Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi faniga kirish. Akusherlik va
ginekologik yordam ko’rsatish muassasalarida tibbiyot hamshirasining o’rni
REJA:
7.
Akusherlik va ginekologiya haqida tushuncha.
8.
Akusherlik va ginekologik yordam ko’rsatish muassasalarida hamshiraning
tutgan o’rni, vazifalari, ma’naviy qiyofasi
9.
Aseptika va antiseptika haqida tushuncha
Akusherlik-tibbiyotning qadimiy ildizlaridan biri. Akusherlik va
ginekologiya rivojlanishini tarixiy ma’lumotlari.
«Akusherlik» so’zining zamonaviy tushunchasi (aicousher-tug’ish) – bu
tibbiyot tartibi, ayol-bola tug’ish funksiyasi, normal va patologik, homiladorlik
davrida tug’ruq va tug’ruqdan keyin davrlarda ratsional yordam berish
uslublarinii o’rganadigan fandir. Akusherlikda anatomik, fiziologik, klinik,
bakteriologik va bioximik tekshirish usullaridan foydalaniladi. Akusherlik bir
bilan yakin bog’langan –quyidagi bo’limlardan iborat, homiladorlik, tug’ruq va
tug’ruqdan keyingi davrlarni fiziologiyasi va potologiyasi, akusherlik jarroxligi,
yangi tug’ilgan chaqaloq fizologiyasi va patologiyasi.
Akusherlik-tibbiyotning kadimiy ildizi bo’lsa, ginekologiya esa XIX asr
o’rtasida alohida fan sifatida yaraldi. 2-ta fan ham bir-biri bilan uzviy boglik,
lekin kelib chiqqan tarixiy qarashlar akusherlik va ginekologiyani tibbiyotning
aloxida fan sifatida ajratdi.
Akusherlik so’zi fransuz tilida “accoucher”-tug’moq ma’nosini anglatuvchi
qadimiy tibbiyot fanining bir tarmog’i bo’lib, ayollar organizmida homiladorlik,
tug’ruq va chilla davrida ro’y beradigan fiziologiya va patologik jarayonlarni
o’rganuvchi, ularning oldini olish ishlarini tashqil etuvchi fandir. Akusherlik
aslida ginekologiya (gynaecos-ayol, logos-ta’limot) fanining bir qismi
hisoblanadi. Ginekologiya ayollar jinsiy a’zolarining fiziologiyasi va
patologiyasini o’rganuvchi fandir.
Ayollar maslaxatxonasi – bu dispanser tipidagi ambulator-shifoxona.
Qaysiki uning ishida zamonaviy sog’liqni saqlashni asosiy prinsipi bo’lgan
– profilaktika va davolash birligi kashf etilgan.
Ayollar maslaxatxonasining asosiy maqsadi ayollarni sog’lomlashtirishga
yunaltirilgan davolash-profilaktik aloqaini berish, onalar va perinatal
kasallanishni profilaktikasi va ulimni oldini olishga karatilgan.
Bu maqsadga erishish uchun ayollar maslaxatxonasida quyidagi masalalar
xal kilinishi kerak:
-homiladorlik, tug’ruq, tug’ruqdan keyingi va ginekologik kasalliklarni
oldini olishga karatilgan davolash-profilaktika ishlarini amalga oshirish,
homilani perinatal ximoya qilish;
-akusherlik-ginekologik aloqaini berish;
-kontrasepsiya ishlarini olib borish, abortlardan ogoxlantirish;
-amaliyotga patologik homiladorlikni, tuguvchilarning kasalliklarini va
ginekologik bemorlarning zamonaviy diagnostika usullarini, profilaktikasini va
davolashni kiritish;
-sanitar-oqartuv ishlarini olib berish;
-Onalik va bolalikni ximoya qilish qonuni asosida ayollarni sotsial-xukukiy
ximoya qilishni ta’minlash;
-sog’lom turmush tarzini tavsiya qilish;
-tug’ruqxonalar, kattalar va boshqalar poliklinikalari, tez tibbiy aloqa va
boshqa davolash – profilaktik muassasalar bilan (silga qarshi, teri-tanosil,
onkologik dispanserlar va boshqalar) sistematik aloqani amalga oshirish;
-oilani rejalashtirish ishlarini olib berish.
Ayollar maslaxatxonasini ishining bajarilishi maxsus formadagi xujjatlarda
olib boriladi.
Akusher-ginekologlarni uyga borishi ( patronaj) ham hisoblab chiqilgan.
Akusher-ginekolog ambulator qabulda 1 soatda 5ta odamni qabul kaladi,
Ayollar axolisini ommaviy dispanserdan o’tkazish u-n quyidagi tadbirlarni
kullash:
-Butun ayol axolisini har yili laborator va instrumental tekshirish asosida
ko’rikdan o’tkazish;
-Ko’rikdan avval boshqa zamonaviy diagnostik usullar orqali davolashga
muxtojlarni;
-Kasalliklarni erta davrlarda aniklash;
-Sog’lomlik xolatini individual tarzda aniklash va baxolash.
-Zarur tibbiy va sotsial tadbirlarni ishlab chiqish va o’tkazish, va ayollar
sogligini dinamikada kuzatish.
Har yili dispanserdan o’tkazish va xurikdan oldingi tekshirishlar natijasida
quyidagi ayollar guruxi ajratiladi:
Sog’lom (d-I), xech kanday shikoyatlari yo’q, anamnezida kasalliklar yoki
aloxida organ va sistemalar funksiyasi buzilishi uchramagan ayollar. Ularga
yana kuzatish lozim bo’lgan ayollar ham kiradi (qaysini ularda arterial bosim va
shunga o’xshash organizmning fiziologik harakteristikasi ahamiyatsiz
uzgarganlarda);
Deyarli sog’lomlar (D-II), anamnezda utkir yoki surunkali kasalligi borlar,
lekin kup yillar davomida kasallik kechishida xurujlar bo’lmagan;
Kasallar, davolashga muxtojlar (D-III), kasallikni kompensirovanlangan
kechishi bilan, kash buladigan xurujlar, ishkobiliyatini davomiy bo’lmagan
tarzda yo’qotish; kasallikni subkompensirovanlangan kechishi bilan, ish
kobiliyatini davomiy tarzda yo’qotish; kasallikni dekompensirlangan kechishi,
turgun patologik o’zgarishlar bilan, ish qobiliyatini turgun yo’qotadigan.
Ayollar maslaxatxonasini to’g’ri ish faoliyatida muddati 12 xaftagacha
bo’lgan 70-90% homiladorlar kuzatuv ostiga olinishi kerak, 28 xaftadan keyingi
muddatdagilardan hisobga olinmaganlar bo’lishi kerak emas.
Hamilador vaqtida hisob (uchetga) olinganda ular tug’ruqlaga ayollar
maslaxatxonasini 14-16 marta (homiladorlikni 1-yarmida oyda 1 marta, 2-
yarmida 2 marta), tugganlar kamida 2-3 marta qabulga kelishlari kerak.
Ayollar maslaxatxonasida hisobga olingan barcha homiladorlar,
homiladorlik kechishi davomida 2 marta terapevt ko’rigidan utish kerak (1-
marta 12 xaftagacha), qonda rezus-faktorni tekshirish va 3 marta
(homiladorlikni trimestrlari buyicha) Vasserman reaksiyasiga tekshirish kerak.
Qoni rezus-manfiy bo’lgan ayollar 12-17% xollarda uchraydi. Barcha
homiladorlar tug’ruqqachaga “ onalar maktabida” fiziopsixoprofilaktik
tayergarlikdan utishlari kerak, Ular yana okulist, stomatolog, otolaringologlar
kurigidan, boshqa mutaxassislardan esa ko’rsatmalarga ko’ra o’tishlari kerak.
Tug’ruqxona majmui
Tug’ruqxona majmui; kasalxonaning akusherlik va ginekologik bo’limlari
ayollarga homiladorlik, tug’ruq va tug’ruqdan keyingi davrlarda, ginekologik
kasallarga malakali tibbiy aloqa kursatish, hamda yangi tug’ilgan chaqaloqlarni
parvarish qilish uchun maxsuslashtirilgan.Tug’ruqxona, joylashgan xudud
buyicha yordam kursatadi, lekin birinchi, shoshilinch tibbiy yordam turar joydan
tashqari hamma homiladorlarga va tuguvchilarga kursatiladi.Gospitalizatsiya
qilish tibbiy ishchilarning yo’llanmalari orqali amalga oshiriladi, lekin ayol o’zi
ham tug’ruqxonaga murojaat qilishi mumkin.
Tug’ruqqa yordam beruvchi dpm larning tuzilishi. Akusherlik-ginekologiya
majmuyi homilador, tug’uvchi va tuqqan ayollar, yangi tug’ilgan chaqaloqlar,
jinsiy a’zolari kasallangan ayollarga statsionar yordami ko’rsatishga
mo’ljallangan. Tug’ruq muassasasida ishni yaxshi tashqil etish orqali, tug’ruq va
tug’ruqdan keyin uchraydigan asoratlarni, yangi tug’ilgan chaqaloqlar
kasalliklarining oldi olinib, o’lim yuz berishiga yo’l qo’yilmaydi. Tug’ruq
muassasalarining tuzilishi.
Tug’ruq muassasasida quyidagi bo’limlar bo’ladi:
-statsionar;
-davolash-diagnostika bo’linmalari;
-ma’muriy-xo’jalik qismi.
Tug’ruq muassasasi tuzilishi davolash profilaktika muassasalari qurilish
me’yorlari va talablariga mos bo’lishi kerak.
Tug’ruq bo’limi quyidagilarga ega bo’lishi kerak:
-kislorod ta’minoti;
-issiq va sovuq suv ta’minoti;
-kanalizatsiya;
-sanitar bakteriotsid nurlatgichlar yoki ventelyatsiya.
Tug’ruq statsionari o’z tuzilmasida quyidagi bo’limlarga ega:
-ko’rib tekshirish xonasidan iborat qabul qilib o’tkazish bloki;
-homiladorlik patologiyasi bo’limi;
-1-akusherlik bo’limi;
-2-akusherlik bo’limi;
-reanimatsiya va jadallashtirish bo’limi (homilador, tug’ayotgan va
tuqqan ayollar uchun).
-yangi tug’ilgan chaqaloqlar reanimatsiyasi va jadal davolash
bo’limi;
-ginekologiya bo’limi;
-sterilizatsiya va laboratoriya bo’limi.
Barcha bo’limlar tibbiy apparatlar, asbob uskunalar va jihozlar, parvarish
vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Tug’ruq muassasalarining tuzilishi.
Qabul bo’limining vazifalari:
Qabulxona bo’limida tibbiy xodim uchun stol, 2-3ta stul, tarozi, bo’y
o’lchagich, tanometr, fonendoskop, tazomer, stedoskop, steril qo’lqoplar,
rezina kateterlar, Esmarx krujkasi, steril doka va paxtali shariklar, shoshilinch
tug’ruq qabul qilish uchun zarur bo’lgan vositalar to’plami, 1-tibbiy yordam
ko’rsatish uchun kerak bo’lgan dorilar saqlanadigan shkaf bo’lishi lozim.
-fiziologik bo’limiga tug’uvchi ayol orqali yuqumli kasalliklar tarqalishining
oldini olish;
-ShII ning oldini olish maqsadida sog’lom tug’uvchi ayollarni yuqumli
kasallikka shubha qilingan ayollardan ajratish;
-shaxsiy sanitar ishlovidan o’tkazish yo’li bilan septik kasalliklarning oldini
olish.
Qabul bo’limiga kelgan ayolning ahvoliga qaraladi: harorati o’lchanadi,
tomog’i va terisi ko’riladi, tomir urishi sanaladi, ikkala qo’lida ham qon bosimi
o’lchanadi. Vrach yoki doya ayolning homiladorlikkacha va homiladorlik
davrida boshidan kechirgan kasalliklari aniqlanadi. Ayolning almashinuv
xaritasiga oid tekshiruv ma’lumotlari yo’q bo’lsa, ushbu infeksiyalarga tekshirish
to’g’risida ayolni xabardor qilish kerak. Tug’ruq tarixi rasmiylashtirilib analiz
qilinadi. Qabul bo’limida ayollarni qabul qilish jurnali, bitga qarshi preparatlar
bilan ishlab borishni qayd qilish jurnali bo’lishi kerak.
Fiziologik bo’lim: (birinchi akusherlik)
-tuvaklarni yuvish xonasi;
-dezinfeksiyalash xonasi;
-ko’rinish xonasi;
Indvidual tug’ruq zalida kushetka va tug’ruq qabul qilish uchun krovatlar,
sterillangan bikslar qo’yiladigan o’rindiq, asboblar uchun stol, dori-darmonlar
aylanadigan taburet, ko’chma reflektor yoritgich, shtativlar bo’lishi kerak.
-sanitariya ko’rigi xonasi;
-tug’ruq bloki;
-tug’ruqdan keyingi palatalar;
-ko’rik xonasi;
-chaqaloqlar bo’limi;
-uyga kuzatish xonasi.
Tug’ruq bloki o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
-tug’ruq oldi palatalari;
-tug’ruq zali;
-kichik va katta operatsiya xonalari.
Tug’ruq zali kamida 2 ta bo’lib, galma-gal siklik ravishda ishlashi kerak.
Tug’ruq zalida xodimlar aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda
tug’ruq zallari tabiiy va sun’iy yorug’likka ega bo’lishi kerak, harorat +26 S dan
past bo’lmasligi kerak.
Tug’ruq blokida quyidagi xonalar bo’lishi kerak:
-tuvaklarni yuvish xonasi;
-dezinfeksiyalash xonasi;
-ko’rinish xonasi.
Tug’ruqdan keyingi bo’lim:
-tekshirish va ko’rish xonasi;
-muolaja xonasi;
-vaksinalarni saqlash xonasi;
-oshxonadan olib kelingan ovqatlarni tarqatish xonasi;
-dushxona;
-tuvaklarni yuvish va zararsizlantirish uchun sanitariya shohobchasi.
Observatsiya (ikkinchi akusherlik) bo’limi tuzilish jihatidan xuddi fiziologik
bo’limga o’xshash, farqi undan kichikroq hajmda bo’ladi. Yirik akusherlik
muassasalarida izolyator (ajratish xonasi) bo’ladi.
Tug’ruqdan keyingi bo’lim:
-tekshirish va ko’rish xonasi;
-muolaja xonasi;
-vaksinalarni saqlash xonasi;
-oshxonadan olib kelingan ovqatlarni tarqatish xonasi;
-dushxona;
-tuvaklarni yuvish va zararsizlantirish uchun sanitariya shohobchasi.
izolyator (ajratish xonasi) bo’ladi.
Homiladorlik patologiyasi bo’limi umumiy o’rinlarning 30% ini tashqil
etadi.
Homiladorlik patologiyasi bo’limi:
-homiladorlar uchun palatalar;
-jadal davolash xonasi;
-muolaja xonasi;
Jadal davolash xonasida funksional krovat, tuvak, shtativ, dorilar uchun
shkaf, bir marta ishlatiladigan shprislar, til ushlab turgich, og’iz kengaytirgich,
laringoskop kabi asboblar uchun stol bo’lishi kerak. Agar xonada bemor bo’lsa,
karovat yonida narkoz apparati turishi kerak. Eklampsiya bo’lgan ayol uchun
indvidual tibbiy post o’rnatiladi. Muolaja xonasida tahlil uchun tomirdan qon
olinadi, in’eksiyalar-homiladorlarga tomir orqali dori yuborish, qon quyish va
boshqa amallar bajariladi. Steril materiallar saqlanadigan bikslarda sterillash
kuni ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Chaqaloqlar bo’limi yoki palatasi yangi tug’ilgan chaqaloqlarning
tug’ilishidan uyiga kuzatguncha yoki boshqa bo’limga o’tkazguncha bo’lgan
vaqtda kuzatib borish uchun mo’ljallangan.
Har bir tug’ruq muassasalarida qo’shimcha binolar bo’lib, ularga avtoklav
xonasi, oqlik va bog’lov materiallarini tayyorlash va sterillash xonasi, ordinator
xonasi kiradi. Tug’ruq zalida akusherlik xizmati ko’rsatiladi. Tibbiyot hamshirasi
esa tug’ruq zalidan tashqari tug’ruqqa yordam muassasalarining barcha
bo’limlarida ishlash huquqiga ega. Ammo favqulotda holatlarda tug’ruq qabul
qilish va chaqaloqni artib tozalash ko’nikmalariga ega bo’lishi shart.
Akusherlik-ginekologik muassasalarida sanitariya gigiena va epidemiyaga
qarshi kurash chora tadbirlari:
ShII-bu kasalxonada bo’lgan vaqtda yoki undan keyin kasallik belgilari
namoyon bo’lishidan qat’iy nazar, bemorni kasalxonaga kelib tushganida yoki
davolash yordami so’rab, unga murojaat qilganida, kasalxona xodimining bu
muassasada ishlashi tufayli yuqtirgan klinik aniqlangan har qanday yuqumli
kasallikdir. ShII lari qo’zg’atuvchilari ko’pincha havo-tomchi, maishiy aloqalar va
parentelar yo’llar bilan tarqaladi. Kasallikning asosiy yuqish omillari tashqi muhit
ob’ektlari, bemor va xodimlarning qo’llari, steril bo’lmagan tibbiy asboblar va
materiallar, oziq ovqat mahsulotlari hisoblanadi. ShII larining oldini olish va
ularga qarshi kurashish maqsadida bir qator sanitar-gigienik epidemiyaga
qarshi dezinfeksiyalash va sterillash chora tadbirlari tashqil qilinadi hamda
amalga oshiriladi.
Filtr xonasi: termometrlar va shpatellar dezinfeksion ishlov berilib, so’ngra
toza suvda chayilgach usti yopiq idishlarda saqlanadi. Stollar va sathlar 1% li
xloramin eritmasi yoki boshqa zararsizlantiruvchi eritmada namlangan latta
bilan artib chiqiladi. Chanoq o’lchamlarini o’lchagich asbobi ikki marta
zararsizlantiruvchi vosita bilan artilgach maxsus ajratilgan joyda plyonkaga
o’rab saqlanadi. Tasma ham xuddi shunday zararsizlantiriladi. Tug’adigan
ayollarni qabul qilish uchun toza kiyim-bosh to’plami qopda javonda saqlanadi.
Ko’rikxonadagi qaychilar steril paketlarda 3 kun davomida saqlanadi,
foydalanilgandan so’ng zararsizlantiradi.
Sanitariya ishlovi berish xonasi qabul qilish bo’limlari yuvuvchi va
zararsizlantiruvchi moddalar, OITSning oldini olish to’plami, vaboga material
olish to’plami, vannalarni yuvish uchun cho’tka bilan ta’minlanishi kerak.
Tug’ruqxona ishining ko’rsatkichlari:
Yotoq joylarining ishlatilishi, tug’ruqdagi tibbiy yordam sifati,
tug’ruqxonada yotish muddati, onalar o’limi, perinatal o’lim, chaqalaqlar
kasallanishi, tug’ruqdan keyingi asoratlar.
Ayollar maslahatxonasining asosiy hujjatlari:
Statistik talon. Shakl № 025-2/4;
Homilador va tuqqan ayollarning shaxsiy kartasi. Shakl№111;
Almashinuv kartasi. Shakl № 113;
Ambulator bemorlarning shaxsiy kartasi. Shakl № 025 u;
Dispanser nazoratidagi bemorlar kartasi. Shakl № 03 0/4;
Mehnatga layoqatsizligi to’g’risidagi varaqa. Shakl № 16;
O’lim to’g’risidagi guvohnoma. Shakl № 106/u;
Vrach qabuliga kirish uchun talon. Shakl № 0, 2, 5-4/4;
Ambulator sharoitda qilingan operatsiyalar ro’yxati daftari. Shakl№ 069/u;
Muolajalarni hisobga olish daftari. Shakl № 029/u.
