Tug’ruq yo’llarining holati. Yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, bachadon
uch bo’lim: yuqori eng katta qismi — bachadon tanasi; o’rtadagi uncha katga
bo’lmagan qism — bo’yin oldi qismi yoki istmus, bachadonning quyi qismi —
bachadon bo’ynidan iborat. Bachadon bo’ynida bo’yin kanali joylashgan.
Pastdan bo’yinning bir qismi qinga kirib turadi va qinga birikadi.
Homiladorlikning birinchi oylarida homila tuxumi faqat bachadon tanasiga
joylashgan bo’ladi. Uchinchi oyida tez o’sayotgan homila tuxumi bachadon
tanasiga sig’may qoladi, asta-sekin uning bo’yin oldi qismini ham egallay
boshlaydi, natijada bu qism kengayib, pastki segment nomini oladi.
Bachadoning bo’yin oldi qismi bachadon tanasining anatomik va
funksional tuzilishiga o’xshab ketadi. Tug’ruq dardi boshlanishi bilan
bachadonning pastki qismi kengayib, yupqalasha boradi va qorin devori
pardasining bachadon tanasiga qattiq yopishib o’tgan joyigacha yetadi. Shu
sohada bachadon bo’yin kanalining ichki teshigi joylashgan. Bu kontraksion
(retraksion) halqa deb yuritiladi, u bachadonning funksional faol qismi bilan
passiv
qismi
oralig’iga
joylashgan.
Bu aylanma kamarga o’xshash halqa bo’lib, bachadon tanasi muskullari kabi
faol qisqarmaydi. Tug’ish oldidan va tug’ishning birinchi davrida pastki segment
6-7 sm bo’ladi, homila o’rnining uchdan bir qismini tashqil qiladi. Tug’ish
jarayonida pastki segment tirishib qolishi (spazmi), kengayishi yoki haddan
tashqari kengayib ketishi mumkin. Agar ko’p kengayib ketsa, bachadon yirtilish
xavfi tug’iladi.
Pastki segmentdagi muskullar tolasi deyarli ko’ndalang joylashgan.
Shunga ko’ra avvallari ham, hozir ham operatsiyada bachadonning pastki
segmentini ko’ndalang kirqish afzal deyiladi. Bunda muskul tolalari kam
zararlanadi va operatsiya jarohatining bitishi oson bo’ladi.
Bachadon bo’yni tug’ruq jarayoniga ancha ilgari tayyorlana boshlaydi,
bunda qon tomirlar ko’payib, kovak shaklini oladi. U homilaning chiqish yo’lini
vaqtincha bekitib turadi, uning kanali shilliqli tiqin bilan berk bo’ladi. Tug’ruq
dardi boshlanishi bilan shilliqli tiqin (kresteller tiqini) tushib ketadi, bachadon
bo’yni ochila boshlaydi (ochilish mexanizmini yuqorida aytib o’tgan edik).
Nihoyat to’la ochilib (10-12 sm) pastki segment tarkibiga kiradi va umumiy
tug’ruq yo’liga qo’shiladi.
Ba’zi hollarda bachadon bo’yni to’la ochilishiga qaramay, u yirtilishi
mumkin, odatda yonidan ozgina yirtiladi. Shunga ko’ra, tuqqan ayollarda
bachadon bo’ynining tashqi teshigi uzunchoq teshikka o’xshaydi. Qin tug’ish
jarayonida so’nggi imkoniyatga qadar kengayadi.
Chanoq tubidagi muskullar tug’ruqqacha cherepitsaga o’xshab yotadi,
ya’ni chetlari bilan bir-birini yopib turadi. Tug’ish jarayonida bir tekis bo’lib
qoladi. Chanoq tubining 3 qavat muskullari kengayib, uzunchoq naychani, qin
va tashqi jinsiy a’zolar ham kengayib cho’zilib, qo’shimcha tug’ish yo’lini tashqil
qiladi. Tashqi jinsiy teshik kengayadi va ba’zan yirtilishi ham mumkin.
