Tayanch iboralar: Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlarga oid bo’lgan ishlarning turlari, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-xarakatlar va qarorlar ustidan shikoyatlar bo’yicha ishlar, sudga shikoyat qilinishi mumkin bo’lgan xatti-harakatlar (qarorlar), sudga shikoyat bilan murojaat etish uchun asoslar va muddatlar, saylov komissiyalarining xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlarni ko’rish muddati va tartibi, notarial harakatlar yoki bunday harakatlarni bajarishni rad etganlik ustidan shikoyat berish, fuqarolik holati aktlarini qayd etishdagi noto’g’riliklar ustidan sudga shikoyat berish tartibi, prokurorning huquqiy hujjatni g’ayriqonuniy deb topish haqida sudga ariza berish uchun asoslar.
Dars o’tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma`ruza tarzida O’zbeksiton Respublikasining protsessual qonunchiligi haqida, Prezident asarlarida sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalarni hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.
Dars o’tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish to’g’risidagi qonun hujjatlarida, jumladan Fuqarolik Protsessual kodeksining 2-moddasida belgilanganidek, sudlar da`vo ishi tartibida yuritiladigan ishlardan tashqari idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlarni ham, alohida ish yuritish tartibida hal qilinadigan ishlarni ham ko’radilar.
Davlat idoralari va boshqa idoralar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlarni faqat qonunda to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan hollardagina sudlarga taalluqli bo’ladi.
Umumiy qoida bo’yicha, idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari)ga beriladigan shikoyatlar asosan ma`muriy tartibda ish yuritish qoidasiga amal qilgan holda ish ko’riladi.1 Amaldagi fuqarolik protsessual kodeksida bu turkumga kiradigan ba`zi ishlarning hal etilishini sudning vakolatiga kiritilganligini va uning ish ko’rish doirasini kengayganini ko’ramiz, jumladan, bu masalalarga oid FPKning uch kichik bo’lim ajratilib, uni davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek masabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo’yicha ish yuritish deb nomlanib, umumiy qoida deb nomlangan 29-bobda davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansador shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlarga oid ishlar yoritilib, bu ishlarga: 1-dan, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlari ustidan shikoyat berish; 2-dan, notariusning, fuqarolik holati aktlarini qayd qilish organining muayyan harakatlarini bajarishni rad etganligi yoki noto’g’ri bajarilganligi ustidan shikoyat berish; 3-dan, prokurorning huquqiy hujjatning g’ayriqonuniy deb topish to’g’risidagi arizasini ko’rish bilan bog’liq ishlarni ko’rib hal etish belgilangan (FPKning 264-moddasi).
Fuqarolarning ishtiroki bilan bo’ladigan bunday ma`muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko’rib hal etishning sud tartibi sudsiz ma`muriy tartibda ko’riladigan ishlarga nisbatan muayyan ustunliklarga ega bo’lish nizolarning to’g’ri hal qilinishiga katta kafolatlar yaratilganligini, fuqarolar, davlat va boshqa idoralarning huquq ham manfaatlarini jiddiy qo’riqlanishi bilan farqlanadi.
Idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatdar yuzasidan kelib chiqadigan ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo’yicha, ammo ularning ayrim xususiyatlarini e`tiborga olgan holda sudda ko’riladi. Bunday ishlar ma`muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiksa ham, biroq qonunda ko’rsatilgan hollarda sud tartibida ko’rishga taaalukli qilib belgilangan.
Qonunda ma`muriy huquqbuzarlik qoidalarini buzish uning huquqiy oqibatlari organlar, mansabdor shaxslar va sud tomonidan bunday ishlarni ko’rib hal qilish tartibiga, undan keyin davlat organlari boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo’yicha ish yuiritish masalalari yoritiladi. Amaldagi qonunga asosan ma`muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyatni manfaatdor shaxs-jabrlanuvchi, shuningdek ularning qonuniy vakillari va advokatlar tomonidan berilishi mumkin. SHikoyat yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki ma`muriy ishlar bo’yicha tuman (shahar) sudyasiga, sudyaning ma`muriy ishlar bo’yicha qarori ustidan esa, tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga berish tartibi belgilangan.