Tug’ruqxonaning asosiy hujjatlari:
Tug’ruq tarixi. Shakl № 096/u;
Kasallik tarixi. Shakl №003/u;
Abort kartasi. Shakl № 60-3-1/U;
Chaqaloqning rivojlanish tarixi. Shakl №097/u;
Almashinuv kartasi. Shakl № 113;
Tug’ruq to’g’risida ma’lumotnoma. Shakl № 113;
Statsionardan chiqish varaqasi. Shakl № 027/u;
Perinatal o’lim to’g’risida tibbiy guvohnoma. Shakl № 106-2/u;
O’lim to’g’risida tibbiy guvohnoma. Shakl № 106/u.
Aseptika va antiseptika haqida tushuncha. O’
tgan asr o’rtalarida
Vengriyada usha davrning dong’i
ketgan olimlaridan I.F. Zemmelveys
akusherlikda antiseptika ilmiga asos soldi. Usha davrda I.F. Zemmelveys Venada
akusherlik klinikasida ishlar edi. Bu klinikada talabalar ta’lim olar, murdalarda
patologo-anatomik 14 manzarani urganar edilar. Bu klinika yonida yana bir
klinika bo’lib, u yerda akusherlar tug’ruqda yordam berar, talabalar u yerda
ta’lim olmas edilar.
Shunisi kizikki, I.F.Zemmelveys ishlaydigan klinikada mutaxassis vrachlar
ishlashiga qaramay, tug’ruqda ayollar ulimi akusherlar ishlaydigan
klinikadagiga nisbatan yukori bo’lar, ammo buning sababini bila olmas edilar.
Ayollar chilla davrida kupincha kasallikdan nobud bo’lardilar va bu kasallikni
“tug’ruq isitmasi” deb atar edilar. Ayollar ulimi I.F. Zemmelveysga tinchlik
bermas, u doim izlanishda, kasallik sababini aniklashga intilar edi.
Shu orada I.F. Zemmelveysning yakin safdoshi vrach Kalechka ulgan
ayolni patologo-anatomik jihatdan tekshiradi va murdada ayollarga xos
bo’lgan «tug’ruq isitmasi» belgilarini topadida, ammo uzi kasallikka chalinib
vafot etadi. Bu ogir judolikka chiday olmagan I.F. Zemmelveys kasallik
sabablarini aniklash maksadida dustining jasadini uzi yorib, uning a’zolaridagi
uzgarishlarni kuradi va bu uzgarishlar «tug’ruq isitmasi» bilan kasallangan
ayollar jasadidagi uzgarishlarga uxshab ketganini aniklaydi. Shundan sung u
kasallik kandaydir infeksiya yoki jasad zaxaridan kelib chiqqan, deb fikr
yuritadi. Shundan keyin u xlorli suv bilan tug’ruq xonasini, kulni dezinfeksiya
kilishni taklif kiladi. Bu preparatni ishlatish natijasida chilla davridagi kasallik
kamayib boradi. Ana usha davrdan beri xlorli suv tibbiyotda kullanib
kelinmokda. Xozir Vengriyada ilmiy tekshirish institutiga Zemmelveys nomi
berilgan. Lekin Zemmelveysning bu kimmatli kashfiyoti u xayot vaqtida
e’tiborga olinmadi, u kambagallikdan kiynalib, Budapeshtdagi akldan ozganlar
uyida vafot etdi.
Oradan 20 yil utgandan keyin Angliya xirurgi Lister, bakteriologiya
kashfiyotlariga asoslangan xolda, xirurgiya operatsiyalarida ishlatiladigan
asboblarni, boiyuv materiallari, kiyim-kechaklarni va operatsiya uchun zarur
bo’lgan boshka narsalarni zararsizlantirish, mikroblardan xoli kilish kerak,
degan fikrni taklif kiladi. Shu vaqtdan boshlab akusherlik va xirurgiyada
aseptika koidalari tatbik kilindi. Rossiyada aseptika va antiseptikani xirurgiyada
birinchi bo’lib N.I. Pirogov, akusherlikda A.N. Krassovskiy kullaganlar.
Xrmiladorlikda, tug’ruqda va chilla davrida kasallik paydo kiluvchi
mikroblarning turlari juda kup: xususan, streptokokk, stafilokokk, ichak
tayokchasi, gonokokk, pnevmokokk, gazli infeksiya va boshka mikroblardir. Bu
mikroblar soglom odam terisi yuzasida, ogiz bushlotida, burnida, nafas
yullarida, xatto buzilgan tishlar orasida doimo (kasallik paydo kilmagan xolda)
yashaydi. Bu mikroblar boshka kishilar organizmiga, ayniksa tug’ruqdan keyin
bachadonda va tug’ruq yulida paydo bo’lgan jaroxatli yuzalarga tushib, ogir
yukumli kasalliklarni kuzgaydi. Ba’zi soglom kishilar ogzini tekshirilganda, unda
kupincha difteriya (Lefler) tayokchasi topiladi. Bu mikroblar boshka kishilar
organizmiga tushib, unda xakikiy difteriya kasalligini paydo kiladi. Shunga kura
xavo-tomchi yuli bilan yukadigan infeksiyaga katta aham iyat berish kerak.
Chunki mikroblar kishi aksirganda, yutalganda yoki so’zlashganda xavoga
sulak tomchilari bilan tarkaladi.
Tukkan ayolning ichki jinsiy a’zolaridagi jaroxatlangan yuzalarga tushgan
mikroblar bunday kulay sharoitda juda yaxshi rivojlanadi. Qindan ajraladigan
suyuklik ichidagi Dederleyn tayokchasi tufayli uzini boshka mikroblardan
tozalaydi. Undagi reaksiya boshka mikroblarning yashashi uchun nokulay
sharoit hisoblanadi. Lekin Qinning normal kimyoviy xolati uzgarsa, u ishkoriy
muxitga aylanadi, natijada Dederleyn tayokchalari yukolib, Qinda kasallik
paydo kiluvchi mikroblar kupayadi.
Mikroblar organizmga kupincha shifokor va akusherkaning kuli, turli
asboblar, boglov materiallari, kiyim-kechak va boshkalar orqali tushadi.
Tug’ruqxona xodimlari yukumli va yiringli kasalliklardan uzlarini extiyot kilishlari
kerak. Tug’ruq bo’limida ishlovchi shifokor, akusherkalarning tug’ruqdan sung
ayollar yotkiziladigan palatada va ayniksa septik palatalarda bir vaqtning uzida
ishlashlari sira mumkin emas. Ularda biror yiringli yara bulsa, tug’ruqxonada
ishlashlariga aslo yul kuyilmaydi.
Tug’ruq bo’limi xodimlari navbatchilikka kelganda ip-gazlamadan tikilgan
xalat yoki yuvib dazmollangan kuylak kiyib olishlari shart. Kiyimni kiygach,
yengini tirsakkacha shimarish, kulni tez-tez sovunlab yuvib turish lozim.
Tug’ruqxona xodimlari uchun albatta maxsus chumilish xonalari bulishi lozim.
Navbatchilikka kelgan xar bir xodim avval dushda chumiladi. Havo- tomchi
yuli bilan yukadigan infeksiyaning oldini olish uchun tug’ruq bo’limining ham
ma xodimlari 2 qavatli doka-nikob bilan
OFHS
va burunlarini yopib ishlashlari
kerak. Bunday nikob xar kuni almashtirib turiladi. Bundan tashqari, tug’ruqxona
va operatsiya xonalariga kirganda baxila (ok matodan tikilgan etikcha) kiyiladi.
Tug’ruqxonada ishlovchi vrach, akusherka, sanitarka va talabalarni (barcha
xodimlarni) bir yilda 1 marta kuli, og’iz,
burni va tomogidan surtma olib,
patogen stafilokokk borligini tekshirib turish kerak. Akusherlik va xirurgik
bo’limlarida reja buyicha xar 3 oyda bakterial ekmalar olinib tekshiriladi.
Antiseptika va aseptika koidalariga rioya kilish omillaridan biri tug’ruqxona
binosining namunali darajada ozoda bulishi va xar yilda bir marta
ta’mirlanishidir.
Tukkandan keyin ayol keng va yorur palatalarga yotkiziladi. Eski usulda
kurilgan tug’ruqxonalarda ayniksa tozalikka rioya kilish zarur. Chunki ularda
palatalar katta va xojatxona umumiy bo’ladi. Bunda ham ma palatalar va
xojatxonalarnn xlorli suvga xullangan latta bilan artib turish va kuniga 2 marta
shamollatish lozim.
Ayniqsa chaqaloqlar yotadigan intensiv davolash xonasi nixoyatda toza
va yorur bulishi, xona xarorati 25-26° dan oshmasligi kerak. Tug’ruq bo’limi va
chaqaloqlar yotadigan palatalarda xar oyda bir marta bakteriologik tekshirish
utkazish maksadga muvofikdir. Tug’ruqxonalarda palatalar galma-gal
bushatiladi, bir kecha-kunduz davomida bu palataga ayollar yotkizilmay,
tushak va adyollar ham shamollatiladi, moyli buyok bilan buyalgan devorlari,
xonaning poli, undagi karavotlar, tumbochkalarni sovunlab yuvnb, keyin
xloramin, xlorli suvga xullangan latta bilan artiladi.
Xar bir karavotga toza tushak solinib, choyshablar yoziladi. Ayollar tagiga
solinadigan kleyonkalar ham dezinfeksiyadan utkaziladi. Ham ma palatalar
simobli kvars lampa yordamida nurlantiriladi. Bu tukrukdan turayotgan ayol va
chaqaloq uchun ishlatiladigan buyumlarni mikrobdan tozalab, ularni
kasallanishdan saklaydi.
Ayol uyiga ketgandan keyin karavotlar yaxshilab yuviladi, tushak, yostik va
kurpa yoki adyol 24 soat davomida shamollatiladi. Kuyoshli kunlarda ularni
tashqariga chiqarib yoyish kerak. Agar sharoit bulsa, avtoklavdan utkazish
yaxshi bo’ladi. Kir kiyimlar va choyshablar boshka xonada maxsus idishlarda
saklanadi va xar kuni kirxonaga yuborib turiladi.
Chaqaloqning kiyim-kechaklari va tagliklari onanikidan aloxida yuviladi va
kaynatib, dazmollanadi. Toza tagliklar maxsus shkaflar, dazmollanganlari
maxsus barabanlarda (kutilarda) saklanadi. Tukkan ayolning tagiga solinadigan
gazlama bir kunda kamida 3-4 marta, agar zarur bulsa, undan tezrok
almashtiriladi.
Tugib bo’lgan ayol dezinfeksiya kilingan maxsus tuvakdan (sudno) foy-
dalansa, uni ishlatgandan keyin okizib kuyilgan suvda yuvib, dezin-
feksiyalovchi eritma bilan chayiladi. Tukkan ayolning jinsiy a’zolari tug’ruqning
birinchi kunlari ertalab va kechkurun yuviladi, agar choti ti- kilgan bulsa, uni
spirt bilan tozalab, yod eritmasi surtib kuyiladi.
Tug’ruqxonaga ayolning karindoshlari va tanish-bilishlariga kirish ruxsat
beriladi. Bunda kiyimlari toza va oyoklarida baxilalari (yoki selofanli kopchalar)
bulishi shart. Tukkan ayollar bilan xar kuni suxbatlashib turish va ayolga uyiga
ketayotganida uzini kanday tutishni yotigi bilan aytish, ularga aseptika va anti-
septika koidalarini tushuntirish xar bir shifokorning vazifasidir.
NAZORAT SAVOLLARI
Tibbiyot hamshirasi quyidagi nazariy bilimga ega bo’lishi kerak?
1.
Akusherlik so’zining mazmuni nima?
2.
Akusherlik sohasining rivojiga hissa qo’shgan olimlardan kimlarni
bilasiz?
3.
O’zbekistonda akusherlik xizmati qanday darajada yo’lga
qo’yilgan?
4.
Tug’ruq muassasalari qanday tuzilish va faoliyatga ega bo’lishi
lozim?
5.
Tug’ruq muassasasi o’rta tibbiyot hodimining asosiy vazifalarini
ayting.
6. Akusherlik kompleksida kanday bo’limlar mavjud?
7. Akusherlikning kanday omillari san-epidemiologik tartibga kattik rioya
kilishni talab etadi?
Tibbiyot hamshirasi quyidagilarni bajarishi kerak:
1)tuqqan ayol uyiga jo’natilgandan so’ng palatani yakuniy tozalashga
tayyorlash;
2)palatani batamom tozalab tug’ruq blokidan chiqqa ayolga o’rin
tayyorlash;
3)tug’ruqni qabul qilish va yangi tug’ilgan chaqaloqlarni dastlabki tozalash
uchun kerakli materiallarni avtoklavga tayyorlash;
4)zararsizlantirish uchun materiallarni biksga joylash.
TEST SAVOLLARI
1. Akusherlik patologiya sababli shok bo’lgan ayolda quyidagi bo’ladi
A.* Tez, sust puls
B. Arterial bosim past
B. Nafas tezlashishi
G. Yukoridagilarning ham masi
D. Teri rangi okarishi
2. Bemorni tezkor birlamchi baxolash kuyidagiga asoslanadi
A. Yaxshi yigilgan anamnez
B. Sinchiklabjismoniytekshirish
B. *Xayotiy muxim a’zolar ishining kursatkichi (AKB, puls, xushi, nafas
olishi, temperatura)
G. Kushimcha laborator ma’lumotlar
D. Bemorning shikoyati
3. Akusherlikda shok bilan kurashishi tamoyillari .
A*. Kon ivishi biln kurashish
B. Infuzion- terapiya
B. Buyrak yetishmovchiligi profilaktikasi
G. Maxalliy gemostaz
D. Yukoridagilarning ham masi
4. Akusherlik kon ketishida OSKni tuldirish uchun kuyish lozim
A.* Dekstranyaar (polnglyukin, reogyuaigyayukin )
B. Kristalloidlar (fizraovor, Ringer eritmasi )
V. Bir xil guruxdagi kon
G. Nativ plazma
D. Yangi muzlatilgan plazma
5. Bachadondan tashqari homiladorlikda birinchi yordam
A.* Kon guruxini aniklash va zudlik bilan laparotomiyaga tayyorlash
B. Jarroxlikdan oldin kon kuyish imkonini aniklash
B. Ayolning dinamikada axvolini kuzatish
G. Yukoridagilarning ham masi
D. Orqa gumbazni punksiya kilish
O’rgatuvchi testlar
1.
Kaysi tibbiy muassasalarda malakali va maxsus akusherlik yordami
ko’rsatiladn?
Kup tarmokli kasalxonalarning tug’ruq bo’limlari.
Yirik markaziy tuman kasalxonalarning bazasidagi tumanlararo
bo’lim.
Viloyat kasalxoialarining akusherlik bo’limlari.
Perinatal markazlar.
Akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish institutlari.
2.
Akusherlik statsionarlari kanday darajalarga bulinadi va ularga
kanday muassasalar kiradi.
Birinchn daraja - uchastka kasalxonalari.
Ikkinchi daraja - markaziy tuman kasalxonalari, shaxar tug’ruq-
xonalari.
Uchinchi daraja - viloyat kasalxoialarining akusherlik bo’limlari, kup
tarmokli kasalxonalar, ixtisoslashgan akusherlik statsionarlari, perinatal
markazlar, akusherlik va ginekologiya-ilmiy amaliy markazlari.
3. Akusherlik statsionarining asosiy bulinmalari va bo’limlardagi urin-
joy normalari ham da ularning tug’ruqxonadagi umumiy urin-joy- larga
nisbati.
Kabul utkazuvchi blok.
1 akusherlik bo’limi - 50-55% urin-joylar.
Patologik homiladorlik bo’limi 25-30% urin-joylar.
Yangi tugilgan chaqaloqlar intensiv davolash bo’limi.
2 akusherlik bo’limi 20-25% urin-joylar.
Ginekologik bo’lim - 25-30% urin-joylar.
4.
Tug’ruk bo’limiga kaysi bulinmalar kiradi?
Sanitariya ishlov berish xonasi.
Tug’ruq bo’limi.
Tug’ruqdan keyingi palatalar.
Chnkarish xonasi.
5.
Tug’rukxona ishlarining asosiy sifat ko’rsatkichlari.
Onalar kasalliklari va ulimi.
Perinatal kasalliklar va ulim.
Onaning tug’ruq jaroxatlari.
Bolalarning tug’ruq jaroxatlari.
Ayol jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi
Reja:
1.Ayolning tashqi va ichki jinsiy a’zolari tuzilishi
2.Tashqi jinsiy a’zolar anatomiyasi
3.Ichki jinsiy a’zolar anatomiyasi
4.Qinning tozalik darajalari
5.Mo’tadil (normal) hayz ko’rish davri.
6.Estrogenlar
7.Ayol gigienasining xususiyatlari
Ayolning tashqi va ichki jinsiy a’zolari tuzilishi.
Ayollar jinsiy a’zolarinn
tashqi va ichkn a’zolarga ajratish rasm bo’lgan. Tashqi jinsiy a’zolarga kov, katta
va kichik jinsiy lablar, klishr, Qin daxlizi, qizlik pardasi, ichkn jinsiy a’zolarga esa
Qin, bachadon, bachadon naylari va tuxumdonlar kiradi.
Tashqi jinsiy a’zolar anatomiyasi. Kov teri osti kletchatkaenga boy, voyaga
yetgan davrda jun bilan qoplanib, asosan yukori tomonda joylashgan
uchburchak shaklidagi soxadir. Katta jinsiy lablar ikkiga teri burmasidan xosil
bo’lgan, bo’larda yog kletchatkasi, yor va ter bezlari bo’ladi.
Ayol tashqi jiisiy a’zolarining tuzilishi
1. Qov
6. Kichik jinsiy labi
2. Klitor
7. Katta jinsiy labi
3. Uretra
8. Qizlik pardasi
4. Qizlik pardasi
9. Oraliq
5. Qinga kirish
10. Anus qismi (daxliz)
Oldingi va orqa tomonda ular oldingi va orqa bitishmalar bilan bir-biriga
qushilgan. Katta jinsiy lablar jinsiy yoriq bilan bir-biridan ajralib turadi. Katta
jinsiy lablar pastki uchdan bir qismining bag’rida qin daxlizining katta-katta
bezlari joylashgan, ular vestibulyar bezlar deb ataladi, bu bezlardan ishlanib
chiqadigan ishkoriy sekret qinga kirish yulini namlab turadi va urug’ suyukligini
suyultirib beradi. Bu bezlarning chiqarish yullari kichik jinsiy lablar bilan qizlik
pardasi o’rtasidagi egatchada ochiladi.
Kichik jinsiy lablar ham ikkita teri burmachalaridan iborat, bo’lar shilliq
parda ko’rinishida bo’lib, katta jinsiy lablardan ichki tomonda joylashgan.
Normada jinsiy yoriq yopilib turadi va qinga infeksiya o’tishi va quruq bo’lib
qolishdan saqlaydi.
Klitor jinsiy yoriqning oldingi burchagida joylashgan, qon tomirlari va
nerv chigallari bilan mul-kul ta’minlangan, ikkita g’orsimon tanadan tuzilgan.
Qin daxliz kichik jinsiy lablar bilan cheklangan bushliqdir. Siydik chiqarish
kanalining tashqi teshigi, daxliz katta bezlarining chiqarish yullari, qinga kirish
yuli shunga ochiladi.
Qizlik pardasi tashqi va ichki jinsiy a’zolarni bir-biridan ajratib turadigan
biriktiruvchi tuqimadan iborat yupka tusikdir. Bu parda xalkasimon,
yarimoysimon, tishsimon, kuraksimon shaklda bo’ladi. Birinchi jinsiy aloka
paytida qizlik pardasi yirtilib, xar xil darajada qon ketadi. Bu pardaning
qoldiqlari gimenal surgichlar deb ataladi, tug’ruq maxalida yana yirtilganidan
keyingi qoldiqlari mirtasimon surg’ichlar deyiladi.
Ichki jinsiy a’zolar anatomiyasi. Qin voyaga yetgan ayolda uzunligi 8-10
sm keladigan muskul va fibroz tuqimadan iborat naydir. Qinning oldingi, orqa,
yon tomondagi ung va chap gumbazlari tafovut kilinadi. Ham masidan
chukurrok bo’ladigan orqa gumbazida qin suyukligi, jinsiy aloka vaqtida esa
urug’ suyukligi tuplanadi.
Qin devorlari shilliq parda, muskul qatlami va urab turuvchi kletchatkadan
tashqil topgan. Qinning shilliq pardasi kup qavatli yassi epiteliy bilan
qoplangan, pushti rangda bo’ladi va Tug’ruq maxalida qinning chuzilishini
ta’minlab beradigan bir talay kundalang burmalardan iborat. Qin bushligining
kislota reaksiyali bulishi qin batsillalari yoki Dederleyn tayokchalari xayot
faoliyati davomida xosil bo’ladigan sut kislotaga borlikdir. Ular qin shilliq
pardasidagi epiteliy hujayralarining glikogenini sut kislotaga kadar parchalaydi.
Bachadon sillik muskullardan tuzilgan noksimon shakldagi ichi bush a’zo
bo’lib, oldingi-orqa yunalishda bir oz yassilangan.
Ayolning ichki genital a’zolari tuzilishi
1- Qin. 2 - Bachadon buyni. 3 - servikal kanal. 4 - Bachadonning ichki og’iz.
5 - Bachadon bushligi. 6 - Bachadon tubi. 7 - Bachadon mushaklari. 8-
Bachadon naychasi. 9 - Tuxumdon. 10 - Naychaning fimbriyalari. 11 - Tu-
xumdonning xususiy boylami. 12 - Tuxumdonning kutaruvchi boylami. 13-Keng
boylam. 14- Yumalok boylam. 15 - Primordial follikul. 16 - Mezosalpinks.
Uning tanasi, buyinchasi va buyi tafovut etiladi. Tanasining kavarik
bo’ladigan ustki qismi bachadon tubi deb ataladi. Bachadon bushligi
uchburchak shaklida bo’lib, ustki burchaklariga bachadon naylarining teshiklari
ochiladi. Pastki tomonda bachadon bushligi torayib, bachadon buyinchasiga
(bachadon tanasi bilan buyni o’rtasida qismi, uzunligi 1 sm atrofida bo’ladi)
aylanadi va bachadonning ichki teshigi (bugizi) bilan tugallanadi.
Bachadon buyni bachadonning pastki, tor qismi bo’lib, unda qin
gumbaz- laridan pastrokka turtib chikib turadigan qin qismi va qin gumbazla-
ridan yukorirokda turadigan qin usti qismi tafovut kilinadi. Bachadon buyni
silindrsimon shaklga ega. Bolalik davrida va jinsiy a’zolari rivojlanmay kolgan
ayollarda bachadon buyni konussimon shaklda bo’ladi. Bachadon buynining
ichidan uzunligi 1-1,5 sm keladigan buyin kanali (servikal kanal) utadi, uning
ustki bo’limi bachadonning ichki teshigi, pastki bo’limi esa tashqi teshigi bilan
tugallanadi.
Bachadonning uzunligi 7-9 sm ni tashqil kiladi. Kengligi tubi soxasida 4,5-5 sm
ni, devorlarining qalinligi 1-2 sm ni tashqil kiladi. Bachadon massasi 50 g dan
100 g gacha boradi.
Bachadon devorlari uch qavatdan tuzilgan. Ichki qavati silindrsimon bir
qavatli xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan, bir talay naysimon bezlari
bo’ladigan shilliq parda (endometriy) dir. Bachadon shilliq pardasining ikki
qavati: muskulli qavatiga takalib turadigan bazal qavat va xayz sikli maxalida
ritmik o’zgarishlarga uchrab turadigan yuza funksional-qavat tafovut kilinadi.
Bazal qavat o’suvchi qavat bo’lib, funksional qavati shunday tiklanib, o’rni to’lib
turadi. Bachadon devorining kattagina qismini o’rta muskulli (miometriy) qavat
tashkil qiladi. Muskulli qavati sillik muskul tolalaridan tuzilgan bo’lib, uzunasiga
ketgan tashqi va ichki doirasimon joylashgan o’rta qavatlarni tashkil kiladi.
Bachadonning tashqi-seroz qavati (perimetriy) uni qoplab turadigan qorin
pardasidan iborat.
Bachadon kichik chanoq bushlig’ida qovuq bilan to’g’ri ichak orasida,
chanoq devorlaridan teng masofada joylashgan. Bachadon tanasi oldnnga,
simfizga biroz egilgan (bachadon anteverziyasi), buyniga nisbatan (bachadon
antefleksiyasi) bu burchak oldinga ochilgan. Bachadon buyni orqaga qaragan,
tashqi teshigi qinning orqa gumbaziga taqalib turadi.
Bachadon naylari bachadonning o’ng va chap burchaklaridan boshlanib,
yon tarafga chanoqning yon devorlari tomoniga qarab boradi. Ularning
uzunligi o’rtacha 10-12 sm, yug’onligi 0,5 sm. Bachadon naylarining devorlari
uch qavatdan: bir qavatli silindsimon xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan shilliq
pardasi, o’rta-muskul va tashqi-seroz qavatdan tashqil topgan. Bachadon
naylarning bachadon devori bag’riga utuvchi interstitsial qismi, hammadan
ko’ra ko’prok toraygan o’rta qismi va voronka holida tugallanadigan keng
ampulyar qismi tafovut qilinadi.
Tuxumdonlar ayollarning juft jinsiy bezlaridir. Ular bodomsimon shaklda
va oqish-pushti rangda bo’ladi. Voyaga yetgan ayolda tuxumdon uzunligi
o’rtacha 3,5 sm ni, eni 2-2,5 sm ni, qalinligi 1,1-5 sm ni, massasi 6-8 g ni tashkil
kiladi. Tuxumdonlar bachadonning ikkala tomonida, serbar boylamlar orqasida
joylashgan bo’lib, bo’larning orqa varaqlariga birikkan. Tuxumdon murtak
epiteliysi qavati bilan qoplangan, buning ostida biriktiruvchi tuqimadan iborat
oqsil pardasi joylashgan bo’ladi. Yanada chukurrokda miya moddasi
joylashgan, unda bir talay birlamchi follikulalar rivojlanishning xar xil
bosqichlarida turgan follikulalar, sarik tanalar topiladi. Tuxumdonning ichki
qavati asosan biriktiruvchi tuqimalardan tashqil topgan miya qavati bo’lib,
undan bir talay tomirlar va nervlar utadi. Jinsiy jihatdan yetuklik davrida
tuxumdonlarda oy sayin tuxum hujayralar ritmik ravishda yetilib borib,
ururlanishga yaroqli bo’lib qoladi va qorin bushlig’iga chiqib turadi.
Tuxumdonlar ichki sekresiya bezlari bo’lib, jinsiy gormonlar ishlab chiqarib
turadi.
Bachadon naylari, tuxumdonlar va bachadon boylamlari bachadon
ortiqlari deb ataladi.
Jinsiy a’zolarning boylam apparati va kichik chanoq, kletchatkasi. Ayollar
jinsiy a’zolarining odatdagicha, tipik ravishda joylanishiga quyidagi omillar
yordam beradi: jinsiy a’zolarning tonusi, jinsiy a’zolar orasidagi uzaro
munosabat, diafragma, qorin devori va chanoq tubining kelishib ishlashi,
bachadonni ko’tarib turadigan, mustahkamlaydigan va ushlab turadigan
apparatlari.
Bachadonning kutarib turadigan apparati boylamlardan iborat, bo’lar
qatoriga dumalok, serbar juft boylamlar, voronka-chanoq boylamlari va
tuxumdonlarning o’z boylamlari kiradi. Dumalok boylamlar bachadon
burchaklaridan, bachadon naylarinnng oldingi tomonidan chiqib, chov kanali
orqali o’tadi va qov birlashmasi sohasida birikib, bachadon tubini oldinga
tortib turadi (bachadon anteverziyasi). Serbar boylamlar bachadonni kichik
chanoqda ma’lum xolatda ushlab turadigan asosiy boylamlar bo’lib, qorin
pardasining kushqavat varaqlari ko’rinishida bachadon qovurg’alaridan chiqib,
chanoqning yon devorlariga boradi. Boylamlar varaqlari orasida bachadon
yoni kletchatkasi bor. Serbar boylamlarning davomi bo’lmish voronka-chanoq
boylamlari nay voronkasidan chanoq devorlariga boradi. Tuxumdonlarning o’z
boylamlari orqa tomonda va bachadon naylarining chiqish joyidan sal
pastroqda bachadon tubidan tuxumdonlarga birikadi.
Mustaxkamlovchi apparatiga dumg’aza-bachadon boylamlari, asosiy
boylamlar, bachadon-qovuq va qovuq-qov boylamlari kiradi. Dumgaza-
bachadon boylamlari bachadon tanasining buyniga o’tish soxasida orqa
yuzasidan boshlanib, ikkala tomondan turri ichakni urab utadn va dumra-
zaning oldingi yuzasiga birikadi. Bu boylamlar bachadonni buyiniga orqaga
tortib turadi. Asosiy boylamlar bachadonning pastki bo’limidan chanoqning
yon devorlariga karab boradi, bachadon-qovuq boylamlari ham
bachadonning pastki bo’limidan boshlanib, oldingi tomonga, qovuqka karab
boradi, sungra qovuq-kov boylamlari tarzida simfizga kadar davom etadi.
Bachadonning tutib turuvchi yoki tayanch apparatiga chanoq tubining uch
qavat muskullari va fassiyalari kiradi.
Bachadon yon bo’limlaridan tortib, chanoq devorlarigacha bo’lgan
kamgakni bachadon yoni parametral kletchatka (parametriy) egallab turadi,
bundan tomir va nervlar utadi parametral kletchatkadan tashqari paravezikal
(qovuq yoni), paravaginal (qin yoni) va pararektal (to’g’ri ichak yoni)
kletchatkasi ham chanoq kletchatkasi tarkibiga kiradi.
Jinsiy a’zolarning qon, limfa tomirlari va nerv tizimi. Jinsiy a’zolar qon va
limfa tomirlari tarmog’i bilan mul-kul ta’minlangan. Ichki jinsiy a’zolarni qon
bilan ta’minlab turadigan asosiy manbalar bachadon va tuxumdon
arteriyalaridir, bo’larning oxirgi bo’limlari bir-biri bilan anastomozlar hosil
qiladi. Jinsiy a’zolarning hamma arteriyalari bir nomdagi venalar bilan birga
davom etib boradi.
Jinsiy a’zolarning limfa yigib oladngan limfa tomirlari chov, yonbosh, bel-
dumgaza, aorta limfa tugunlariga va boshqa tugunlarga boradi. Jinsiy a’zolar
innervatsiyasi juda murakkab. Unda simpatik va parasimpatik nerv tizimi,
shuningdek orqa miya nervlari ishtirok etadi. Jinsiy a’zolar faoliyatini oliy nerv
markazlari idora egib turadi. Ayollar ichki jinsiy a’zolarining arteriyalari
Kichik chanoqdagi yumshok tuqimalar. Chanoq tubidagi muskullar
kichik chanoq ichidagi a’zolarning normal joylashishi va topografii xolatining
normal xolatda bo’lishida katta aham iyatga ega. Chanoq tubidagi muskullar
turish vaqtida chuzilib, homila turilishini osonlashtiradi.
Chanoq tubi muskul va fassiyalardan tashqil topgan, eniga chuzilgan bo’ladi,
muskullar bir-biriga mingashib joylashgan xolatda kichik chanoq chikish yulini
berkitib turadi. Agar tashqi jinsiy a’zodan va chot oraligidan teri ham da teri
osti yoglari olib tashlangan deb faraz kilsak, u xolda bez chanoq tubining pastki
birinchi qavat muskullarini kuramiz. Bu muskullar turt tomonidan urtaga
(markazga) karab keladi va paylari bilan o’zaro birlashadi. Bu joy paylar markazi
(centrum tendineum) deb ataladi.
Chanoq tubi quyidagi uch qavat muskuldan iborat.
a)
pastki qavat uchta muskuldan, ya’ni m. constictor cuni, m. sphincter
ani externus va bir juft m. transverses perinea superfacialis dan iborat. Bu
uchala muskulning joylashish tartibi kishiga “sakkiz” (8) rakamini eslatadi.
Bunday joylashish chanoq tubiga katta mustaxkamlik beradi.
Chanoq tubining pastki qavatida, yuqorida aytib utilgan muskullardan tashqari,
juft m. ischio cavernosus ham bo’ladi. Bu muskul kuymich dumbogidan
klitorning govak tanasi tomon yunalgan bo’ladi.
b)
chanoq tubining urta qavati uchburchak fassial-muskul
plastinkadan iborat bo’lib, kov ravogiga urnatib kuyilganga uxshaydi. Bu mus-
kul plastinkani siydik-tanosil diafragmasi (diaphragma urfgenitale) deb ataladi,
Siydik-tanosil diafragmasi ikkita muskuldan, ya’ni chot oraligidagi chuqur
kundalang muskul (m. transverses perinei profundus) va siydik chiqarish kanali
bilan qinni kisuvchi (m.sfmcter urethro vaginalis) muskullar to’plamidan iborat.
Bular bir tomondan siydik chiqarish yulini va ikkinchi tomondan qinga kirish
teshigini urab oladi.
v)
chanoq tubining ustki (chanoqka nisbatan ichki) qavatini orqa
teshikni kutaruvchi muskul (m. levator ani) yoki chanoq tusigi (diaphragma
pelvis) deb atalgan muskul tashkil kiladi. Bu muskul o’zining ikki oyogi bilan
qinni va siydik chiqarish yulini ikki tomondan ham da tug’ri ichakni orqa
tomondan ushlab turadi. Bu chanoq tubinig asosiy muskuli hisoblanadi, uning
uchta shoxi bo’lib,bo’lar pubococsigio, iliococsigio, ishiococsigio deb ataladi.
Har uchala shoxi dum suyagiga yopishadi. Tug’ruqda butning ikkinchi
darajadagi yirtilishida shu muskul yirtiladi, albatta buni tikish kerak bo’ladi, aks
xolda ichki jinsiy a’zolar topografiyasiga putur yetadi. Jinsiy a’zolar pastga
joylashib, xatto bachadon pastga tushishi mumkin.
Qinning tozalik darajalari.
Qin tozalik darajasini aniqlash uchun ajralma 3
ta nuqtadan olinadi: uretradan, servikal kanaldan va qinning orqa gumbazidan.
I-dar. tozaligi - qin ajralmasi kislotali reaksiyaga ega (pH=4.0-4.5);
mikroskop ostida faqat epiteliy va qin Doderleyn tayoqchasi ko’rinadi.
II-dar. Tozaligi – reaksiya kislotali (rN = 5,0 – 5,5); qin hujayralari va
Doderleyn tayoqchalar kam
III-dar. Tozaligi - reaksiya past ishqoriy (pH=6.0-6.5); qin tayoqchalari kam
miqdorda; comma tariabill va anaerob streptokkok dominantlik qiladi; koklar va
leykotsitlar ko’p miqdorda.
IV-dar. tozaligi – reaksiya past ishqoriy, qin tayoqchasi yo’q; aralash
bakterial flora, anaerob kokklar, batsilla, trixomanada, leykotsitlar ko’p miqdorda.
Bakterioskopik usulda qinning tozalik darajasi o’rganiladi. Ma’lumki, bunda
4 ta tozalik darajasi farqlanadi. Bakteriologik usul qin mikroflorasining bakterial
tarkibini ham sifat jihatidan, ham miqdor jihatidan baholashga yordam beradi.
Mikroorganizmlarning avlodi, oilasi va turini aniqlash, ya’ni ularni bir-biridan
differensiatsiya va identifikatsiya qilish bakteriologik tekshirishning eng qiyin va
mas’uliyatli
bosqichlaridan
biri
hisoblanadi.
Bu
bosqichda
mikroorganizimlarning morfologik, tinktorial (bo’yalish), kultural (o’sish),
fermentativlik va antigenlik xususiyatlari o’rganiladi. Bakteriologik ekish
mikroorganizmlar spektrini maksimal darajada aniqlashga imkon beruvchi
standart oziq muhitlarda o’tkazildi.
Mo’tadil (normal) hayz ko’rish davri.
Xayz (oy kurish) deb, ayollarning
bachadonidan muntazam ravishda kon kelishiga aytiladi. Xayz balogatga yetish
jarayonining dastlabki oylarida 12-15 yoshlar orasida kuzatiladi. Kizlar 16-17
yoshda tulik balorat yoshiga yetadilar. Xayz kon ketish sikli bo’lib, ma’lum bir
muddat kariyb 3-6 kun davom etadi. Xayz ayolning bola turadigan yoshida
kaytarilib, fakat homiladorlikda va kupincha bola emizish davrida xayz
kurmaydi. Xayz klimaks davrida (45-55 yoshda) tuxtaydi. Xar gal xayz kurganda
ayol 50-150 g gacha kon yukotadi. Xayz koni ishkoriy reaksnyali, kunrir rangda,
Shilliq aralash bo’lib, unda ivish jarayoni past bo’ladi.
Normal xayz boshkarilish tizimi. Hayz bosqichlari.
A) Markaziy:
1.
Miya pustlog’i.
2.
Gipotalamus.
3.
Gipofiz
B) Periferii:
4.
Tuxumdon.
5.
Bachadon.
Qiz bola birinchi marta xayz kurganda uning organizmida bir qator
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Tana shakli bir muncha dumaloklashadi, ayollarga
xos ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi, ko’krak bezlari kattalashadi, qov
ustida junlar paydo bo’ladi, tashqi va ichki jinsiy a’zolar to’lik yetiladi. Hayz sikli
xayz kurishning birinchi kunidan to kelgusi xayzning birinchi kunigacha hisob
kilinadi.
Ko’pincha xayz sikli 28 kun, kamdan-kam ayollarda 21 yoki 30-32 kun
davom kiladi. Xayz sikli mobaynida ayollar organizmida turli uzgarishlar
kuzatiladi.
Xayz sikli fiziologik jarayon bo’lib, oxirgi xayzning birinchi kunidan to
keyingi xayzning boshlanish kunigacha bo’ladi.
Hozirgi tushunchalarga asosan xayz siklini 5 ta omil boshkaradi:
1) bosh miya pustloki;
2) gipotalamus;
3) gipofiz;
4) jinsiy bezlar;
5) periferik a’zolar (bachadon, bachadon naychalari, Qin).
Birinchi oliy bosqichga bosh miya pustlogi va ekstragipotalamik serebral
tuzilmalar (limbik tizim, gippokamp, bodomsimon tana) kiradi.
Bosh miya pustlog’i - xayz siklini boshkarish va tartibga solish vazifasini
bajaradi. Bosh miya orqali tashqaridagi ta’sirotlar nerv tizimining pastdagi xayz
siklida ishtirok etuvchi bo’limlariga uzatiladi. Tajriba va klinik kuzatuvlar shuni
ko’rsatdiki, asabiy xolatlarda jinsiy a’zo tizimlarida bir kator uzgarishlar bo’lib,
xayz siklining xolati va tartibi izdan chiqadi. Ammo xozirgacha bosh miya
pustlogida yoki uning biror qismida xayz siklini boshkaruvchi markaz
aniklanmagan.
Ikkinchi bosqichi- gipotalamus, oralik miyaning bo’limi bo’lib, bir kator
utkazuvchi nerv tolalari (aksonlar) tufayli, bosh miyaning turli bo’limlari bilan
boglik bo’ladi. Shunga kura u markaziy nerv tizimining xayz siklini boshkarishda
ham ishtirok etadi. Gipotalamusda barcha periferii gormonlar uchun, shular
katorida tuxumdonlar uchun ham retseptorlar bor. Demak, gipotalamus
organizmga atrof muxitdan uzatiladigan impulelarning bir-biri bilan
borlanishlarini ta’minlaydi. Shu bilan bir katorda u ichki sekresiya bezlarning
faoliyatida ham ishtirok etadi. Gipotalamusda stimullovchi (liberinlar) va
bloklovchi (statinlar) gormonlar ishlab chiqariladi. Shuningdek folliberin va
lyuliberin, gipofizga ta’sir kiladigan gonadotropin-rilizing gormon (GnRG),
lyuteinlovchi rilizing gormon (LGRG) ishlab chiqariladi.
Gipofiz - gipotalamus bilan murakkab anatomik faoliyati jihatidan bir-biri
bilan murakkab ravishda boglikdir va uchinchi bosqichni tashqil kiladi. Gipofiz
oldingi bo’lagining faoliyati gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonal
sekresiya ta’sirida nazorat kilinadi. Gipofizning oldingi bo’lagi adenogipofiz,
orqa bo’lagi esa neyrogipofiz deb yuritiladi. Adenogipofizda asosiy 6 ta
gormonlar ishlab chiqariladi:follikulning yetilishini ta’minlovchi (FSG), sarik
tananing tarakkiyotini ta’minlaydigan (LG), prolaktin (PRL), somatotrop (STG),
tireotrop (TTG) va adrenokortiqotrop (AKTG) gormonlar.
Xayz siklini boshkarishning turtinchi bosqichiga-periferik endokrin a’zolar
kiradi (tuxumdon,buyrak usti bezi va kalkonsimon bezi).
Tuxumdonlar jinsiy bezlar bo’lib, ikkita asosiy vazifani bajaradi. Bo’lar:
1) follikullarning siklli ravishda tarakkiyoti.ovulyatsiyasi yetilgan tuxum
hujayrasining ajralishi.
2) tuxumdon ikki xil jinsiy gormon: estrogen va progesteron ishlab
chiqaradi. Bundan tashqari, qisman erkaklar gormoni - androgenlar ham ishlab
chiqaradi. Tuxumdonda dastlab follikul yetila boradi, bu jarayonga FSG va LG
gormonlari ham da oksitotsin reflektor ta’siri kushiladi va proteolitik
fermentlarning ta’sirida follikul korin bushliriga yoriladi, ya’ni ovulyatsiya
vujudga keladi.
Demak, birlamchi follikul 3 ta: regeneratsiya, yetilish va ovulyatsiya
bosqichlarini bosib utadi. Follikulning eng yetilgan, yorilishga turgan xolatini
Graaf pufakchalari deb ataladi. Shundan keyin ovulyatsiya ruy beradi.
Ovulyatsiyadan keyin yorilgan follikul urnida yangi tana, ya’ni sarik tana
vujudga keladi.
Sarik tananing shakllanishi va tarakkiy etish jarayonida donador hujayralar
kupayadi va tuxumdonning mezenxima stromasi kon tomirlari bilan birgalikda
rivojlanadi, natijada sarik tana vujudga keladi.
Sarik tana quyidagi bosqichlarni bosib utadi:
1-bosqich: proliferatsiya,
2-bosqich: kon-tomirlar bilan ta’minlash bosqichi,
3- bosqich:gullash bosqichi,
4-bosqich: sarik tananing sunish bosqichi.
Xayz siklida bachadon Shilliq pardasidagi uzgarishlar. Xayz koni tuxtab
bachadon Shilliq pardasida kayta kurish (bitish), ya’ni regeneratsiya jarayoni
Graaf pufakchasi. Bachadon Shilliq
pardasi (endometriy) 2 qavatdan: bazal va
funksional qavatlardan iborat.
Xayz bachadon Shilliq pardasining
deskvamatsiya bosqichi bilan boshlanadi
va 3-4 kun davom etadi. Bu fazada bez
yullaridagi epiteliy asta- sekin xalok
bo’ladi, Shilliq qavat qisman eriydi
(autoliz), qisman parchalanib va yana
qisman fagotsitoz natijasida Shilliq
qavatning ustki spongioz qavati kuchib
tushadi. Bazal qismi yakinidagi bir qismi saqlanib qoladi. Bazal qavatlari
yuzasidagi kuchgan spongioz qavat urnida kolgan yara yuzasidan kon ketadi.
Deskvamatsiya bilan birga regeneratsiya boshlanadi, shu tarika sikl boshlanadi.
Xayz qoni tamom bo’lganidan keyin bachadonning yupka bazal
qavatidan shilliq qavat tez fursatda o’sa boradi, bunda 4-5 kunda uning
qalinligi 4 martagacha oshadi. Shilliq qavatning fakat o’zi qalinlashib kolmay,
balki bagrila joylashgan bezlar ham uzunlashib kattalashadi va burma shaklini
oladi, ammo bez epiteliy yetarli darajada kattalashib uzun tortishiga
karamasdan sekret ajratmaydi, shunga kura bez bushliklarida xali suyuklik
bulmaydi. Bachadon Shilliq pardasidagi bu xildagi uzgarishlarni proliferatsiya
bosqichi deyiladi. 13-15 kunlarda bu fazaning yetilgan davri bo’ladi. Shundan
keyin epiteliy hujayralarida sekresiya ajralishining dastlabki belgilari kuzatiladi.
Bu faza endometriyda sekret ajratish bosqichi deyiladi. 16-kundan
boshlab, bez epiteliysi yadrosida bulinish jarayoni tuxtaydi. Hujayralar buyiga
uzunlashadi, ancha yiriklashadi, suyuklik (sekret) bilan tulishadi. Parmaga
uxshagan bezlar yana kuprok egri-bugri bo’lib koladi. 19-20 kunlarda
silindrsimon epiteliy uzunlashib arrasimon shaklga kiradi, bez bushligi
tomonga kuprok usadn. Shilliq qavat qalinlashgan, xuddi homiladorlikdagi
desidual hujayralarga uxshab ketadi.
Shilliq qavatdagi hujayralar shishib kattalashadi. Bunda Shilliq tuqimasi 3
qavatga: kompakt, spongioz va bazal qismlarga bulinadi. Sekretor fazaning
oxirini xayz kurish oldi, homiladorlikning boshlanish oldi deb hisoblasa bo’ladi.
Bachadondagi xayz sikli tuxumdonning funksional xolatiga boglik. Agar
biror sababga kura tuxumdon olib tashlansa yoki rentgen nuri bilan tuxumdon
funksiyasiga ta’sir kilingan bulsa, ayol xayz kurmaydi. Xayz siklining 1 yarmida
ovulyatsiyadan oldin, proliferatsiya fazasida tuxumdonda rivojlanayotgan
follikuldan ajralgan follikulin gormoni asosiy vazifani bajaradi. Bu gormon
follikulning ichki qavatidan ajraladi. Ovulyatsiyadan sung sarik tana gormoni
(progesteron) bachadon Shilliq pardasida sekretor suyuklik chikishiga imkon
beradi va bachadon shilliq pardaso homiladorlikka tayyorlaydi. Bunda fakat
sekresiya ta’sir qilib qolmasdan, balki yuzada joylashgan bezlarda glikogen
ajralishiga imkon beradi.
Estrogenlar. Kup olimlarning fikricha, ovulyatsiyadan keyin ham sarik
tanadan ajralgan progesterondan tashqari, oz mikdorda estrogen gormonlar
ham mavjud. Bachadon Shilliq qavatining burtib kalnnlashishiga sabab bo’ladi.
Shuni aytish kerakki, tuxumdondan ajraladigan follikulin gormoni
bachadonni kiskartiradi, progesteron esa kiskarishni tuxtatadi, natijada
bachadon Shilliq qavatiga joylashgan spermatozoid bilan kushilgan tuxum
hujayrasiga kulay sharoit yaratiladi.
Agar ayol homilador bulmasa, xayz kuradi, bunda bachadonning kiskari-
shi kuchayadi, chunki ayol organizmida progesteron kamayib ketadi.
Bachadonning kiskarishi natijasida bachadondan xayz konining ajralib chikishini
ta’minlaydi. Xayvonlarda kilingan tajribalar shuni ko’rsatdiki, agar gipofiz bezini
olib tashlansa, follikullar tarakkiyoti tuxtab sarik tana vujudga kelmaydi. Bundan
gipofiz bezining tuxumdonga xizmati katta ekanligi ma’lum bo’ladi. Shunday
qilib, spesifik bulmagan gonadotrop gormoni tuxumdonning spesifik jinsiy
gormonlari - estrogen va proges- teronni tuxumdonda ajralishini ta’minlar
ekan.
Ayollar gigienasi xususiyatlari. Har bir ayolga, xoh u ona, hola, buvi bo’lsin,
hayotda qiz va o’g’il bolalardagi balog’atga o’tish davri muammolari bilan
to’qnashishga to’g’ri keladi. Qiz bola uchun bu uning katta qizga aylana
boshlagan hayot davri. Jinsiy balog’atga yetish davridan, garchi bir vaqtning
o’zida bo’lmasada, barcha o’tadi. Bu vaqtda qiz bolaning organizmida nafaqat
jismoniy, balki ruhiy, his-tuyg’u bilan bog’liq o’zgarishlar ham yuz beradi.
Ushbu davr uchun kayfiyatning keskin o’zgarishlari xosdir. Mazkur yoshda
qiz bola bilan uning organizmida yuz berayotgan o’zgarishlar to’g’risida va,
albatta, ayollar organizmining gigiena qoidalari xususida nozik suhbatlashishlar
zarurati paydo bo’ladi. Har bir qizning jinsiy balog’atga yetish davri o’ziga xos
bo’ladi. Odatda, bu 9-13 yoshda yuz beradi. Miyaning quyi o’simtasi
hisoblangan gipofiz–bez tuxumdonlarga muayyan kimyoviy birikmalar –
“estrogen” va “progesteron” deb nomlanadigan ayollar jinsiy gormonlarini
yo’naltirish
jarayonida
jinsiy
balog’atga
yetish
boshlanadi. Aynan ushbu gormonlar organizmda yuz beradigan ko’p sonli
o’zgarishlarni qo’zg’atadi. Ayni ularning o’zi ovozning o’ziga xos sifatlari
o’zgarishi, ko’krak kattalashishi, qovda, so’ngra qo’ltiqda tuklar paydo bo’lishi,
jussa o’zgarishi kabi ikkilamchi jinsiy alomatlar rivojlanishini kuchaytiradi.
Jinsiy
balog’atga
yetish
davridagi
eng
ahamiyatli o’zgarishlardan biri hayz ko’rish boshlanishi hisoblanadi. Qiz bolaga
bu ayolning butun reproduktiv yoshi davomidagi to’la me’yoriy va muntazam
takrorlanib turuvchi sikl (davr) ekanligini, salomatlik uchun xavfli emasligini
tushuntirish lozim. Har bir sikl bir oyga yaqin davom etadi. Sikllar uzluksiz
ravishda ketma-ket keladi, ya’ni bir sikl endi yakunlanayotganda, navbatdagi
sikl boshlanadi. Har bir siklning boshlang’ich bosqichi hayz ko’rish hisoblanadi.
Jinsiy
balog’atga
yetish
davri
eng
oddiy
gigienik ko’nikmalarga muntazam ravishda rioya qilinishni ko’zda tutadi. Bu,
masalan, har kungi yuz-qo’l yuvish va tish tozalash kabi odatiy holga aylanishi
lozim. Ushbu ko’nikmalar yengil bajariladi va qiz bolaga nafaqat pokiza, balki
sog’lom
bo’lib
yurishiga
ham
ko’maklashadi.
Tashqi
jinsiy organlarni yuvish issiq, qaynatilgan suvda ko’proq sovundan
foydalanilgan holda kuniga kamida ikki marta amalga oshiriladi.
Shundan so’ng quruq toza, ikki tomonlama dazmollangan sochiq yoki maxsus
bir marta foydalaniladigan salfetkalar ishlatiladi. Qiz bola barcha shaxsiy
yuvinish-taranish predmetlarini tozalikda saqlashi va qat’iy yakka
tartibda foydalanishi lozim. Katta miqdorda turli gigienik himoya
vositalari mavjud bo’lib, ular orasidan tanlab olish imkoniyati keng. Har bir
ayolning o’ziga xos tana shakli va alohida hayz ko’rish sikli mavjud. Shu tufayli,
prokladkalar turli shakl va uzunlikda bo’ladi. Har bir ayol istalgan hayz ko’rish
kunida himoyani ta’minlaydigan prokladka yoki prokladkalar kombinatsiyalarini
– oddiy prokladkalardan tortib yanada yuqori singdiruvchanlik xossalariga ega
uzaytirilgan prokladkalarga qadar o’zi tanlab olishi mumkin.
Vaziyatli masala
Qishloq uchastka kasalxonasining tug’ruq bo’limiga 32 yoshli tug’uvchi
ayol dard boshlanishi bilan keltirilgan. Ikkinchi homiladorligi, muddatiga
yetgan. Bekmorning umumiy ahvoli qoniqarli. Chanoq o’lchamlari normal
holatda.
Homila bo’ylama vaziyatda, boshi oldinda jlylashgan, yurak urishi aniq, bir
daqiqada 125 marta. Qog’onoq suvlari ketmagan. Qin orqali tekshiruvda
bachadon bo’yni kaltalashgan, 3-barmoqni osongina o’tkazadi, homila pufagi
butun, homila boshi kichik chanoqning kirish tekisligida. Homila pufagi ortida
peshona dumboqlari, peshona choki, qosh usti yoylari. Dumg’aza burni
papaslanadi.
DIAGNOZI, qanday asorat yuzaga kelgan? Tug’ruqni boshqarish taktikasi
qanday?
A. Homila yuzining oldinda yotishi, tug’ruqni tabiy tug’ruq yullari orqali
o’tkaziladi.
B. Anatomik tor chanoq, buning oqibatida tug’ruqning I davrida homila
peshonasining oldinda yotishi sodir bo’lgan tug’ruq Kesar-kesish operatsiyasi
bilan tugallanadi.
V. Umumiy tekis toraygan chanoq tug’ruqning I davri. Tepa oldinda yotishi,
kutish pozitsiyasida turiladi, bachadon bo’yni to’liq ochilishi bilan klassik o’z
vaqtida burish operatsiyasi o’tkaziladi.
O’rgatuvchi testlar.
1. Xayz sikli buzilishining 5 ztiologik omillarini ko’rsating.
1.
Psixik kasallik,
OFHP
kechinmalar;
2.
Noturri ovkatlanish, avitaminozlar;
3.
Kasbga oid zararlar;
4.
Infeksion va septik kasalliklar (so’zak, tuberkulyoz);
5.
Jinsiy kamolotga yetish davrida gipotalamo-gipofizar tizim
evolyusiyasining buzilishi.
2. Markaziy sabablarga kura xayz sikli buzilishining 3 ta asosiy ko’rinishini
ayting:
1.
Bosh miya pustlogi;
2.
Gipotalamik ko’rinishi;
3.
Gipofizar ko’rinishi.
3.
Xayz sikli buzilishining periferik sabablarga kura kelib chiki shining 2
ta asosiy ko’rinishini ayting:
1.
Tuxumdon tufayli;
2.
Bachadon tufayli.
4.
Tuxumdon siklining 2 fazasini ayting.
1.
Follikulin fazasi;
2.
Lyutein fazasi.
5.
Bachadon siklining 4 fazasini ayting.
1.
Deskvamatsiya;
2.
Regeneratsiya;
3.
Proliferatsiya;
4.
Sekresiya.
6.
Gipofiz oldingi bo’lagining 6 gormonini ko’rsating.
1.
TTG;
2.
STG;
3.
AKTG;
4.
FSG;
5.
PRL;
6.
LG.
7.
Kun davomiyligi buyicha xayz siklining 3 turini ayting.
1.
28 kunlik;
2.
21-22 kunlik;
3.
33-35 kunlik.
8. Tuxumdonning lyutein tanasi rivojlanishining 4 fazasini ay- ting.
1. Proliferatsiya;
2. Vaskulyarizatsiya;
3. Gullash;
4. Kayta rivojlanish.
9. Follikulinning (estrogenning) biologik ta’sirini ayting.
1. Ikkilamchi belgilarining rivojlanishi;
2. Jinsiy a’zolarining usishi va rivojlanishi;
3. Termoregulyatsiya va moddalar almashinuv jarayoniga ta’siri.
10. Progesteron (gestagen) 3 ta’sirini ayting:
1. Homilaning normal rivojlanishiga ta’sir etadi;
2. Endometriyning siklli uzgarishlarini boshkaradi;
3. Miometriyning kuzralishini pasaytiradi.
Homiladorlik fiziologiyasi va diagnostikasi.
Homiladorlik davrida hamshiralik parvarishi
Reja:
1. Urug’lanish tushunchasining tahlili.
2. Urug’langan tuxumning bo’linishi.
3. Homila rivojlanishining kaltis davrlari
4. Homilaga zararli omillarning ta’siri.
Erkaklar jinsiy hujayrasi. Jinsiy hujayralar xar bir naslda zmbrional
hujayradan yangidan shakllanadi. Erkaklar bilan ayollar jinsiy hujayralarining
rivojlanish jarayoni bir-biriga o’xshash bo’ladi. Erkaklarning jinsiy bezi (testis)
jinsiy hujayra - spermatozoidlarni ajratadi,ular spermatogenlardan tashqil
topadi. Spermatogenlar jinsiy bezlarning egri-bugri kanallari ichki yuzasida
joylashgan bo’ladi. Yetuk (tuxum hujayra bilan ko’shilish kobiliyatiga ega)
spermatozoidlar yetilishi uchun spermatogenning rivojlanish jarayoni -
spermatogenez sodir bo’lishi lozim. Bu jarayon o’g’il bola balog’atga yetishi
bilan boshlanadi. Spermatogenlar tez ko’payib spermatotsitlar birinchi katoriga
aylanadi, kiska o’sish davridan keyin yetilish fazasi vujudga kela di. Yetilish
jarayonida birin-ketin ikkiga bo’linadi, bu odatdagi mitozdan fark kiladi va
meozis nomi bilan yuritiladi. Bu xildagi reduksion bo’linishdan keyin
takomillashgan erkak jinsiy hujayralari endi spermatida nomini oladi. Bu esa
murakkab differensiatsiya jarayoni natijasida butunlay boshka ko’rinishga
spermatozoidlarga aylanadi. Spermatozoidlar ip shaklida bo’ladi (boshcha,
bo’yincha va dumchadan iborat). Uzunligi 50-65 mk, boshchasi 4,5 mk bo’ladi.
Spermatozoidlar urug’ yo’liga tushgandan keyin xarakat kila boshlaydi va
urug’ pufakchalari va prostata bezi ajratgan
suyuklikka aralashib, shaxvat (sperma)nn xosil
qiladi. Jinsiy aloka paytida 5-8 ml gacha
shaxvat ajralib chiqadi. Bunda ayrim xollarda
shaxvat suyuqligida 200 dan 500 milliongacha
spermatozoid bo’ladi. Spermatozoid asosan
dumchasi
yordamida
xarakatlanadi.
Spermatozoid bir minutiga 2-3 mm yo’l
bosadi. Shuvarskiyning aytishicha, ular jnnsiy
alokadan keyin 1-2 soat ichida bachadonga
o’tadi. Spermatozoidlar jinsiy aloka paytida
Qinning orqa gumbazidagm chuqurchaga (reseptaculum semeni) kuyiladi.
Orgazm natijasida bachadon bo’yni kengayib undagi Shilliqli tikin shu sohaga
cho’zilib tushadi va spermatozoidlarni shimib oladi. Orgazm tugagach,
bachadon bo’yni kiskaradi va Shilliqli tiqin spermatozoidlar bilan birgalikda
yana bachadon bo’yni kanaliga kaytadi va o’zidagi spermatozoidlarni
bachadonga o’tishiga imkoniyat tug’diradi. Spermatozoidlar uchun ishkoriy
sharoit bo’lishi kerak. Shunga ko’ra qindagi nordon muxit yomon ta’sir
etganidan ular bu joyda tez orada halok bo’ladi. Bachadon bo’yni kanalidagi
ishqoriy muxitda esa spermatozoidlar soatlab, xatto bir necha kun yashashi
mumkin. Spermatozoid bachadon va uning naychalaridagi kiprikchalar (shilliq
qavat epiteliylari) yordamida oson xarakat qilib, bachadon bo’ynidan uning
bo’shlig’iga, undan naychalarga o’tadi va nihoyat naychalarning ampulyar
qismida yoki korin bo’shlig’ida tuxum hujayralar bilan ko’shiladi. Naychalarning
ampulyar qismida hatto bir necha kun, korin bo’shlig’ida 20 soatgacha yashashi
va xayot kobiliyatini saqlashi mumkin. Ayol tuxum hujayrasi to’la yetilmaguniga
kadar erkak urug’i bilan qo’shila olmaydi. Ovulyatsiya (follikulning yetilib,
yorilishi) dan ancha oldin tuxum hujayrasi asta-sekin takomillashadi, bu
jarayonda u ikkira bo’linadi. Natijada 2 ta yo’naluvchi tanachalar (birinchi va
ikkinchi katordagi tanachalar) vujudga keladi . Tuxum hujayraning tarakkiy
kilishi (ovogenez) quyidagicha kechadi. Ovogeniya ortiq ko’paymay, 1-
katordagi ovotsitga aylanadi, bu bir oz kattalashadi, shu jarayon oxirida ovotsit
birinchi marta bo’linadi. Natijada 2 ta hujayra shakllanib, kattasi ikkinchi
qatordagi ovotsit, kichkinasi esa mayda yo’naluvchi yoki reduksion tanacha deb
ataladi. Shundan keyin ikkinchi qatordagi ovotsit yana bo’linib, bunda yetilgan
tuxum va ikkinchi yo’naltirish tanachasi (reduksion tanacha) ni xosil kiladi.
