4-§. Fuqarolarni muomalaga layoqati cheklangan yoki muomalaga ayokatsiz deb topish
Qonunda nazarda tutilgan hollar va tartibdan tashqari hech kimning huquq layoqati yoki muomala layoqati cheklanishi mumkin emas (FKning 23-moddasi).
Fuqarolarning muomalaga layoqatini sud tartibida cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish alohida hollardagina va faqat kimlar to’g’risida ish qo’zg’atilgan bo’lsa, shu shaxslarning va oila a`zolarining huquq va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadlardagina belgilanadi. Muomalaga layoqatini cheklash mumalaga layoqatsiz deb topish hollari FKning 30-31-moddalarida ko’rsatilgan.1
Spirtli ichimliklar, giyoxvand moddalari va psixotrop moddalar suiste`mol qilish natijasida fuqaroni muomalaga layoqati cheklangan deb topish to’g’risidagi yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila a`zolari, vasiylik va xomiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan ariza bo’yicha qo’zg’atilishi mumkinligi FPKning 291-moddasida ko’rsatilgan. Muomalaga layoqati cheklangan deganda-fuqaro spirtli ichimliklar ichishi, giyoxvand moddalarni belgilangan me`yordan ortiq miqdorda suiiste`mol qilish tushuniladi. Agar fuqaro spirtli, giyoxvand va boshqa dorivorlarni suiiste`mol qilish tufayli yoki boshqa dorivorlarni suiiste`mol qilish tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra ruhiy holati buzilganligini, shuning oqibatida u o’z xatti-harakatini anglay olmasligidan yoki boshqara olmasligidan dalolat beruvchi harakatlar sodir etsa, uni sud muomalaga layoqatsiz deb topish uchun asos bo’ladi.
Fuqaroni muomalaga layoqatini cheklangan deb topish uchun asos bo’ladigan holatlardan yana biri, u ham bo’lsa, shaxs o’z oilasini moddiy jihatdan og’ir ahvolga qo’yadigan holatlar ham mavjud bo’lishi kerak.
Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli o’z harakatlarini ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan fuqarolar sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda unga nisbatan vasiy belgilanadi. Fuqarolarni muomalaga layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz deb topish to’g’risidagi ishlar sudlarda FPKning 291-295-moddalarida belgilangan tartibda ko’riladi.
Spirtli ichimliklarni, giyoxvandlik moddalarni suiiste`mol qilish natijasida fuqarolarni muomala layoqati cheklangan deb tanish to’g’risidagi yoki fuqarolarni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish yuqorida aytganimizdek uning oila a`zolarining, vasiylik va xomiylik idoralarining, prokurorning, shifoxona va boshqa davlat muassasalarining hamda jamoat birlashmalarining bergan arizalari bo’yicha qo’zg’atilishi mumkin.
Alternativ sudlovlikka asosan fuqarolarning muomalaga layoqati cheklangan deb topish to’g’risidagi ariza mazkur fuqarolarning yashab turgan joydagi sudga beriladi, agar bu shaxs shifoxonada bo’lsa, shifoxona joylashgan joydagi sudga beriladi.
Fuqarolarni muomalaga layoqati cheklangan deb topish haqidagi arizada spirtli ichimliklarni yoki narkotik moddani suiiste`mol qiluvchi shaxs o’z oilasini moddiy jihatdan og’ir ahvolga solib qo’yayotganligini isbotlovchi holatlar ko’rsatilishi kerak.
Fuqarolarni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi arizada shaxsning o’z harakati ustidan hisob bermasligi yoki o’zini idora eta olmasligiga sabab bulayotgan aqliy buzilishini isbotlovchi holatlar bayon qilinishi lozim.
Sudya arizani olgach, ishni sudda ko’rishga tayyorlash tartibida, fuqarolarning ruhiy kasalligin yoki aqli zaifligi to’g’risidagi manfaatdor shaxslar tomonidan to’plangan va sudga taqdim etilgan xajjatlarni etarli bo’lganida, uning ruhiy ahvolini aniqlash uchun sud-ruhiy ekspertizasini tayinlaydi.
Fuqarolarni muomala layoqati cheklangan deb topish to’g’risidagi ishni sud albatta shu shaxsning o’zining, prokurorning hamda vasiylik va xomiyli organlari vakilining ishtirokida ko’radi.
Fuqarolarni muomalaga layoqatsiz deb topish to’g’risidagi ishni sud prokurorning vasiylik va xomiylik organlari vakilining ishtiroki bilan ko’radi. Ishni ko’rilayotgan fuqarolarning sog’lig’i imkon bersa, u sudga chaqiriladi.
Sudning fuqarolarni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to’g’risidagi hal qiluv qarori vasiylik va xomiylik organiga muomala layoqati cheklangan shaxsga nisbatan xomiy tayinlash uchun, muomalaga layoqatsiz shaxsga esa-vasiy tayinlash uchun asos bo’ladi.
Homiy muomala layoqati cheklangan, vasiy muomalaga layoqatsiz shaxslarga nisbatan tayinlashini ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishini nazarda tutiladi. Homiylar va vasiylar o’z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarni har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatnomasini himoya qilishlari mumkin.1
Agar fuqarolar spirtli yoki narkotik moddalarni suiiste`mol qilishni tashlasa, sud uning layoqatliligini bekor qilish to’g’risida hal qiluv qarori chiqaradi. Sud qaroriga asosan unga xomiy tayinlash ham bekor qilinadi (FPKning 296-moddasi). ruhiy kasalligi sababli muomalaga layoqatsiz deb tanilgan fuqarolar tuzalgani holda sud FPKning 291-moddasida ko’rsatilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan sud ruhiy ekspertizaning xulosasiga asoslanib, muomalaga layoqatli deb topishi hamda uning ustidan belgilangan vasiylikni bekor qilish haqida hal qiluv qarorini chiqarishi lozim (FPKning 296-moddani ikkinchi qismi). Bu turkumdagi ishlar ishni alohida tartibda yuritish talablariga asosan ko’riladi. Sudga fuqarolarning o’zini, uning xomiysini, shuningdek FPKning 291-moddasida ko’rsatilgan davlat organlari tashkilotlar jalb qilinadi.
FKning 30-moddasi uchinchi qismida ko’rsatilgan hollarda fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish uchun sud vasiyning, shuningdek, FPKning 291-moddasida ko’rsatilgan davlat organlari tashkilotlar va shaxslarning, sud-psixiatriya ekspertizasining ekspertini ishtirokida ishni mazmunan ko’radi.
Fuqarolarni muomalaga layoqatli deb yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to’g’risidagi ishlarni yuritish bo’yicha sud xarajatlari ariza beruvchidan undirilmaydi.
Agar, sud arizani fuqaroning muomala layoqatini asossiz cheklashga yoki uni muomala layoqatidan mahrum etish maqsadida berilgan deb topsa, ish yuritish xarajatlarini ariza bergan oila a`zolari hisobiga o’tkazadi (FPKning 297-moddasi).
|