Akusherlik va genekologiyada hamshiralik ishi




Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/57
Sana06.12.2023
Hajmi6,89 Mb.
#112335
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Bog'liq
Akusherlik


PARTOGRAMMANI YOZISH 
Partogramma – tug’ruq jarayoni va erta tug’ruqdan keyingi davrning 
sxematik yozilishi - 10 blokdan iborat. Ularda quyidagi ma’lumotlar kuzatiladi: 
1 blokda – bemor familiyasi, ismi- sharifi, diagnozi, kelgan sanasi va vaqti 
2 blokda - homila yurak urishi va ayol pulsi ko’rsatkichlari. 
3 blokda:
1) homila pufagi holati 
a) butun – I (intact) 
b) yorilgan, toza suvlar – S (clear) 
v) yorilgan, suvlar mekoniyli – M (micony) 
g) yorilgan, suvlar qonli – B (blood) 
2) Boshcha konfiguratsiyasi: 
a) o’q - yoysimon chok yaxshi aniqlanadi – 0 
b) o’q- yoysimon chok yomon aniqlanadi - + 
v) tepa suyaklarining bir-biriga kirishi - ++ 
g) tepa suyaklari bir-biriga botib kirishi - +++ 
4 blokda – tug’ruq boshlangan vaqti, bachadon bo’yni holati, boshchaning 
kichik chanoq yuzalariga nisbatan joylashishi; bachadon bo’yni 3 sm ochilgan 
holda shartli belgini latent faza chizig’iga qo’ying, bachadon bo’yni 5 sm dan 
ortiq ochilganda shartli belgini aktiv faza chizig’iga qo’ying. Dinamikada 
belgilarni partogrammaga har xil soatlarda yozing. Agar belgilar normal 
chegara chizig’idan chiqsa, ko’rikni qaytadan amalga oshirish va tug’ruq 
jarayonini qayta baholash kerak; agar belgilar harakat chizig’iga chiqsa, 
davolash choralarini amalga oshirish kerak. 
5 blok – 10 minut davomida to’lg’oqlar miqdori va intensivligi; 
6 blok - yuborilgan dori preparatlari; 
7 blok – ayolning ikkala qo’lidagi sistolik va diastolik AB, tana harorati va 
siydik analizi ko’rsatkichlari. 
8 blok – chaqaloq ahvoli, jinsi, vazni, uzunligi; 
9 blok – tug’ruqni 3-davrining davomiyligi, yo’ldoshga ta’rif berish, tug’ruq 
yo’llarini ko’zdan kechirishga ko’rsatma. Agar jarrohlik amaliyoti qilingan bo’lsa, 
uni yozing. 
10 blokda – tug’ruqdan keyingi davr kechishi va bemorning tug’ruqdan 
keyingi bo’limga o’tkazilishi. 
AMNIOTOMIYA 
Amniotomiya o’tkazishga ko’rsatmani aniqlang.


O’tkaziladigan muolaja to’g’risida bemorga tushuntiring.
Oraliq va qinni artib tozalang. 
Qinga ko’rsatkich va o’rta barmoqlaringizni kiriting va bachadon bo’yni 
holatini baholang. 
O’qli qisqichlarning uchini qindan kirgizib qog’anoq pufagini teshing. 
Barmoqlaringiz bilan qog’anoq pardani ajrating. 
Homila oldi suvini miqdori va xususiyatini baholang. 
Homila yurak urishini takror eshiting. 
CHAQALOQ AHVOLINI APGAR SHKALASIDA BAHOLASH 
Qadamlar: 
Hozirgi paytda chaqaloq ahvolini Apgar shkalasida baholash tavsiya 
etilgan. Baholashni tug’ilgan zahoti birinchi daqiqasida va besh daqiqadan 
so’ng 5 ta muhim klinik belgilar: yurak urishi, nafas olishi, reflekslar, mushaklar 
tonusi va teri ranggiga asoslanib o’tkaziladi. 
Har bir belgi 3 balli sistemada baholanadi: 0, 1, 2. 
Chaqaloq ahvolini baholash olingan beshta belgi yig’indisiga qarab 
o’tkaziladi. 
Sog’lom tug’ilgan chaqaloqlar ushbu shkala bo’yicha 10-7 ballda 
baholanadi. 
Yengil asfiksiyada tug’ilagan chaqaloqlar 6-5 ballda baholanadi. 
O’rtacha asfiksiyada tug’ilgan chaqaloqlar 4- 5 ballda baholanadi. 
Og’ir asfiksiyada tug’ilgan chaqaloqlar esa 1-3 ballda baholanadi. 
Klinik o’limda tug’ilgan chaqaloqlar 0 ballda baholanadi. 
CHAQALOQLARDA QINDIKNI KESISH VA BIRLAMCHI ARTIB TOZALASH 
Qadamlar: 
Kindikni artib tozalash ikki bosqichda olib boriladi. 
Birinchi bosqich: chaqaloq tug’ilgach Qindik halqasidan 10-12 sm 
uzoqlikda Qindigiga ikkita qisqich qo’yiladi va qisqichlar orasida Qindik kesiladi. 
Ikkinchi bosqich chaqaloqni onasidan ajratgach, qo’lni oqib turgan suvda 
sovunlab yuvib, antiseptik eritma bilan artiladi. 
Kindik qoldig’ini 96%li spirt bilan artilib, Qindik qoldig’i ko’rsatkich va katta 
barmoqlar orasiga olib siqilib, mahkam qilib ipak ip bilan boylanadi yoki 
Rogovin qisqichi qo’yiladi. 
Kindik qoldig’iga uchburchakli boylam qo’yilib tugib qo’yiladi. Chaqaloqni 
bo’limga o’tkazishdan avval, Qindik mahkam boylanganligi qayta tekshirib 
ko’riladi. 