Shikoyat ma`muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxsga) yoki bevosita sudga yuboriladi.
Ish yuzasidan qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) shikoyatni olgach, uni uch sutka ichida ish bilan birga shikoyatni ko’rib chiqish huquqiga ega bo’lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi.
Qonunga ko’ra, qaror ustidan shikoyat bergan shaxs davlat boji to’lashdan ozod etiladi.
Shikoyat qarorning nusxasini olgan kundan boshlab o’n kun ichida beriladi. Agar shikoyat muddati uzrli sabablar bilan o’tkazilib yuborilgan taqdirda bu muddat shikoyatni ko’rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan tiklanishi konunda nazarda tutilgan.
Prokuror, tuman (shahar) sudining ma`muriy ishlar bo’yicha sudyasining qarori ustidan-tuman (shahar) sudining raisiga yoki yuqori turuvchi sudga boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin.
Ma`muriy ish yuzasidan chiqarilgan qarorga nisbatan berilgan shikoyat va bildirilgan protestni vakolatli organlar (mansabdor shaxslar), shikoyat va protest tushgan kundan boshlab o’n kun muddat ichida ko’rib chiqishi lozim.
Berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko’rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) chiqarilgan qarorni qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishi lozim.
Ma`muriy ishlar bo’yicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki protest bo’yicha kassatsiya instantsiyasi sudida ish yuritish tartibi ayrim istesnolardan tashqari qonunda ko’rsatilgan qoidalarga asosan hal etiladi.
Kassatsiya instantsiyasi sudi ma`muriy ishlar bo’yicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyatni yoki bildirilgan protest bo’yicha hal qiluv qarori chiqaradi va u chiqarilgan vaqtdan boshlab kununiy kuchga kiradi.
Ma`muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan ish yoki bildirilgan protestni ko’rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) quyidagi qarorlaridan birini qabul qiladi.
1) chiqarilgan qarorni o’zgartirishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlatirmasdan qoldiradi;
2) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko’rib chiqish uchun yuboradi;
3) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni tugatadi;
4) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma`muriy huquq-buzarlik uchun javobgarlik to’g’risidagi normativ hujjatda nazarda tutilgan doirada o’zgariradi.
qarorni bekor qilish yoki o’zgartirish uchun organ (mansabdor shaxs) tomonidan ishni to’liq bo’lmagan holda yoki bir tomonlama ko’rib chiqilishi, organ (mansabdor shaxs) hal qiluv qarorining va qonunda qo’llangan normalari va ma`muriy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa normativ hujjatlar ishning faktik holatlariga mos kelmasligi, ma`muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni yuritilsh qoidalarini jiddiy buzilishi, qo’llanilgan ma`muriy jazoning adolatsizligi asos bo’lib hisoblanishi lozim.
Shikoyat yoki bildirilgan protest bo’yicha qabul qilingan qarorlarida: u chaqirilgan vaqt va joy, shikoyat va protestni ko’rib chiqayotgan mansabdor shaxs, prokuror va boshqa ishtirok etayotgan shaxslar, protestni mohiyati, chiqarilgan qarorni asoslanishi qarorda ko’rsatilishi lozim.
Sudning hal qiluv qarorining nusxasi uning ish yuzasidan qaror chiqarilgan shaxsga uch kun muddat ichida yuboriladi. Protestni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida esa prokurorga ma`lum qilinishi lozim.
Agar sud ma`muriy ishni ko’rishda tugatish bilan qarorni bekor qilish, undirib olingan pul summalarini va narsalarini qaytarib berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bog’liq chiqimlar cheklashlari bekor qilishga oid bo’ladi. Narsani qaytarib berish mumkin bo’lmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun muljallangan bo’lsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi.
Bunday ishlar qaytarma da`vo talablariga oid qoidalar asossiz tartibga solinadi.
