlantiradi 
Prostoglandinlar (Ye2, F2) 
Sitohimoyaviy vazifa 
Oligosaxaridlar
Mikroblar yopishishiga to’sqinlik qiladi 
Ona sutidagi gormonlar va o’sish omillari 
Gormonlar
O’sish faktorlari 
Kalsitonin 
Ona sutining o’sish omili 
Eritropoetin
Hosila (sut bezi) o’sish omili 
Somatoliberin
O’sish omili (nervlar) 
Insulin
Omillarni stimullovchi koloniyalar 
Neyrotensin
Bifidobakteriya (o’sish bifudoomillari) 
Oksitotsin
Prolaktin
Triyodtironin, Tiroksin 
Tireotropin
Ko’krak sutida chaqaloq uchun o’ziga xos vazifali fermentlar 
Fermentlar 
Vazifasi 
Amilaza
Polisaxaridlarni hazm qiladi 
Lipaza (o’t kislotaari – 
tuzlari bilan aktivlashgan) 
Yog’ni parchalaydi
Proteazalar
Oqsilni parchalaydi
Ishqorli fosfotaza
Sink, magniy tashuvchi 
Lizotsim
Bakteritsidlik vazifasi 
Chaqaloq uchun o’ziga xos vazifali sut tarkibiy qismlari 
Tarkibiy qismlar 
Vazifasi 


To’yinmagan uzun zanjirli yog’ 
kislotalari 
Miya 
rivojlanishi, 
pardalar 
membranalari tuzilishi va vazifalari 
Karnitin
Yog’ yutilishida mitoxondriyalarda 
yog’ kislotalarining oksdlanishi uchun 
muhim, miya rivojlanishi uchun zarur 
Taurin
Opioid agonistlar 
R- kasamorfinlar 
Shilliq 
yuzalarga 
bakteriyalar 
yopishishiga yo’l qo’ymaydi 
Tug’ruqdan bir necha kun o’tgach, og’iz suti yetuk sut bilan almashinadi. 
Bu sut boshqa hayvonlar sutidan farq qiladi. Sigir sutida bola uchun kerakli 
immunoglobulinlar, leykotsitlar yo’q, oqsil yog’ ko’p bo’lsa ham bola 
oshqozon-ichak tizimida so’rilmaydi, asosiy yog’ kislotalari kam miqdorda, 
yog’larni parchalovchi lipaza fermenti yo’q. Bu esa sigir suti bilan boqilganda 
dispepsiyaga olib keladi. Ona sutida temir moddasi kam miqdorda bo’lsa ham 
to’liq so’riladi, shuning uchun anemiya ko’rilmaydi. Sigir sutidagi temir moddasi 
to’liq so’rilmaydi, undan tashqari boshqa ozuqa moddalaridagi temir 
moddasini so’rilishiga to’sqinlik qiladi. Bu esa anemiyaga olib keladi. 
Ona sutida vitaminlar, suv yetarli miqdorda, sigir sutida esa yetarli emas.
Undan tashqari ona sutida gormonsimon moddalar – o’sish 
modulyatorlari bor. Bu gormonsimon moddalar nerv hujayralarini 
arxitektonikasini va miya hujayralarini yetilishini rivojlantiradi. Shuning uchun 
ham ko’krak suti bilan boqilgan bolalar intelektual va jismonan rivojlanishda 
nisbatan yuqori ko’rsatkichlarni beradi. 
Ko’krak suti bilan boqilganda oldingi va keyingi sut ajralib chiqadi. 
Oldingi sut – keyingi sutga nisbatan ko’kimtir rangda bo’ladi. U ko’p 
miqdorda ajraladi va yetarli oqsil, laktoza va boshqa komponentlar bilan 
ta’minlaydi. Oldingi sutda ko’p miqdorda suv bo’ladi. Bola oldingi sut bilan 
birga ko’p miqdorda suv bilan ta’minlanadi. Shuning uchun ham bolaga 4-6 
oylikkacha xattoki issiq vaqtlarda ham suv berish tavsiya etilmaydi. Agar bolani 
chanqovi suv bilan qoniqtirilsa, sutni kam miqdorda emadi. Emizishni oxiridagi 
sut – keyingi sut oqroq rangda bo’lib, yog’ moddasi ko’p, asosiy energiya 
manbai hisoblanadi. 
Shuning uchun ona bolasini shoshmasdan emizishi va keyingi sutni ham 
to’liq berishi kerak. 
Bolani ko’krakka tutishda onaga qanday yordam berish kerak: 
Ona bo’shashgan va qulay xolatdaligiga ishonch hosil qiling. 
O’zingiz ham qulay xolatda joylashing. 