YO’LDOSH AJRALGANLIK BELGILARINI ANIQLASH 
Qadamlar: 
Muolaja tug’ruq yotog’ida o’tkaziladi . 
Shreder belgisi: yo’ldosh ajralgandan keyin bachadon yassilanadi, 
yapaloqlashadi va torayib ajralgan yo’ldosh pastki segmentga tushganiga ko’ra 
uning tubi ancha yuqoriga ko’tarilib qumsoat shakliga kiradi. 
Alfeld belgisi: Qindik tizimchasi tashqaridagi qismining 8-10 sm ga 
uzunlashishidir. 
Kyustner – Chukalov belgisi: qo’lning kaft qirrasi bilan qov suyagi ustidan 
bosiladi, agar yo’ldosh ajralgan bo’lsa, Qindik tashqariga, ajralmagan bo’lsa 
ichkariga suriladi (10.37.-rasm).
Mikulich belgisi: ajralgan yo’ldoshni qinga tushganligi sababli ayolda 
qo’shimcha kuchanish hissi paydo bo’ladi. 
Kyustner-Chukalov belgisi. a - plasenta bachadon devoridan ajralmagan, 
shunga ko’ra Qindik tizimchasi qinga tortiladi; b- plasenta bachadon devoridan 
ajralgan, Qindik tizimchasn qinga tortilmaydi 
YO’LDOSHNI TASHQI AJRATISH USULLARI 
Qadamlar: 
Muolaja tug’ruq yotog’ida, oyoqlarni chanoq-son va tizza bo’g’imlarida 
yozgan holatda yotqizib o’tkaziladi. 
Qovuq kateter yordamida bo’shatiladi. 
Yo’ldoshni ajralganlik belgilari musbat ekanligiga ishonch hosil qilinadi. 
Kindikdan tortib ayolga kuchanish tavsiya etiladi, samara bermasa keyingi 
bosqichga o’tiladi.
Yo’ldoshni chiqarishdan oldin bachadonni o’rta holatga keltiriladi. 
Bachadonni qisqartirish uchun yengil tashqi uqalanadi. 
Abuladze usuli -ikkala qo’l bilan qorin devori o’rta chizig’ida burma hosil 
qilinib, ayolga kuchanish tavsiya etiladi, ajralgan yo’ldosh tug’iladi. 
Kredi-Lazarevich usuli- shifokor ayolni chap tomonidan turib oyoqlariga 
qarab turadi. Bachadon tubini shunaqa ushlanadiki, bunda bosh barmoq 


