-§. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi noto’g’riliklarni beglilash




Download 1,21 Mb.
bet111/144
Sana16.03.2017
Hajmi1,21 Mb.
#171
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   144
5-§. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi noto’g’riliklarni beglilash

 

Ushbu mavzu amaldagi Fuqarolik Protsessual kodeksida mansabdor shaxslarning nojuya xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish bobida berilgan, chunki bunday ishlar bizning nazarimizda mansabdor shaxslarning harakatlari bilan bog’liq bo’lishi deb hisoblaymiz. SHuning uchun bunday turkumdagi ishlarni alohida tartibda ko’riladigan bobdan ushbu bobga o’tkazilgan.



Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini qayd qilish idoralarida xodisa va harakatlar belgilangan ro’yxatga olingandan keyingina fuqarolar, davlat va jamoat tashkilotlari sub`ektlarining, huquq va manfaatlari tegishli fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini qayd etish idoralarida va sudlarda himoya qilinishi mumkin.

Oila kodeksida ko’rsatilganidek, tug’ilish, farzandlikka olish, otalikni belgilash, ism, otaning ismi va familiyani o’zgartirish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o’lim holatlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish davlat idoralarida va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish to’g’risidagi 1993 yil 2 sentyabrdagi qonunga ko’ra shaharcha, kishlok, ovul fuqarolari yig’inining raisi (oksoqoli) fuqarolik holati aktlarini ro’yxatga olishni qayd qilishi lozim.1

Dalolatnoma yozuvlariga tuzatish kirish uchun asos bo’lgan holatlar dalolatnoma yozuvlaridagi va beriladigan tegishli guvohnomalarni yozishda yo’l qo’yilgan xato va noaniqliklar hisoblanadi.

Fuqarolik holati dalolatnomallardagi yozuvlar unda nomlari ko’rsatilgan shaxslarning huquq va burjlarini belgilash bilan birga boshqa shaxslarning ham huquq hamda burjlariga ta`sir etish mumkin. Shu tufayli bunday yozuvlarning to’g’ri bo’lishi muhim ahamiyatga egadir. Dalolatnoma yozuvlari rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.

Bu turkumdagi ishlarni tug’ilish, farzandlikka olish, nikoh, ajralish va vafot etganlik faktlarini belgilashga oid bo’lgan ishlardan farqi shundaki, noto’g’riliklari belgilashda dalolatni tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo’lib, faqat bu hujjat o’zidagi noaniqliklar borligi bilan farqlanadi.

Yozuvlarda bo’lgan xatolar, noto’g’riliklari odatda fuqarolik holati dalolatlarini qayd qilish to’g’risidagi nizoga binoan tuzatiladi. Agar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralarida huquq haqida biron nizo bo’lmasa ham, yozuvga tuzatish kiritishni rad etgan bo’lsalar, fuqarolik holatlari dalolatnomalari daftaridagi yozuvlarning noto’g’riligini belgilash to’g’risidagi ishlarni sud ko’radi. Bunday ishlar amaldagi fuqarolik Protsessual kodeksida sudlar tomonidan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlarni sudda ko’rish qoidasi asosida ko’riladi.

Bunday toifadagi ishlar bo’yicha mafaatdor shaxslar nafaqat hujjatlarida xato noto’g’riliklar bo’lgan fuqarolar bo’lib qolmay, balki meros qoldiruvchini vafotidan keyin tegishli huquq va burchlarga ega bo’lgan ularning merosxurlari ham berishi mumkin. Voyaga etmagan bolalarning tug’ilganlik haqidagi yozuvlarga tuzatish kiritish haqida ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari ham shikoyat bilan murojaat etishga haqlidirlar.

Daftarlardagi yozuvlarning noto’g’riligini belgilash to’g’risida sudga manfaatdor shaxslar: hujjat egalari, vorislar va tegishlicha boshqa shaxslar, shuningdek, prokuror murojaat qilishi mumkin.

Fuqarolik holatlari dalolatnomalari daftaridagi noto’g’ri yozuvlarni belgilash to’g’risidagi shikoyat, shikoyat beruvchi yashaydigan joydagi sudga beriladi. SHikoyatda fuqarolik holatlari dalolatnomalari daftaridagi yozuvlarning noto’g’riligi nimadan iborat ekanligi, qachon va qaysi fuqarolik holati aktlarini qayd qilish organi tomonidan yozilgan yozuvni tuzatishni rad etganligi ko’rsatilishi lozim. Bulardan tashqari shikoyatda tegishli guvohnoma nusxasi, rad etish xulosasi, hujjatlardagi xatolarni tuzatish yoki ularga o’zgartirishlar kiritish haqidagi ma`lumotlar ham ilova qilinadi.

Sud shikoyatlari tayyorlash faktida lozim hollarda tegishli hujjatlarni o’z tashabbusi bilan talab qilib olishi ham mumkin. Shu bilan bir qatorda sudya manfaatdor shaxslardan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralaridan va boshqa manfaatdor tashkilot, fuqarolarni ishga jalb qilish masalasini ham ko’rib chiqadi. Agar sud fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni ko’rishda, manfaatdor shaxslarning huquqi buzilishida nizo borligi aniqlansa, bu ishlar da`vo yuritish qoidalari asosida hal etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Fuarolik holati aktlari yozularidagi xatoliklarini belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qo’llash haqida»gi 1992 yil 13 noyabrdagi qarorida sud fuqarolik holati aktidagi shikoyatchini tug’ilganlik haqidagi yozuvda ota-onasini millati yozilmay qolgan bo’lsa, bu masalani ham ko’rishi hamda agar, bedarak yo’qolgan deb topilgan esa yoki xotin topilsa, ularning nikohini bekor qilish haqidagi yozuvlardan tashqari fuqarolik holati aktlardagi dastlabki yozuvlarni bekor klish masalasi sud tomonidan hal qilinishi belgilangan.1

FPKning 275-moddasi 2-qismiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish daftaridagi yozuvning noto’g’riligi to’g’risidagi sudning hal qiluv qarori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralarining bunday yozuvni tuzatishlari uchun asos bo’ladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi noto’g’riliklarni belgilashga oid boshqa masalalar yuqorida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992 yil 13 noyabrdagi « Fuqarolik holati aktlari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qo’llash haqida»gi qarorida o’z ifodasini topgan.

 


Download 1,21 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   144




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi noto’g’riliklarni beglilash

Download 1,21 Mb.