Bolani qanday xolatda ushlash kerakligini o’rgating (4 prinsipi):
• bolani boshi va tanasi bir satxda joylashishi lozim; 
• chaqaloqni yuzi ko’krakka qaragan, burni esa ko’krak uchi qarshisiga
joylashgan bo’lishi kerak;
• chaqaloqni ona tanasiga yaqinroq tutish; 
• agar chaqaloq yangi tug’ilgan bo’lsa ona bolasini boshini tanasi bilan 
birga tutib turishi kerak.
Ko’krakka noto’g’ri tutishning oqibatlari 
Agar chaqaloq ko’krakni noto’g’ri olgan bo’lsa, ko’krak uchida og’riq 
paydo bo’ladi. Bola sut olish uchun kuch sarflaydi va ko’krak uchi shu joyda 
shilinishi mumkin. Uzoq emganida yoriqlar paydo bo’ladi. Buning natijasida ona 
kam emizsa yoki emizishlar oralig’i uzaysa, ko’krakni to’lishishi, keyinchalik esa 
buning oqibatida ko’krakni dag’allashishi ko’rilishi mumkin. Bunday onalarga 
ko’krakni to’g’ri sog’ish uchun kerakli maslaxatlar beriladi. 
Ko’krakni sog’ish quyidagilar uchun foydalidir: 
Ko’krakda dag’allashish bo’lganda ahvolni yengillashtirish uchun. 
Laktostaz (sutni dimlanib qolishi) da yoki sut sut yo’llarini berqilib qolishida 
ahvolni yengillashtirish uchun. 
Onada ichiga tortilgan so’rg’ichlar bo’lganda, bolasi o’rgangunga qadar 
ovqatlantirib turish uchun. 
Emizish jarayonida bolaning emishida qiyinchiliklar tug’ilganda 
ovqatlantirib turish uchun. 
Ko’krakni olishdan “bosh tortgan” bolani emishdan qoniqish hosil qila 
boshlaguncha ovqatlantirib turish uchun. 
Kichik vazn bilan tug’ilgan va ema olmaydigan bolani ovqatlantirib turish 
uchun. 
Ona yoki bola vaqtinchalik bemor bo’lganda sut ajralib chiqishini saqlab 
turish uchun. 
Onasi ishda yoki bolasi oldida bo’lmagan vaqtda ko’krak sutidan bolaga 
qoldirib ketish. 
Bola bilan ajratilgan vaqtda sutni qurib qolishini oldini olish maqsadda 
sog’ib turish. 
Ko’kragi sut bilan to’lganda bolaning ko’krakni olishini osonlashtirish 
uchun. 
To’g’ridan-to’g’ri bolani og’ziga sutni sog’ish. 
So’rg’ichlar va so’rg’ich oldi aylanasining qurishi va yallig’lanishini oldini 
olish uchun.


