47
Uchinchi o‘quvchi: Baland tog‘ni o‘zining sirli teshasi bilan parchalagan
pahlavon Farhodning Shirin bilan uchrashuvi asarda hayajonli tasvir etiladi.
Darslikda bu voqea shunday tasvirlangan:
…Ki: “Ey nodir yigit ofoq ichinda,
Yagona charxi nili toq ichinda!
Ayonda holingda ko‘p, ko‘p bul’ ajabliq.
Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq”.
Mazkur qissaning asosini tarixiy voqelik, ya’ni tarixiy shaxslar hayotidagi
voqealar tashkil etsa-da, ammo keyinchalik bu tarixiylik faqat nomlarda saqlanib
qolib, voqealar, sarguzashtlar bayonida badiiylik qonuniyati amal qila boshlaydi.
Natijada bu mavzuga murojaat etgan har bir shoir o‘zining ijodiy maromi,
dunyoqarashi va estetik mezonlari asosida asar yaratdi. Shuning natijasida bunday
asarlarda tarixiylikdan ko‘ra badiiy yaratuvchilik me’yori yetakchilik qilib, undagi
obrazlar, voqealarning talqini ham turlicha yo‘nalish va maqsadlarda amalga
oshiriladi. Shundanda, Xusrav, Shirin, Farhod obrazlarining turlicha tasvirlari, har
xil talqinlari maydonga keladi. Jumladan, Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida
Xusrav va Shirin tarixiy nuqtai nazardan tasvirlanib, unda Shirinni hech qanday
aloqasi bo‘lmagan bir shaxs sifatida tasvirlagan. Nizomiy Ganjaviy bu mavzuga
murojaat etar ekan, balki badiiylik mezonini ustun qilib qo‘yadi, ikkinchidan esa
obrazlar talqinini o‘zlashtiradi. Natijada Farhod toshyo‘nar hunarmand hamda
Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlanadi. Ammo u dostonning voqealarida
boshdan oyoq qatnashmaydi, balki suv kanalini qazish ehtiyoji tug‘ilgandan
voqealar maydoniga kirib keladi.