Bo’lardan birinchisi yana ikkiga bo’linishi mumkin. Natijada ikkinchi kator
ovotsit yadrolari dagi reduksion bo’linish natijasida xromosomalarning fakat
yarmi 46 ta o’rniga 23 ta qoladi. Bu barcha jarayon erkak urug’i bplan
ko’shplishga kobiliyatln tuxum hujayraning shakllanishpga olib keladi.
Ovogenez jarayonida bitta 1-katordagi ovotsitdan fakat bitta yetilgan tuxum
hujayra va 3 ta shimilib ketadigai yo’nalish ganachalarn paydo bo’ladi. Agar
tuxum hujayra yuqornda qayd kilingan jarayonga uchramasa, u yetnlmaydi va
shunga ko’ra spermatozoid bilan ko’shila olmaydi.
Balog’atga yetish davrida tuxumdondagi boshlang’ich follikullardan bit
tasi yeki pkkitasi rivojlana ooshlaidi. Yapalok xolatdagi donador hujayralar
shisha boshlaydi va ular kattalashib silindr, uchburchak xolatini oladi. Aynn
paytda ular energetik ravishda mitotik bo’linish bilan ko’payadi. Bu davrda
follikulning o’zi to’xtovsiz kattalasha boradi. So’ngra tuxumni o’rab olgan bir
necha kator hujayralar orasida bo’shlik xosil bo’ladi, bu bo’shliqdagi
follikullarda suyuklik bo’ladi. Bu suyuqlik ko’paya borgan sayin tuxumni va
granulyoz (donador) hujayralarni chetga suradi va follikul yana kattalashib,
avval no’xatdek, keyin asa loviyadek bo’lib koladi. Yetilgan follikul - Graaf
pufakchasini o’ragan ustki pardasi (theca folliculi) hosil bo’ladi. Bu parda ikki
qavatdan iborat bo’lib, ichkisi (tunica (theca) interna) qon tomirlarga boydir,
ikkinchisi tashqi kattiq fibroz qavat (theca externa) deb ataladi va uning kon
tomirlari kam bo’ladi.
Follikul yetilishi jarayonida asta-sekin tuxumdonning tashqi pardasidan
membrana albuginea bo’rta boshlaydi va yirtilnshga gayyor bo’lib koladi.
Organizmdagi gormonal jarayon ta’siri va follikul ichidagi bosimning oshishn
natijasida u yoriladn. Follikul suyukligi tuxum hujayra va qisman donador
hujayra (qranulosa) lar bilan birga tuxumdonning yorilgan joyidan qorin
bo’shlig’iga tushadi. Follikul yorilib, tuxum hujayraning chiqishi ovulyatsiya
deyiladi. Ovulyatsiyaning taxminiy muddati xayz siklining 10-12-kunlariga to’g’ri
keladi, u oxirgi hayzning bnrinchi kunidan hisoblanadi.
Urug’lanish, urug’langan tuxumning bo’linishi va uning bachadonga
payvandlanishi. Urug’lanish deb, erkak urug’i yadrosi bilan ayol urug’i
yadrosining ko’shilishiga aytiladi. Jinsiy aloqada erkak spermasi Qinning orqa
gumbaziga tushadi (receptaculum seminis). Bachadonning kisqarish xususiyati
jinsini ko’zg’alishda ancha kuchli bo’ladi (urug’lanish jinsiy ko’zg’alishsiz ham
bo’lishi mumkin). Bunda qin daxlizini o’ragan muskul (Constrictor cunni) dan
bachadon naychalarigacha jinsiy ko’zg’alishda ishtirok etadi. Shu kiskarish
natijasida Qin dahlizi bezlarida ishlab chiqarilgan xususan bartolinn bezidan
moyli sekret qinga tushadi, bachadon bo’ynidagi shilliq tiqin(probka) esa bo’yin
kanalidan tilga o’xshab orqa gumbaz chukurchasi tomon osilib tushadi. Ammo
butunlay tushib ketmaydi. Jinsiy alokada qinning orqasidagi chukurchasiga
kuyilgan spermatozoidlar jinsiy ko’zg’alish tugagach bachadon tanasi va bo’yini
ancha bo’shashadi. Natijada osilib turgan Shilliq yana bachadon bo’yin kanaliga
kaytariladi. Shu jarayonda ular Shilliq tiqinga (probkaga) shimilib olingan
bo’ladi, shilliq bo’yin kanaliga spermatozoidlar bilan kaytgach (bir necha
million) spermatozoidlar aktiv harakatlanish xususiyatiga ega bo’lganiga ko’ra
biroz kisqarishi natijasida bo’yin kanalidan bachadon bo’shlig’iga va undan
bachadon naychalariga o’tadi. Qolgan spermatozoidlar qindagi nordon
sharoitda xalok bo’ladilar. Ko’p tekshirishlar shunn ko’rsatdiki,
spermatozoidlarning ayol tuxumi bilan qo’shilishn bachadon naychalarining
ampulyar qismida bo’ladi. Ayolning tuxum hujayralari spermatozoidlar kabi
harakatlanish xususiyatnga ega emaslar. Ovulyatsiya natijasida tuxum hujayrasi
korin bo’shlig’iga tushadi. Ko’pchilik olimlarning fikricha, bachadon
naychalarining kengaygan qismidagi ampula shokildalari (fimbria ouapsa)dan
biri uzunrok bo’lganiga ko’ra u ovulyatsiya natijasida ajralib chiqqan tuxum
hujayrasini naychaning ampula qismiga uzatadi. Bu jarayonda albatta ayolning
ruxiy xolati ham katta rol o’ynaydi. Agap asab tizimining faoliyati ma’lum
darajada buzilgan bo’lsa, ko’shilgan tuxum hujayrasi bachadon naychalarida
tutilib qoplab bachadondan tashqaridagi homiladorlik vujudga kelishiga olib
kelishi mumkin.
Urug’lanish. Naycha nchiga yakinlashgan tuxum hujayrasiga juda ko’p
spermatozoidlar intnladi. Lekin spermatozoidlarga tuxum hujayrasini o’ragan,
shu’lasimon toj va yaltiroq parda to’skinlik kiladi. Bunda naychalardagi mazkur
uzun shokilda tuxumdon, korin bo’shlig’i oraspdagi ko’prikcha rolini o’ynaydi.
Aytib o’tganimizdek, ovulyatsiyada tuxumdondan ajralib chiqkan tuxum
hujayra shu kiprikcha orqali naychaga o’tadi. Naycha nchidagi spermatozoidlar
tuxum hujayrasiga peshvoz chikib shu yerda ular ko’shiladi. Urug’langan tuxum
hujayra - zigota - naychaning peristaltika xarakati tufayli bachadonga karab
bo’linish jarayonida yo’naladi. Bu jarayonda ayolar gormonlarining o’rni
benixoya katta. Xususan, estrogen gormonlar bachadon naychalari,
mushaklarning qiskarish aktivlignni ta’minlaydi, jumladan naychalarning
peristaltikasini amalga oshiradi. Spermatozoidlar gialuronidaza deb ataladigan
erituvchi moddani ishlab chiqaradi. Gialuronidaza shu’lasimon toj va yaltirok
pardani eritish xususiyatiga ega.
Eritish uchun kerak bo’lgan sekretni
yaratishda ko’p spermatozoidlar
ishtirok etadilar. Ular, nihoyat,
karshiliklarni yengib ulardan bir
nechtasining boshchalari tuxum
hujayrasining
protoplazmasiga
kirishga erishadi, kolganlari esa
halok bo’ladi va bachadon naychalarining Shilliq pardasiga singib yo’k bo’lib
ketadi. Tuxum hujayrasiga kirgan faqat bittasi yoki ikkitasigina urug’lanishda
ishtirok etadi. Spermatozoid boshchasi tuxum ichiga kirgach uning boshi
dumidan ajraladi (endi u urug’ yoki erkak yadro deb ataladi). O’zi tomon
siljiyottan tuxum hujayrasining yadrosi tomon yo’naladi va u bilan qo’shilib,
bitta yadroga aylanadi. Shundan keyin urug’lanish davri tugab homiladorlik
boshlanadi.
Urug’langan tuxumning bulinishi va uning bachadonga payvandlanishi.
Urug’langan tuxum maydalanish davriga o’tadi, natijada u blastomer deb
ataluvchi kiz hujayralariga bo’linadi, bunda har bir shar o’z navbatida
maydalanishga uchraydi va tut donasini eslatadigan blastomerlar kompleksi -
morulani hosil kiladi. Blastomerlar kiz hujayralariga bo’linganda bu bo’lingan
hujayralarining har biri oldingi hujayralardan ikki marta kichik bo’ladi.
Morulaning hajmi yetilgan tuxum hujayrasidan unchalik katta bo’lmaydi.
Morula naycha ichida bachadon tomonga yo’lini davom ettiradi. Urug’langan
vaqtdan boshlab oradan 6-7 kun o’tgach, ko’shilgan tuxum bachadon ichiga
kelib tushadi. Bu kunlarni implantatsiya oldi (1 qaltis) davri hisoblanadi. Homila
tuxum (pusht) bachadon bo’shlig’iga tushgandan keyingina ona organizmiga
payvandlanadi. Ya’ni urug’langan tuxum bachadon Shilliq pardasiga tutashadi
(implantatsiya bo’ladi) va pushtning bachadonga payvandlanishini ta’minlaydi.
Urug’langan tuxumning bo’linishi
Homila tuxumi bo’linishi natijasida xosil bo’lgan yangi hujayralar
(blastomerlar) ketma-ket kariokinez usulida bo’lnnib, yangi blastomerlar xosil
qiladi. Bu bo’linish somatik hujayralarining rostmana bo’linishidan farq kiladi.
Har bir bo’linishdan so’ng yangi hujayralar yana maydarok, ular bir-biriga zich
joylashib, tut donasiga o’xshab morulani tashqil qiladi deb aytib o’tgan edik.
Bu davrga kelib morula blastotsitga aylangan bo’ladi. Pushtning blastotsit
bosqichida uning hujayralarining bir qismi (sirikoklari) embrioblastni tashqil
etib, undan kelgusida embrion rivojlanadi. Qolgan kichik hujayralar pusht
chekkarog’ida joylashib, oziklantiruvchi pardani-trofoblastni tashqil etadi.
Trofoblast shuningdek pushtning bachadon devoriga payvandlanishini
taminlaydi. Bu jarayon trofoblast ishlab chiqaradigan fermentlar bachadon
shilliq pardasini eritish va bu yerda blastotsitning botib kirishiga imkon beradi.
Blastotsist bachadon Shilliq pardasining funksional qavati ichiga kirib, bu
jarayon anchagina tez yuz beradi - 40 soatda butunlay botib kirib, uning Shilliq
pardasidagi teshik ham bitib ketadi va demak, pusht Shilliq qavat ichiga
yopishib joylashib qoladi. Blastotsitning bachadon Shilliq qavatiga botib kirish
jarayonida atrofidagi to’qimalarda qon tomirlar jadal rivojlanib ko’payadi,
biriktiruvchi hujayralar soni ortadi, ularda glikogen to’planadi. Shilliq parda
payvandlanish (implantatsiya) paytida o’zining sekresiya davrini o’tayotgan
bo’ladi. Bu davrda unda pusht oziqlanishi uchun zarur moddalar to’plangan.
Buning ustiga trofoblast tufayli pusht atrofida to’qimalar yemirilish maxsulotlari
to’planadi va bu moddalar pusht oziqlanishi uchun muxit (embriotrof)
hisoblanadi. 8 kundan to 84 kun (12 hafta) gacha implantatsiya, gisto va
organogenez (II kaltis) davri hisoblanadi.
Pusht pardalari rivojlanishi. Pusht tuxum bachadonga payvandlangandan
keyin bachadon devorida keskin o’zgarishlar ro’y beradi. Shilliq parda
funksional qavatining zich va g’ovak qatlamlari yanada yakqol bilinadi. Zich
qavat (stratum compactum) salqigan stromadan tuzilgan bo’lib, unda
bezlarning chiqaruv naychalari o’tadi. Stroma tolalari to’rida yirik, ko’p kirrali
pufaksimon yadroli desidual hujayralar joylashadi. Ular glikogenga boy,
fagotsitoz xususiyatiga hamda gormon ishlab chiqarish kobiliyatiga ega
hujayralardir. G’ovak qatlam (stratum Spongiosum), chukurroq qavat, unda
juda ko’p gipertrofiyalangan bezlar bo’lib, stromasida desidual hujayralar
bo’lmaydi Pushtning o’sishi jarayonida desidual pardaning turli qismlari alohida
nom oladi. Tuxum tagida joylashgan qismi decidua basalis deb ataladi.
Bachadon bo’shlig’iga bo’rtib chiqqan yuzasi qoplangan qismi esa deciduas
capsularis deyiladi. Butun bachadon bo’shlig’ini qoplagan barcha kolgan qismi
esa deciduas parietalis deyiladi. Desidual pardaning ikkala qatlami
homiladorlikning to’rtinchi oyiga kelib eng ko’p qalinlashadi. Oddiy ko’z bilan
karalganda qalin, burmali Shilliq parda ko’rinishiga ega. 4-5 oyda homila endi
bachadon bo’shlig’ini to’lik egallaydi, desidual pardalar yakinlashib birlashib
ketadi. Bu har ikkala qavat ko’shilishiga kadar yupkalashadi, ulardagi tomirlar,
desidual hujayralar keskin kamayadi, epiteliy qavati yo’kolib ketadi, decidual
basalis da esa, aksincha, zich va g’ovak qavatlar kabarib rivojlanadi. Unda,
aksincha, kon tomirlar juda rivojlanib kapillyarlar zich tomirlar to’rini hosil kiladi.
Ushbu gipertrofiyalangan va tomirlarga boy pardaga ko’plab xorion
so’rg’ichlari o’sib keladi. Bular atrofida bo’shliq yuzaga kelib, unga bachadon
arteriyalari koni kuyiladi. Shunday qilib, desidual parda ona organizmi, ya’ni
bachadon endometriysining o’ziga xos o’zgarishi hisobiga vujudga keladi.
Qolgan ikki palla xorion va amnion parda homila to’kimalari xnsobiga xosil
bo’ladi. Xorion so’rg’ichliri bilan bachadon Shilliq pardasi orasida yukorida qayd
etilganidek, to’kimalarning yemirilish mahsulotlari va ona qon tomirlaridan
chiqqan kon joylashadi. Bundan homilaga kislorod yetib boradi. So’rg’ichlar
bilan bachadon Shilliq pardasi orasidagi bo’shlik birlamchi so’rg’ichlararo
bo’shlik deb ataladi. Dastlab tuxum butunicha bo’shliq bilan o’ralgan bo’ladi.
Homila taraqkiyotining keyingi bosqichlarida so’rg’ichlararo bo’shlik faqatgina
plasenta soxasida bo’lib, ikkilamchi so’rg’ichlararo bo’shliq deyiladi. Trofoblast
bilan bir vaqtda embrioblast rivojlanadi. Embrioblast bachadon nayidayok
rivojlana boshlasa-da, bachadonga payvandlangandan so’ng ayniksa tez
rivojlanadi. Blastotsistaning segmentlaridan birida hujayralar to’plamidan
iborat ikkita tuguncha - ektoblast va entoblast yuzaga keladi. Ular markazida
bo’shlik xosil bo’lib, tugunchalar pufakchalarga aylanadi. Ektoblast pufakcha
oyoqchasi yordamida trofoblastga tushadi. Undan amnion bo’shlig’i xosil
bo’ladi. Bu bo’shlik devori suv pardasi - amnionga aylanadi. Endoblast
pufakcha markaziga yakinrok joylashib sariklik bo’shlig’iga aylanadi, ektoblast
va entoblastning amnion va sarik pufakcha orasidagi hujayralari pusht kurtagini
tashqil etadi. Pusht kurtagi uchta varakdan - ektoderma, mezoderma va
endodermadan tuziladi, ana shu varaqlardan to’qima va a’zolar rivojlanadi.
Amnion pufakchasi unda to’planayotgan suyuqlik hisobiga tezda kattalashadi.
Blastotsista bo’shlig’i yo’qoladi. Amnion va sarik pufakcha orasidagi pusht
amnion bo’shlig’iga botib kira boshlaydi va asta-sekin unga butunlay botadi.
Amnion bo’shlig’i kattalashuvi bilan sariq pufakcha bo’shlig’i kichrayadi, sariqlik
tomirlari artrofiyaga uchraydi, pardalar rivojlanishi bilan bir paytda pushtning
birlamchi ichagini orqa uchidan o’simta-allantois xosil bo’ladi. Amnion
pufakchani trofoblast bilan tutashtiruvchi oyokcha bo’ylab allantois so’rg’ichli
pardaga yo’naladi. Allantois bo’ylab pusht tanasida so’rg’ichli pardaga tomon
tomirlar o’tadi. Bu tomirlar xorionning xar bir so’rg’ichiga o’sib kiradi. Shu
damdan boshlab pushtning allontois qon aylanishi rivojlanib pusht bilan ona
organizmi o’rtasndagn jadallashib borayotgan almashinuv jarayonini
ta’minlaydi. Homnla tarakkiyotning ilk bosqichlari tugallanishi davriga kelib, u
uchta parda desidual so’rg’ichli va suv parda va shu parda ichidagi amnion
suyukligi bilan o’raladi. Desidual parda bachadon Shilliq pardalarida rivojlanadi,
so’rg’ichli va suv parda homilaga xos. Shunday qilib, desidual parda
homiladorlik tufayli o’zgarishga uchragan bachadon Shilliq pardasining
funksional qavatidir. Desidual parda bola tug’ilgandan keyin bachadon
bo’shlig’idan ko’chib yo’ldosh bilan birga chiqadi. Implantatsiya paytida
bachadon shnllik pardasi sekresiya fazasida bo’ladi. Bachadon bezlari sekret
bilan to’lgan stroma hujayralari yumaloklashgan, ichida pusht oziklanishi uchun
zarur bo’lgan glikogen, lipid, glikoproteid, fosfor, kalsiy va boshka moddalar
to’planadi. Desidual pardada biologik aktiv modda prostaglandinlar
aniklangan. Funksional qavat g’ovak va zich qatlamlarga bo’linadi. G’ovak
qatlam (Stratum spongiosum) asosan bezlardan iborat. Kompakt qatlam
(Stratum compactum) yumaloklashgan stroma hujayralari - desidual
hujayralardan tuzilib, orasidan bezlarning chiqaruv yo’llari joylashadi.
