20-Mavzu. MEHNATGA OID ISHLARNI SUDDA KO’RISHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI
Tayanch iboralar: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksida fuqarolarning mehnat huquqini himoya qilish, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlarning taalluqligi va sudlovligi, bevosita sudlarda ko’rilishi lozim bo’lgan mehnat nizolari, mehnatga oid nizoli ishlarda taraflar va ularning o’ziga xos xususiyatlari, ishga tiklash to’g’risidagi ishlar bo’yicha uchinchi shaxslarning ishtirok etish xususiyatlari, mehnat ishlari bo’yicha dalillarni taqdim qilish majburiyati, mehnatga oid bo’lgan ishlarni ko’rish muddatlari, mehnat ishlari yuzasidan sudning hal qiluv qarori, hal qiluv qarorini ijro etish xususiyatlari.
Dars o’tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma`ruza tarzida O’zbeksiton Respublikasining protsessual qonunchiligi haqida, Prezident asarlarida sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalarni hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.
Dars o’tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar ham umumiy fuqarolik sud ishlarini yuritish kabi da`vo ishlarini yuritish tartibida sudlar tomonidan hal qilinadi.
Mehnatga oid nizola suda moddiy huquq normalari bilan birga protsessual huquq normalarihamda ushbu sohaga oid Oliy sud Plenumining qarorlari bilan birgalikda hal qilinadi. Fuqarolik ishalrini ko’ruvchi sudlar mehnatga oid arizalarni ko’rishdan oldin FPKning31 va 239-moddasiga asoan umumiy qoidaga binoan ularni sudga talluqli bo’lish bo’lmasligini beligalashlari lozim. Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni sudga talluqli bo’lish bo’lmasliklarini belgilash haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998 yil 17-apreldagi Plenumi qarorida ko’rsatib o’tilgan1.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksigning 260-moddasida ko’rsatilganidek, mehnat nizolari bo’yicha xodim mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga hg’aqli. Qonun MK ning269-moddasiga ko’ra mehnat nizolari qo’yidagi hollarda tuman (shahar) sudlarida ko’rib chiqiladi:
-agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan bo’lsa:
-ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat`iy nazar ishga tiklash to’g’risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta`rifini o’zgartirish to’g’risida, majburiy progul yoki kam haq to’lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to’lashga doir bo’lsa:
-xodimi tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararning to’lanishi haqida bo’lsa:
-mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog’ligiga shikast etkazilishi oqibatidagi zararni shu jumladan ma`naviy zararni yoki uning mol-mulkiga etkazilgan zararning ish beruvchi tomonidan to’lanishi haqida bo’lsa:
-Mehnat kodeksining 78-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo’lsa:
-ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarga boshqa vakillik organlari bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalr yuzasidan kelib chiqqan bo’lsa.
Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarni protsessual xususiyatlaridan biri shuki bunda boshqa fuqarolik ishlarga nisbatan qisqa muddat belgilanganidir.
Mehnat nizosini ko’rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega bo’lgan shaxslar qonunda ko’rsatilgan, ular:
1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari;
2) mehnatning huquq bo’yicha inspektori;
3) ish beruvchi mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo’lmagan taqdirda, shuningdek unga xodim tomonidan etkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo’yicha;
4) prokuror.
Mehnat nizolari to’g’risidagi ariza bilan bevosita tuman (shahar) sudiga Mehnat kodeksining 270-moddasida belgilangan muddatlardagina murojaat qilish mumkin, chunonchi:
ishga tiklash nizolari bo’yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan moddiy zararni to’lash haqidagi nizolar bo’yicha zarar etkazilganligi ish beruvchiga ma`lum bo’lgan kundan boshlab bir yil;
boshqa mehnat nizolari bo’yicha-xodim o’z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlab uch oy.
Ushbu 270-moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Xodimning sog’lig’iga etkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo’yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.
Mehnat nizolarini ko’rish uchun boshqa fuqarolik ishlariga nisbatan birmuncha qisqa muddatlar belgilangan. FPKning 131-moddasiga ko’ra, mehnat nizolari birinchi instantsiya sudi tomonidan 10 kunlik muddat ichida ko’rilishi lozim. Ishni boshqa muddatda ko’rilishi shu qonunda belgilangan. Mehnat to’g’risidagi nizolarning tezdan ko’rilishini ta`minlash bilan huquq normalari fuqarolarning mehnatga oid huquqarining amaldagi Konstitutsiya o’z himoyasiga olganligidan va ularning manfaatlari hamisha davlat e`tiborida ekanligidan dalolat beradi.
|