-§. Mehnat ishlarida taraflar




Download 1,21 Mb.
bet101/144
Sana16.03.2017
Hajmi1,21 Mb.
#171
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   144
4-§. Mehnat ishlarida taraflar

  Har qanday fuqarolik ishi kabi mehnatga oid nizoning ham muvaffaqiyat bilan hal qilinishi-barcha manfaatdor shaxslarning protsessual holatlarini to’g’ri belgilashga bog’liqdir. Umumiy qoida bo’yicha mehnat ishlarida taraflar mehnatga oid nizoli huquqiy munosabatning sub`ektlari bo’ladi. Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarda taraf bo’lib voyaga etmagan ya`ni o’n to’rtdan o’n sakkizgacha bo’lgan fuqarolar ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog’liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo’yicha sudda o’z huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish huquqi bunday nizolarni hal qilishning o’ziga xos protsessual xususiyatlaridandir (FPKning 38-moddasi). Ishdagi sub`ekt avvalo da`vogar bo’ladi. Da`vogar o’zining sub`ektiv huquqining yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatining himoya kiinishi to’g’risidagi talabi bilan sudga murojaat qilgan shaxs bo’ladi. har qanday mehnat nizosi bo’yicha da`vo bilan xodimlar sudga murojaat qilganlarida da`vogar shaxs qaysi korxona, muassasa, tashkilot bilan huquqiy munosabatda bo’lgan bo’lsa, mazkur tashkilot (yuridik shaxs) javobgar bo’ladi. Bunday ishlar bo’yicha tashkilotning ma`muriyati, ya`ni ish beruvchi mansabdor shaxs javobgar bo’lmaydi. Tegishli tashkilotning rahbarlari protsessda ustav (nizom) bo’yicha vakil sifatida qatnasha oladilar. Ishni shaxsan o’zlari, shuningdek ular tomonidan vakil qilingan shaxslar tomonidan olib borilishi mumkin. Bunday vakillar tashkilotning doimiy ishlaydigan xodimlari (yuristkonsultlar va boshqa xodimlar), shuningdek tegishli tartibda vakolat olgan boshqa shaxslar bo’lishi mumkin.

Kasaba uyushmalari mehnat nizolarini ko’rib hal etishda vakil sifatida ishtirok etishi ham mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni o’ziga xos xususiyatlaridandir. Ular xodimni (FPKning 48-49-moddalarida) huquqi bilan qonuni manfaatlarni o’zlariga berilgan huquq doirasida sudga vakolatnomasini ko’rsatishi bilan hech qanday sarf-xarajatsiz protsessda qatnashadi.

Kasaba uyushmalarining vakillari xodimlarning ishlari bo’yicha ixtiyoriy vakillikni amalga oshirishlari mumkin. Bunday vakillikni ular FPKning 52-moddasida belgilangan qoidaga muvofiq amalga oshiradilar.

Kasaba uyushmalari mehnat ishlariga da`vogar, javobgar yoki uchinchi shaxs sifatida jalb qilina olmaydilar, chunki ular mehnat ishlarini dastlabki hal qiluvchi organlar bo’lib ko’riladilar. Hech qanday taraf bilan nizoli huquqiy munosabatda bo’lmaydilar.

Korxonaga etkazilgan mulkiy zararni undirish to’g’risidagi ishlarni hal qilishga sud zararning faqat xodimning aybi bilan etkazilmaganligini, balki zarar etkazilishda ish beruvchining ham aybi borligini aniqlasa, zarar etkazilishida aybdor bo’lgan mansabdor shaxslarni ham ishga qo’shimcha javobgar sifatida ishtirok etishga jalb qilish to’g’risidagi masalani hal qilishi kerak. Bu to’g’ridagi tushuntirishlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Sui Plenumining 1990 yil 14 dekabrdagi va unga kiritilgan qator o’zgartirish va qo’shimchalar bilan chiqargan qarorida berilgan. Yuqorida aytganimizdek, umumiy qoida bo’yicha da`vogar buzilgan huquqining yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatining himoya qilinishi to’g’risida sudga murojaat qilgan shaxs bo’ladi. Fuqarolik ishini qo’zg’atish tashabbusi kimga tegishli bo’lishidan, ya`ni xodimga, ish beruvchiga yoki prokurorga tegishli bo’lishidan qat`iy nazar, ish bo’yicha da`vogar mehnat nizolarini ko’ruvchi komissiyaga yoki sudga o’z talabi bilan murojaat qilgan xodim hisoblanadi, javobgar esa-talab yuzasidan nizolashuvchi korxona hisoblanadi.

 


Download 1,21 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   144




Download 1,21 Mb.