bachadon oldingi devorida, qo’l kafti tubida va to’rt barmoqlar esa bachadon 
orqa devoriga qo’yib ushlab, bachadonni siqib yo’ldosh chiqaziladi. 
YO’LDOSHNING BUTUNLIGINI ANIQLASH 
Qadamlar:
Yo’ldoshning ona yuzasini tepaga qaratib idishga qo’yib, diqqat bilan 
ko’rib chiqiladi; dastlab yo’ldoshni, so’ngra pardalar ko’rib chiqiladi. Butun 
yo’ldoshda yuzasi tekis, yaltiroq, bo’lakchali. 
«Cho’qilgan» hamda bo’lakchasi yo’q chuqurchalar topilsa, yo’ldosh 
qismlari qolib ketgan deb shubha qilinadi. 
Yo’ldoshni ko’rganda uning butunligi, pardalarining yorilgan joyi 
aniqlanadi. 
Qog’anoq pardalarida qon tomirlari yo’nalishi qo’shimcha bo’lak bor- 
yo’qligini bilish uchun ko’riladi. Agar tomirlar oxirida yo’ldosh bo’lagi bo’lmasa, 
u bachadonda qolib ketgan bo’ladi. 
Qog’anoq pardalari yetishmasa, ular bachadon bo’shlig’ida qolib ketgan 
deb hisoblanadi. 
YO’QOTILGAN QON MIQDORINI ANIQLASH 
Qadamlar: 
Tug’ruqdan oldin ayol vazni o’lchanadi. 
Tuqqan ayol ostiga bola tug’ilgan zahoti lotok(qayiqcha) qo’yiladi. 
Yo’ldosh ajralib chiqqach va tug’ruq yo’llarini ko’rib bo’lgach, lotokda 
yig’ilgan qonni maxsus belgilangan 1-2 l hajmli idishga quyiladi. 
Tagliklarni olib ishlatilguncha va ishlatib bo’lgandan so’ng(qonli) og’irligi 
o’lchanadi. 
Ishlatib bo’lgan tagliklar vaznidan, ishlatilmaganini vazni olib tashlanib, 
farqi aniqlanadi. Mana shu farq yo’qotilgan qon miqdorini ko’rsatadi. 
Maxsus belgilanagan idishdagi qon miqdoriga tagliklardagi qon miqdori 
qo’shilib yo’qotilgan qon hajmi aniqlanadi. 
7.Ayol vazniga nisbatan yo’qotilgan qon miqdorini hisoblash 
to’g’riroqdir, vazniga nisbatan 0,5% qon yo’qotish fiziologik qon yo’qotish 
deyiladi. Masalan, tana vazni 70kg x 0,5=350ml 
Amaliy ko’nikmalar. 
YO’LDOSHNI QO’L BILAN AJRATISH 
Tayyorgarlik. 
Kerakli asboblarni tayyorlash. 


Bemorga muolaja haqida tushuntiring. Uni daqqat bilan eshiting
savollariga javob bering, uni tinchlantiring. 
Butun muolaja vaqtida bemorni emotsional qo’llab- quvvatlang. 
Bemordan siydik qopini bo’shatishni so’raymiz yoki unga kateter qo’yamiz. 
Anesteziya qilamiz. 
Antibiotik profilaktik dozasini yuboramiz. 
Qo’lni yuvamiz yoki antiseptik eritma bilan qo’lni artamiz va sterillangan 
qo’lqop yoki chuqur dezinfeksiyalangan qo’lqop kiyamiz. 
Muolaja. 
Pinset bilan qindik halqasini ushlanadi va sekin uni tortiladi. 
Bir qo’limizni bachadon bo’shlig’iga kiritamiz va yo’ldosh yopishgan joyni 
topamiz. 
Ikkinchi qo’limizni qorin devoriga qo’yib kontraksiya qilib ushlaymiz. 
Bachadondagi qo’limizni sekin-asta arrasimon harakatlar bilan 
yo’ldoshning yopishgan joylarini ko’chiramiz, bachadon devoridan 
yo’ldoshning hamma qismlari ajralmaguncha davom ettiramiz. 
Bachadon bo’shlig’idan qo’limizni olamiz, bachadon tubini bosishni 
davom ettiramiz (kontraksiya). 
Tomir ichiga oksitotsin yuboramiz. 
Qon ketish profilaktikasi uchun bachadon tubini tashqi uqalaymiz. 
Agar ko’p miqdorda qon ketsa metil ergometrin mushak orasiga yoki 
prostaglandin yuboriladi. 
Yo’ldosh ona tomonini yaxshilab ko’zdan kechiriladi, uning butunligiga 
ishonch hosil qilinadi. 
Bachadon bo’yni va qinni ko’zdan kechiramiz. 
Muolajadan keyin. 
Qo’lqop yechishdan oldin ishlatilgan materiallarni konteyner yoki plastik 
qopga solinadi. 
Ishlatilgan shprislar va ignalarni teshilmaydigan konteynerga solinadi. 
Qo’lqop yechiladi va 0,5% xlorli ohakka solinadi. 
Qo’llarni yaxshilab yuviladi, bachadon qisqarayotganligini kuzatamiz. 
Tug’ruq tarixiga yoziladi. 
BACHADON BO’SHLIG’INI QO’L BILAN TEKSHIRISH 
1. Kerakli jihozlarni tayyorlang
2. Ayolga ( va uning yaqinlariga ) qilinadigan muolajani tushuntiring, unga 
diqqat bilan quloq soling, savollariga javob bering, tinchlantiring .
3. Ayoldan siydik qopini bo’shatishini so’rang yoki kateterlang . 
4. Anesteziya qiling . 
5. Antibiotikning profilaktik dozasini yuboring. 


