Tayanch iboralar: sud tartibida otalikni belgylash to’g’risidagi ishlarni yuritish va uning turlari, otalikni belgilash to’g’risidagi ishlarning taalluqligi va sudlovligi, otalikni belgilashda alohida tartibda, shuningdek da`vo ko’zg’atish tartibida ish yuritish uchun asoslar, ishni sudda ko’rishga tayyorlash va ishni sudda ko’rib xal qilishning protsessual xususiyatlari, alohida va da`vo tartibida yuritiladigan otalikni belgilash ishlari bo’yicha isbotlash va dalillar, ish bo’yicha sud hal qiluv qarorlari va unga qo’yilgan talablar.
Dars o’tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma`ruza tarzida O’zbeksiton Respublikasining protsessual qonunchiligi haqida, Prezident asarlarida sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalarni hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.
Dars o’tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
Otalikni belgilash to’g’risidagi talabni suda ko’rilishi va uni hal qilish uchun sudya protsessual ahamiyatga ega bo’lgan va oilaviy qonunchilikda nazarda tutilgan qator holatlarni tekshiradi. Otalikni sud tartibida belgilash da`vo ishi va alohda tartibda kuo’riladigan ishlarga oid qoidalar bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining oila kodeksi otalikni belgilash to’g’risidagi ishlarning ikki turini belgilaydi. Brinchisiga, da`\vo ishini yuritish tartibida ko’riladigan otaliukni belgilash to’g’risidagi ishlar. Ikkinchisida alohida tartibda ish yuritish tartibida ko’riladigan otalik faktini belgilash to’g’risidagi ishlar bo’ladi.
Otalikni da`vo ishini yuritish tartibida belgilanishi to’g’risidagi va alohida tartibda ish yuritishda otalik faktini belgilash to’g’risidagi talablarning qanoatlantirilishi ishning suda ko’rilishi davomida Oila kodeksining 62-moddasida sana bo’tilgan holatlardan birining tasdiqlanishi bilan bog’liq bo’ladi.
Bolani o’z tarbiyasiga olgan va bolani otasi bo’lishiga iqror bo’lgan shaxs vafot etgani holda otalikni tan olish fakti belgilanadi.
Otalikni belgilash to’g’risidagi ishlarni qo’zg’atish uchun umumiy asos, bolaning ota-onalari o’rtasida nikohni qayd qilish organlarida rasmiylashtirilgan nikohning yo’qligi bo’ladi.
Nikohda bo’lmagan shaxslardan bolaning tug’ilishida otalik aga rota-onalar otalikni belgilash to’g’risida birgalikda FXDYO organiga ariza bermagan bo’lsalar, u holda sud tartibida belgilanishi mumkin. Bunday holat bolaning ota-onalari o’rtasida nizo bo’lganida, ya`ni ota-onalaridan birining qarshi bo’lishi yoki uni otalikni tan olish to’g’risida FXDYO organiga birgalikda ariza berishday bosh tortganida uchrashi mumkin.
Ko’pgina holatlarda otalikni belgilash to’g’risidagi da`vo arizalari aliment undirish to’g’risidagi talabalr bilan birga qo’shib beriladi. Da`vo arizasi FPKning 148-149-moddalariga muvofiq sudga yozma shaklda beriladi.
Otalikni alohida ish yuritish tartibida belgilash to’g’risidagi ariza FPKning284-moddasiga asosan yuridik ahamiyatga ega bo’lgan faktning belgilanishi to’g’risidagi arizalar kabi ariza beruvchining turar joyidagi sudga beriladi.
Bundan tashqari otalikni sud tartibida belgilashda sudlar O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2001 yil 1 –iyundagi «Otalikni belgilash haqidagi ishlarni ko’rishda sudlar tomonidan qonunlarning tatbiq etilishi to’g’risidagi» Plenum qarorida belgilab qo’yilgan1.
