Eslatma: Agar bachadon agdarilishi ro’y bersa, uni ortiga qaytaring.
Kindik tarafdan yo’ldosh cheti aniqlanguncha barmog’ingizni ilgarilab
boring.
Kindik uzilishi sodir bo’lsa, qo’lingizni bachadon bo’shlig’iga kiriting.
Yo’ldosh va bachadon o’rtasidagi chegarani aniqlash uchun bachadonning
ichki bo’shlig’ini tekshirib ko’ring.
O’rnashgan joyidan plasentani ajrating, yo’ldosh va bachadon devori
o’rtasida bo’shliq hosil qilish uchun barmoqlaringizni zich tuting va kaftingiz
yonlarini ishlating.
Plasentaning hamma qismlari bachadon devoridan ajralguncha, u birikkan
joy sohasida asta-sekin muolaja o’tkazing.
Agar plasenta barmoqlaringizning xushyorlik bilan arraga o’xshash
harakati oqibatida bachadon ustki qavatidan ajralmayotgan bo’lsa, plasenta
bachadonga o’sib kirganligini faraz qiling va laparotomiya yoki subtotal
gisterektomiya o’tkazing
Plasentani ushlang va asta-sekin qo’lingizni yo’ldosh bilan birga
bachadondan chiqarib oling
Boshqa qo’lingiz bilan bachadonni qovdan uzoqlashtirishni amalga
oshirishni davom eting, bachadondan chiqayotgan qo’lning harakatiga
qarama-qarshi yo’nalishda harakatlantiring.
Qo’lni bachadon bo’shlig’idan chiqarib olish. Bachadon bo’shlig’i ichki
yuzasini tekshiring va yo’ldoshning hamma to’qimalari olib tashlanganiga amin
bo’ling.
Oksitotsin v/i 20 birl, 1 litr eritmada (fiz eritma yoki Ringer laktati) 1 min 60
tomchi tezlikda yuboring.
Bachadonning tonik urishini amalga oshirish uchun, yordamchidan
bachadon tubini tashqaridan massaj qilishni so’rang.
Davomiy ko’p qon ketishi kuzatilsa, ergometrin m/i 0,2mg yoki
prostaglandin yuboring
Plasentaning bachadon yuzasini tekshiring va uning to’liqligiga amin
bo’ling. Agar plasenta to’qimalaridan biri qolib ketgan bo’lsa, ularni olib
tashlash uchun bachadon bo’shlig’ini tekshiring.
Ayolning tug’ruq yo’llarini diqqat bilan ko’rib chiqing va bachadon bo’yni,
qin yoki oraliqni epiziotomiyadan keyin to’liqligini tiklang.
Muammolar.
• Agar yo’ldosh ushlanib qolishi kontraksion halqa sababli vujudga kelsa,
yoki tuqqanidan keyin bir necha soat yoki kun o’tgan bo’lsa, qo’lni bachadon
bo’shlig’iga kiritish imkoni bo’lmay qolishi mumkin. Yo’ldosh qismlarini ikki
barmog’ingiz, to’mtoq qisqich yoki katta kyuretka yordamida olib tashlang.
Muolajadan keyingi parvarish.
Tinchlantirish uchun belgilangan v/i dorilari ta’siri o’tguncha ayolni diqqat
bilan kuzating.
Ayol hayotiy faoliyatlarini (tomir urishi, qon bosimi, nafas olishi) kelgusi 6
soat ichida yoki me’yoriga kelguncha har 30 daqiqada o’lchab, uni kuzating
Bachadon qisqarganligiga amin bo’lish uchun uning tubini paypaslang.
Ortiqcha oqmalar chiqishini nazorat qiling.
Vena ichiga suyuqlik yuborishni davom eting.
Zaruriyat tug’ilsa, qon quyishni amalga oshiring.
Eslatma: Agar to’qimalar juda qattiq yopishib qolgan bo’lsa, bunday holat
yo’ldoshning chin yopishib qolishi deb ataladi. Qiyin ajralayotgan yo’ldoshni
ajratish harakatlari ko’p qon ketib qolishiga yoki bachadonning perforatsiyasiga
olib keladi. Bunday asoratlarni gisterektomiya qilish zarur bo’ladi.
Plasentaning zich va chin birikish etiologiyasi va patogenezini 3 guruhga
bo’lish mumkin:
Homilador ayol organizmining holati, endometriy va miometriydagi
struktur-morfologik o’zgarishlarga bog’liq..
Xorion vorsinkalari gialuronidaza fermentining aktivligiga bog’liq..
Yuqoridagi ikkala omilning birga kelishi.
Plasenta chin birikishini plasentani bachadon devoridan jarrohlik yo’li bilan
ajratish vaqtida bilinadi. Plasentaning qisman chin birikishida uning bir qismi
ko’chganligi uchun qon ketish kuzatiladi, to’liq zich birikishida majburiy ajratish
usullari qo’llanilmasa, kuch ishlatilmasa qon ketish kuzatilmaydi. Plasentani
to’liq ajratish iloji bo’lmasa, gemotransfuziyani boshlab bachadonni olib
tashlash jarrohlik amaliyoti qo’llaniladi.
Agar qon ketishi davom etaversa, krovat oldi testidan foydalanib, qonning
ivishini tekshiring. Qonning sekin ivishi (7 minutdan ko’proq) yoki qon yumshoq
ivisa va tez buzilib ketsa, koagulopatiyani taxmin qilish zarur.