MUOLAJA 
1. Qo’llarni yaxshilab yuvib yoki antiseptik eritma bilan ishlov berib steril 
yoki ChD qo’lqopni kiying. 
2. Qorin oldi devoriga steril salfetkani chap qo’l bilan qo’ying
3. Bir qo’lni bachadon bo’shlig’iga kiriting 
4. Ikkinchi qo’lingiz bilan bachadon tubini qorin devori orqali ushlab oling. 
5. Bachadon bo’shlig’idagi qo’lni sekinlik bilan arrasimon harakat qilib 
bachadon bo’shlig’idan yo’ldosh qoldiqlarini ajrating
6 Bachadon bo’shlig’idan yo’ldosh qoldiqlarini hammasi ajragandan so’ng 
qo’lni qon quyqalari va qoldiqlari bilan birga bachadon bo’shlig’idan chiqaring, 
bachadon tubini bosishni davom ettiring. 
7. Tomir ichiga oksitotsin kiriting . 
8. Qon ketishini profilaktikasi uchun bachadon tubini tashqi massaj qiling.
9. Agar ko’p miqdorda qon ketsa t/i metilergometrin yoki prostaglandinlar 
yuboring. 
10. Ayolni ko’zguda ko’ring va bachadon bo’ynini yoki qinni barcha 
yirtilishlarini tiklang.
QORIN AORTASINI BOSISH 
1. Qindikdan ozgina chapga va yuqoriga qo’lingizni musht qilib qo’ying. 
2. Qorin aortasini bevosita qorin devori orqali bosing. 
3. Ikkinchi qo’l bilan a.femoralis(son arteriyasi )ni paypaslab bosilish 
darajasini aniqlang. 
4. Qon ketishi to’xtaguncha bosishni davom ettiring, bachadon qisqarishini 
va vaginal qon ketishini kuzatib turing. 
BACHADONNI BIMANUAL BOSISH 
Tayyorgarlik. 
1. Ayolga muolaja haqida tushuntiring, uni diqqat bilan eshiting. 
2. Ayolni emotsional qo’llab- quvvatlang. 
3. Individual himoya vositalarini kiying. 
Bimanual bosish. 
1. Qo’llarni yuving va chuqur zararsizlantirilgan dezinfeksiyalangan yoki 
steril qo’lqop kiying. 
2. Tashqi jinsiy a’zo va oraliqni artib tozalang. 
3. Bir qo’lingizni musht qilib qin oldingi gumbaziga kiriting va bachadon 
oldingi devorini bosing.
4. Boshqa qo’lingizni qorin ustidan bachadonni orqasidan ushlang, 
qorinni
shunday bosingki, bachadon orqa devorini simfiz tomonga itaring. 
5. Qon ketish to’xtaguncha va bachadon qisqarguncha davom ettiring. 


