-§. Ishga tiklash yoki xodimni oldingi vazifasiga qo’yish to’g’risidagi ishlar bo’yicha uchinchi shaxslarning ishtiroki




Download 1,21 Mb.
bet102/144
Sana16.03.2017
Hajmi1,21 Mb.
#171
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   144
5-§. Ishga tiklash yoki xodimni oldingi vazifasiga qo’yish to’g’risidagi ishlar bo’yicha uchinchi shaxslarning ishtiroki

  Mehnat nizolarini sudda ko’rishni yana boshqa xususiyati ham borki, u ham bo’lsa, boshqa ishda ishtirok etuvchi sub`ektlardan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ishtirok etmasligi va bunday ishlarda ayrim hollarda mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar da`vo talablarini predmetiga nisbatan talab qo’ymasa ham, biroq, noto’g’ri bo’shatilgan yoki boshqa ishga o’tkazilgan xodimlarni ishga tiklash yoki oldingi vazifalariga qo’yish to’g’risidagi ishlar bo’yicha sud o’z tashabbusi bilan ishdan bo’shatishga yoki boshqa ishga o’tkazishga buyruq bergan mansabdor shaxsni javobgar tomonidan uchinchi shaxs sifatida ishtirok etishi uchun jalb qilishi mumkin. Sud ishdan bo’shatish yoki boshqa ishga o’tkazish ochiqdan-ochiq qonunga xilof bo’lganligini aniqlasa, u shu protsessning o’zida aybdor mansabdor shaxsga davlat muassasasi, korxonasi, tashkilotning ishdan bo’shatilgan xodimi majburan bekor yurgani uchun haq to’lashi yoki ish haqidagi farqni to’lashi natijasida ko’rgan zararlarini qoplash majburiyatini yuklashi lozim. Uchinchi shaxslarni mehnat ishlarida ishtirok etilishi haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998 yil 17 apreldagi «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qarorlarni qo’llanish haqida»gi Plenum qarorida berilgan1. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undirilgan summaning miqdori mehnat haqidagi qonunlar bilan belgilanadi (FPKning 259-moddasi).

Korxona, muassasa va tashkilotlarning ma`muriyati tomonidan ishdan noto’g’ri bo’shatilgan yoki boshqa ishga ko’chirilgan xodimni ishga yoki avvalgi vazifasiga qayta tiklash to’g’risida chiqarilgan hal qiluv qarori bajarilmagan taqdirda, sud korxona, muassasa, tashkilotlarda xodimning majburan bekor yurgan vaqti uchun ish haqi undirish to’g’risida yoki noto’g’ri boshqa ishga ko’chirilgan xodimga hal qiluv qarori chiqarilgan kundan boshlab, to uni ijro etish uchun o’tgan vaqtdagi ish haqi tafovutini to’latib olishi to’g’risidagi masalani hal etishi mumkin.

Ayni vaqtda sud chiqargan hal qiluv qarorining ijro etilmaganligi haqida xodimga pul summasi to’lanishi hisobiga kelib chiqqan zararlar korxona, muassasa, tashkilotning da`vosi bo’yicha sudning hal qiluv qarorini bajarmaslikda aybdor bo’lgan mansabdor shaxslardan bunday hollarda undiriladigan pulning miqdori mehnat haqidagi qonunlar bilan belgilanadi (FPKning 259-moddasi, Mehnat kodeksining 273-274-moddalari).

Shu tartibda qonun ishdan noto’g’ri bo’shatilgan yoki noto’g’ri ko’chirilgan xodimlarni mansabga yoki ishga tiklash to’g’risidagi ishlarni ko’rishda mustaqil talablar arz qilmagan uchinchi shaxslarning ishda ishtirok etishlarining ikki muhim xususiyatini: 1-dan, javobgarning (korxonaning) manfaatlari yuzasidan uchinchi shaxsga (aybli mansabdor shaxsga) nisbatan regress da`vosini qo’zg’atish va 2-dan, bu da`voni asosiy da`vo bilan bir vaqtning o’zida ko’rish mumkinligini belgilaydi. Ammo mansabdor shaxsni ishga javobgar tarafidagi uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilmasdan regress da`voni hal qilishga yo’l qo’yilmaydi. Mansabdor shaxs sudning (yoki ish sudda ko’rishga tayyorlanishi davrida sudyaning) ajrimi bilan ishda ishtirok etishga jalb qilinishi va FPKning 160-moddasida ko’rsatilganidek, ishning ko’rilishi kuni to’g’risida albatta xabardor qilinishi kerak.

Ishga tiklanish to’g’risida xodim tomonidan da`vo qo’zg’atilganida javobgar (korxona) tarafida turib, uchinchi shaxs sifatida ishda qatnashishga jalb qilinadigan mansabdor shaxs bir vaqtning o’zida regress da`vosi sudning tashabbusi bilan manfaatdor tashkilot tomonidan, bunday da`voning qo’zg’atilish-qo’zg’atilmasligidan qat`iy nazar, ya`ni asosiy da`vo bo’yicha javobgar tomonidan da`vo qo’zg’atilgan bo’lish-bo’lmasligidan qat`iy nazar ko’riladi. Mehnat ishida uchinchi shaxs sifatida ishtirok etuvchi mansabdor shaxs bunday ish yuzasidan vakil bo’la olmaydi. Tashkilotning regress da`vosi sudning tashabbusi bo’yicha hal qilinmagan hollarda bunday da`vo prokuror tomonidan qo’zg’atilada. Yetkazilgan zarar faqat mansabdor shaxsning aybi borligi aniqlangandagina undirilishi mumkin. Moddiy javobgarlikka xodimni noto’g’ri bo’shatishda yoki boshqa ishga o’tkazishda bevosita aybli bo’lgan shaxslargina tortiladi. Binobarin, uchinchi shaxslar sifatida faqat bir shaxsgina jalb qilinmasdan, xodimning noto’g’ri bo’shatilishi yoki o’tkazilishida aybli bo’lgan konkret shaxsni belgilash uchun bir necha shaxslar ham jalb qilinishi mumkin.

FPKning 259-moddasi xodimlari noto’g’ri bo’shatish bilan ko’rashishga, mehnatkashlarning manfaatlarini, shuningdek mansabdor shaxslarning noto’g’ri harakatlari tufayli zarar ko’rgan tashkilotlarini mulkiy huquqlarini himoya qilishga, qonunchilikni yanada mustahkamlashda va qonunlarga hurmatda bo’lish ruhida tarbiyalashga qaratilgan.1

Mehnatga oid fuqarolik ishining to’g’ri hal qilinishi ish yuzasidan aniqlanishi lozim bo’lgan faktlarning holisona ravishda va to’la belgilanishiga bog’liqdir. har qaysi mehnat ishi bo’yicha aniqlanishi lozim bo’lgan holatlar doirasi nizoli huquqiy munosabatning mazmuniga va da`vogar tomonidan arz qilingan talablarning mohiyatiga qarab belgilanadi. Jumladan, shtatning qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo’shatilgan xodimlarni ishga tiklash to’g’risidagi da`volarni hal qilishda, sud darhaqiqat shtat qisqartirish bo’lgan-bo’lmaganligini, bunday hollarda ish beruvchi mazkur asoslar bo’yicha xizmatchilarni bo’shatishni tartibga soladigan mehnat qonunchiligi normalariga rioya qilingan-kilinmaganligini aniqlaydi.

Mehnat intizomini buzish bilan bog’liq bulagn ishlarni ko’rishda sudlar, xodim tomonidan mehnat intizomini buzadigan xatti-harakatlarni qilingan-kilinmaganligi, xodimga nisbatan ta`sir etish choralarining ish beruvchi tomonidan qo’llangan-qo’llanmaganligini belgilash talab qilinadi.

Xodimlar tomonidan korxona, muassasa va tashilotga etkazilgan zarar haqini ulardan undirish to’g’risidagi ishlarni ko’rishda xodimlarni moddiy javobgarlikka tortilishlari asoslarini va shartnomalarini, shuningdek undirilishga tegishli summalarni belgilaydigan holatlarni har tomonlama aniqlashi lozim.

Sud bunday ishlarni hal qilishda mehnat nizolarini ko’ruvchi komissiya ko’rilayotgan nizo tugrsida chiqarilgan qarorlarn e`tiborga olsa ham, ammo bu qarorlar sud uchun majburiy emas. Sud ishni ko’rishda nizoli huquqiy munosabatning barcha holatlarini, taraflarning haqiqiy huquq va burchlarini to’la va to’g’ri aniqlash bilangina chegaralanmasdan, balki nizoning mehnat nizolarini ko’ruvchi komissiya va kasaba uyushmalarida ko’rilishi tartibga rioya qilinganligini tekshiradi. Bu tartibning jiddiy ravishda buzilishi, masalan, arz qiluvchining ishtirokisiz ishning ko’rilishi qabul qilingan qarorning bekor qilinishiga sabab bo’lishi mumkin.





Download 1,21 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   144




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Ishga tiklash yoki xodimni oldingi vazifasiga qo’yish to’g’risidagi ishlar bo’yicha uchinchi shaxslarning ishtiroki

Download 1,21 Mb.