-§. Fuqaroni bedarak yo’qolgan deb topish




Download 1.21 Mb.
bet115/144
Sana16.03.2017
Hajmi1.21 Mb.
#171
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144
3-§. Fuqaroni bedarak yo’qolgan deb topish 

Fuqaroni bedarak yo’qolgan deb topish shartlari FKning 33-moddasida nazarda tutilgan. Bu qonunda ko’rsatilishicha, agar fuqarolarning qaerdaligi haqida uning doimiy turar joyiga bir yil mobaynida xabar kelmasa manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq u sud orqali bedarak yo’qolgan deb topilishi mumkin.

Fuqaroni vafot etgan deb e`lon qilish uchun asoslar FKning 36-moddasida berilgan. Bu qoidaga ko’ra agar fuqaroning qaerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida ma`lumot bo’lmasa, basharti u o’lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz xodisadan xalok bo’lgan deb taxmin qilish uchun asos bo’ladigan vaziyatlarda bedarak yo’qolgan bo’lib, uning qaerdaligi haqida olti oy mobaynida ma`lumotlar bo’lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb e`lon qilish mumkin. Sudga murojaat qilayotgan manfaatdor shaxslar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiluvchi organlarning vafot etganlikni ro’yxatga olishni rad qilganligi haqidagi hujjatni ham taqdim etishlari lozim (yuqoridagi Plenum qarorining 17-bandi).

Sud amaliyotida fuqarolarni bedarak yo’qolganligi vaqti arizachini qiziktirishlarini nazarda tutib, FKning 33-moddasi 2-qismida qoida berilgan. Bu qonunda, agar yo’qolgan shaxs to’g’risida oxirgi ma`lumotlar olingan kuni aniqlash mumkin bo’lmasa, bedarak yo’qolgan deb hisoblash muddati yo’qolgan shaxs oxirgi ma`lumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan bu oyni belgilash ham mumkin bo’lmasa, keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlinishi ko’rsatib o’tilgan.

Ushbu harakatlarni munosabati bilan bedarak yo’qolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa bir fuqarolar urush harakatlari tamom bo’lgan kundan boshlab kamida ikki yil utgach sud orqali vafot etgan deb e`lon qilinishi mumkin (FKning 36-moddasi).

Bunday ishlar biron-bir huquq to’g’risida nizo bo’lmagan va shu sababli javobgar bo’lmagani tufayli alohida tartibda yuritish qoidalari (FPKning 286-290-moddalari) bo’yicha ko’riladi.

Fuqarolarning bedarak yo’qolgan deb topish to’g’risidagi ariza arizachining yashash joyidagi sudga beriladi. Sud fuqarolarni bedarak yo’qolgan deb topish to’g’risidagi arizani ko’rishga FKning 33-moddasida belgilangan muddat o’tgandan so’ng kirishadi.

Arizaning mazmunida odatda ko’rsatiladigan umumiy ma`lumotlardan tashqari, ariza beruvchiga fuqarolarning bedarak yo’qolgan deb topish yoki uni vafot etgan deb e`lon qilish qanday maqsad uchun zarurligi ko’rsatilishi, shuningdek fuqarolarning bedarak yo’qolgaligini tasdiqlaydigan holatlar yoxud bedarak yo’q bo’lgan o’lim xavfi solgan xatarli holatlar yoki uni ma`lum baxtsiz voqeaga uchragan deb extimol tutishga asos bo’ladigan holatlar bayon qilinishi kerak.

Sudya ishni sudda ko’rishga tayyorlash qanday shaxslar qarindosh-uruglar, birga sudlovchilar va shu kabilar) bedarak yo’qolgan odam to’g’risida ma`lumot bera olishlarini aniqlaydi, shuningdek bedarak yo’qolgan odamning keyingi ma`lum bo’lgan yashash joyi va ishlash joyiga tegishli tashkilotlardan fuqarolardan o’zini-o’zi boshqaruvchi idoralardan ichki ishlar idoralari bedarak yo’qolgan shaxs to’g’risidagi bor ma`lumotlarni so’rab oladi.

Shu bilan bir vaqtda sudya arizani qabul qilgach, vasiylik va xomiylik organiga bedarak yo’qolganning mulkini saqlash va shuningdek, boshqarish uchun xomiy tayinlashni taklif qila oladi. Fuqarolarni bedarak yo’qolgan deb topish yoki fuqarolarni vafot etgan deb e`lon qilish to’g’risidagi ishlar prokurorning ishtirokida ko’riladi.

Sudning fuqaroni bedarak yo’qolgan deb topish haqidagi hal qiluv qarori bedarak yo’qolgan shaxsning mulki turgan joydagi vasiylik va xomiylik organining shu mulk ustidan xomiy tayinlash uchun asos bo’ladi.

Sudning fuqaroni vafot etgan deb e`lon qilish haqidagi hal qiluv qarori fuqarolik holati aktlarini qayd qiluvchi organga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish daftariga mazkur fuqarolarni vafot etgan deb yozib qo’yish uchun asos bo’ladi.

Bedarak yo’qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e`lon qilingan fuqarolarni kelib qolgan yoki uning turish joyi noma`lum bo’lib qolgan taqdirda, sud yangi hal qiluv qarorini bekor qiladi, yangi hal qiluv qarori mulkka nisbatan belgilangan boshqaruvchini olib tashlash uchun yoki fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd qilish daftarida fuqarolarning vafoti haqida yozilgan yozuvni bekor qilish uchun asos bo’ladi.

 



Download 1.21 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144




Download 1.21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Fuqaroni bedarak yo’qolgan deb topish

Download 1.21 Mb.