Muolajadan keyin. 
1. Qo’lqop yechishdan oldin ishlatilgan materiallarni konteyner yoki plastik 
qopga solinadi. 
2. Qo’lni yaxshilab yuving. 
3. Qindan qon ketishi va ayolning hayot ko’rsatkichlarini kuzating, 
bachadon yaxshi qisqarganligiga ishonch hosil qiling. 
Vaziyatli masala №1 
Birinchi marta bo’lgan ayol xomiladorlikning 36-chi haftasida 
tug’ruqxonaga keltirilgancha tuhruq faoliyati boshlanmagan, boshida va 
qorinning ustki sog’asida qattiq og’riq borligini,ko’z o’ngi xiralashganligidan 
shikoyat qilar edi.Bemor 23 yoshda,aytilgan shikoyatlari bundan 3 soat oldin 
paydo bo’lgan edi. Ayollar maslaxatxonasi ma’lumotiga ko’ra, siydikda oqsil -
3%, bemor tug’ruqxonaga yotishdan qattiq bosh tortgan. 
Ob’ektiv tekshirganda:A/B- 160/100 sim. ust,R-90 marta,badanda shishlar 
borligi aniqlandi.Ko’p o’tmay titroq xurujlari paydo bo’ldi, xurujlar orasida es-
xushi xiralasha boshladi.Chanoq o’lchamlari 25-28-31-19sm.Xomila bo’ylama 
vaziyatda,yurak urishi ritmik daqiqada 132 marotaba. 
DIAGNOZI, nima qilish kerak? 
Xomilador ayolni kuzatishda qanday xatoga yo’l qo’yilgan? 
A)Xomiladorlik gipertenzion sindromi, ayol o’z vaqtida tug’ruqxonaga olib 
kelinmagan. 
B)Ayollar 
maslaxatxonasida 
preeklampsiya 
xolatida 
bo’lgan.Tug’ruqxonaga 
kelganda 
eklampsiya 
xuruji 
boshlangan.Maslaxatxonadagi doya ayolni tug’ruqxonaga yotqizishi lozim edi. 
Bu borada qo’pol xato qilingan. 
V)Xomiladorlik 
eklampsiyasi, 
ayollar 
maslaxatxonasida 
yaxshi 
davolanmagan. Eklampsiyaga qarshi chora-tadbirlar qo’llash zarur. 
Vaziyatli masala№2 
Birinchi tug’uvchi 23 yoshli ayol 10 soatdan buyon dard tutib, 12 soat oldin 
suv ketganligini shikoyat kilgan xolda tug’rukxonaga kabul kilindi. Chanoq 
o’lchamlari: 26-29-30-21 sm. Har 5-6 minutda dard takrorlanib, u 30 sekund 
davom etmoada. Bachadon tubi sathi - 35 sm, korin aylanasi - 102 sm ga teng. 
Qin orqali tekshirilganda: bachadon bo’yni tekislanib, chekkalari yupkalangan 
va u 5 sm ga ochilgan. Homila boshi chanoq bo’shlig’ining III tekisligida, o’q-
yoysimon chok bilan chap kiyshik o’lchamda turibdi, kichik likildoq esa chap va 
orqaga karagan.
1. Diagnoz qo’ying.
2. Homilaning taxminiy og’irligini aniqlang.
3. Tug’ruqni olib borish taktikasini aniklang. 


O’rgatuvchi testlar. 
1. Tug’ruk jarayoni kanday 3 davrga bo’linadi?
Bachadon bo’ynining ochilish davri.
Homilaning xaydalish davri.
Yo’ldosh ajralish davri.
2. To’lg’ok dardlarini ta’riflovchi 4 ta asosiy xususiyatlarni aytib o’ting:
Davomiyligi.
Kuchi.
Soni.
Og’rikliligi.
3. Bachadon bo’ynining ochilishiga olib keluvchi 3 ta asosiy jarayonni 
ayting: 
Kontraksiya.
Retraksiya.
Distraksiya.
4. Tug’ruq faoliyati boshlanishining 2 ta belgisini ayting. 
Muntazam bo’lgan dardlar.
Bachadon bo’yni ochilishining dinamikasi.
5. Oldingi ensa ko’rinishidagi tug’ruk biomexanizmining lahzalarini 
ko’rsating.
Birinchi laxza - boshning bukilishi.
Ikkinchi lahza - boshning ichki burilishi. 
Uchinchi laxza - boshning yozilishi.
To’rtinchi laxza - tananing ichki va boshning tashqi burilishi.
6. Oldingi ensa ko’rinishidagi tug’ruq biomexanizmiga nimalar xos?
Utkazuvchi nuqta - kichik likildok .
Bola boshi kichik chanoqka o’k-yoysimon chok bilan bukilgan xolda 
ko’ndalang o’lchamda kiradi.
Bosh kichik kiyshik o’lcham bilan tug’iladi - 9,5.
Yorib chiquvchi aylana 32 sm ra teng.
7. Bachadon devoridan yo’ldoshning Shuls usuli bo’yicha ajralishida 
kuyidagilar aniklanadi.
Retroplasentar gematoma hosil bo’ladi.
Yo’ldosh ajralayotganda tashqi kon ketish bo’lmaydi.
Yo’ldosh xomila sathi bilan tug’iladi.
Qon yo’kotish odatda kam miqsorda.
Bachadon devoridan yo’ldoshning ajralishi markazdan sodir bo’ladi.
8. Ko’chgan yo’ldoshni Krede-Lazarevich usuli bo’yicha ajratish texnikasi
Qovukni bo’shatish.


