Alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi




Download 304,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana27.11.2023
Hajmi304,56 Kb.
#106199
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

 
 
 
 
 
 
 


58 
XULOSA 
“Farhod va Shirin” Alisher Navoiyning epik poeziya sohasidagi alohida 
katta muvaffaqiyatidir. O‘zbek, fors – tojik, ozarbayjon adabiyotlarida ishqiy 
sarguzasht qissalar uzoq tarixga ega bo‘lib, ishqiy mojarolar bilan to‘lib – toshgan 
bunday manzumalar asosida muayyan g‘oyaviy niyatni ifodalaydigan asarlar 
yaratish katta mahorat sanalgan. 
Navoiy o‘zining doston ustidagi ishida epik poeziya an’analari ichiga chuqur 
kirib boradi, o‘rni bilan ularga tanqidiy munosabatda bo‘ladi. “Farhod va Shirin” 
asosiy e’tibori bilan ishqiy – romantik dostonchilik an’analari asosida yaratilgan 
bo‘lsada, shoir bu doirada cheklanib qolgan emas. O‘quvchi dostonda mifologik 
lavhalar (Farhodning Oinai iskandariy sirlarini bilish uchun Yunonga otlanib, 
og‘zidan o‘t chiqarib turuvchi ajdaho va “Avesto”da zulmat ramzi sifatida 
gavdalangan Ahramanga qarshi kurashi)ni ko‘radi. “Farhod va Shirin” dostonining 
syujeti, kompozitsion qurilishi, obrazlar qiyofasi, tasvir vositalaridagi xalq og‘zaki 
ijodiyoti izlari Navoiyning xalqning bu bebaho xazinasiga katta boylik sifatida 
qaraganligini ko‘rsatadi. Alisher Navoiy ishqiy sarguzasht qissalarning an’anasi 
doirasida ijtimoiy – siyosiy masalalar borasida ham keng ko‘lamda bahs yuritish 
imkoniyatini kashf etadi. Adib shu maqsadda Farhod obrazining tarixini yaratishni 
maqsad qilib qo‘yadi va dostonda hamma diqqatini Farhodning tug‘ilishidan 
boshlab uning murakkab sarguzashtlarini tasvirlashga qaratadi. Shu tarzda asarda 
keltirilgan har bir masalaning qo‘yilishi va izchil hal etilishiga zamin yaratadi.
Alisher Navoiy faqat so‘z san’atining buyuk namoyondasi, olamshumul 
ahamiyatga molik bo‘lgan ijodkorgina emas, ta’lim – tarbiya sohasida jiddiy 
fikrlarni bildirgan, bu sohada nazariy fikrlarni aytish bilan cheklanmasdan, katta 
hajmdagi amaliy faoliyat bilan shug‘ullangan benazir mutafakkir hamdir.
“Mahbub ul-qulub” asarida bilim olib mustaqil mushohada yurita 
olmaydigan insonni “ustiga kitob ortilgan eshak”ka qiyoslaydi va “nodon” deb 
ataydi. Shuningdek, ulug‘ shoir asarida o‘quvchini chiroyli yozuvni, yozma nutq 
malakasini egallashga undaydi. U yod olish usulining imkoniyat va afzalliklarini 
targ‘ib qildi. Jumladan, Farhod haqida gapirib:


59 
Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni, 
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni. 
…O‘qub o`tmak, uqub o‘tmak shiori, 
Qolib yodida sahfa – sahfa bori, ─ degan misralarni bitadi. 
Bugungi yoshlarimiz qiyofasida ham Navoiy idealidagi Farhodga xos 
xislatlar mavjud desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunonchi, yoshlarimizning 
bunyodkorlik ishlari, asriy tog‘larni zabt etishi, yer qa’ridan oltin qazib olishi, 
osmono‘par imoratlarni qurishi, mamlakatni bog‘u bo‘stonga aylantirishi, ilm – fan 
bobida dunyo olimlarini hayratda qoldirishi Navoiy orzularining hayotiy va real 
ekanligidan dalolatdir. Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyotida, balki jahon 
adabiyotidagi eng yorqin siymolardan biridir. Bu buyuk bobokalonimiz qoldirgan 
ulkan merosda olam va odamga bog‘liq bo`lgan hodisalar favqulodda teran nigoh 
bilan tahlil etilgan. Ularda inson mohiyati, uning ijtimoiy vazifasi, burch va 
mas’uliyatlari, imkoniyat va ojizliklari yuksak badiiy ohanglarda tasvirlangan. 
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining 
shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan biri — bu 
Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining 
boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo 
faxrlanib so‘z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy 
madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy 
adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha`nu sharafini 
dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir”. 
Alisher Navoiy ijodining qimmati adabiyotshunos olimlar tomonidan 
atroflicha o‘rganilgan. Shuning uchun adabiyot darslarida mavzuni bayon etish, 
asar mazmuni haqida gapirish, qahramonlar sarguzashti, kurashini hikoya qilish, 
obrazlarni ijobiy yoki salbiyga ajratishning o‘zi yetarli emas. Aslida yozuvchining 
(ijodkorning) ichki olami, dunyoni talqin etishi, hayot voqealarini bayon etish 
san’ati, jamiyatga munosabati, eng muhimi, san’at vositasida kitobxonni 
ezgulikka, yuksaklikka yetaklashi, poetik mahorati, ijodiy metodi, falsafiy – estetik 
qarashlarini topa olish, uni o‘rganish badiiy asarda mavjud bo‘lgan yangi olam, 


60 
yangi dunyo kishisining xarakterini topa olish va uni kitobxonga yetkaza olish 
san’atiga ega bo‘lgan o‘qituvchigina o‘quvchiga madaniy, ma’naviy oziq bera 
oladi va uni ijodiy fikrlashga undaydi. Adabiyot o‘qituvchisi Alisher Navoiyning 
“Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab`ai Sayyor”, 
“Saddi Iskandariy” dostonlarini tahlil qilar ekan, uni bugungi kun bilan bog‘lashi 
zarur. Bugun Navoiy orzu qilgan qahramonlar mustaqillik davrida qurilgan 
koshonalarda hayot kechirmoqdalar, yuksak maqsadlar sari intilmoqdalar. 
Demak, Navoiyni anglash u yaratgan asarlari mazmunini o‘rganishgina emas, balki 
bugungi kun qahramonlarining vatanparvarligi, mehnati, bilimi, iste‘dodi bilan 
yuzaga kelgan mo‘jizalarni anglash hamdir.

Download 304,56 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 304,56 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

Download 304,56 Kb.
Pdf ko'rish