Sud otalikni belgilash to’g’risidagi ishni ko’rishda qo’yidagilarga e`tibor berishi lozim:
-bolaning onasi bilan javobgarning bola tug’ilishiga qadar birga yashashliklari va umumiy tartibda ro’zg’or yuritganliklarini:
-bolani birgalikda tarbiyalaganliklarini yoki uni ta`minlab turganliklarini:
-javobgarning otalikni tan olganliklarini(otalikka iqoror bo’lganligini) aniq tasdiqlaydigan dalillarning bo’lishligini hisobga olishi kerak.
Otalikni belgilash bo’yicha sudning qarorolari qonuniy va asoslantirilgan bo’lishiga qarab protsessual va moddiy huquq normalarini to’g’ri tatbiq etishi lozim.
Yuqorida aytilganidek, O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi nikohda bo’lmagan ota-onalardan tug’ilgan bolalarga nisbatan otalikning sud tartibida belgilanishi mumkinligi to’g’risida qoidalar o’rnatdi. Bu qoidalar ota-bola o’rtasida huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, xususan ona va bolalarning manfaatlarini himoya qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. qonuniy nikohda bo’lmagan shaxslardan tug’ilgan bolaning otasini sud yo’li bilan belgilash uchun muayyan yuridik faktlarning mavjudligini aniqlash talab qilinadi.
Sud otalikni belgilash to’g’risidagi nizolarni ko’rishda tubandagilarning: birinchidan, bolaning onasi bilan javobgarning bola tug’ilishiga qadar birga yashaganliklari va umumiy ruzgor yuritganliklarini; yoki ikkinchidan, bolani birgalikda tarbiyalaganliklarini yoxud uni ta`minlab turganliklarini; yoxud uchinchidan, javobgarning otalikni tan olganligini (otalikka iqror bo’lganligini) aniq tasdiqlaydigan dalillarning bo’lishligini e`tiborga oladi.
Yuqorida ko’rsatilgan hollar bolaning javobgar shaxsdan tug’ilishi faktini tasdiqlaydigan dalillar bo’lishi bilan bir qatorda, moddiy-huquqiy ahamiyatga ega bo’lgan, ya`ni otalik huquqlari va burchlarini vujudga keltiruvchi shartlar bo’lib ham ko’riladi va mazkur turkumdagi ishlar bo’yicha da`voning asosini tashkil etadi.
Ko’rsatilgan bu holatlar qat`iy bo’lib, ularning har qaysisi huquqiy oqibatlarining tug’dirilishi uchun mustaqil ahamiyatga egadir.
Binobarin, da`voni qanoatlantirishda bolaning javobgardan tug’ilishi faktini tasdiqlash uchun Oila kodeksining 62-moddasida ko’rsatilgan holatlardan hammasi bo’lmasa ham, faqat birigina bo’lganida ham etarli asos bo’ladi. Bu modda ko’rsatilgan holatlarning fuqarolik protsessida ikki xil ahamiyatga ega bo’lishini nazarda tutish kerak. Bir tomondan, bu holatlar bolaning otasi bilan bola o’rtasida huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradigan moddiy-huquqiy ahamiyatga ega bo’lgan yuridik faktlar bo’lib ko’riladi. Binobarin, bular da`voning asosi tarkibiga kiradi va isbotlash predmetini tashkil etadi. Ikkinchi tomondan, ya`ni protsessual tomondan, bu holatlar da`voning asosida bo’lgan eng muhim faktni-bolaning javobgardan tug’ilishi faktini tasdiqlovchi dalillar rolini bajaradi. qonunda bunday holatlar sifatida bolaning otasi bilan bola o’rtasida kon-qarindoshlikni to’g’ridan-to’g’ri yoki egri tarzda isbotlovchi faktlar ko’rsatiladi va shu tufayli ular isbotlovchi dalil sifatida muayyan ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, bolaning javobgar tomonidan asralishi, unga ta`minot berilishi, otalikni belgilash uchun shart bo’lib ko’rilishi bilan birga bolaning javobgardan tug’ilgan bo’lishligini egri tarzda bo’lsa ham isbotlovchi dalil qatorida ko’riladi.
Otalikni belgilashda sud tomonidan e`tiborga olinishi lozim bo’lgan holatlar orasida Oila kodeksining 62-moddasida, avvalo bolaning otasi bilan onasi birgalikda yashagan bo’lishlari va birgalikda umumiy ruzgor yuritganliklari ko’rsatiladi. Oliy sud Plenumining yuqorida ko’rsatilgan 1982 yil 25 martda chiqarilgan qarorining 3-bandida tushuntirilishicha, bolaning onasi javobgar bilan birgalikda yashashlari va birgalikda umumiy ruzgor, xo’jalik olib borishlari, oilaviy munosabatlar uchun xarakterli holat bo’lishi bilan, Jumladan, bir uyda yashashlari, birgalikda ovqatlanishlari, bir-birlari to’g’risida o’zaro gamxurlikda bo’lishlari, birgalikda foydalanish uchun uy-ruzgor buyumlari olishlari va boshqa holatlar bilan tasdiqlanishi mumkinligi aytiladi. Sud amaliyotida O’zbekiston Respublikasi Nikoh va Oila kodeksining 61-moddasi talablari bo’yicha bolaning nasabini belgilash bilan bog’liq bo’lgan holatlarni etarli tekshirilmagani holda sud otalikni belgilash haqidagi da`voni qanoatlantirish hollari mavjudligi to’g’risida Respublika Oliy sudi ko’rsatib o’tgan.1
Otalikni sud tartibida belgilash uchun bo’lgan asoslardan ikkinchisi-bola onasi va javobgar tomonidan birgalikda tarbiyalanishi yoxud otaning bolaga ta`minot berib turishi bo’ladi. Bunday hollarda ularning birgalikda yashashlari shart qilib qo’yilmaydi. Oliy sud Plenumining 1982 yil 25 martda chiqargan qarorida tushuntirishicha, bolaning javobgar tomonidan tarbiyalanishi deb aytilganida, uning doimiy ravishda bola bilan ko’rishib turishligi, to’g’risida ota-onalarcha gamxurlikda bo’lishligi nazarda tutiladi. Bunday hollarda javobgar boladan ayrim holda yashasa ham, ammo doimiy ravishda uning bilan ko’rishib turishi unga ruhiy va jismoniy tarbiya berilishi to’g’risida gamxurlik ko’rsatishi ham dalil bo’lishi mumkin. Xullas, bolani tarbiyalashda, unga moddiy yordam berishda javobgarning ishtirok etishi-otalikni belgilash uchun asos bo’ladigan dalil hisoblanadi.
Otalikni bu ikkinchi asos bo’yicha belgilash uchun bola javobgarning to’la qaramog’ida bo’lishi yoki javobgar tomonidan beriladigan moddiy yordam bola uchun doimiy va asosiy yashash manbai bo’lishi kerak. Bunday hollarda javobgarning birmuncha uzoq muddat davomida bolani asrash uchun moddiy yordam ko’rsatib turganligining belgilanishi ham kifoya bo’ladi. Bu asosni e`tiborga olish uchun yordamning qancha vaqt davomida berib turganligi muhim ahamiyatga ega emas. Ammo javobgar tomonidan sovgalar tariqasida yoki har zamonda moddiy yordam berilishini-bolaning javobgar tomonidan asralishi fakti deb ko’rilmasligi kerak.
Bolaning onasi va javobgar bir oila bo’lib yashaganliklarida bolaga qilingan xarajatlarining miqdoridan qat`iy nazar, bolani asragan bo’lib ko’riladigan oilaviy munosabatlar mavjud bo’lganida, maxsus asos, qoida bo’yicha bolani birgalikda tarbiyalash bilan bog’liq qilinadi. Binobarin, bolaning javobgar tomonidan asralishi to’g’risida gumon bo’lganida, masalan, javobgar hech qaerda ishlamasdan, bolaning onasi qaramog’ida bo’lganida ham otalikni belgilash uchun bolaning ular tomonidan birgalikda tarbiyalanishi fakti sifatida e`tiborga olinishi mumkin.