Bachadonni o’rta xolatga keltirish.
Bachadon kiskarishini chakirish uchun ko’l bilan yengilgina (massaj kilish) 
ukalash.
Ayolni chap tomonida turib bachadonni shunday ushlash kerakki, bunda 
katta barmoq bachadonning oldingi devorida, bachadon tubi kaftga tegib 
turishi, 4 barmoq esa bachadonning orqa devoriga tegib turishi kerak.
Bachadondan yo’ldoshni siqib chiqariladi.
9. Birinchi tug’ayotgan ayolda fiziologik tug’ruk davrlarining vaqti va 
ularning umumiy davomiyligi.
Birinchidavr: 10-11 soat.
Ikkinchi davr: 1 soatdan 2 soatgacha.
Uchinchi davr: 5 minutdan 30 minutgacha.
Umumiy davomiyligi - 12-16 soat.
10. Qayta tug’ayotgan ayollarda fiziologik tug’ruk davrlarining vaqti va 
ularning umumiy davomiyligi.
Birinchi davr - 7-9 soat.
Ikkinchidavr Yuminutdan 1 soatgacha.
Uchinchi davr - 5minutdan 30 minutgacha.
Umumiy davomiyligi - 8-11 soat.
11. Tug’ruqning birinchi davrida kanday 3 ta faza farqlanadi?
Latent - tug’ruq faoliyati boshlanishidan bachadon bo’g’zining 3-4 sm 
ochilishigacha bo’lgan vaqt.
Faol faza - bachadon bo’g’zining tezlik bilan 4 sm dan 8 sm gacha ochilishi 
bilan xarakterlanadi.
Sekinlashish fazasi - bachadon bo’g’zining 8 sm ga ochilishidan boshlab 
boshning siljishi boshlanishigacha.
12. Homila boshining kichik chanoq tekisliklariga nisbatan munosabatini 
aniklashning 3 usulini ayting:
Leopold-Leviskiy bo’yicha tashqi akusherlik tekshiruvining 3 - usuli.
Leopold-Leviskiy bo’yicha tashqi akusherlik tekshiruvining 4 - usuli.
Qin orqali tekshirish.
13. Tug’rukdagi fiziologik qon yo’kotish kanday bo’ladi?
250-500 ml.
Tana vaznining 0,5% gacha kon yo’kotish.
14. Tug’rukni I davrida e’tibor karatish lozim bo’lgan 2 ta ko’shni a’zolarni 
ko’rsating va nima uchun?
Qovuk.
Ichaklar.
Tug’ruqning 2 -davrida bu a’zolar xomila boshining o’tishiga to’skinlik 


kilishi mumkin.
15. Tug’rukning II davrida ko’llaniladigan akusherlik usulining 5 lahzasini 
ayting?
Homila boshining vaqtidan oldin yozilishiga to’skinlik kilish.
Jinsiy yoriqdan xomila boshini avaylab chiqazish.
Boshning tepa do’mboqlari chiqayotganda oraliq taranglashishini 
kamaytirish.
Kuchaniqni boshkarish.
Yelkalarining chiqarilishi va tanasining tug’ilishi.
16. Tug’rukning II davrida shifokor kanday 5 ta asosiy parametrlarga aham 
iyat berishi lozim va nima uchun?
Ayolning umumiy axvoli.
Tug’ruk faoliyatining xarakteri.
Homilaning yurak urishi.
Homila oldin kelgan qismining siljishi.
Jinsiy yo’llardan kelayotgan ajralmalar.
17. Qanday 2 usul bilan yo’ldosh bachadon devoridan ko’chadi?
Shuls-markazdan.
Du nkan-chetidan.
18. Qanday 5 ta belgi yo’ldoshning ko’chganligidan dalolat beradi? 
Shreder belgisi.
Alfeld belgisi.
Chukalov-Kyustner belgisi.
Kleyn belgisi.
Mikulich belgisi.
19. Yo’ldoshni qanday 3 xil usul bilan tug’dirib olish mumkin?
Abuladze usuli
Krede-Lazarevich usuli
Yo’ldoshni ko’l bilan ajratib chiqazish
20. Tug’rukning I davrida shifokor kanday asosiy 3 xolatga aham iyat 
berishi lozim?
Ayolning umumiy axvoli.
Bachadon bo’ynining ochilish dinamikasi.
Homilaning yurak urishi.
21. Tug’uvchi ayol umumiy xolatini baxolashda e’tiborni qaratish zarur 
bo’lgan 6 ta asosiy ko’rsatkichlarni ko’rsating?
Puls.
Qon bosimi.
Shikoyatlar (bosh og’rig’i, ko’rishning o’zgarishi, epigastriyda og’riq).