Hamma onalarda, zaruriyat tug’ilib qolgan hollarda, qanday qilib ko’krakni 
sog’ish kerakligini bilish foydalidir. 
Ko’krakni qo’l bilan sog’ish hammasidan foydalidir. Buning uchun hech 
qanday moslamalar kerak emas, chunki ko’krakni turli joyda va turli vaqtda 
sog’ish mumkin. To’g’ri bajarilganda bu juda samaralidir. Qo’l bilan 
dag’allashgan va og’riqli ko’krakni sog’ishga qaraganda yumshoq ko’krakni 
sog’ish osonroqdir. Onalarni tug’ruqdan so’ng birinchi ikkinchi kunidan keyin 
ko’krakni sog’ishga o’rgating. 
Ba’zi bir ayollar ko’kraklarini g’alati tarzda sog’adilar. Agar ular sutni 
yetarli miqdorda sog’a olsalar, ularga qanday qulay bo’lsa, shu tarzda 
sog’aversinlar. Agarda ona kam miqdorda sut sog’sa, unda samaraliroq sog’ish 
texnikasiga o’rgating. 
Ko’krak sutini qo’l yordamida sog’ish qoidalari: 
Sog’ishdan oldin qo’lni yaxshilab yuving. 
Sog’ish uchun qulay idishlar (stakan, chashka, banka, piyola,) tanlash lozim. 
ularni sovun yordamida yuqish, qaynoq suvda chayish lozim. 
O’tirgan yoki turgan xolda idishni ko’krakka yaqin masofada ushlang. 
Qo’lning bosh barmog’ini ko’krak areolasi ustida so’rg’ichdan yuqorida 
ushlash, ko’rsatkich barmoq esa ko’krakni pastki qismida, qolgan barmoqlar 
yordamida ko’krakni ushab turing. 
Bosh va ko’rsatkich barmoq yordamida ko’krakni yengil ezib, xarakatni 
ko’krak qafasi tomon davom ettiring. 
Bosh va ko’rsatkich barmoq yordamida kuchni ko’proq areola atrofida 
qo’llash va bu orqali ko’krakdagi sut sinuslarini (xaltachalarini) bo’shatishga 
intiling. 
Og’riq paydo bo’lsa sog’ish taktikasini o’zgartiring. 
Sog’ish davrida sut darrov hosil bo’lmasa, avval oksitotsin refleksi 
qo’zg’atiladi, u kuchli bo’lsa sut chizillab otilib chiqa boshlaydi. 
Sog’ish jarayonida ko’krak bezi terisini silash yoki kuchli ezishdan extiyot 
qilish lozim. 
Har bir ko’krakni aloxida ketma-ket 3-5 minutdan sog’ish va ko’krakda sut 
qolmaganiga ishonch hosil qilganda to’xtatish kerak. 
Iloji boricha sog’ilgan sutni idishchalar yordamida ichirish kerak. so’rg’ichni 
qo’llash keyinchalik ko’krakdan emishga to’sqinlik qilish mumkin. 
Chaqaloqni parvarish qilish va ovqatlantirish 
Chaqaloqni parvarish qilish juda katta mas’uliyat talab qiladi. Uni o’rab 
turgan muhit katta ahamiyatga ega. Chaqaloqni oziqlantirish mobaynida oqsil, 
lipid, uglevod, vitaminlarga hamda iste’mol qiladigan suyuqliklarga e’tibor 


berish kerak. Tug’ruqxonadagi havo harorati 24-26 gradus bo’lishi kerak. 
Chaqaloqlar xonasida esa havo harorati 22 gradusdan past bo’lishi kerak.
Har kun ertalab chaqaloqni ko’krak suti bilan boqishdan oldin tarozida 
o’lchanadi va tana harorati tekshiriladi. Olingan tahlillarni chaqaloqning 
rivojlanish varaqasiga yozib qo’yiladi.
Har kuni chaqaloqni pokizalash muolajalari o’tkaziladi: ko’zga ishlov 
berish, ostini yuvish, Qindik yarasiga ishlov berish. 
Chaqaloqning ko’zini toza steril paxta tamponchalar bilan tozalash. Kaliy 
permanganat aralashmasi (1: 8000) tayyorlanadi. Ko’zining tashqi burchagidan 
ichki burchagiga qarab artiladi. 
Har kunlik ko’ruvda chaqaloqni teri ranggiga, Qindik qoldig’iga va yarasiga 
katta ahamiyat bilan qaraladi.
Qindik qoldig’ini parvarishlash texnikasi quyidagicha. 70%li etil spirti bilan, 
keyin esa 5%li kaliy permanganat aralashmasi bilan tozalanadi. Etil spirti o’rniga 
3% vodorod peroksidi ishlatilsa bo’ladi. Qindik qoldig’i qurib tushgandan keyin 
yara atrofini va tubini 5% kaliy permanganat bilan tozalanadi. Sog’lom 
chaqaloqni tug’ruqxonadan 4-5-sutkasiga BSJ vaksinasini olgandan so’ng 
uyiga ruxsat beriladi. 

Download 6,89 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akusherlik va genekologiyada hamshiralik ishi

Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish