6-§. Prokurorning huquqiy hujjatni g’ayriqonuniy deb topishi haqida
Yuqorida fuqarolik ishlarini sudda ko’rish bilan bog’liq bo’lgan prokurorning protsessual faoliyati to’g’risida fikr yuritilgan edi.
Prokuror o’ziga berilgan vakolat doirasida qonunlarni aniq bajarishi yuzasida nazorat olib boruvchi mansabdor shaxs bo’lib, fuqarolik ishlari bo’yicha ham sudlar tomonidan qonuniy va asosli qaror chiqarishga ko’maklashishi lozim. «Prokuratura to’g’risida»gi 1992 yil 9 dekabr qonunda belgilangandek, prokuratura idoralarining faoliyati yuqoridagilar bilan birga qonuning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklariga, shuningdek davlat mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzumi, siyosiy va iktisodiy tizimlarini, milliy guruhlar va tuzilmalarning huquqlarini g’ayriqonuniy tajovuzlardan muxofoza qilishni taminlashga qaratilgan.1
Prokuraturani nazorat qilish doirasiga vazirliklar, davlat qumitalari va idoralari, korxanalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar tomonidan chiqariladigan aktlarning qanchalik qonuniy ekanligi ham kiradi.
Masalan, prokuror ham o’zini-o’zi boshqarish organlarining qarorlari. shuningdek rais (oksoqol)ning xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin (qonunning 25-moddasi).1
Prokurorlar o’z faoliyatlarini sudlarda jinoiy ishlarni ko’rish davlat ayblovni qo’llab-quvvatlash, fuqarolik ishlarini ma`muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni hamda xo’jalik nizolarni ko’rishda ishtirok etish bilan qonunlarga zid bo’lgan sud xarajatlariga protest keltiradilar.
Fuqarolik qonunchiligida ko’rsatilganidek, davlat organining yoki fuqarolarning o’zini-o’zi boshakrish organinng qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
«Prokuratura to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga asosan prokuror yoki uning o’rinbosari qonunga zid bo’lgan huquqiy hujjatga nisbatan ana shu hujjatni chiqargan idoraga yoki yuqori beruvchi idoraga protest keltiradilar. Mansabdor shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan ham huddi shu tartibda protest keltiriladi.
Prokuror keltirilgan protest bu protest topshirilgan vaqtdan boshlab ko’pi bilan o’n kunlik muddat ichida qarab chiqilishi lozim. qonuniylik buzilganligidan tezda barham berish talab qilingan favkulotda prokuror protestni ko’rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqdidir.
Protestni qarab chiqish natijalari to’g’risida prokurorga darhol yozma ravishda ma`mul qilinishi belgilangan.
Protest g’ayriqonuniy huquqiy hujjat chiqargan idora yoki yuqori turuvchi idora tomonidan rad etilgan taqdirda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida qarab chikilmagan taqdirda, prokuror tegishli sudga ana shu hujjatni g’ayriqonuniy deb e`tirof etish tegrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Sudga ariza, protest rad etilganligi to’g’risidagi ma`lumot berilgan paytdan boshlab bir oylik muddat ichida yoki qarab chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o’tgandan keyin berilishi ko’rsatilgan.1
Ana shu qoidani bajarilishiga qaratilgan FPKning 29-bobi prokurorni huquqiy hujjatni g’ayriqonuniy deb topish to’g’risida ariza bilan tegishli idoralar va mansabdor shaxslar ustidan sudga murojaat etish tartibi belgilangan. Masalan, FPKning 276-moddasida prokuror qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra haqiqiy hujjatni g’ayriqonuniy deb topish haqida ariza bilan sudga murojaat qilishga haql ekanligi maxsus huquqiy me`yor sifatida ifoda etilgan.
Prokurorning sudga ariza berishi sudda ko’rib chikilgunga qadar huquqiy hujjatning amal qilishini to’xtatib qo’yishligi ham asoslantirilgan.
Sud bunday turkumdagi ishlarni fuqarolik sud yuritish qoidalarining umumiy tartibi asosida ko’rib hal etadi, jumladan, ishni sudga tayyorashda protsessga jalb etiladigan shaxslar, ularning vakillari va boshqalar haqida. FPKning 158-161-moddalarida ko’rsatilgan harakatlarni amalga oshira borib, ishni mazmunan ko’rishga tayinlashi lozim.
Prokurorning arizasini sud yigirma kun ichida uning ishtirokida va protestni rad etish to’g’risidagi qaror qabul qilgan yoxud protoestni ko’rib chikmagan organning rahbari yoki uning vakili ishtirokida ko’rib chiqadi.
Sud majlisiga organ rahbari yoki uning vakili uzrsiz sabablarga ko’ra kelmaganligi prokurorning arizasini ko’rib chiqish uchun to’sqinlik qilmaydi, biroq sud bu shaxsning kelishini majbur deb topishi FPKning 277-moddasida berilgan.
Prokuror fuqarolik ishlarini qo’zg’atish, unda ishtirok etish shaklidan qat`iy nazar, hamma vaqt davlat vakili qonunni bajarilishi ustidan nazorat qiluvchi organ bo’lib qolaveradi. Shu sababli prokuror huquqiy hujjatni g’ayriqonuniy deb topish to’g’risida ariza bilan sudga murojaat etganda sudga nizo qilgandan so’ng oqibatda haqli bo’lib chiqqan tarafning manfaatini himoya qilgan bo’ladi.
Agar sud prokurorning arizasi asosli ekanligini aniqlasa, arizani qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqaradi va huquqiy hujjatni g’ayriqonuniy deb topadi.
Bundan tashqari, agar sud protest keltirilgan hujjat uni chiqargan organning vakolatlari doirasida qonunga muvofiq qabul qilingan deb topsa, u arizani qanoatlantirishni rad etish haqida hal qiluv qarorini chiqaradi.
Prokurorning huquqiy hujjatni g’ayrikonuiy deb topish haqidagi arizasi bo’yicha sud chiqargan hal qiluv qarori protestini rad etish to’g’risida qaror qabul qilgan yoki prottsestni ko’rmagan organ rahbariga yuboriladi.
Prokuror fuqarolarni manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga ariza bilan huquqiy hujjatni g’ayriqonuniy deb topish haqida murojat etish bilan, agar davlat organlari, fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarning g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan, davlat organi yoki fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan qonun xo’jatlariga muvofiq bo’lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga etkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organi tomonidan to’lashi lozimligi masalasini ham qo’yishi mumkin.
Demak, prokuror davlat boshqaruv idoralari va jamoat tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan huquqiy xo’jatni g’ayriqonuniy deb topish to’g’risida ariza bilan sudga murojat etish qoidalari ham davlat, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy me`yorlardir.
|