Uzoq vaqt davomida akusherlik amaliyoti magniy sulfatning dozasini va
yuborish tezligini aniqlashda dastlabki o’rta arterial bosimga
(O’rAB)
asoslangan.
O’rta arterial bosim formula bo’yicha hisoblanadi
:
ADo’ = SAB +2 DAB
3 ( SAB bu sistolik AB,
DAB distolik AB)
Sog’lom ayollarda o’rta qon bosim 100 mm s.u.dan oshmaydi. Uni 15 mm s.u dan
dastlabkidan oshishi gipertenziyani ko’rsatadi.
Chet el mualliflari magneziyaning yuqori dozirovkasini
ishlatish afzalroq
deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, magniy
sulfati bor taqdirda boshqa
talvasaga qarshi preparatlar ishlatilishi shart emas, ularni profilaktik maqsadda
ishlatish og’ir holatdagi preeklampsiya va eklampsiyaning xavfli simptomlarida
ishlatishga qoldirilishi kerak.
Magneziyaning toksik ta’siri paylarning chuqur reflekslari yo’qolishiga va
keyinchalik respirator depressiyaga va nihoyat nafas to’xtashiga olib kelishida.
Shuning uchun magnezial terapiya o’tkazilayotganda patellyar refleksni va
nafas olish sur’ati (yoki kislorod saturatsiyasi) nazorat qilinishi zarur.
Ushbu preparatni tomir ichiga yuborilishi afzalroq, chunki (mushak ichiga
in’eksiyalar og’riqli va 0,5% hodisalarda mahaliy
abssess shakllanishi bilan
asoratlanadi).
Magniy sulfatni og’ir preeklampsiya va eklampsiyada qo’llash sxemasi :
Yuklama doza:
- 25% - 15 ml magniy sulfatni (1 – 3 shprisda) vena ichiga 5 daqiqa ichida
yuboriladi;
- so’ng har bir dumbaga mushak orasiga magniy sulfatni 10 ml dan
novokain bilan birga yuboriladi
-
agar talvasa qaytarilsa, 15 daqiqadan keyin 10 ml magniy sulfati vena
ichiga 5 daqika ichida yuboriladi
Quvvatlab turuvchi doza
- 10 ml dan mushak orasiga har 4 soatda
- tug’ruqdan keyin yoki oxirgi talvasadan keyin 24
soat ichida magniy
sulfatni davom ettirish
-
magniy sulfatini har bir qayta yuborishdan oldin quyidagilarga ishonch