Implantatsiyadan keyin bachadon Shilliq pardasi ancha qalinlashadi, bezlari esa
sekret bilan to’lishadi. Zich va g’ovak qatlami yanada fark kila boradi. Zich
qatlami glikogenga,oqsilga, mukopolisaxaridlarga boy bo’lib, fagotsitoz
xususiyatiga ega.Zich qatlamga botib kirgan pusht tuxum desidual parda
elementlari bilan o’raladi. Suv parda (amnion) yopik kopchadan iborat bo’lib,
unda homila suvga botgan xolda joylashadi. Homiladorlikning rivojlanishi
jarayonida amnion bo’shlig’i tezda kattalashadi. Amnion xorionga yopishadi va
plasentaning ichki yuzasini qoplaydi, Qindik o’kiga ham o’tib uni g’ilof singari
o’raydi va Qindik soxasida homila terisiga ulanadi. Amnion mezenximadan
rivojlangan bir necha qavat biriktiruvchi to’kimadan va epiteliydan tuzilgan. Bu
epitelin homila suvi xosil bo’lishi va almashuvida ishtirok etadi. Amnion va sillik
xorion homila suvi tarkibining mutanosibligini ta’minlashda qatnashadi. Xullas,
amnion eng ichki parda bo’lib, undan tashqari tomonda so’rg’ichli parda
(xorion) va eng sirtki qism-desidual-ko’chib tushuvchi parda joylashadi. Homila
suvi (liqvor atpi)-homiladorlik oxiriga kelib 0,5-1,5 litrra yetadi va amnion
bo’shlig’ini to’ldirib turadi. Homila suvini amnion epiteliysi ishlab chiqaradi.
Suvning ortiqchasi esa amnion va sillik xoriondagi hujayralararo kanal va
teshiklar orqali so’rilib turadi. Homila suvining almashuvi jadal yuz beradi, shu
bilan birga suv tarkibining turg’unligi ta’minlanadi. Suvga homila siydigi ham
ajraladi, shuningdek teri epidermis hujayralarn, moy bezlari sekreti, homilaning
tuklari ko’shiladi. Homila suvi tarkibiga oqsillar, yog’lar, lipidlar, karbonsuvlar,
tuzlar, mikroelementlar, gormonlar, fermentlar, aminokislotalar, sut kislotasi va
boshkalar kiradi. Homila suvining aham iyati juda kattadir. Homilaning erkin
xarakati va rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi, tashqi ta’sirotlardan asraydi,
Qindik o’kini ezilib kolishdan saqlaydi, homila modda almashinuvi jarayonida
qatnashadi, tug’ruk davrida homila suvi bilan to’lgan kog’anok pardasi, homila
pufagini tashqil etib bachadon bo’yni ochilishida ishtirok etadi.
Plasenta. Plasenta (placenta) ko’rinishidan kulchasimon dumaloq, qalin
va yumshok bo’lib.diametri 18sm,qalinligi 2-3 sm va og’irligi 500-600 g bo’ladi.
Uning ikkita yuzasi va bachadonga tegib turadigan ona yuzasi bor.
Plasentaning ustki qismi amnion bilan qoplangan bo’lib, uning tagida Qindik
yopishgan joydan yo’ldosh chetlarida shu’la singari tarkaluvchi arteriya va vena
kon tomirlari yotadi. Plasentaning ona yuzasi yoriqlar bilan bir necha (15-20)
bo’lakka bo’lingan g’adir-budur,ba’zan bo’linmagan tekis, yupka nursiz va
ko’chib tushadigan nozik parda koldig’i bilan qoplangan. Ona qoni bilan
homila koni o’rtasidagi moddalar almashinuvi kuyidagicha bo’ladi. Ona qoni
bachadon Shilliq qavatidagi vorsinkalararo bo’shlikka tushadi. Plasentada kon
tomirlar tarmoklanib.uning vorsinkalari oralig’iga joylashadi, natijada homila
uchun kerakli moddalar almashinuvi sodir bo’ladi. Homilaning kon tomirlar
sistemasi xar bir plasenta bo’laklari va ulardan xar bir xorion vorsinkalariga
tarmoklanuvchi ikkita Qindik arteriyasidan iborat. Eng oxirgi shoxchalar juda
ham mayda shoxobchalarga (kapillyarlarga) bo’linadi va vena kapillyarlari bilan
tutashadi. Vena kapillyarlari esa bir-biri bilan ko’shilib, nixoyat Qindik venasini
tashqil kiladi. Shunday qilib, xorion tuklarini o’rab olgan ona koni va xorion
tuklar tomirdagi homila koni ikkita aloxida qon aylanish sistemasini tashqil
kiladi. Binobarin, ona va bola kon aylanish sistemalari alohida - aloxida bo’lgani
uchun kon xech kaerda bir-biri bilan aralashmaydi. Lekin vorsinka kapillyarlari
va ularni qoplab turgan epiteliylar orasidagi pardalar juda yupka bo’lganligi
tufayli xar ikkala qon tomir sistemasi orasida aloqa bog’lanadi. Bunday aloka
ona bilan bola o’rtasida moddalar va xavo almashinuvini ta’minlaydi. Shu
jihatdan plasenta homilaning oziklanishini, nafas olishini va almashinuvchi
moddalarning ajralishini ta’minlaydigan a’zo hisoblanadi. Bundan tashqari,
plasenta ronadotrop gormonlar, estrogenlar va progesteron ishlab chiqarib,
homiladorlik ham da tug’rukning normal o’tishini ta’minlaydi. Agar
plasentaning biror qismi (yarmisi) ishdan chiksa (o’rnidan ko’chsa yoki turli
patologik o’zgarishlar yuz bersa), homilada kislorod tankisligi vujudga keladi va
halok bo’ladi. Shuningdek, plasentaning ko’prok qismida kon aylanishi buzilsa,
ya’ni katta infarkt xosil bo’lsa, plasentaning nafas yuzasi kamayadi va natijada
homila nobud bo’lishi mumkin. Fiziologik xolatda plasenta bachadon
devorining orqa va old yuzasiga yoki bachadon tubining biror yoniga tutashadi.
Agar yo’ldosh bachadonning pastki qismiga tutashgan bo’lsa, buni patologik
(noto’g’ri) joylashish (yo’ldoshning oldin kelishi) deb ataladi. Plasenta orqali
homilaga onadan kislorod, uglevod, gormonlar, vitaminlar va oqsil modsalar
va boshkalar o’tadi. Oqsil moddalar plasentadan o’tayotganda parchalanadi va
homilaga aminokislota sifatida yetib boradi. Homiladan onaga esa karbonat
kislota va homilaning almashinuv maxsulotlari o’tadi. Qindik (funiculus
umblicalis) yoki Qindik tizimchasi pishik to’kimadan iborat bo’lib, u bir uchi
bilan homilaning qorin devoriga, ikkinchi uchi bilan yo’ldoshga birikadi.
Homiladorlik oxirida Qindik tizimchasining uzunligi 50-60 sm, diametri 1,5 sm
ga yetadi. Lekin u juda uzun yoki normadan kalta bo’lishi ham mumkin. Qindik
ko’pincha plasentaning o’rta qismiga (markaziy birikish) yoki yoniga (yonga
birikish) yohud chetiga yakin yeriga (chetga birikish) birikkan bo’lishi mumkin.
Ba’zan Qindik yo’ldosh to’kimasiga birikmay, uning chetidan birmuncha
naridagi xorion pardasiga birikishi ham mumkin. Qindik tizimchasi burilgan,
hamma yuzasi egilgan, do’mbok (do’ng)lar bilan qoplangan bo’ladi. Qindik
tizimchasi ichidan ikkita arteriya va bitta vena tomiri o’tadi. Arteriya tomirlari
orqali vena qoni homiladan plasentaga oqadi, vena tomirlari orqali esa
kislorodga boy bo’lgan arterial qon plasentaga va undan homilaga okadi.
Qindik tizimchasining qon tomirlari shilliqli embrional biriktiruvchi to’kima,
yulduzsimon va boshka turdagi hujayralari bo’lgan varton dirildog’i deb
ataluvchi dirildok bilan o’ralgan bo’ladi. Qindik tashqaridan amnion bilan
qoplangan bo’lib,uning ichida varton dirildog’i joylashgan. Shunday qilib,
Qindik, plasenta, homila pardalari birgalikda yo’ldosh deb ataladi. Yo’ldosh
homila tug’ilgandan keyin tug’iladi. Yo’ldosh homiladorlikda yangi endokrin
a’zo hisoblanadi. Bunda gormonlardan tashqari oksitoksik moddalar yig’iladi.
Ba’zan tuxumdon kistalari homiladorlikning ikkinchi yarmida operatsiya qilib
olib tashlanganda plasentadagi xorion gonadotropin bachadonning vaqtidan
oldin kisqarishini oldini olib homiladorlikni saqlaydi. Xorion gonadotropinni
xorion kiprikchalar epiteliylari ishlab chiqaradi. Buning isboti shuki,
homiladorlikning muddati oshgan sari epiteliylar kamaya boradi, shunga ko’ra
xorion gonadotropin ham kamayib, homiladorlik estrogen gormonlarning
biologik faol fraksiyasi oshadi, deb hisoblaydilar.
Birinchi va qayta homiladorlikni aniqlash. Birinchi va qayta homiladorlik
odatda anamnez yordamida aniqlanadi. Buni aniqlashdagi ob’ektiv belgilardan
biri jinsiy a’zolardagi o’zgarishlardir. Xususan jinsiy teshikning yirilib turishi,
qizlik pardasining qoldiqlari — coruneule murtiformis so’rg’ichga o’xshab
qolgan bo’ladi. Tug’magan ayollarda qizlik pardasi shakli saqlangan, ammo
yirtilgan, bu coruneule hyminalis deyiladi. Tuqqan ayollarda qin keng,
bachadon bo’yni silindr shaklida, uning tashqi teshigi yirik (ko’ndalangiga)
bo’ladi.
Birinchi marta homilador bo’lgan ayollarda bachadon bo’yni to tuqqunga
qadar berk bo’ladi, ammo tuqqan ayollarda tug’masdan 4- 5 hafta ilgariyoq
bachadon bo’yniga bitta barmoqni kiritish mumkin.
Qorin devorini ko’zdan kechirganda ham ayolning tuqqan tug’maganligi
haqida taxmin qilish mumkin. Tuqqan ayollarda qorin devori to’g’ri muskuli
birmuncha ajralgan, terida eski tirtiqlar — striae gravidarumni ko’ramiz, ular oq
chiziq shaklida bo’ladi. Bu tirtiqlar oq rangda bo’lsa, bu avvalgi homiladorlikdan
qolganini, pushti-qizil rangda bo’lsa, hozirgi homiladorlikniki deb xulosa
chiqarish mumkin. Ammo ba’zan bu tirtiqlar homilador bo’lmagan ayollar qorin
devori, sonlarining oldingi sathida uchrab turganini nazarda tutib ko’pchilik
olimlar buni gormonal jarayon natijasi deb talqin qiladilar.
Birinchi homiladorlikda homila boshi tug’ishdan 4—5 hafta ilgari chanoq
kirish qismida bo’ladi. Qayta tuqqanlarda esa to tug’ish jarayoni
boshlanmaguncha homila boshi chanoq kirish qismidan yuqorida turadi.
Tug’ruq dardi boshlanishi bilan asta-sekin chanoq kirish qismiga yaqinlashib,
nihoyat bachadon bo’yni to’la ochilishi bilan joylashib oladi.
Sut bezlarida ham ba’zi o’zgarishlar bo’ladi. Tuqqan ayollarda sut bezlari
birmuncha osilgan, so’rg’ichlari ancha yaxshi bilinadi. Tug’magan ayollarda esa
sut bezlari tarang, uning so’rg’ichlari kichkina bo’ladi. Ayolning birinchi yoki
qayta homiladorligini bilishning sud tibbiyotida ahamiyati katta.
Homilaning tirik yoki o’lganini aniqlash. Dastlab homilaning qanday
o’sayotganiva hayotligini bachadonning oy sari kattalashishi bilan aniqlanadi.
Bachadonning o’sishi kalendar yoki akusherlik oyi bilan belgilanadi va u ma’lum
hajmda bo’ladi. Agar bachadon o’smay qolsa yoki sekin o’ssa, unda homila tirik
bo’lsa ham o’sishdan orqada qolayotganidan (gipotrofiya) xabar beradi. Qayta
bo’yida bo’lgan ayollar homiladorlikning ikkinchi yarmida homilaning
qimirlashini ancha ilgariroq seza boshlaydilar.
Homilaning yurak urishi oddiy akusherlik stetoskopida homiladorlikning 2-
yarmida eshitilsa, fonokardiograf, kardiotopograf, monitorlar yordamida
ertaroq aniqlash mumkin.
Homilaning yurak urishi va qimirlashini ob’ektiv qayd qilish usullari:
I — homilaning FKGsi;
II — homilaning EKGsi;
III— homilaning aktogrammasi
Ammo homilaning yurak urishini eshitganda, albatta, onaning tomir urishi
bilan solishtirish zarur. Onada isitma, kamqonlik yoki yurak kasalliklari
bo’lganda ham tomiri tez urib, unda homila yuragining zarbi bilan almashtirish
mumkin. Homilaning o’lik yoki tirikligini aniqlashda shularni ham hisobga olish
kerak.
Homilaning qimirlashini ona sezmay qolsa, homila o’lgan bo’ladi.
Qog’anoq suvi shimilayotganiga ko’ra bachadon kichiklasha boradi.
Homiladorlar qorin pastida og’irlik sezadilar, og’izlari bemaza bo’lib, etlari
uvishadi, sut bezlari yumshab qoladi. Homilaning tirik yoki o’lganini ultratovush
usulida aniqlash mumkin. Homilaning o’lgani qanchalik erta aniqlansa, ayolga
shunchalik o’z vaqtida yordam berish mumkin bo’ladi. Aks holda ayolda turli
patologik holatlar yuz berishi, xususan bachadonda homila chirishi, qon
ivishining susayishi, o’lgan homilani bachadondan olib tashlash jarayonida
koagulopatik qon ketishi mumkin.
Homiladorlikning davom etishi, uning muddati va tug’ish vaqtini
aniqlash. Homiladorlik, so’nggi hayzning birinchi kunidan hisoblaganda
o’rta hisobda 280 kun yoki akusherlar oyi bilan 10 oy — 40 hafta davom
etadi, lekin ba’zan homiladorlik 280 kundan kam yoki ortiq davom etishi
mumkin.Ayollarda homiladorlik muddatini aniqlashda ko’p qiyinchiliklar
uchraydi, chunki uning qachon boshlanganligini aniq bilish qiyinroq
bo’ladi.
Homiladorlik muddati oxirgi hayzning birinchi kunidan to’la kun yoki
to’la haftalar bilan hisoblanadi. Oxirgi hayzning birinchi kuni 0 kuni, 0-6
kunlar “nol to’la oy haftalik”, 7-13 kunlar esa “birinchi to’la oy haftalik” va
homiladorlikning oxirgi 40- haftasi – “39 to’la haftasi” hisoblanadi.
Akusherlik tajribasida tug’ish vaqtini aniqlash uchun Negel usulidan
foydalaniladi. Buning uchun oxirgi hayzning birinchi kunidan 3 oy orqaga
sanab, unga 7 kun qo’shiladi.Masalan, agar oxirgi hayzning birinchi kuni
20 avgust bo’lsa, 3 oy orqaga sanalib (20 iyul, 20 iyun, 20 may), unga 7 kun
qo’shilsa, demak, tug’ruq kelgusi yilning 27 mayida bo’ladi.
Shuningdek, tug’ish vaqtini ayol homilaning birinchi marta qimirlaganini
sezgan kunidan boshlab hisoblash ham mumkin. Odatda homila birinchi
homiladorlikda 20 haftadan so’ng, qayta homiladorlikda 15 haftadan keyin
qimirlaydi.
Homilador homilaning qimirlashini sezgan kuniga 140 kun (akusherlar
oyidan 5 oy) va qayta homiladorlarda 154 kun (akusherlar oyidan 5,5 oy)
qo’shiladi. Shu yo’l bilan taxminiy tug’ish vaqti aniqlanadi. Lekin tug’ish
vaqtini shu yo’l bilan unchalik to’g’ri aniqlab bo’lmaydi. Chunki ayol
homilaning qachon qimirlaganini unutgan bo’lishi yoki ichaklar
peristaltikasini homilaning qimirlashi deb yanglishgan bo’lishi mumkin.
Tug’ish vaqtini oxirgi hayzning birinchi kuni bo’yicha aniq-
lash muhimdir.
Ultratovush bilan homila yoshini aniqlash ham mumkin. Bunda
homila boshining katta-kichikligi, tanasining uzunligi diagnoz qo’yishda
asosiy belgilardan hisoblanadi.
Homiladorlik muddatini va tug’ish vaqtini aniqlashda bachadon
o’lchovi va tubining balandligini bilish katta ahamiyatga egadir
Homiladorlikning turli muddatlarida bachadon tubining turish balandligi.
Homiladorlikning dastlabki davrlarida, hali bachadon chanoq bo’shlig’ida
turganda uning katta-kichikligi qin orqali tekshirib aniqlanadi. Homiladorlikning
to’rtinchi oyi oxirida bachadon tubi Qindik bilan qov suyagi oralig’ida, simfizdan
4 barmoq enida yuqorida turadi. Demak, bachadonning ko’p qismi katta
chanoqqa o’tgan bo’ladi. Homiladorlikning beshinchi akusherlar oyi oxirida
bachadon katta odam boshidek keladi, uning tubi ikki barmoq enida Qindikdan
pastda turadi. Agar to’rtinchi oy oxirida qorin devorining ko’tarilganligi zo’rg’a
aniqlansa, beshinchi oy oxirida ancha ko’p ko’tarilgan bo’ladi.
Homiladorlikning oltinchi akusherlik oyida bachadon tubi Qindikda,
yettinchi oyi oxirida esa Qindikdan 3 barmoq enida yuqorida bo’ladi.
Homiladorlikning sakkizinchi akusherlar oyida bachadon tubi Qindik bilan
xanjarsimon o’simta o’rtasida, simfizdan 30—32 sm yuqorida turadi, aylanasi
80—85 sm bo’ladi.
Homiladorlikning to’qqizinchi oyida bachadon tubi o’zining eng yuqori
nuqtasiga, ya’ni xanjarsimon o’simtaga taqaladi.Kindik birmuncha do’ppayib
chiqadi.
Homiladorlikning
o’ninchi
akusherlaroyida
bachadon
tubi
homiladorlikning sakkizinchi oy oxirida egallagan joyida, ya’ni Qindik bilan
xanjarsimono’simta orasida turadi. Biroq, bachadon tubi sakkizinchi va
o’ninchi oy oxirida bir xil balandlikda bo’lishiga qaramay, ular bir-biridan
qorin aylanasining o’lchovi bilan farq qiladi: sakkizinchi oyda qorin aylanasi
80—85 sm bo’lsa, o’ninchi oyda 95—98 sm va undan ko’p bo’ladi. Bundan
tashqari, o’ninchi oyda qorin osilgan bo’lib, homiladorning nafas olishi
osonlashadi.
Birinchi marta tug’uvchilarda homiladorlikning sakkizinchi oyida
homilaning boshi chanoqning kirish qismidan yuqorida va qimirlaydigan bo’lib,
o’ninchi oyda chanoqning kirish qismiga suqilgan holatda, qimirlamay turadi.
Qayta tug’uvchilarda esa homilaning boshi homiladorlikning oxirigacha
chanoqning kirish qismidan yuqorida va qimirlaydigan bo’ladi. Bachadon
tubining balandligiga qarab homiladorlik muddatini hamma vaqt ham to’g’ri
aniqlash mumkin bo’lavermaydi.
Bachadonning kattaligi faqat homiladorlik muddatigagina emas, balki
qog’anoq suvining miqdoriga, homilaning katta-kichikligiga ham bog’liqdir
(uning og’irligi odatda 2500 dan 5000 g gacha bo’ladi). Shuningdek,
bachadonning kattaligi bachadon devorining qalinligi, homilaning miqdori,
uning joylashishiga, qog’anoq oldi suvi hajmiga ham bog’liqdir. Qorin
aylanasi Qindik ustidan santimetr tasmachasi bilan o’lchanadi.
Homiladorlikning oxirida qorin aylanasi 96—100 sm bo’ladi, qov suyagi
(simfiz) ustidan bachadon tubining balandligi ham santimetr tasmachasi
bilan o’lchanadi.
Homila uzunligini o’lchash ham homilaning yoshi va homiladorlik
muddatini aniqlashda qo’shimcha usul hisoblanadi. Buning uchun
homiladorni chalqancha yotqizib, odatdagi chanoq o’lchagich bilan
o’lchanadi (o’lchash oldidan homilador qovug’ini bo’shatadi).