Ba’zi mualliflarning fikricha, bachadon qisqaruvchi a’zo bo’lib, ba’zan
bo’yida bo’lgan davrda ham bir oz qisqarib tursa-da, homiladorlikka putur
yetmaydi. To’lg’oq vaqti-vaqti bilan takrorlanadigan bachadon tanasi
muskullarining beixtiyor qisqarishidir. To’lg’oqda tug’ruq yo’lining ham
devorlari qisqaradi.
Kuchaniq bachadon muskullari va qorin devori muskullarining qisqarishi
bilan o’tadi. Qorin devorida ko’ndalang muskullar borligiga ko’ra, kuchaniq
qisman ayolning xohishiga itoat etgan holda keladi. Shunga ko’ra, ayol
qattiqroq yoki sekinroq kuchanishi mumkin. Kuchaniq tug’ruqning 2- va 3-
davrlarida kuzatiladi.
Ya. F. Verbov, E.Bumm va boshqalarning fikriga ko’ra, tug’ish dardi
peristaltik xususiyatda bo’lib, tug’ruq yo’lining chiqish tomoniga yo’naladi.
Bachadonda bu peristaltik qisqarish juda tez, butun bachadon bo’ylab
tarqaladi. Tug’ruqning 1-davri tugashida bachadon xanjarsimon o’siqdan 3-4
barmoq enida pastda bo’ladi. Bachadon bo’ynining ochilish jarayonida
bachadon kichiklasha boradi, ammo eniga va orqa-oldinga kengayadi. Bu holat
ko’ndalang joylashgan bachadon muskullarining faoliyatiga bog’liq, bu
tug’ishning birinchi davrida ro’y beradi.
Tug’ruq birinchi davrining oxirida bachadon muskullari qisqarishi,
tananing, xususan qorin devorining ko’ndalang muskullari qisqara boshlashi
natijasida dard ancha sezilarli bo’ladi. Keyinroq bachadon shakli o’zgaradi,
uzunlashib, torayadi, tubi ancha ko’tariladi.
Ikkinchi davrning boshlanishida bachadon tubi hanjarsimon o’siqdan bir
barmoq pastda turadi. Homila boshi chanoq tubiga tushganda bachadon tubi
pastga tusha boshlaydi, eni kamayadi (20-18 sm), bachadonning aylanma
muskullari ham qisqara boradi. Tug’ruqning birinchi davrida bachadonning
ko’ndalang muskullari qisqarganda uning dumaloq boylami va chanoq pardasi
tayanch vazifasini o’taydi.
To’lg’oqda qorin devori ishtirok etmaydi. Tug’ruqning ikkinchi davrida
bachadon oldinga bir oz egiladi, qorin devori pardasini cho’zadi, natijada qorin
devori muskullari qisqara boshlaydi va bachadonni bosadi. Uning bukilgan holatini
tekislab, bachadon tubi bilan qorin devoriga va yuqorida yotgan a’zolarga tiralib,
homilani pastga sura boshlaydi. Bachadonning ko’ndalang muskullari bilan
qiyshiq muskullarining galma-gal qisqarishini Verbov «bachadonning peristaltik
harakati qonuni», deb tushuntiradi. Bu nazariya tug’ruq jarayoni kechishini
ta’minlamaydi, chunki bachadon muskullarining galma-gal qisqarishi, Verbov
aytishicha, tug’ish davrlariga bog’liq. Tug’ishning hamma davrida ham ko’ndalang
va qiyshiq muskullar tartib bo’yicha qisqaradi. Ammo bunda ko’ndalang
muskullarning o’rni katta.
N. S. Baksheevning ko’rsatishicha, har ikkala muskul birgalikda qisqarib,
homilaning tug’ruq yo’lida surilishiga imkon beradi. Bachadon muskullarida
tug’ishda 2 xil jarayon mavjud: birinchi qisqarish (kontraksiya) va bachadon
muskul tolalarining bir-biriga nisbatan boshqacha joylashishi (retraksiya). Bu xildagi
muskullarning fiziologik holati bachadon tubining qalinlashishiga va asta-sekin
tubida pastroqdagi bachadon bo’yni tomondagi qismlarning yupqalasha borishiga
sabab bo’ladi (distraksiya) (10.4.-rasm).
Bachadon bo’yni bachadon
muskul-larining ritmik qisqarishida
qatnashadimi? Yo’q, qatnashmaydi.
Bo’yin muskullari tug’ruqda o’zining
berkitish xususiyatini yo’qotadi,
ular bachadon tanasi muskullari
qisqarishi bilan cho’zila boradi.
Klinik
kuzatishlar
natijasida
bachadon
bo’yni
muskullari
tug’ruqda
ritmik
ravishda
qisqarmay, faqat yo’lni bekituvchi vazifasini o’ynab, cho’zilishi, kengayishi
aniqlangan. Bachadon muskullarining qisqarish darajasi ularning qanchalik
taranglashganiga bog’liq. Bachadon muskullari tinchlikda ham ma’lum
darajada taranglashib turadi. Tug’ruqda muskullar taranglashishida
bachadonning qisqarish kuchi ma’lum nisbatda bo’lishi kerak. Agar muskullar juda
kuchli yoki juda sust taranglashsa, ularning qisqarish amplitudasi maksimal holatda
bo’la olmaydi. Taranglanish holati bachadon muskullarining dinamik holati bo’lib,
tug’ruq davrlariga qarab turlicha bo’ladi. Agar taranglashish o’rtacha bo’lsa,
unda muskullar kuchli qisqaradi. Hozirgi kunda tug’ruqxonalarda murakkab
elektron apparatlar yordamida bachadon muskullari turli qismlarida qisqarish
Bachadon mushaklarining
joylashish sxemasi.
xususiyati aniqlanadi (10.5.-rasm). Odatda shifokorlar qorin devoriga qo’lni
qo’yib sekundomer yordamida bachadonning taranglashganiga qarab uning
qisqarish xususiyatini aniqlaydilar.
Normal dardning tonogrammasi.
Tug’ruqning klinik kechishi. Tug’ruq fiziologik jarayon bo’lishiga qaramay uni
statsionar sharoitida shifokor va akusherka ishtirokida olib borish kerak. Chunki
tug’ruqning ayrim davrlarida homilada yoki ayolda biror patologik holat vujudga
kelishi mumkin.
Odatda tug’ruq jarayoni birdaniga boshlanadi. Agar ayol sezgir bo’lsa, o’zi
ham buni aniqlashi mumkin.Ba’zi ayollar tug’ruqdan bir hafta ilgari bachadon
qisqarishini sezadilar. Ammo bu tug’ruqning «xabar beruvchi» belgilari bo’lishi
mumkin, xolos. Bu holat barcha ayollarda bo’lavermaydi. Bachadon bunday
qisqarganda uning bo’shlig’idagi bosim oshmaydi, homila pufagi
taranglashmaydi va bachadon bo’ynining ochilishiga ta’sir ko’rsatmaydi (10.6.-
rasm).
Tug’ruq dardi odatda, qorin pastida va bel sohasida tutib-tutib turuvchi
og’riq bilan boshlanadi, bu asta-sekin zo’rayadi, ancha tezlashib, uzoqroq
davom eta boradi. Ko’p ayollar tug’ishdan bir oz oldinroq homila harakati
sustlashgani va jinsiya’zodan seroz shilliqli suyuqlik ajralayotganidan shikoyat
qiladilar (bu bachadon bo’ynidagi shilliqli Kristeller tiqinidir). Ba’zi ayollar qov va
to’g’ri ichakda bosim sezadilar, tez-tez siygilari qistaydi. Ayolning ruhiyati
o’zgarib, jahldor, salga ta’sirlanadigan bo’lib qoladi yoki, aksincha, uyqu bosib,
bo’shashadi. Qayd qilib o’tilgan hodisalarning birortasi ham dard boshlandi,
deyishga asos bo’lolmaydi. Faqat dardning har 15-20 minutda tutib, 20-25-30-40
sekund yoki undan uzoqroq davom etishi tug’ruqning boshlanishidan dalolat
beradi. To’lg’oq boshlangan ayol qornining tashqi ko’rinishini kuzatgan
shifokor tug’ruq dardi boshlanganini aniqlashi mumkin.To’lg’oqda bachadon
birmuncha yuqoriga ko’tarilib, uning shakli aniq ko’rinadi, qo’l kaftini qorin devoriga
qo’yib, bachadonning taranglashgani va bo’shashganidan dardning
takrorlanishini aniqlash mumkin.
Tug’ruq diagnostikasi va belgilari
• Ayolda tug’ruq jarayoni boshlanganligini taxmin qiling va kuting.
-
22 haftadan keyin qorinda joyini o’zgartirib turadigan og’riq paydo
bo’lishi.
- Qindan shilimshiq va qon aralash ajralmalar kelishi va og’riq bo’lishi.
-
Qindan suvli ajralmalar yoki kutilmagan holda qog’anoq suvi ketib qolishi.
• Tug’ruqning boshlanganligi belgilari:
- Bachadon bo’ynini shaklining o’zgarishi— kaltalashishi va
yupqalashishi (tekislanishi).
- Bachadon bo’ynining ochilishi — bachadon kanali diametrining
kengayishi cantimetrlarda o’lchanadi.
Tug’ruq davrlari va fazalarining diagnostikasi jadval
Tug’ruq davrlari va fazalari
Simptomlari
va
belgilari
Davr
Faza
Bo’yni ochilmagan
Yolg’on tug’ruq
Tug’ruq faoliyatining
yo’qligi
Bo’yni 4 smdan kam
ochilgan
Birinchi
Latent
Bo’yni 1 soatda 1-2
sm ga ochilgan Bo’yni 4-
9 sm gacha ochilgan
Birinchi
Faol
Bo’ynining oxirigacha
ochilishi(10sm)
Ikkinchi
Bachadon bo‘yni shaklining o‘zgarishi va ochilishi.A —Bachadon bo‘yni shakli
saqlangan, servikal kanalning uzunligi 4 sm;V — Bachadon bo‘yni qisman tekislangan.
servikal kanalning uzunligi 2 sm;S — Bachadon bo‘yni oxirigacha tekislangan;D —
servikal kanalning ochilishi — 3 sm;Ye — servikal kanalning ochilishi 8sm.
Homila
boshining
tusha boshlashi
Ikkinchi
Tugruk vaqtida ayolni ovkatlantirish. Tug’ruqlar quvvat sarflashni talab
qiladi. Tug’ruq qancha vaqt davom etishini oldindan aytish mumkin
bo’lmaganligi tufayli kuch-quvvat manbai doimo to’ldirilib turilishi zarur.
Ovqatlanishni keskin chegaralanishi tug’ruq vaqtida suvsizlanish va atsidozga
olib keladig ularni tug’ruq davrida suyuqliklar ichish va yengil ovqat qabul qilish
yo’li bilan oldini olish mumkin. Zamonaviy yondoshuvlar fiziologik tug’ruqlar
vaqtida ovqat va ichimlik qabul qilish tug’risidagi masalani ayolning o’zi hal
qilishiga qo’yib beradi.
Hamkorlik tug’ruklari. Hamkorlik tug’ruqlari o’tkazi.lganda doya
hamshiraning vazifasi nafaqat barcha muhim klinik belgilarni qayd qilish, balki
butun tug’ruq davomida ayolni jismonan va emotsional qo’llab-quvvatlab
turishdan ham iborat bo’ladi. Tug’ruqlarda ishtirok etayotgan doya
o’tkazilayotgan barcha muolajalar va tibbiy tekshiruv natijalarini ayolga
tushuntirishi kerak. Tug’ruq faoliyatining kechishi va bolaning kutilayotgan
tug’ilish vaqti to’g’risida aelni xabardor qilishi lozim.
Tug’ruq zalida ayolning yaqin odamlaridan birontasini bo’lishi (doya bilan
birlikda) tug’ruqlarni rivojlanishi va natijasi, onaning tug’ruqdan keyingi
adaptatsiyasi, ona va bolaning o’zaro munosabati, ko’krak suti bilan boqish va
oilaviy er-xotinlik munosabatlarga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bunda tug’ruqlar davomliligi va kesar kesishlarning soni sezilarli qisqaradi,
og’riqsizlantirish vositalarini qo’llanish kamayadi, yangi tug’ilgan chaqaloqlarga
zudlik bilan tibbiy yordam ko’rsatishga ham ehtiyoj kam bo’ladi. Shuningdek,
ko’krak suti bilan boqish va yangi tug’ilgan chaqaloqni yaxshi holatiga ham
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tug’ruqning ikkinchi davrini olib borish. Tug’ruqning ikkinchi davri odatda
30 daqiqadan 1 soatgacha davom etadi. Lekin hozirgi sharoitda bunday vaqt
chegaralari qat’iy aniqlangan emas va taxminiy deb qarash mumkin. Kuchanish
davrining davomliligiga mo’ljal qilishdan ko’ra, ona va bolaning holati bu
bosqichdagi aralashuvlar zarurati uchun eng yaxshi ko’rsatkichdir.
Tug’ayotgan ayolga uning uchun eng qulay bo’lgan holatni egallashga
ruhsat berish kerak. Tug’ruqning ikkinchi davrida tik turgan, o’girgan, tizzasiga
cho’k tushgan va boshqa holatlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ayrim hollarda
qo’llab-quvvatlash uchun hamkorning yordami zarur bo’ladi. > Tug’ruqni
ikkinchi davrida bachadonning ham bir qisqarishida onani ixtiyorsiz kuchanish
istagi qamrab oladi. Unga tabiiy ravishda kuchanish imkoniyatini berish lozim.
Epiziotomiya faqat tibbiy ko’rsatmalar bo’yicha amalga oshirilishi va uni
amalga oshirishda hamisha og’riqsizlantirish lozim.
Tug’ruqning uchinchi davrini olib borish. Tug’ruqning uchinchi davri
(yo’ldosh davri) bola tug’ilgandan to yo’ldoshni bachadondan ajralishi va uni
chiqishigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi va odatda 15-20 daqiqani
egallaydi.
Bola tug’ilgandan so’ng bachadon qisqaradi va yo’ldoshning ajralishi yuz
beradi. Bu - qon ajralmalarini boshlanishidan hamda Qindikning tashqi qismini
uzayishidan bilinadi.
Tug’ruq fiziologik olib borilganda yo’ldosh faqat onaning kuchi yordamida
ajralib chiqariladi. Bu jarayonga bolani erta ko’krakka tutish va chaqaloqning
ko’krak so’rishi, ayolda endogen oksitotsin ishlab chiqarilishi tufayli sharoit
yaratiladi. Tutruqning uchinchi davrini faol olib borish yoki kutib turish bu
akusherlik vaziyatga bog’liq jarayondir.