Dard xususiyati.
Bachadon xolati (tonus, maxalliy og’rik).
Homila yurak urishi.
22. Dunkan bo’yicha yo’ldosh ajralishi:
Retroplasentar gematoma hosil bo’lmaydi.
Yo’ldosh tashqi jinsiy yo’llardan pastki kirrasi bilan oldinga qarab chiqadi.
Yo’ldosh chetidan ajraladi.
Tashqariga qon ketadi.
23. Tug’ilgan chakalokni Apgar shkalasi bo’yicha baholash belgilari:
Nafas olish.
Reflektor ko’zg’aluvchanlik.
Mushaklar tonusi.
Teri rang’i.
Yurak urishi.
24. Abuladze usuli:
Siydik chiqariladi.
Qorin oldi devori uzunasiga ikkala ko’l bilan burma qilib ushlanadi.
Ayol o’zi kuchanishi kerak.
25. Homila boshi egilishining sababi:
Bachadon ichi va qorindagi bosim hisobiga.
Ta’sir etuvchi kuch bachadon tubidan xomila umurtqa pog’onasidan 
xomilaning boshiga ta’sir etadi. 
Umurtqa pog’onasi homila boshi bilan richag kabi birikkan.
26. Shreder belgisi:
Bachadon shakli uzunchok. 
Bachadon tubi Qindikdan yuqori.
Bachadon o’ng tomonga egilgan. 
27. Qog’anok suvining yorilishi o’z vaqtida:
Tug’rukning I davri oxirida.
Bachadon bo’yni to’la ochilganda.
28.Tug’ruk xabarchilarining asosiy 4 ta belgisini aytib o’ting?
Bachadon tubining tushishi.
Shilliq tikinning ajralishi.
Tana vaznining kamayishi.
Bachadon muskullari ko’zg’aluvchanligining oshishi.
29. Fiziologik xomiladorlikning davomiyligi qancha?
280 kun.
40 xafta.
10 oy. 


 
Test savollari 
1. Kuyidagi AKBda antigipertenziv preparatlar kilinadi 
A. 90 mm sim ust va yukori 
B. 100 va 110 mm rt st orasida 
B. 110 mm rt st va undan ortiq 
G. 120 mm rt st va undan yukori 
D. 90 mm.rt.stdan yukori 
2. Og’ir preeklampsiya yoki eklampsiyada gipotenziv terapiyaning maksadi 
AKBni
A.normal mikdorda ushlab turish
B.80 mm rt stdan pastda
V.80mm rt st va 90 mm rt st o’rtasida
G. 100-110 mm.rt.stda. 
D.90 mm rt st va 100 mm rt st o’rtasida 
3. HELLP sindromning belgilari bu: 
A.Kungil aynishi,kusish
B.Ung kovurga ostida ogrik
V.Jigar katgalashishi
G.Trombotsitlarning kamayishi
D.Yukoridagilarning barchasi 
4. Ogir preeklampsiya va eklampsiyadan sung tirishishga karshi terapiya 
A.Tugrukdan sung darxol tuxtatiladi
B.Oxirgi tirishishdan sung 48 coat davom etadi
V.Tugrukdan 6 soatdan keyin guxtatiladi
G.Oxirgi tirishdan sung 12 soat davom etadi
D.Oxirgi tirishdan sung 24 soat davom etadi 