Agar infeksiyaning belgilari bo’lsa (tana harorati baland, qindagi
ajralmalarning hidi sassiq) xuddi metritdagi singari antibiotiklar buyuring.
Tug’ruqdan keyin ilk chilla davrida qon ketishi.
Tug’ruqdan keyingi ilk davrlarida qon ketish sabablari (4 T):
Yo’ldosh qismlari qolib ketishi (T -To’qima)
Tug’ruq yo’llari jarohatlari (T-Travma)
Gipo- va atonik qon ketishi (T-tonus)
Koagulopatik qon ketishi – TIQI (T-tromb)
Tug’ruqdan keyingi davrda 500 ml dan ortiq qon ketishi tug’ruqdan keyin
qon ketish (TKQK) deb qabul qilingan. Lekin bunda muammolar tug’iladi:
odatda yo’qotilgan qon miqdorini ko’pincha kamaytirib baholanadi, ba’zi
hollarda asl yo’qotilgan qonning yarmi ko’rsatiladi. Qon amniotik suyuqlik yoki
siydik bilan aralashib ketishi mumkin. U tamponlarga, sochiq, choyshablarga,
lotok va polga tushishi mumkin;
aniq yo’qotilgan qon hajmi ayol gemoglobniining aslidagi miqdoriga
bog’liq. Gemoglobini normal ayollar qon ketishiga bardoshli, kamqon ayollarda
esa bu holat havfli oqibatlarga olib keladi, qon ketishi sekin- astalik bilan bir
necha soatlab davom etishi, bu holat sezilmasligi va ayol birdaniga shok
holatiga tushib qolishi mumkin.
Anemiya bo’lmagan hatto sog’lom ayollarda ham kuchli qon ketish
boshlanishi mumkin.
Ayollarda TKQK havf omillarini antenatal davrda har doim ham baholab
bo’lmaydi. Barcha ayollarda III davrni faol olib borish bachadon atoniyasining
oldini olib, qon ketishini kamaytiradi. Hamma tug’ayottan ayollar TKQKni
aniqlash uchun qattiq kuzatuvda bo’lishlari kerak.
Muammolar.
Tug’ruqdan keyin birinchi 24 soat ichida qindan qon ketishining
ko’payishi (erta TKQK).
Tug’ruqdan 24 soatdan keyin qindan qon ketishining ko’payishi
(kech TKQK).
Qon ketishining sekin davom etishi va birdaniga ketishi zudlik bilan
tadbirlar olib borishni talab qiladi. Aralashuvlarni darhol va faol olib borish
zarur.
Gipotonik qon ketishni keltirib chiqaruvchi sabablar:
Uzoq davom etgan og’riqli tug’ruq natijasida organizm va MNS
charchashi.
Homiladorlikning 2 yarmi gipertenziya holatlari, gipertoniya kasalligi
Bachadon anatomik nuqsonlari: bachadon rivojlanish nuqsonlari,
bachadon miomasi, o’tkazilgan yallig’lanish kasalliklari, ko’p sonli abortlar.
Bachadonning funksional yetishmovchiligi: ko’p suvlilik, ko’p homilalik
natijasida bachadonning haddan tashqari cho’zilishi
Plasentaning oldinda kelishi yoki past joylashishi
Asosiy davolash
YoRDAMGA ChAQIRING. Bo’sh xodimlarning hammasini jalb qiling.
Ayolning ahvoliga baho berish uchun asosiy ko’rsatmalarni,
yashash uchun zarur funksiyalar faoliyatini tezlik bilan baholang,
(puls, arterial qon bosimi, nafas olishi, tana harorati).
° Agar shok taxmin qilinsa, uni darhol davolashga kirishing. Shokning
belgilari hali ko’rinmasa ham ahvoli tez og’irlashib qolishini hisobga olib,
ayolning ahvolini kelgusida baholashda uni yodda tuting. Agar shok
rivojlanayotgan bo’lsa, davolashni zudlik bilan boshlash zarur.
Bachadonning yaxshi qisqarishi uchun xalaqit beradigan qon va qon
laxtalarini olib tashlash uchun bachadonni tashqaridan massaj
qiling, ular bachadon qisqarishini sekinlashtiradi.
10 birlik oksitotsinni m/oga yuboring.
t/iga eritmalar yuborishni boshlang .
Siydik pufagini kateterizatsiya qiling.
Yo’ldoshning ajralganiga va uning butunligi, qoldiqlar qolmaganiga
ishonch hosil qiling.
Bachadon bo’ynini, qin va oraliqda yoriqlar, yirtiqlar yo’qligini tekshirib
ko’ring. Temir preparatlarni (60 mg dan)folat kislota bilan (400 mkg)dan 1 marta
6 oy bering.
Qonni to’xtatib bo’lganingizdan keyin (qonni to’xtatgandan 24soatdan
keyin) anemiyasi borligini bilish uchun gemoglobin vagematokritga tekshiring:
Agar gemoglobinning miqdori 70g/l dan past yoki gematokrit 20% dan
past bo’lsa: (anemiyaning og’ir darajasi)3 oyga temir praparatlarni (100 mg dan
og’izga) folat kislota bilan (400mkg dan) kuniga 1 marta bering;
3 oydan so’ng temir praparat bilan (60 mg dan) folat kislotani (400 mkg
dan) 1 martadan 6 oy berib muolajani davom ettiring.
Agar gemoglobin miqdori 70 — 110 g/l bo’lsa, temir praparat bilan (60 mg
dan) folat kislotani (400 mkg dan) 1 martadan 6 oy bering.
|