Idoralar va mansabdor shaxlarning xatti-harakat (qaror)lariga berilgan shikoyatlar yuzasidan kelib chiqadigan va fuqarolik sud ishlarini yurgizish qoidalari bo’yicha ko’riladigan ishlar sudning yoki sudyaning yakka holda ma`muriy jazoga tortish to’g’risidagi ko’riladigan ishlarini, chunonchi mayda xuliganlik uchun qamoqka olish yoki jarima solish to’g’risidagi, ichkilikka berilganlarni davolash uchun mehnat profilaktoriyalariga yuborish va shu kabi boshqa ishlarni ko’rishdan farq qilish kerak.
Yuqorida qayd qilingan ma`muriy huquqbuzarlik tufayli sudda ko’riladigan ishlarni idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qaror)lariga berilgan ishkoyatlar yuzasidan kelib chiqadigan ishlarni da`vo ishi tartibida ko’riladigan fuqarolik ishlariga ham aralashtirmaslik kerak. Agar ma`muriy akt bilan fuqarolik, mehnat yoki boshqa munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlar buzilsa-bu holda ish da`vo ishini yuritish tartibida ko’riladi. Bunday ishlar, masalan, turar joy maydoniga beriladigan orderni haqiqiy emas deb topish, notarial organning ijro xati haqida nizolashish, mulkni xatlashdan arestdan chiqarish, fuqarolik holati dalolatnoma yozish daftarida otalikni haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi, ma`muriy jazo berilishi haqidagi buyruqni bekor qilish va shu kabi boshqa da`volar ko’riladi. YUqorida ko’rsatib o’tilgan ishlarga nisbatan fuqarolik sud ishini qoidalariga hech qanday istisnolar va qo’shimchalar belgilanmagan.
Bunday ishlar da`vo ishini yuritish tartibida ko’riladi. Davlat yoki jamoat xo’jaliklarining ekinlarini poyxon qilish tufayli etkazilganzararning to’lanishi to’g’risidagi fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish idoralarining qarori ixtiyoriy ravishda bajarmagan fuqarolarga nisbatan qo’zg’atiladigan da`volar ham da`vo ishini yuritish tartibida ko’riladi.
Sudga shikoyat berish uchun asos bo’lib davlat organlari boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hay`at tarkibi (kollegial) tomonidan hamda rahbar xodimlarining yakka taribda amalga oshirilgan xatti-harakatlari natijasida;
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilsa;
fuqaro yuqorida ko’rsatilgan idora va mansabdor shaxslarning harakatlari tufayli fuqaroning o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishga turli to’sqinliklar vujudga kelgan bo’lsa; Shuningdek fuqaro zimmasiga birorta g’ayriqonuniy majburiyat yuklatilishi yoki uning g’ayriqonuniy ravishda biror-bir javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladigan harakatlar (qarorlar) ham sudga shikoyat qilishini mumkin bo’lgan harakatlar jumlasiga kiradi (FPKning 266-moddasi).
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarga oid ishlar Fuqarolik protsessual kodeksining 264-275-moddalarida ko’rsatilgan bo’lib har qanday xatti-harakatlar tushiniladi.
Bulardan mustasno tariqasida agar;
a) qonun hujjatarida binoan bunday ishlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatiga kiritilgan xatti-harakat (qaror)lar;
b) qonunda yoki boshqa huquqiy me`yorlarda tegishli xatti-harakatlar (qarorlar)ga nisbatan shikoyat qilish boshqa tartibi belgilangan xatti-harakat (qaror)lar sudlarga taalluqli bo’lmaydi, bu FPKning 267-moddasiga belgilangan.
Organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qarorlar)lari ustidan beriladigan shikoyatlarga oid ishlar sudlovlik to’g’risidagi qoidalarga amal qilgan holda fuqaro o’zining yashab turgan joyidagi sudga yoki davlat organi yoki mansabdor shaxsning ish joyi joylashgan hududdagi (alternativ sudlovlik) sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Shikoyat bo’yicha sudyaning harakatlari organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan shikoyatlarga oid ishlarni qonunda ko’rsatilgan turkumdagi ishlariga tegishli bo’lib, bu qoidaga asosan sudya organlar va mansador shaxslardan zarur bo’lgan hujjatlarni talab qilishga hamda fuqaroning iltimosiga yoki o’zining tashabbusi bilan qilingan xatti-harakat (qaror)larining ijrosi sudda hal etgunga qadar to’xtatish masalasini ham hal etishga haqlidir.
Sud, bu umumiy qoidalarni FPKning 27-29-boblarida belgilangan ma`muriy huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarga ham tadbiq etishi lozim.
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlarni va qarorlar yuzasidan shikoyat berish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni yuritish FPKning 27 bobida belgilangan qoidalardir. Bulardan tashqari 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida»gi hamda «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlari va qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko’rish amaliyoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumining 1996 yil 19 iyulidagi qarori bilan tartibga solinadi.1
Bu huquqiy me`yorlarda shikoyat qilish uchun asoslar va boshqa qoidalar o’z ifodasini topgan. FPKning 269-moddasida shu turkumdagi ishlar yuzasidan shikoyat berish tartibi ko’rsatilgan. Bu qoidada fuqaro o’zining huquqlarini va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosida sudga murojaat qilishga agar yuqori idora, mansabdor shaxs shikoyatni bir oy muddatda ko’rib chiqmasa yoki shikoyatga rad javobini olsa, fuqaro shikoyat bilan sudga murojaat qilishga haqli bo’la oladi.
Davlat organlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa birlashmalari, mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan beriladigan shikoyatlar FPKning 148-149-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilishi va O’zbekiston Respublikasining «Davlat boji haqida»gi qonuni va Vazirlar mahkamasining «Davlat boji stavkalari haqida»gi qarorida belgilangan tartibda davlat boji undirilishi yuqoridagi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenum qarorini 12-bandida ko’rsatilgan.1
Shikoyat berish huquq manfaatlari poymol qilingan fuqaro yoki uning vakili, shuningdek fuqaroning iltimosiga asosan vakolat berilgan jamoat birlashmasining, mehnat jamoasining vakili tomonidan berilishi mumkin.
Shikoyat qilish turli sohalarda uchrashi mumkin. Masalan, boladan alohida yashayotgan ota yoki ona, tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa shunga uxshash muassasalardan o’z bolasi to’g’risida axborot olish huquqiga ega ekanligi, agar ota (ona) tomonidan bolaning hayoti va sog’lig’i uchun xavf-xatar bo’lganda ularga axborot berishni rad etganda manfaatdor shaxs rad etish haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkinligi belgilangan.2
Amaldagi Fuqarolik-protsessual kodeksida harbiy xizmatchilar o’zlarining huquqlari va erkinliklarini buzgan harbiy boshqarma organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti harakatlari (qarorlari) ustidan qonunda ko’rsatilgan hollarda harbiy sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenum qarorida harbiy xizmatchi bo’lmasada, harbiy boshqaruv organlarida egallab turgan lavozimi bo’yicha harbiy xizmatchilarning huquqlari va erkinliklariga taalluqli masalalarni hal etish vakolatiga ega bo’lgan shaxslarning harakatlari va qarorlari ustidan ham harbiy sudga shikoyat qilishi mumkinligi ko’rsatilagan. Bulardan tashqari bu Plenum qarorining
4-6-bandlarida, shikoyat qilish uchun asos bo’ladigan ayrim ishlar keltirilgan. Shuningdek jamoat tashkilotlari va birlashmalari, uy-joy ko’rish kooperativlari, xissadorlik jamiyatlari, kasaba uyushmalari va shu kasabalar uyushmasining umumiy majlis hamda ularning boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning qarorlari hamda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi belgilangan.
Demak, harbiy xizmatchilar o’zlarining harbiy tartib qoidalarini bajarishda mansabdor shaxslari yoki harbiy boshqarmalarining qarorlari tufayli ularining huquq va manfaatlari poymol qilingan bo’lsa, yuqoridagi qonun va boshqa huquqiy me`yorla shu holatga ko’ra sudga shikoyat qilish imkoniyatidan foydalanish mumkinligi o’z ifodasini topgan.