AKUSHERLIK QON KETISHLARI VA ULARDA SHIFOKORGACHA 
SHOSHILINCH YORDAM 
REJA: 
1.Tug’ruqning uchinchi davrida kon ketishi sabablari 
2. Plasentaning noto’g’ri yopishishi, tasnifi, etiologiyasi, diagnostikasi va 
olib borish taktikasi. 
3. Plasentaning tug’ilish jarayonining buzilishi, diagnostikasi, olib borish 
taktikasi. 
4. Qon ketishni to’xtatish chora-tadbirlari. Yo’ldoshni ajratib olish usullari. 
Asoratlari. Operativ aralashuvlarga ko’rsatma. 
5. Ilk chilla davrida qon ketishi sabablari. 
6.Ilk tug’ruqdan keyingi davrda qon ketishni to’xtatish usullari. 
Operatsiyaga ko’rsatma. 
Akusherlikdagi qon ketishlar. Akusherlikdagi qon ketishlarda hamshiralik 
parvarishi. Normal holatda tug’ruqda ayol 300-450 ml miqdorda qon yo’qotadi. 
Ma’lumki, plasenta joylashgan qismidan tug’ruqning I- II davrlarida bachadon 
devoridan ajralmaydi. Bunga sabab o’zidan ajralgan progesteron 
bachadonning bioelektrik holatini o’zgartiridi, uni birdaniga qisqarishini 
pasaytiridi, farmakologik reaktivligini susaytiradi, serotoninning tonusini 
oshirishini to’xtatadi. 
Shu davrda qon ketishi sabablari 
Yo’ldoshning bachadon devoridan noto’g’ri ajralishi 
Ajralgan yo’ldoshning bachadonda tutilib qolishi 
Tug’ruq yo’lidagi jarohatlar 
Gipotonik qon ketishi 
Plasentaning bachadon devoriga qattiqroq yoki qattiq yopishishi 
Yo’ldosh ajralish davridagi qon ketishlar ayrim hollarda normaga nisbatan 
chuqurroq bachadon devoriga yopishishi bilan bog’liq. 
Klinikasi. 
Plasenta birikish anomaliyasida qon ketish asosiy simptom hisoblanadi. 30 
minut davomida qon ketish yoki plasenta ajralish belgilari kuzatilmasa, 
bachadon tonusini oshiruvchi vositalarning foydasi bo’lmasa, 10 minutdan 
keyin bachadon bo’shlig’i qo’l bilan tozalanadi. Qon ketish 300ml dan ko’p 
bo’lgan hollarda ham bachadon bo’shlig’i qo’l bilan tekshirib ko’riladi. Plasenta 
chin birikishini plasentani bachadon devoridan jarrohlik yo’li bilan ajratish 
vaqtida bilinadi. Plasentaning qisman chin birikishida uning bir qismi 
ko’chganligi uchun qon ketish kuzatiladi va Krede usuli qo’llanadi To’liq zich 
birikishida majburiy ajratish usullari qo’llanilmasa, kuch ishlatilmasa qon
Krede usuli. ketish kuzatilmaydi.


Tug’ruqning uchinchi davrida qon ketish kuzatilmasa, plasenta ajralish 
belgilari kuzatilmasa hamma ayollarda plasenta qo’l yordamida ajratiladi.
Plasenta ajralishining ushlanib qolishi. Plasenta ajralishining ushlanib 
qolishida qon ketmasligi mumkin. Agar yo’ldosh ko’rinayotgan bo’lsa, ayolga 
kuchanib uni itarishini so’rang. Agar qinda yo’ldosh borligini sezsangiz uni olib 
tashlang. 
Siydik pufagi bo’shlig’iga ishonch hosil qiling. Zaruriyatga qarab
siydik pufagini kateterizatsiya qiling. 
Agar yo’ldosh ajralmagan bo’lsa, III davrni aktiv olib borilganda 
hali ishlatilmagan bo’lsa, 10 birlik oksitotsinni m/o ga yuboring. 
Ergometrinni ishlatmang, chunki bu preparat bachadonning tonik 
qisqarishlariga va yo’ldoshning ushlanib qolishiga olib keladi. Agar oksitotsin 
bilan olib borilgan stimulyatsiyadan 30 minutdan so’ng yo’ldosh ajralmasa, 
bachadon qisqargan bo’lsa, u holda Qindik tizimchasini nazoratli tortish 
yo’lidan foydalaning.
Eslatma: Qindik tizimchasini qattiq tortishdan va bachadon tubiga qattiq 
bosishdan ehtiyot bo’ling, chunki bunday harakatlaringiz bachadonning 
ag’darilib qolishiga olib keladi. Agar Qindik tizimchasini nazoratli tortish foyda 
bermasa, u holda plasentani qo’l bilan ajratishga kirishing
Yo’ldoshni qo’l yordamida olib tashlash. 
Ko’rsatmalarni baholang. 
Yordam ko’rsatishning asosiy qonunlariga amal qiling va t/i ga suyuqlik 
quyishni boshlang. 
• Ruhan qo’llab-quvvatlang. Diazepam v/i ga ohista yuboring yoki ketamin 
quying. 
• Oldini oluvchi antibiotiklarning bir martalik miqdorini belgilang 
o Ampitsillin v/i 2g+metronidazol v/i 500 mg;
o Yoki sefazolin v/i 1g+metronidazol v/i 500 mg 
• Kindikni qisqichda ushlab turing. Polga parallel joylashgunga 
qadarkindikni ehtiyotkorlik bilan torting. 
• Zararsizlantirilgan qo’lqop kiyib, qo’lingizni qinga kiriting vakindik bo’ylab 
uni bachadon ichiga olib boring. 
• Kindikni qo’yib yuboring va bachadon ag’darilishining oldini olish, 
bachadon tubini ushlab qolish va yo’ldoshni olib tashlashda bog’lamlarini 
chetga surish uchun ikkinchi qo’lingizni ona qorniga qo’ying.

Download 6,89 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akusherlik va genekologiyada hamshiralik ishi

Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish