5
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch” nomli asari barcha fanlarda bo‘lganidek, adabiyot metodikasi
fanining ilmiy metadologik asosini belgilab beradi. Zotan, asarda hozirgi zamon
yoshlari kelajak avlodning yashashi, istiqlolga erishish yo‘llari yaqqol belgilab
berilgan.Buning isboti hazrat Alisher Navoiyga berilgan baho bo`ldi.Kitobda
buyuk dahoning insoniyat olamiga qo‘shgan xizmatlari, uning adabiyotimiz
sohasida yaratgan kashfiyotlari, ayniqsa, Navoiy asarlarining yoshlarimizning
barkamol bo‘lib yetishishlaridagi ahamiyati, badiiy kuchi, qimmati alohida qayd
etilgan. Alisher Navoiyning badiiy ummoni nodir dur-u javohirlarga to‘la.
Masalan, “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin xoqoning o‘g‘li Farhodning
yoshlikdagi bilimga chanqoqligi, uning piri komili Suqrot nasihati bilan sof sevgi
va ma’naviy yuksalish yo‘lidagi kurashi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida tog‘dan
ariq qazib, qaqragan yerlarga obi – hayot bag‘ishlashi, sevgilisi Shirin mamlakatini
bosqinchi, xudbin Xisravdan himoya qilishi, go‘zal Shirinning sof sevgi yo‘lidagi
barcha harakatlari, “Layli va Majnun” dostonidagi Qaysning – Majnunning
Layliga bo‘lgan insoniy va ilohiy sevgisi, o‘z navbatida, Laylining Qays yo‘lida
halok bo‘lishi, ”Sab’ai sayyor” dostonidagi shoh Bahrom va Diloromning
sarguzashtlariga bag‘ishlangan barcha hikoyatlar komil insonning voyaga yetishida
saboq va namuna vazifasini bajaradi. Binobarin, “Barchamiz yaxshi anglab
olishimiz kerakki,- deydi I.Karimov,- hayotimizning barcha sohalaridagi ahvol,
amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq
ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi,
an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy
bog‘liqdir”.
1