Yo’ldosh va homila pardalarini ularning butunligiga sinchiklab tekshirish
lozim. Agar yo’ldosh ajralgandan keyin bachadon gipotoniyasi tufayli qon
oqishi davom etsa, aylanma harakatlar bilan bachadonning yuqori qismini
uqalashni boshlash lozim (lekin
uning tubini siqish kerak emas), bunda bachadondagi qon quyqalari chiqib
ketadi. Yengil uqalashdan keyin bachadon qisqarishi va qattiq bo’lib qolishi
kerak. Bachadonni qisqartirish uchun muzdan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Yo’ldosh ajralgandan keyin faqat bachadon butunligini tekshirish va qon
oqishiga gumon qilingandagina jarrohlik gemostazini ta’minlash uchun
yumshoq tug’ruq yo’llari ko’zdan kechiriladi. Oraliqni katta bo’lmagan va qon
oqishi kuzatilmagan yirtilishlari tikilmagan holda yaxshi bitib ketadi, lekin oraliq
toza bo’lishi va buning uchun tuqqan ayol shaxsiy gigiena choralarini ko’rib
yurishi lozim. Yiringli septik asoratlarni oldini olishda bachadondan qoldiq
suyuqliklarni erkin oqib tushishiga sharoit yaratish, zaruratga qarab va har bir
hojatdan so’ng oraliqni yuvib turish eng muhim chora hisoblanadi. Tug’ruqdan
keyin vaqti-vaqti bilan puls va arterial qon bosimini nazorat qilish, yaxshi
qisqarganligiga ishonch hosil qilish va kamida 24 soat davomida qindan qon
oqmayotganligiga guvoh bo’lish uchun bachadon holatini tekshirib turish zarur
(JSST tasnifiga binoan tug’ruqdan keyingi qon ketish birlamchi va ikkilamchi
deb ta’riflanadi: birlamchi - tug’ruqdan keyingi 24 soat davomida, ikkilamchi -
tug’ruqdan 24 soat keyingi vaqt ichida).
Tug’ruqdan keyingi davrni olib borish. Tug’ruqdan keyingi davr - bu bola
tug’ilgandan keyingi, tana a’zolarini boshlang’ich holatiga qaytishi va sut
ajralishining boshlanishi davridir.
Tug’ruqdan keyingi davr mobaynida ona va bolani parvarish qilish
quyidagi asosiy tamoyillarga asoslangan bo’lishi lozim:
ona va bolaning yaxshi jismoniy va emotsional holatini ta’minlashga xizmat
qilish;
bolani ko’krak suti bilan muvaffaqiyatli boqishni ta’minlash;
kontrasepsiyaning individual uslubini tanlab olish. Ona va bolaning holatini
har kuni kuzatib borish lozim va barcha yuz berayotgan voqealarni iloji boricha
to’liq ta’riflaydigan yozuv olib borish kerak. Doya va vrach tuqqan ayolga o’zini
va yangi tug’ilgan chaqaloqni qanday parvarish qilish kerakligini o’rgatib borishi
juda muhimdir. Tug’ruqdan keyingi davrda ayolni qorinning pastki qismida
bachadon qisqarishi tufayli kelib chiqadigan unchalik kuchli bo’lmagan
spazmatik og’riqlar bezovta qilish mumkin.
Ayrim ayollar tug’ruqdan keyingi ikki-uch kun davomida tug’ruqdan
keyingi tushkunlik holatini his qiladilar (uchinchi kunning melanxoliyasi). Bu
me’yoriy holatdir. 14-20% ayollar tug’ruqdan keyingi depressiyaga chalinadilar.
Bu "uchinchi kunning melanxoliyasi"ga ko’ra jiddiyroq emotsional buzilishlarga
kiradigan holatdir. Bunday paytda tibbiy xodim va oila a’zolarini yordami zarur.
Ayrim onalarda (1%dan kamroq) tug’ruqdan keyingi psixoz deb ataladigan
jiddiy kasallik rivojlanadi (gallyusinatsiya, o’zi hamda bolasi uchun
bezovtalanish va qo’rqish hissiyoti). Bunday vaqtda u bolasi uchun xavfli bo’lishi
mumkin va shuning uchun alohida kuzatish hamda mutaxassis psixiatr
yordamini tashqil qilish lozim.
|