7-§. Mehnat ishlari bo’yicha sudning hal qiluv qarorlari
Mehnat ishlari yuzasidan chiqariladigan hal qiluv qarorlarining mazmuniga ham alohida e`tibor berilishi kerak. qarorda odatda tubandagi holatlar ko’rsatiladi.
Qarorning bayon qilish qismida, agar nizo mehnat nizolarini ko’ruvchi komissiyada ko’rilsa, nizoning bu organlarda ko’rilishi natijalari ko’rsatiladi. Korxonada bunday organlar bo’lmasa, ularning yo’qligi qarorda aks ettiriladi. Agar ish FPKning 259-moddasiga binoan mansabdor shaxs jalb qilinib, ko’rilgan bo’lsa, bu to’g’rida qarorning barcha qismlarida yozilishi kerak. Jumladan, qarorning bayon qilish qismida uning bergan tushuntirishlari qisqacha ifodalanishi, asoslash qismida sudning qanday xulosalarga kelganligi, qaror qismida esa uning korxonaga to’lashi lozim bo’lgan zarar haqining miqdori aniq belgilab ko’rsatilishi kerak.
Ishga tiklanish to’g’risidagi da`vo qanoatlantirilganligi qarorda xodimning qaerga va ishga (mansabga) tiklanishi lozimligi ko’rsatiladi. Uning noiloj bekor yurgan vaqti uchun korxonadan undiriladigan summaning miqdori belgilanadi.
Agar korxonaning qaytadan tashkil topgani yoki tugatilishi sababli xodimni avvalgi ishga tiklash mumkin bo’lmasa, sud bekor yurgan vaqti uchun qonunda ko’rsatilgan o’rtacha ish haqi undiriladi. Bu to’g’rida Mehnat kodeksidagi qoidalar hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining yuqorida bayon etilgan Plenum qarorida rahbariy tushunchalar berilgan. Mehnat shartnomalarini tuzish, o’zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan tadbiq etilishi to’g’risidagi qarorida xodimdan undirilishi lozim bo’lgan zarar haqining miqdori zararning qanday konkret holatda etkazilganligini, shuningdek xodimning moddiy ahvoli e`tiborga olinib, sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.
Sud qonunda ko’rsatilmagan asoslar bo’yicha xodimning ishdan bo’shatilishini to’g’ri deb topolmaydi. Agar sud xodimning ishdan bo’shatilishi sababining ifodalanishi noto’g’ri va mehnat to’g’risida amalda bo’lgan qonunchilikka xilof deb topsa, uni o’zgartirib, qarorida ishdan bo’shatilish asosini qonunga muvofiq ravishda ko’rsatishi kerak.
Sud hal qiluv qarorining qaror qilish qismida aybli mansabdor shaxsdan tashkilot uchun undiriladigan summaning aniq miqdori hal qiluv qarorida darhol ijro etish to’g’risidagi (FPKning 219-moddasi, Mehnat kodeksining 273-moddasi) masalalarni ko’rsatishi lozim.1
Mehnatga oid da`vo qanoatlantirlgani holda hal qiluv qarorining qaror qismida javobgardan davlat foydasiga undiriladigan sud xarajatlarining summasi va qarorning ijro etish tartibi ko’rsatiladi.
|