Bolaning ota-onalari birga yashaganlarida bolaning javobgar boqimida bo’lishligi fakti, aksariyat hollarda, ochiqdan-ochiq ko’rinib turadi. Buni belgilash sud uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Agar taraflar ayrim yashaganliklarida va javobgar moddiy yordam ko’rsatib turganida, bu holatni aniqlash qiyinrok bo’ladi. Bunday hollarda sud o’z tashabbusi bilan zarur dalillarni to’plashi lozim bo’ladi.
Javobgarning otalikni tan olganligining, otalikka iqror bo’lganligining sud tomonidan belgilanishi muhim ahamiyatga ega bo’lgan yuridik fakt hisoblanadi. Oila kodeksining 62-moddasida ko’rsatilgan otalikni sud tartibida belgilashning bu uchunchi asosiga alohida e`tibor berilish talab qilinadi.
Javobgarning otalikka iqror bo’lishligi to’g’risidagi sudning xulosasi bu faktni aniq tasdiqlaydigan dalillarga asoslangan bo’lishi lozim. Otalikka iqror bo’lish qat`iy formada qilingan bo’lishi va bu to’g’rida qarama-qarshi fikrlarga-mulohazalarga yo’l qo’yilmasligi kerak. Javobgarning noaniq iqrori, bolaning o’ziniki bo’lishligiga ishonib etmasligi, shu bilan birga bunday extimolni inkor ham etmasligi boshqacha aytganda yarim iqror bo’lishlik otalikni belgilash uchun asos bo’lmaydi.
Otalikni tan olganlikni isbotlaydigan dalillar: javobgarning xatlari, anketalari, arizalari va boshqa faktik ma`lumotlar bo’ladi. Bular bilan birgalikda otalikka iqror bo’lish faktini aniq tasdiqlaydigan, protsessual qonunlarda nazarda tutilgan boshqa isbotlash vositalaridan ham, masalan, javobgarning otalikka iqror bo’lganligini isbotlaydigan aktlar yoki hujjatlarning muallif ekanligi belgilash to’g’risida ekspertlarning fikrlaridan ham foydalanish mumkin bo’ladi.
Javobgarning sud majlisida otalikka iqror bo’lishligi alohida ahamiyatga egadir. Javobgar sudda da`voni tan olsa, otalikka iqror bo’lsa, qonunda nazarda tutilgan shartlar bo’lmasa ham, sud otalikni belgilash to’g’risida qaror chiqarishga haqli bo’ladi.
Javobgarning da`voni tan olishi, ya`ni otalikka iqror bo’lishligi moddiy-huquqiy va protsessual ahamiyatga ega bo’lgan fakt hisoblanadi. Bundan tashqari, javobgarning sud majlisida otalikka iqror bo’lishi muhim dalil sifatida ham ko’rilishi mumkin. Ammo sudda iqror bo’lishlik-da`voni qanoatlantirish to’g’risida qaror chiqarishga izohsiz asos bo’la olmaydi.
Ba`zi hollarda javobgar o’z bolasi bo’lmagan bolaga nisbatan ham iqror bo’lishi mumkin. Bunday iqror taraflarning qonunda belgilangan tartibdan chikib, bolani sud orqali farzand qilib olishni istashlari bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin.
Otalikka yolgondan iqror bo’lish rad qilinishi kerak. CHunki sudning qarori barcha hollarda ish holatlariga muvofiq bo’lishi va chin haqiqatga qarama-qarshi bo’lmasligi kerak. Binobarin, javobgarning sud majlisida otalikka iqror bo’lishi sudni bolaning haqiqatan kimdan tug’ilganligini aniqlash burchidan ozod qilinmaydi. Otalik to’g’risidagi nizolarni hal qilishda bexuda protsessual harakatlar qilmaslik va taraflarning o’zaro haqiqiy munosabatlarini har taraflama aniqlash maqsadida sud avvalo Oila kodeksining 62-modddasida ko’rsatilgan holatlarning bo’lish-bo’lmasligini belgilashi lozim. Agar ulardan biri ham tasdiqlanmasa, bolaning kimdan tug’ilganligi to’g’risidagi masalani tekshirishning ahamiyati bo’lmaydi, chunki tekshirish natijalaridan qat`iy nazar talab qanoatlantirilmaydi.
|