8-§. Mehnat ishlari bo’yicha sud hal qiluv qarorlarining ijro etilishi xususiyatlari
Mehnatga oid fuqarolik ishlarining muhim protsessual xususiyatlaridan yana biri ishga tiklash va ish haqini undirish to’g’risidagi ishlar bo’yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlarining darhol ijro etilishi mumkinligidir. Shuning o’zi bilan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya etishga qo’shimcha kafolat beriladi.
Hal qiluv qarorning darhol ijro etiishida sudya qaror chiqarilgan zamon undiriladigan summani undirish uchun da`vogarga ijro varaqasini berishi lozim.
Ishga tiklash to’g’risidagi qarorning ijro etilishi kechiktirilganida, qaror chiqarilgan kundan e`tiboran, to uning ijro etilishi kunigacha kechiktirilgan barcha vaqt uchun xodim foydasiga, uning oladigan o’rtacha ish haqi yoki ish haqining farqi undirilishi kerak. Bu masala hal qiluv qarorini chiqargan sudning ajrimiga muvofiq hal qilinadi.
Sud xodimni ishga tiklash to’g’risidagi qaror ijro etilmagan vaqtda unga ish haqi to’lanishi to’g’risidagi masalani hal qilish bilan o’z tashabbusi bo’yicha shu protsessning o’zida qarorni ijro etmaslikka aybdor bo’lgan mansabdor shaxsning zararning korxonaga to’lanishi tugrsidagi masala ham keyinchalik korxonaning yoki prokurorning regress (qaytarma) da`vosi bo’yicha hal qilinishi mumkin. Korxonaning mansabdor shaxsga nisbatan regress talabi qanoatlantirilgani holda ijro varaqasi sud tomonidan bevosita sud ijrosiga topshiriladi va bu to’g’rida haq undiruvchi (korxona) xabardor qilinadi (Mehnat kodeksining 273-moddasi).
Mehnat nizolarini ijro bosqichida ham uning o’ziga xos xususiyati ham mavjud. Ijro aktlarini ijro qilish haqidagi qonunga muvofiq xodimlarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablari birinchi navbatda qanoatlantiriladi.
|