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlari va qarorlar ustidan shikoyat berish uchun muddatlarga amal qilgan bo’lishi lozim masalan, fuqaroga o’zining huquqlari va erkinliklarini buzilganligi ma`lum bo’lgan kundan e`tiboran uch oylik muddat belgilangan. Bunday turkumdagi ishlarni sud fuqarolik ishlarini sudda ko’rish bilan bog’liq umumiy kodalar asosida hal etadi.
Oliy sudning yuqoridagi Plenum qarorida agar sud shikoyatni ko’rish paytida harakati ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxs ilgarigi lavozimida ishlamayotgan bo’lsa, u holda sud fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash vakolatiga ega bo’lgan tegishli organ, tashkiloti ishga jalb qilish to’g’risidagi masalani hal etishi, bordi-yu shikoyat qanoatlantirilgan taqdirda sul shu organ tashkilot rahbariga fuqaroning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash majburiyatini yuklash mumkinligi ko’rsatilgan.
Sud shikoyati ko’rib chiqish yakuniy bo’yicha hal qiluv qarori chiqaradi.
Agar sud ishda to’plangan dalillariga asosan shikoyatni asosli ekanligi aniqlasa shikoyat qilingan xatti-harakat (qarorni) g’ayriqonuniy deb topadi va fuqaroning talabni qanoatlantirish masalasini hal etib uning uning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklaydi va fuqaroni talabini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi. Unga nisbatan qo’llanilgan javobgarlik chorasini bekor qiladi yoki uning buzilgan huquqini boshqacha yo’l bilan tiklash masalasini hal etadi, aks holda shikoyatni qanoatlantirishni rad etish to’g’risida hal qiluv qarorini chiqaradi.1
Qonunda belgilanganidek, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so’ng tegishli organga yoki mansabdor shaxsga shuningdek fuqaroga o’n kundan kechiktirmasdan hal qiluv qarorini nusxasini yuborilishi ko’rsatilgan. Tegishli manfaatdor shaxs esa, hal qiluv qarorini olgan kundan e`tiboran bir oy muddatda kechiktirmay ijrosi haqida sud va fuqaroga ma`lum qilishi lozim. Agar hal qiluv qarori belgilangan muddatda ijro qilinmagan taqdirda sud javobgar zimmasiga mulk yoki pul berish bilan bog’liq bo’lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklovchi ishni ko’rsatgan bo’lsa, talab qiluvchi bu harakatlarni javobgar hisobidan bajarishi va sarf qilgan xarajatlarini keyinchalik javobgardan undirib olishga haqlidir (FPKning 211-moddasi).
Hal qiluv qarorini boshqa hollarda bajarmaslik oqibatlarini FPKning 381-moddasida ko’rsatilgan huquqiy oqibatlar tug’dirishi mumkin.
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud ishlarni ko’rish chogida tegishli organlar va mansabdor shaxslarning faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlansa, sud bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida xususiy ajrimlar chiqarib, vakolatli organlar va mansabdor shaxslarga yuborishi, agar jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlansa proko’ratura organlarini xabardor qilishi lozim bo’ladi.
Sud amaliyotida saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlar juda kam uchraydigan ma`muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar turkimiga kirsa-da, bunday ishlar ham sudlarga taalluqli ekanligi belgiglangan. Saylov bilan bog’liq ishlar aksariyat hollarda uchastka komissiyalarida, tegishli hokimiyatlarda hal etiladi. Sud idoralarida bu turkumdagi ishlarni yuritish faqat qonunda ko’rsatilgan hollardagina ularga taalluqli bo’ladi (FPKning 272-moddasi).
Saylov o’tkazishda uchastka saylov komissiyalarining ahamiyati muhim o’rin to’tadi. Ular har bir saylovchini saylov ro’yxatiga to’g’ri kiritishlari darkor. Bu ishlar tuman (shahar) hokimiyat-larini roli beqiyos bo’lib, ular shu hududda istikomat qiluvchi saylovchilarning ro’yxatlari va boshqa saylovga doir ma`lumotlar bilan saylov komissiyasini ta`minlashi va shular asosida ro’yxat tuzishi lozim. Fuqarolar saylov ro’yxati bilan tanishish uchun saylov uchastka komissiyasi binosiga taklif qilinadi. Har qanday O’zbekiston fuqarosi saylov komissiyasiga saylovchilari ro’yxatidagi xato va kamchiliklar to’g’risida arz qilishga haqlidirlar.
