7. Ona va chaqaloqning birga bo’lishini amaliyotga tatbiq qilish va ularni
24 soat davomida palatada birga bo’lishlariga ruxsat berish;
8. Talab bo’yicha ko’krak bilan ovqatlantirishni rag’batlantirish;
9. Ko’krak bilan boqilayotgan chaqaloqlarga hech qanday tinchlantiruvchi
yoki ko’krakni aks ettiruvchi sun’iy vositalarni bermaslik;
10. Ko’krak bilan boqishni qo’llab-quvvatlovchi guruhlar tashqil etilishini
rag’batlantirish va onalarni shifoxonadan chiqqanlaridan so’ng ushbu
guruhlarga yuborish.
11.Istisnosiz ko’krak suti bilan emizishni qo’llab-
quvvatlash va
rag’batlantirish maqsadida OP larini jalb etish va “Bolaga do’stona munosabatli
shifoxona “ nomini olishga tayyorlash va maqsadga erishish.
Ko’krak bilan emizishning afzalliklari:
Ona suti- to’laqonli ozuqa
Yengil hazm bo’ladi va to’laqonli foydalaniladi
Infeksiyadan himoya qiladi
Ko’krak bilan emizish hissiy bog’liqlikni ta’minlaydi
Onani bevaqt homiladorlikdan saqlaydi
Onaning salomatligini saqlaydi
Sun’iy arlashmadan arzon turadi.
Ko’krak suti bilan boqishga qarshi ko’rsatma:
• agar bolalarda galaktozemiya (50000 boladan 1tasida yuzaga chiquvchi
kamdan-kam uchraydigan kasallik) yoki fenilketonuriya bo’lsa;
• onasi radioaktiv va sitostatik moddalar qabul qilayotgan bo’lsa;
• OIV (SPID) bilan zararlangan onalar, havo-tomchi yo’li bilan yuquvchi
yuqumli kasalliklar bilan kasallangan onalar (difteriya va atipik pnevmoniyaning
og’ir shakli).
Tug’ruq kompleks(bo’lim)larida yangi tug’ilgan chaqaloqlarga tibbiy
yordamni tashqil qilish yo’riqnomasi.
Chaqaloqlar parvarishini tashqil etish xududiy tamoyillarini e’tiborga
olgan holda amalga oshiriladi.
Asorat bilan tug’ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish tug’ruqqa yordam
berish muassasalarining birlamchi va ikkilamchi darajalarida differensiyalangan
holda, kasblararo hamkorlikda tashqil etiladi.
JSST tavsiyalariga ko’ra chaqaloqlarni onalari bilan birga bo’lishini
ta’minlash.
Ko’krak bilan boqish asoslarini keng ko’lamda tadbiq qilish, chaqaloqlar
parvarishini bolalarga do’stona munosabatdagi
shifoxonalar nomini olish
dasturi asosida amalga oshirish.
Chaqaloqlar parvarishi demedikalizatsiya foydasiga ko’rib chiqilgan,
neonatalog manbalaridan, ilmiy jihatdan samaraliligi
isbotlanmagan dori
darmonlar olib tashlangan.
JSST tavsiyalarini inobatga olgan xolda chaqaloqlarni birlamchi
jonlantirish standart protokollari qayta ko’rib chiqilgan va qabul qilingan.
Asoratli chaqaloqlarni olib borish standartlari ishlab chiqilgan.
Tug’ruqqa yordam berish muassasalari bo’limlariga tashqiliy
o’zgartirishlar
kiritilgani kabi, bolalar parvarishi bo’limlarida ham tashqiliy
o’zgartirishlar kiritilgan.
Kam vaznli chaqaloqlarni uyga chiqarish va boshqa bo’.\imlarga
o’tkazish mezonlari qayta ko’rib chiqilgan.
Chaqaloqlarni parvarish qilish chora tadbirlariga chaqaloqlarni skriningi
ya’ni fenilketonuriya(FKU) va tug’ma gipotireoz (VG)ga tekshirish kiritilgan.
«Ona va bola skriningi» davlat dasturida chaqaloq\ar skriningi tekshiruvlarini
kengaytirish ko’zda tutilgan.
Bolalarni emlash kalendari ko’rib chiqilgan.
Chaqaloqlarni ikkinchi etapda parvarish qilish bo’limlarini respublika
miqyosidagi muassasalarda ochish maqsadga muvofiq deb belgilangan.