Chanoq o’lchagichning bir uchi odatda homilaning chanoq qismi
turadigan bachadon tubiga, ikkinchi uchi esa homila boshining pastki
yuzasiga qo’yiladi (homila qismlarining joylashishi qorin devori orqali
paypaslab ko’rib aniqlanadi). Bu oraliq, V. V. Sutuginning aytishicha, homila
uzunligining yarmisini tashqil qiladi. Shu usulda aniqlangan homila
uzunligidan 2—3 sm qorin devori qalinligiga chiqarib tashlanadi. Shu yo’l
bilan homila uzunligini aniqlab, uni 5 ga taqsimlasak, bizga bachadondagi
homilaning (homiladorlikning) muddati ma’lum bo’ladi. Masalan: chanoq
o’lchagichning ko’rsatishicha, bachadon tubi bilan homila boshi pastki
qismining oralig’i 16 sm bo’lsa, homila uzunligi 32 sm ga teng keladi.
Shundan 2 sm qorin devori qalinligiga chiqarilsa, 30 sm qoladi. Bu uzunlikni
5 ga taqsimlab, homiladorlik muddati oltinchi oyining oxiri (30:5) hisoblanadi.
Shunday qilib, homilaning uzunligiga qarab, uning muddati aniqlanadi.
Homiladorlik muddatiga qarab, homilaning necha oyligi va bo’yini
aniqlash uchun darslikning oldingi boblarida Gaaze chizmasi keltirilgan edi.
Homila boshining ensasi bilan peshonasidagi ma’lum nuqtalar orasi
uning kattaligi hisoblanadi. Bu nuqtalar oralig’i odatda homiladorlikning
to’qqizinchi oyi oxirida 11 sm ga teng bo’ladi. Bu oraliqni o’lchash uchun
homilador chalqancha yotqizib tekshiriladi.
Figurnov chizmasi. Homila 32 haftalik bo’lganida mavjud homiladorlik
belgilariga qarab hamma homilador ayollar 3 turga bo’linadi.
Birinchi turda — uncha katta bo’lmagan (9 sm atrofida) homila boshi
(kichik segmenti) chanoqning kirish qismiga zich suqilib turadi, qorin katta
bo’lmaydi (aylanasi 50 sm atrofida bo’ladi), bachadon tubi simfizdan 23—
25 sm yuqorida, ya’ni xanjarsimon o’simta bilan Qindik oralig’ida turadi.
Bachadon bo’yni kattalashgan bo’ladi.
Ikkinchi turda — homilaning boshi o’rtacha o’lchovda (10 sm atrofida)
bo’lib, chanoqning kirish qismiga suqilib kirgan bo’ladi, qorin aylanasi 100
sm ga yetadi, bachadon uncha katta bo’lmaydi. Uning tubi simfizdan 28 sm
yuqorida, simfiz bilan xanjarsimon o’simta orasida turadi, bachadon bo’yni
birmuncha kattalashgan bo’ladi.
Uchinchi turda — homilaning boshi chanoqning kirish qismida, katta yoki
o’rtacha o’lchovda (10-11 sm), qo’zg’aluvchan bo’ladi. Qorin aylanasi 95—100
sm bo’lib, bachadon tubi Qindik bilan xanjarsimon o’simta oralig’idan
yuqorida turadi va 30/32 sm keladi. Bachadon bo’ynining uzunligi 3 sm
bo’ladi.
Figurnov homila tug’ilish yo’lida chanog’i bilan kelganda bachadon
tubining birmuncha yuqorida turishini hisobga olib, ba’zi o’zgarishlar kiritishni,
homila ko’ndalang kelganda esa boshi kattaligini hisobga olib Alfeld usulidan
foydalanishni (homila uzunligini o’lchashni va boshqalarni) tavsiya etadi.
Bundan tashqari, hozirgi paytda homila katta tug’iladigan bo’lib qoldi
(akseleratsiya), shuni ham hisobga olish zarur bo’ladi. Ayollarga qulay sharoit
yaratish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilani mustahkamlash maqsadida
homiladorlarga tug’ruqdan ilgari beriladigan ta’til 112 kalendar kunga
yetkazildi.
Haftalik homiladorlikni aniqlash mezoni. 30 haftalik homiladorlikni
aniqlash uchun anamnezda quyidagi savollar bilan ayoldan ma’lumot olinadi:
-oxirgi hayz qachon bo’lgan?
-homilador bo’lgan vaqtni ayol taxmin qila oladimi?
-birinchi marta homila qachon qimirlagan?
-akusher-ginekologga ayol birinchi marta kelganda homiladorlik necha
haftalik deb belgilangan?
-oldingi ma’lumot (homiladorlik muddati qancha davom etgan,tug’ilgan
homilalarning og’irligi);
Ob’ektiv ma’lumotlar:
-bachadon tubining qov suyagi ustidan qancha baland turganini aniqlash;
-qorin aylanasini aniqlash;
-ayolning bo’yi va vaznini o’lchash (1-jadval).
Bachadon tubining qov suyagi ustidan qancha yuqorida turganligi
homiladorlik muddatini aniqlashda asosiy belgilardan biridir, bunda ayolning
tana tuzilishi, bo’yi, tana og’irligi, ozg’in yoki semizligi hisobga olinadi.
Bachadon tubining balandligi ko’p ayollarda 30 haftalik homiladorlikda
29-31 sm bo’ladi. Bo’yi 160 sm bo’lgan teri osti yog’ qatlami tana og’irligiga mos
bo’lgan (tana og’irligi 58 kg gacha) homilador ayollarda bachadon tubi 30
haftalik homiladorlikda qov suyagidan 27-30 sm yuqorida bo’ladi. Teri osti yog’
qavati ancha ko’p (semiz) homilador ayollarda bachadon tubi qov suyagidan
30-32 sm baland bo’ladi.
1-jadval
Ayollarda 30 haftalik homiladorlikni aniqlash
Ko’rsatkich
Bo’yi 160sm gacha
Bo’yi
165sm
gacha
Bo’yi
170sm
gacha
Bo’yi
170sm
dan ortiq
Vazni
55kg
Vazni
65kg
Vazni
80kg
Vazni
55kg
Vazni
75 kg
Vazni
90kg
Bachadon tubining
balandligi (sm)
O’rtacha intervali
28
27-29
29
28-30
30
29-31
29
28-30
29
28-31
30
29-32
Qorin aylanasi (sm)
O’rtacha intervali
87
83-90
91
88-94
99
95-103
88
85-91
98
94-102
102
98-106
Bachadon tubi balandligini o’lchashdan oldin qovuq siydikdan
bo’shatiladi, iloji bo’lsa, ichaklar ham bo’shatiladi. Qorin aylanasi Qindik
sohasidan o’lchanadi.
Homilaning peshona-ensa o’lchovi tazomer bilan o’lchanadi, bu 30 haftalik
homiladorlikda 10-11 sm ga teng keladi.
Odatda 30 haftalik homiladorlikda homilaning oldinda keluvchi qismi
chanoq kirish qismining yuqorisida bo’ladi va uni oson qo’zg’atish mumkin.
Agar anamnez va ob’ektiv tekshirishlar yordamida zarur ma’lumotlar olishga
imkon bo’lmasa, homilaning gestatsion yoshi (ona qornidagi yoshidan)
foydalanish kerak.
30 haftalik homiladorlikni aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish
mumkin: son va oyoq suyaklari uzunligi, homila boshining o’rtacha o’lchovi,
homilaning rivojlanishdan orqada qolgan-qolmaganligini aniqlashda ayolning
qorin aylanasini ham o’lchash lozim bo’ladi.
Yuqorida 30 haftalik homilaning fetometriya ko’rsatkichlari keltirilgan (2-
jadval).
2-jadval
Ultratovush bilan tekshirishda fetometriya ko’rsatkichlari
Homiladorlik
muddati
Boshning
biparietal
o’lchovi (sm)
Peshona-ensa
o’lchovi (sm)
Boshning
o’rtacha
chakka
oralig’i-
peshona-ensa
o’lchovi(sm)
3 haftalik
o’rtacha intervali
7,5
8,3-6,7
9,8
10,8-8,8
8,6
9,5
Homiladorlik
muddati
Qorin aylanasi
o’lchovi (sm)
Son suyagi
uzunligi (sm)
Oyoq kattaligi
(uzunligi, sm)
30haftalik
o’rtacha intervali
8,0
9,1-6,8
5,6
6,3-4,7
5,6
6,4-4,8
Agar 30 haftalik homiladorlikni aniqlashda qiyinchilik paydo bo’lsa, bu 3
kishidan iborat shifokorlar hay’ati ishtirokida hal qilinadi.
Homiladorlarning tug’ishga tayyorligini aniqlash
Homiladorning tug’ishga tayyorligi asosan bachadonning qisqarish
xususiyati va bachadon bo’yni xususiyatlariga qarab aniqlanadi. Bachadon
muskullarining qisqarish xususiyatini qo’l va maxsus apparatlar yordamida
belgilash mumqin.
Homilaning rivojlanishi. Odatda homiladorlik davri 280 kun, buni
kalendar oyi bilan hisoblanganda 9 oy, akusherlik oyi bilan 10 oy, ya’ni 40 xafta
davom etadi. Shu muddat davomida urug’langan tuxum hujayradan dastlabki
oy ichida odam embrioni, so’nggi oylarda esa homila tarakkiy kiladi. Amalda
homiladorlik muddati oxirgi xayzning birinchi kunidan boshlab belgilanadi.
Ammo bu muddat taxminiy bo’lib, ba’zan ikki xafgagacha xatoga yo’l ko’yish
mumkin bo’ladi. Homilaning asosiy yoshi yukorida kayd kilganimizdek, xayz
sikli bilan belgilanadi(ovulyatsiya muddatini anik bilish ba’zan kiyin bo’ladi).
Homiladorlikning birinchi oyida tuxum hujayra bo’linadi, embrion va uning
pardalari vujudga keladi. Embrionning birinchi ikki oyidagi xayotida inson
embrioni deb hisoblash mumknn bo’lmaydi, ya’ni uni xayvonlar embrionidan
ajratish kiyin bo’ladi. Uchinchi oyining oxirida embrion asta-sekin odam
ko’rinishiga kirib, homila nomini ola boshlaydi, dum qismi kaltalashadi.
Tanasiga nisbatan katta boshida ko’z, burun va og’izning boshlang’ich qismi va
tashqi jinsiy a’zolar bilina boshlaydi. Qorin bo’shlig’i bekilgan bo’ladi (5.6-rasm).
Rentgenda 7-8 haftalik embrion o’mrov suyagida suyaklanish nuktalari
ko’rinadi, homiladorlikning uchinchi oyida homilaning uzunligi 8-9 sm va
og’irligi 20-25 r bo’ladi. Oyoq - ko’llari shakllanadi. Boshi bilan tanasining
uzunlik nisbati normallasha boradi. Oyok-ko’l barmoklari va tirnoklarining
boshlang’ich alomatlari ko’rina boshlaydi. Tashqi jinsiy a’zolar shakllanadi. Shu
muddatdan boshlab plasentar yoki homila (III qaltis) davri boshlanadi. 4-oyning
oxirida uning uzunligi va og’irligi 120 r, jinsi aniq bilinadi. Homilaning ko’l va
oyoqlari faolroq kimirlaydigan bo’ladi, lekin ona buni sezmasligi mumkin.
Homilaning terisi juda yupka qizg’ish rangda bo’lib, teri osti yog’ qavati
butunlay bo’lmaydi. Homiladorlikning 5-oyi oxirida homilaning uzunligi 25 sm
(oykuni yetgan homila uzunligining yarmi), og’irligi taxminan 300 g bo’ladi,
boshining uzunligi homila umumiy uzunligining uchdan bir qismini tashqil
kiladi. Paydo bo’lgan yog’ bezlaridan yog’ moddasi ajrala boshlaydi. Ajralgan
yog’ bilan ko’chgan teri epidermisi, qazg’ok aralashib, kul rang yog’ni vernix
caseosa hosil kiladi. Bu yog’ homilaning tanasi, peshonasi, orqasi va oyoq-
ko’llarini qoplaydi. Bu davrda homilaning terisi to’k kizil rangga kirib mayin
tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Homilador ayolning qorin devori orqali
stetoskop yordamida homilaning yurak urishi eshitiladi. Homilaning oyok-
ko’llari endi onasiga sezilarli darajada ancha kuchli kimirlaydi. Homila
ichaklarida o’t bilan bo’yalgan axlat (mekoniy) bo’ladi. Homiladorlikning 6-oyi
oxirida homilaning terisi karilarnikiga o’xshab burushgan, boshi va tanasining
ham ma yuzasi tuk bilan qoplangan, kuloq va burun tog’aylari, yumshok
tirnoklar barmok uchlariga yetmagan bo’ladi. O’g’il bolalarda moyak xali moyak
xaltasiga tushmagan, kizlarda esa kichik jinsiy lab va klitor, katta jinsny lablar
yetarlicha rivojlanmaganliga sababli tashqi jinsiy yoriq xali yopilmagan bo’ladi.
7-oylik homilaning uzunlngi 35 sm, og’irligi 1000-1200 g bo’ladi. Arap bola 7
onlik tug’ilsa, yaxshi parvarish kilinganda yashab ketishi mumkin. 8-oy oxirida
homila terisi ancha tekis va mayin tuklar bnlan qoplangan bo’ladi. Homila
uzunligi 40 sm, og’irligi 1500-1600 r. Bu muddatda tug’ilgan bolalar ham xuddi
yetti oy oxmrida tug’ilgan chaqalok kabi yaxshi sharoitda parvarish qilinsa,
yashab ketishi mumkin. 9-oy oxirida homilaning teri ostidagi yog’ qatlami
ancha ko’payishi natijasida terisidagi burushgan joylar tekislanib, ranggi och
pushti bo’lib koladi. Tuklar kamayadi, boshdagi sochlar uzunlashadi, tirnoklar
o’sib, barmoklar uchlariga yetadi. Qulok, burun tog’aylari ancha kattiklashadp.
Homila yetila boshlaydi. Tug’ilgan homila qattik kichkiradi, ko’zini bemalol
ochadi va odatda ko’kraknn ema oladi.Bunday homila deyarli yashashga
kobiliyatli bo’ladi. Bu vaqtda homilaning uzunligi 45 sm, og’irligi 2400-2500 g
keladi. 10-oy davomida homila yetarli darajada rivojlanib oy oxirida to’la
yetiladi. Terisi och pushti rangda, tekis, tirnoklari o’sib, barmoklari uchiga
yetgan bo’ladi, arap 5-oyda homilaning boshi uning gavda uzunligining
uchdan bir qismini tashqil kilsa, 10-oy oxirida to’rtdan birini tashknl qilib, homila
boshi bilan gavdasining nisbati normal holga keladi. Bu muddatda homilaning
bo’yi 50 sm ga, og’irligi 3200-3500 r ra yetadi.
Homilaning yetilganligini ko’rsatadigan belgilar. Homiladorlik
muddatnning oxirida yetilgan homila belgilari kuyidagicha bo’ladi:
1. O’rtacha og’irligi 3000-3500 g (2500 r dan 4000 r gacha), uzunligi (bo’yi)
50-52 sm (45 sm dan ko’p), boshining aylanasi 32-34 sm, chanoq aylanasi 35
sm, chanog’i 28 sm
2. Yetilgan homilaning quloklari, burun tog’aylari kotgan, tirnog’i qaggiq,
barmok uchlaridan chikib turadi. Boshidagi sochi 2 sm ra yetadi, qosh va
kipriklari yaxshi bilinib turadi.
3. Plasentaning onaga (bachadonga) yopishgan satxi kizil, kulrang,
birmuncha yaltiroq (bu xolat ko’chib tushadigan parda hisobiga) bo’ladi, 15-20
bo’lakka bo’lingan bo’laklar oralig’ida to’la bo’lmagan to’sik bor. Bu to’sik
desidual pardadan tashqil topgan.
4. Homilani o’ragan parda 3 qavatdan iborat, amnion homila pardasining
ichki qavati bo’lib, xorionga tegib turadi, bir qavatli silindrik epiteliy bilan
qoplangan bo’ladi, kon tomirlari bo’lmaydi, desidual yoki ko’chib tushadigan
parda bachadonning o’zgargan funksional qavatidir. Desidual parda xorionga
ancha mustaxkam birikkan. Suv pardasi homila tuxumining ichki pardasi
hisoblanadi. Homiladorlikning oxirida yupkalashib, kon tomirlarsiz, silindrsimon
epiteliy bilan qoplanib koladi. Uning 2 qavati bo’ladi: ichki - homilaga karagan
qavati, tashqi - xorionga zich yopishgan to’kima qavati.
5. Qindik tizimchasidan ikkita arteriya, bitta vena tomirlari o’tadi, ularning
ustini suv parda qoplagan bo’ladi. Arteriyadan vena koni, venadan esa arteriya
koni oqadi. Venadan oqadigan kon kislorodga va oziq moddalarga boy bo’ladi.
Qindik tizimchasida soxta tugunchalar bo’lishi mumkin, bu Qindik
arteriyasining buralib qolgan joylarida yoki varikoz sifatida kengayib kolgan
venalar tufayli yuzaga kelgan bo’ladi. Ba’zi xollarda Qindik tizimchasida chin
tugunlar uchraydi, ular homila kimirlaganda qattiq tugilib kolishi va natijada
qon tomirlarda homilaga kon va kislorod o’tmay kolishi mumkin, bu homilani
halokatga olib keladi.
6. Homiladorlikning oxirgi muddatida kog’anoq suvi 50 dan 1000 ml gacha
bo’ladi, ba’zan bundan ko’p bo’lishi mumkin. Bu patologik holat bo’lib,
ko’psuvlik deb ataladi. Qog’anok suvining tarkibi juda murakkab, unda homila
tanasining sochlari, qisman yog’ bezlaridan ajralgan homila tanasini qoplagan
moy va boshka elektrolitlar, mikroelementlar va oqsil mavjuddir.
7. Yetilgan homila tug’ilishi bilan qattik kichqiradi, qimirlaydi, chukur va bir
xil nafas oladi. Uning terisi pushti rang, yelkasi va orqasining yukori qismi mayin
tuk bilan qoplangan bo’ladi. Teri osti qavati yaxshi rivojlangan, terisida
kulrangsimon moy qoldiqlari saklangan bo’ladi.
Yetilgan homila boshining o’lchamlari. Yetilgan homilaning boshi uning
eng katta qismi hisoblanadi. Odatda ona kornidaligida homilaning boshi va
jigari toza qon bilan ta’minlanadi,
shunga ko’ra boshining xajmi
birmuncha katta, shuning uchun
tug’ish
yo’llarida
qarshiliklarga
ko’prok uchraydi. Demak, yetilgan
homila boshi, o’lchovi ham da uning
chanoqqa kirish qismida turishi va
tuzilishini bilish muxim. Chakalok
bosh
suyaklarining
kirg’oklari
(chetlari) bir-biriga tegib tursa ham ,
ular chetida choklari yaxshi tarakkiy
etmagan va bir-birining orasiga
maxkam
kirmagan
bo’ladi.
Choklarning bunday mustaxkam
emasligi
tug’ish
vaqtida
suyaklarning bir-biri ustiga mingashib, boshning birmuncha kichrayib, chanoq
o’lchoviga moslashishiga imkon beradi. Miya qismi suyaklari chakalok
tug’ilishiga kadar to’la suyaklanib bo’lmaydi, bir-biri bilan ko’shiluvchi suyaklar
burchagida 2 ta oralik koladi. Bu liqildok - Fontiulus deb ataladi.
Kichik va katta likildok bo’ladi. Akusherlik tajribasida kuyidagi choklar
amaliy aham iyatga egadir:
Yangi tug’ilgan chakalokniig boshi. Yuqoridan ko’rinishn
1. Ikkita peshona suyagini biriktiruvchi peshona choki (sutura frontalis).
2. Ikkita bosh tepa suyaginm ko’shib oldindan katta likildokqacha, orqadan
knchkina likildokkacha yetadigan o’ksimon chok (sutura sagitallis).
3. Boshning xar ikki tomonida peshona va tepa suyaklarni biriktiruvchi
chok (sutura cornalis).
4. Ensa va tepa suyaklarni biriktiruvchi ensa choki (sutura lamboidea).
5. Boshning xar ikki tomonida chakka va tepa suyaklarini birlashtiruvchi
chok chakka choki (sutura temporalis.
Katta likildoq peshona choki bilan o’ksimon chokning birlashgan joyida
hosil bo’ladi. Bu likildoqlar fakat fibroz pardadan iborat. Katta likildok
(fonticulus magnus) o’tkir burchagi bilan peshonaga, to’mtok burchagn ensaga
qaragan romb shaklida bo’ladi. Katta likildok tomon keladigan 4 ta chokning
x.ar biri likildoqning shu chok tomonidagi burchagining davomi bo’ladi.
Yetilgan homila boshi kuyidagi to’g’ri, ko’ndalang va aylanma o’lchovlar bilan
o’lchanadi.
1. Peshona suyagndagi ikki qosh
oralig’idan ensa do’mbog’igacha bo’lgan
oralik to’g’ri masofa (diametr fronto
occipitalis) deyiladi. Bu 12 sm ra teng. Shu ikkn
o’lchov nuktalari bo’yicha bosh aylanasi 34 sm
keladi.
2. Engakdan ensa suyagining eng uzoq
nuktasigacha bo’lgan oraliqni katta kiyshik
masofa (diametr mento occipitalis) deyiladi.
13-13,5 ra teng. Shu nuktalar bo’yicha
o’lchangan bosh aylanasi 39-42 sm keladi.
3.
Ensa
chukurchasidan
(znsa
do’mbog’idan)
pastda
katta
likildok
o’rtasigacha bo’lgan oralik kichik kiyshik
masofa (diametr subocsiipita bragmaticus) deyiladi. Buning uzunligi 9,5 sm
bo’lib, shu o’lchov nuktalari bo’yncha bosh aylanasi 32 sm keladm.
4. Tepa suyaklar do’mbog’inpng eng uzok oralig’i katta ko’ndalang
masofa (diametr bipatietalis) deyilib, bu 9,5 sm ra teng keladi.
5. Chakka suyaklari eng uzok nuktalarining orasi kichik ko’ndalang masofa
(diametr bitemporalis) bo’lib, 8 sm ra teng bo’ladi.
6. Til osti suyagn soxasndan katta likildoqkacha bo’lgan tik oralik
(sublingva bragmaticus) 9,5 cm ra teng bo’lib, shu o’lchov nuktalari bo’yicha
bosh aylanasi 32 sm keladn. Homila boshining o’lchovlaridan tashqari, tug’ish
jarayonida tana o’lchovlari ham ahamiyatga ega. Ikki yelkaning ko’ndalang
oralng’i (diametr biacromialis) 12 sm ra teng bo’lib, yelkaning shu o’lchov
bo’ypcha aylanasi 35 sm keladi. Dumbalarning ko’ndalang oralig’i (diameter
biliacus) 9-9,5 cm ra teng bo’lib, shu o’lchov bo’yicha dumbalarnnng aylanasi
27-28 sm keladi.
Amaliy ko’nikmalar
Homiladorlik muddatini aniqlash.
(Skulskiy formulasi)
Qadamlar:
Tekshiruv chanoq o’lchagich asbobida o’tkaziladi.
Homilador ayol chalqanchasiga yotadi.
Qovuq bo’shatiladi.
Qorin devori orqali homila qismlari aniqlanadi, chanoq o’lchagichni bitta
tugmasini homila boshi pastki qismiga, ikkinchi tugmasini esa bachadon tubiga
qo’yiladi.
Homila boshi pastki qismidan chanoq sohasigacha, homila uzunligining
yarmini tashqil qiladi (tepa suyagidan tovongacha). Shu sababli homila boshi
pastki qismidan chanog’igacha bo’lgan o’lcham 2 soniga ko’paytiraladi.
Olingan sondan qorin devori qalinligiga 5 sm chegirib tashlanadi.
Aniqlangan homila uzunligini Gaaze koeffitsienti 5 soniga bo’linadi va
homiladorlik muddati kelib chiqadi.
Homila boshining o’lchamlari
1. Kichik qiyshik o’lcham - ensa osti chukurchasidan katta likildokning
oldingi burchagigacha bo’lgan masofa - 9,5 sm. Aylanasi - 32 sm.
2. O’rta kiyshik o’lcham - ensa osti chuqurchasidan peshonaning sochli
qismm chegarasigacha bo’lgan masofa - 10 sm. Aylanasi - 33 sm.
3. Katta qiyshiq o’lcham - zngakdan ensa dumbog’igacha bo’lgan masofa
- 13-13,5 sm. Aylanasi 38-42 sm.
4. To’g’ri o’lcham - burun kansharidan( globella)dan ensa do’mbog’igacha
bo’lgan masofa - 12 sm. Aylanasi - 34 sm.
5. Vertikal o’lcham - tepa suyagi cho’kkisidan til osti soxaspgacha bo’lgan
masofa - 9,5 sm . Aylanasi 33 sm.
6. Katta ko’ndalang o’lcham - tepa suyaklarining eng uzok nuktasi oralig’i
10 sm.
7. Kichik ko’ndalang o’lcham - chakka suyaklarining eng uzok nuktalari
oralig’i 8 sm.
Vaziyatli masala
Birinchi marta bo’lgan ayol homiladorlikning 36-chi haftasida
tug’ruqxonaga keltirilgancha tuhruq faoliyati boshlanmagan, boshida va
qorinning ustki sog’asida qattiq og’riq borligini,ko’z o’ngi xiralashganligidan
shikoyat qilar edi.Bemor 23 yoshda,aytilgan shikoyatlari bundan 3 soat oldin
paydo bo’lgan edi. Ayollar maslaxatxonasi ma’lumotiga ko’ra, siydikda oqsil -
3%, bemor tug’ruqxonaga yotishdan qattiq bosh tortgan.
Ob’ektiv tekshirganda:A/B- 160/100 sim. ust,R-90 marta,badanda shishlar
borligi aniqlandi.Ko’p o’tmay titroq xurujlari paydo bo’ldi, xurujlar orasida es-
xushi xiralasha boshladi.Chanoq o’lchamlari 25-28-31-19sm.Homila bo’ylama
vaziyatda,yurak urishi ritmik daqiqada 132 marotaba.
DIAGNOZI, nima qilish kerak?
Homilador ayolni kuzatishda qanday xatoga yo’l qo’yilgan?
A)Homiladorlik gipertenzion sindromi, ayol o’z vaqtida tug’ruqxonaga olib
kelinmagan.
B)Ayollar
maslaxatxonasida
preeklampsiya
xolatida
bo’lgan.Tug’ruqxonaga
kelganda
eklampsiya
xuruji
boshlangan.Maslaxatxonadagi doya ayolni tug’ruqxonaga yotqizishi lozim edi.
Bu borada qo’pol xato qilingan.
V)Homiladorlik
eklampsiyasi,
ayollar
maslaxatxonasida
yaxshi
davolanmagan.Eklampsiyaga qarshi chora-tadbirlar qo’llash zarur.
TEST SAVOLLARI.
1.Chilla davrining kasalliklarining I bosqichiga kiradi:
*Chilla yarasi, endometrit
Salpingooforit, parametrit;
Septitsemiya va septikopiemiya;
Diffuz peritonit, jadallagan tromboflebit
2.Erta chilla davri patologiyasining asosiy turlariga kiradi:
*Plasenta qismlarini tutilib qolishi, bachadon atoniyasi, qonni ivish tizimini
buzilishi;
Plasenta yetishmovchiligi, bachadon gipotoniyasi;
Tug’ruq shoki;
Ichki jinsiy a’zolarga infeksiya tushishi.
3.Chilla davrining 3-4 kuni. Tana harorati 39°C, qorin pastida og’riq,
tug’ruq yo’llaridan yiringli loxiyalar ajralmoqda. Sizning taxminiy tashxisingiz va
birinchi yordamingiz?
*Endometrit, qindan bakteriologik ekmaga surtma olish, isitmani
tushirish
Endometrit, antibiotiklar, simptomatik davo, suyukliklar
Chilla yarasi, kolpit, surtma olish, antibiotiklar
Pelveoperitonit, antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari
4. Salpingoofarit-bu
*Bachadon ortiqlarini yallig’lanishi.
Qinning shilliq qavatini yallig’lanishi ;
Hayz siklini buzilishi ;
Bachadon shilliq qavatining yallig’lanishi;
O’rgatuvchi testlar
1.
Progesteronnnng fiziologik o’rni?
Bachadon devorining passiv cho’zilishini ta’minlaydi Ko’krak bezlarida
proliferativ jarayonlarni stimullaydi
Urug’langan tuxum hujayraning bachadonga yopishishiga sharoit yaratib
beradi
Gipofizda FSG ekskresiyasini kamaytiradi
Progesteron mikdori yo’ldoshning faoliyati to’g’risida ma’lumot beradi
2.
Qog’anoq suvlariga to’g’ri ta’rif bernng?
Qog’anok suvlarini amnion ishlab chiqaradi Qog’anok suvlarining mikdori
- 0,5-1,5 litr
Qog’anok suvlari tarkibiga oqsillar, uglevodlar kiradi
Qog’anok suvlari homila yaxshi rivojlanishini va xarakatini ta’minlaydi
Qog’anok suvlari tarkibiga karab, homila axvolini bilish mumkin
3.
Qog’anoq suvlariga to’g’ri ta’rif bering?
Qog’anok suvlarini xorion ishlab chiqaradi.
Qog’anok suvlari homilani tashqi noxush ta’sirlardan ximoya kiladi
Qog’anok suvlari tarkibiga mochevina kiradi
Homiladorlik oxirida kog’anok suvlari nisbatan kamayadi
Qog’anok suvlari Qindik tizimchasini homila tanasi bilan bachadon devori
o’rtasida sikilishidan asraydi
4.
Yo’ldoshga to’g’ri ta’rif bering?
Yo’ldosh asosiy massasini vorsinkali xorion tashqil etadi
Yo’ldosh diametri- 15-18 sm Yo’ldosh vazni - 500-600 rp
Yo’ldoshda xorionik gonadotropin, progesteron gormonlari ishlab
chiqariladi
Yo’ldoshning qalinligi - 2-3 sm
5.
Yo’ldosh tarkibiga nimalar kiradi?
Yo’ldosh
Qog’anok pardalari
Kindik
6.
Erkaklar tuxum hujayrasiga (spermatozoidlarga) to’g’ri ta’rif
bering?
Spermatozoidlar uzunligi 50-60 mikron
Spermatozoid 23 xromosomadan iborat
Spermatogenez jinsiy yetilish davrida boshlanadi
Spermatozoidlar tezligi 2-3 mm 1 minutda
Spermatozoidlar ishkoriy muxitda o’z urug’lantirish kobiliyatini 2 sutka
davomida saqlaydi
7.
Ayollar tuxum hujayrasiga to’g’ri ta’rif bering?
Tuxum hujayra diametri o’rtacha 120-150 mikron
Tuxum hujayra ovulyatsiyadan keyin 1-2 sutka davomida urug’lantirish
kobiliyatini saklaydi
Yetilgan tuxum hujayra 24 xromosomadan iborat.
Follikul yetilishi gipofizning FSG va LG bilan boshqariladi
Yetilayotgan primorbid follikulda estrogen gormon ishlab chiqariladi.
8.
To’g’ri javoblarni ko’rsating?
Spermatozoid tuxum hujayra bilan bachadon nayining ampulyar qismida
uchrashadi.
Implantatsiya homiladorlikning 6-7 kunida sodir bo’ladi
Homiladorlik urug’langandan keyin boshlanadi
Ayol jinsli homila pushtn gomozigotali
Trofoblast faolligi hisobiga implantatsiya sodir bo’ladi
9.
To’g’ri javoblarni ko’rsating?
Homila pushti 3 homila pardasi qisobiga himoyalanadi
Implantatsiya trofoblast proteolitik faolligi hisobiga bo’ladi
Qog’anok suvlari normada steril
Tashqaridan xorion vorsinkasi sinsitiy qavati bilan qoplangan (plazmodio-
trofoblast)
Vorsinka sinsitiysi progesteron ishlab chiqaradi
10.
To’g’ri javobni ko’rsating?
Trofoblast urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi
Yo’ldoshning butkul rivojlanishi homiladorlikning 16-18 haftasida to’xtaydi
Yo’ldoshda XG ishlab chiqariladi
Qog’anok suvlarining holatiga qarab homila ahvoliga baho berish mumkin
Kindik tizimchasidan 2 ta arteriya, 1 ta vena tomiri o’tadi
11.
Yo’ldoshning asosiy vazifalari?
Nafas olish
Ajratish
Trofik (oziklantiruvchi)
Himoya
Inkretor
12.
Yo’ldoshda kanday gormonlar ishlab chiqariladi?
Plasentar laktogen (PL)
Xorionik gonadotorpin (XG)
Progesteron
Estrogenlar
Kortizol
13.
Homila boshining to’g’ri o’lchami:
Ikki qosh oralig’idan ensa do’mbog’igacha bo’lgan masofa 12 sm.
14.
Homila boshining katta kiyshik o’lchovi:
Engakdan ensa do’mbog’igacha bo’lgan masofa 13-13,5 sm
15.
Kichik chanoq tor qismining satxi chegarasi bu:
Simfizning pastki kirrasi
Quymich o’ymasi
Dumg’aza - dum birikmasi
16.
Homila boshi quyidagi suyaklardan tashqil topgan:
Ikkita peshona suyagi
Ikkita bosh tepa suyagi
Yuz suyaklaridan
Ikkita chekka
Ensa suyagi
17.
Yetilgan homila boshining to’g’ri o’lchamlarini ko’rsating?
Katta ko’ndalang o’lcham 9,5 sm
Kichik ko’ndalang o’lcham 8,5 sm
Kichik kiyshik o’lcham 9,5 sm
Katta kiyshiq o’lcham 13 sm
O’rta kiyshiq o’lcham 10 sm
18.
To’g’ri javoblarni ko’rsating?
Boshning kichik kiyshiq o’lchami aylanasn 32 sm
Boshning to’g’ri o’lchami aylanasi 34 sm
Boshning katta kiyshik o’lchami aylanasi 38-42 sm
Boshning o’rta kiyshik o’lchami aylanasi 33 sm
Boshning vertikal o’lchami aylanasi 32 sm
19.
Yetilgan homilaning og’irligi va uzunligini ko’rsating:
Uzunligi 48-54 sm
Yelka kengligi 12-12,5 sm
Yelkalar aylanasi 35 sm
Vazni - 2600-5000 g
Chanoq diametri 9,5 sm
20.
Chaqalokning yetilganlik belgilari:
Vazni - 2500-4000 g
Kindik xalqasi qov suyagi bilan xanjarsimon o’simta o’rtasida joylashgan
Terisi pushti rang, teri osti qavati yaxshi rivojlangan, boshdagi sochi
uzunligi 2 sm gacha
O’g’il bolalarda moyak urug’ xaltaga tushgan, kiz bolalarda kichik lablarni
katta lablar yopib turadi
Harakatlari faol, kattik bakiradi, ko’zlari ochik, so’rish refleksi yaxshi
rivojlangan
Qulok va burun tog’aylari kotishgan.
Patologik homiladorlikda hamshiralik ishi
REJA:
1. Homiladorlik davridagi gipertenziv holatlar
2.Homiladorliqda ayollar organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar
3. Homiladorlik davrida moddalar almashinuvi
Jahon Sog’liqni Saqlash Tashqiloti ma’lumotlariga ko’ra homiladorlik
davridagi gipertenziv holatlar uchrashi 7% dan 16% gacha o’zgarib turibdi va
uning ko’p uchrashi ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda kuzatilmoqda. Onalar
o’limining sababi sifatida homiladorlik davridagi gipertenziya holatlari Mustaqil
Davlatlar Hamdo’stligida 24% ni tashqil etadi, masalan Rossiyada – 26,3%,
O’zbekistonda – 15,4%ga yetib, uchinchi o’rinni egallab turibdi. Ma’lumki, uzoq
vaqt davomida onalar o’limi sabablari orasida akusherlik qon ketishlari egallar
edi va 12,5 – 18,2% ni tashqil qilgan, lekin onalar o’limining qon ketish sababi
tahlil qilinganda o’lgan ayollarning umumiy sonidan yarmi (46,7%) homiladorlik
davridagi gipertenziya holati bilan bog’liq bo’lganligi aniqlandi. O’zbekiston
bo’yicha homiladorlik davridagi gipertenziv holatlarda onalar o’limi birinchi
tug’uvchilar orasida ─ 27,5%, Rossiya Federatsiyasida – 54,8%; qayta
tug’uvchilar orasida ushbu ko’rsatkich 17,1% va 38,7% ni tashqil etdi, tez-tez va
ko’p tuqqanlar orasida esa– 33,2%. Perinatal o’lim homiladorlik davridagi
gipertenziya holatlarida 5,3% (18-30‰), kasallanish esa 30% (640-780‰),
homila rivojlanishining orqada qolishi – 40%ni tashqil etadi. So’nggi yillarda
dunyoda homiladorlik davridagi gipertenziya holatlari ko’payib borayotgani,
jarayonni ngtezlashishi va asoratlarining tez rivojlanishi bilan kechishi qayd
etilmoqda. Hozirgi davrda kasallik aniqlanishining sifati yaxshilandi, shu bilan
birga homiladorlik davridagi gipertenziv holatlar xavf guruhining ko’payishiga
sabab bo’ldi.
Homiladorlik davridagi gipertenziv holatlar ko’pincha ekstragenital
patologiyali ayollarda rivojlanadi (64%). Ekstragenital kasalliklar fonida
birgalikda kechadigan homiladorlik davrida gipertenziv holatlar uchrashining
ko’payishga moyilligi aniqlanmoqda, bu esa ma’lum darajada oqibatlari
og’irlashishiga olib kelmoqda.
Homiladorlikning ikkinchi yarmida gipertenziv holatlarning
etiologiyasi va patogenezi
Homiladorlik davridagi gipertenziya holati bu mustaqil kasallik emas, balki
ona organizmining moslashish imkoniyati bilan rivojlanayotgan homila
ehtiyojlarini qondirish orasidagi nomutanosiblik sindromi hisoblanadi.
Homiladorlik davridagi gipertenziya holati – yangi bachadon-plasenta - homila
qon aylanishi shakllanishi bilan bog’liq homiladorlikdan kelib chiqqan asorat,
gemostaz tizimidagi tomir-trombotsitlar halqasining buzilishi, giperagregatsiya
va patologik giperkoagulyatsiya jarayonlarining kuchayishidir. Homiladorlik
davridagi gipertenziya holati qon tomirlar torayishi va hayotiy zarur a’zolardagi
perfuziyasi
bilan
ifodalandi.
Bunda
paydo
bo’lgan
patologik
simptomokompleks hayotiy zarur a’zolar faoliyati buzilishiga (markaziy nerv
sistemasi, buyrak, jigar, fetoplasentar kompleks) va poliorgan yetishmovchilikka
olib keladi.
Etiologiyasi va patogenezi – Homiladorik davridagi gipertenziv
holatlarining eng murakkab jihatlari. Akusherlikdagi hech bir muammo
homiladorlik davridagi gipertenziv holatlar kabi bunchalik sinchkovlik va
talabchanlik bilan, eng yangi klinik-laborator va eksperimental tekshirish
usullarining qo’llanilishi bilan o’rganilmagan va o’rganilishi davom etmoqda.
So’nggi 8-10 yillik davomida homiladorlik davridagi gipertenziv holatlar kelib
chiqishi to’g’risidagi taxminiy nazariyalar 30 dan oshib ketdi, lekin hech biri
ushbu ko’p simptomli kasallikning ko’p belgilarini tushuntira olmaydi.
1916 yilda svayfel eklampsiyani nazariyalar xastaligi deb atagan. O’rganilish
jarayonida turli nazariyalar taklif qilingan edi: infeksion, intoksikatsion, kortiqo-
|