Турк адабиёти тарихи




Download 457 Kb.
bet11/63
Sana15.03.2017
Hajmi457 Kb.
#157
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63

LATIFALAR


Yumor har bir xalqning o‘ziga xos, xarakterli xususiyatlarini yorqin ko‘rsatadi. Turk xalq og‘zaki ijodida, latifalar rang-barangligi bilan ajralib turadi. Bu latifalar turklar hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, turk xalqi ma’naviy madaniyatining ajralmas qismidir. Turk latifalarining ilk yozma namunalarini XIII–XIV asrga oid bo‘lgan adabiy yodgorliklarda ko‘rish mumkin. Xo‘ja Nasriddin haqidagi 43 latifani qamrab olgan ilk to‘plam sanasi 1571 yil. Nasriddin Xo‘ja tarixiy shaxs bo‘lib, 1208–9 yili Sivrihisorga yaqin joydagi Horto qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasidan so‘ng biroz vaqt qishloqda imomlik qiladi va 1237 yilda mutasavvuf olim Sayyid Mah­mud Hayroniyga murid bo‘lish uchun Oqshaharga keladi. Umrining oxirigacha (1284) shu yerda yashab qolgan Xo‘ja xalq orasida nihoyatda zukko, gapga usta, adolatpesha odam sifatida taniladi. Nuktadon, orif inson bo‘lgan Nasriddin Xo‘ja zamondoshlarining ko‘nglidagi gaplarni topib aytganki, bora-bora u haqida latifalar to‘qilib, xalq qahramoniga aylanib ketgan. 1837 yildan buyon Xo‘ja Nasriddin latifalari kitob holida tez-tez bosilib turibdi. 1857 yildan e’tiboran Yevropa tillariga tarjima qilina boshlangan. 1865 yilda qirqdan ortiq latifalar o‘zbek tilida kitobot qilingan. Xo‘ja Nasriddin bugungi kunda ko‘plab turkiy xalqlarning sevimli qahramonidir. Xo‘ja Nasriddindan boshqa Bekri Mustafo, Bektoshiy, Qora­qush, Xobenneka kabi turk xalq qahramonlari borki, bular ha­qidagi latifalarning o‘zi alohida-alohida turkumlardan iborat. Bekri Mustafo erkin fikrlovchi, qotib qolgan, qoloqlikka qarshi kurashuvchi shaxs sifatida tasvirlansa, darvish Bektoshiy topqirligi bilan ayrim kaltabin qozilarning, din peshvolarining ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida tasvirlanadi. Go‘l, berahm, qaysar hukmdorlar haqidagi latifalar vazir Qoraqush nomi bilan bog‘liq. Qoraqushning kaltafahmli­gi uning so‘zlarida, xizmatkorlariga ish buyurishida ko‘rinadi. Xobenneki haqidagi latifalarda ham sodda, go‘l odamlar ustidan kulinadi.

Latifalarda mavzu jihatdan o‘zga xalqlar folklorida uchraydigan voqealarga qisman o‘xshashlari ham bo‘lishi mumkin.

Namunalar:

Bir kuni Qoraqushning lochini qafasdan chiqib ketibdi.

- Darvozani yopinglar, lochin chiqib ketmasin, - buyuribdi Qoraqush qorovullariga.

Qozi bo‘lgan Afandi da’vogarningmi, javobgarningmi haq­liginimi yecha olmay boshi qotdi-da, ikkalasini ham kaltaklashni buyurdi.

Jazo bajarilgach, xo‘rsinib dedi:

- Endi vijdonim toza, qaysi biri aybdor bo‘lsa ham jazodan qutulolmadi.




Download 457 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Download 457 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Турк адабиёти тарихи

Download 457 Kb.