Fuqarolarning saylovchilar ro’yxatidagi noto’g’riliklari tushunchasiga, chunonchi: ro’yxatga kiritilmaslik, ro’yxatdan chiqarilganlik, familiyasi, ism va otaning ismi buzib yozilganlik va hokazo kiradi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchining arizasini yigirma to’rt soat ichida ko’rib chiqishi lozim. Ro’yxatga noto’g’ri kiritilganlik to’g’risidagi va qonunda ko’rsatilgan boshqa masalalar hamda tegishli uchastka saylov komisssiyasi tomonidan chiqargan qarorlardan norozi tomon shu qaror ustidan tegishli saylov uchastkasi joylashgan tuman, shahar sudiga shikoyat berishlari mumkinligi qonunda ko’rsatilgan.1
Sudda beriladigan bunday shikoyatga shikoyatchining arizasi rad qilinganligi to’g’risidagi uchastka saylov komissiyasining asoslantirilgan ma`lumoti ilova qilinadi.
Agar bu yozma ma`lumot shikoyat bilan birga taqdim etilmagan bo’lsa, sud uni tegishli uchastka saylov komissiyasidan talab qilib olishga majbur.
Demak, sud shikoyatni qabul qilishi uchun ariza beruvchi shaxs saylovchilar ro’yxatida bo’lgan noto’g’riliklarni tuzatish to’g’risida ilgari ariza bergan bo’lishi va saylov komissiyasi bu arizani rad qilgan bo’lishi kerak degan xulosa qilish lozim.
Bordi-yu fuqaro arizani avval saylov komissiyasiga bermasdan, sudiga shikoyat qilgan taqdirda sud arz qiluvchiga saylovchilar ro’yxatini tuzatishning qonun bilan belgilangan tartibini tushuntirib, shikoyatni tegishli uchastka saylov komissiyasiga yuborishga majbur.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov o’tkazish to’g’risidagi qonunning 18-moddasida ko’rsatilganidek, Saylov komissiyasining qarorlari siyosiy partiyalarning organlari xokimiyat vakillik organlari, deputatlikka nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, kuzatuvchilari, saylovchilar tomonidan yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga qaror qabul qilingandan keyin o’n kun muddat ichida shikoyat qilishlari mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarori esa, qaror qabul qilingandan keyin o’n kun muddat ichida Respublika Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.1
Amaldagi kodeksda saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat sudda uch kundan kechiktirmay ko’rib chiqilishi agar, saylov kuniga (masalan olti kun yoki undan kam) vaqt qolgan bo’lsa darhol ko’rib chiqishi belgilangan. SHikoyatni sud ochiq sud majlisida ariza beruvchini va tegishli saylov komissiyasining vakilini, shuningdek prokurorni agar shikoyat ariza beruvchiga daxli bo’lmasdan boshqa fuqarolarga tegishli bo’lsa, o’sha fuqarolarni ham chiqargan holda ko’radi.
Ko’rsatilgan shaxslarning kelmasligi, agar sudda ishni ko’rish to’g’risidagi chaqiruv xati ularga topshirilgan bo’lsa, ishni ko’rishga to’sqinlik qilmaydi. Lekin sud bu shaxslarning shaxsiy bayonotlarini zarur deb topsa, ishni ko’rishni keyinga qoldiradi va ular qaytadan chaqiradi.
Sud saylov komissiyasining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar bilan bog’liq ishlarni prokurorning ishtirokida ko’radi.
Sudning saylov komissiyasining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlari bo’yicha chiqargan hal qiluv qarori bu sohadagi kamchiliklarga o’zgartirish kiritishi uchun asos bo’ladi.
Binobarin, bu qaror chiqarilishi bilan darhol tegishli saylov komissiyasiga va arizachiga topshiriladi.
|