Tayanch iboralar: uy-joyga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlarning tushunchasi va ahamiyati, uy-joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarning taalluqliligi va sudlovligi, uy-joyni xususiylashtirish to’g’risidagi ishlar, kooperativ uy-joylar bilan bog’lik bo’lgan nizolar, uy-joylarni ekspertizadan o’tkazish, ishni sudda ko’rishga tayyorlash va sudda muhokama qilish, ish bo’yicha sud hal qiluv qarori va uni ijro etish xususiyatlari.
Dars o’tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma`ruza tarzida O’zbeksiton Respublikasining protsessual qonunchiligi haqida, Prezident asarlarida sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalarni hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.
Dars o’tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
Uy- joyga doir hug’quqqiy munosabtalradan kelib chiqadigan nizolar fuqarolik sud ishini yuritish tartibida ko’rib chiqiladi. Ushbu nizolarni xususiyatiga ob`ektiga va sub`ektiga qarab ikki turga bo’lish mumkin:
-davlat uy- joy fondidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan nizolar:
-xususiy uy-joy fondi bilan bog’liq nizolar.
Masalan, orderni haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi, uy-joy kvartiraga etkazilgan zararlarni qoplash, turarjoydan qonunga xilof ravishda foydalanish, turar joyni o’zboshimchalik bilan egallash, uy –joyni bo’lish, uy-joyni o’zboshimchalik bilan qurish va boshqa shu kabi ishlar bevosita fuqarolik sudlariga talluqlidir.
Fuqaroni boshqa tura rjoy bermasdan ko’chirish, aagr ijaraga oluvchi va uning oila a`zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joyni buzayotgan yoki shikastlanayotgan yoki undan o’z maqsadi bo’yicha foydalanilmayotgan bo’lsalar, bunda ogohlantirishlar va jamoat ta`sir choraldari natija bermayotgan bo’lsa, shuningdek, shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagan holda ijaraga oluvchi tura rjoy haqini 6 oy to’lamagan bo’lsa, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan to’lov muddati o’tganidan keyin ikki martadan ortiq to’lanmagan holda ijaraga beruvchi yoki o’zga manfaatdor shaxslarning talabi bo’yicha amalga oshiriladi.
Uy- joyga oid nizolar fuqarolik sud ishalrini yurituvda umumiy asoslarga muvofiq da`vo arizasini berish yo’li bilan qo’zg’atiladi. FPKning158-moddasiga muvofiq ishlar suda ko’rishga tayyorlanadi.
Uy- joyga oid nizolarni hal qilishda sudlar O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenum qarorlari asosida ishni to’g’ri va o’z vaqtida hal qilib berishlari lozimdir.
Turar joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan hamma nizolar fuqarolik huquqiy nizolar bo’lib, asosan sudlarga taalluqlidir. Istisno sifatida O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 104-113-moddalarida ko’rsatilgan, ya`ni turar joylar o’zboshimchalik bilan egallangan hollarda uyning emirilishi xavfi bo’lgan hollar bunday uylarda yashovchilarni xizmat bilan bog’liq bo’lgan turar joylardan, yotoqxonalardan va mehmonxonalardan ko’chirish to’g’isidagi ishlar sudlarga taalluqli bo’lmasdan, ma`muriy organlarga, ya`ni proko’ratura organlariga taalluqli bo’ladi (Uy-joy kodeksining 70-moddasi).
Qoida bo’yicha ma`muriy tartibda ko’chirish uchun prokurorning sanktsiyasi (qarori) talab qilinadi. Prokuror ma`muriy tartibda ko’chirish to’g’risida sanktsiya bermagan taqdirda manfaatdor tashkilotlar, muassasalar, korxonalar turar joyda yashovchilarni ko’chirish to’g’risida sudga murojaat qila olmaydi.
Fuqarolik kodeksining 615-moddasiga asosan taraflarning kelishuvi bilan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinishi qonunda o’z ifodasini topgan. Bu qoidaga ko’ra turar joylarni foydalanish uchun berish to’g’risidagi ba`zi da`volarni, chunonchi: fuqarolik huquqiy majburiyatlariga asoslangan talablar to’g’risida, masalan, avval egallagan turar joyning kapital ta`mirdan so’ng qaytarib berilishi, uy-joyning bo’zilishi munosabati bilan kvartira berilishi va shu kabi boshqa hollarda qo’zg’atilgan da`volarni sudlar ko’rishga haqlidir.
Qonunda belgilangan tartibni bo’zib, turar joyni egal-lash to’g’risidagi nizolar ham sudlarga taalluqli bo’lib, sud berilgan orderni haqiqiy emas deb topishi mumkin (Uy-joy kodeksining 46-moddasi).
Davlat uy-joy fondidagi turar joyni xususiylashtirishni amalga oshirishda fuqaro va mulkdorlarning huquqini himoya qilish munosabati bilan vujudga keluvchi nizolarni sudlarga taalluqli bo’lishi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997 yil 2 maydagi "Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog’liq ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida"gi qarorida ko’rsatilgan.1
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi "Imoratlarga bo’lgan shaxsiy mulk huquqi haqidagi ishlar bo’yicha sud praktikasi to’g’risida" chiqarilgan qarorida o’zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan egalik huquqini belgilash to’g’risidagi da`volarning sudlarga taalluqli bo’lmasligi tushuntiriladi.
Fuqarolar bilan turar joy ko’rish kooperativlari o’rtasidagi nizolar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan berilgan tushuntirishga ko’ra turar joy ko’rish kooperativ a`zolarining umumiy majlisi (vakillar majlisi) hal qilinadigan masalalar bo’yicha sudlarga taalluqli bo’lmaydi. Masalan, kooperativ a`zolari o’rtasida turar joylarni taqsimlash kooperativga kirish va pay badallarining miqdorini belgilash, kooperativ a`zoligiga qabul qilish to’g’risidagi ishlar sudga taalluqli bo’lmaydi.
Kooperativ a`zolari umumiy majlisning qaroriga binoan berilgan turar joyni foydalanish uchun olish huquqi b¢zilgani holda, kooperativ a`zolarining bu tufidagi da`volari sudlarga taalluqli bo’ladi (Uy-joy kodeksining 99,103-moddalari).
Turar joy ko’rish kooperativi bilan kooperativ a`zolari o’rtasidagi, kooperativ a`zolari bilan ularning oila a`zolari o’rtasidagi fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa nizolar ham, masalan, joyni ayirboshlash, kooperativ a`zoligidan chiqarish to’g’g’risidagi va shu kabi boshqa ba`zi nizolar sudlarga taalluqli bo’ladi.
Agar kooperativ a`zolarining umumiy majlisi turar joyni ayirboshlovchi shaxsni kooperativ a`zoligiga qabul qilishga rozi bo’lsa-yu, hokimiyat ayirboshlash uchun ruxsat bermasa, bunday holda ham kooperativ a`zosining egallab turgan turar joyini boshqa turar joyga ayirboshlash to’g’risidagi nizo sudlarga taalluqli bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 106, 112-moddalar, turar joy ko’rish kooperativi a`zoligidan chiqarish bilan bog’lik bo’lgan nizolarning turlari sud organlari tomonidan hal qilinadi.
|