16
Ayrim yangi, o‘quvchilar uchun ma’nosi notanish bo‘lgan so‘zlar izohi ham
kirish mashg‘ulotlarining mazmunini tashkil eta oladi. Demak, kirish
mashg‘ulotlari mazmunini qat’iy tarzda chegaralab qo‘yish mumkin emas. Bu vaqt
nuqtai nazardan ham shunday xususiyatga ega. Ba’zan kirish mashg‘ulotlari
darsning bir qismini, deylik 3-5 minutdan 15-20 minutgacha bo‘lgan qismini
qamrab olsa, ayrim hollarda butun boshli bir dars faqat kirish mashg‘ulotlariga
ajratilishi mumkin. Bu o‘quvchilarning yosh xususiytlari, adabiy tayyorgarlik
darajalariga hamda o‘rganilayotgan asar yoki mavzuning mohiyatiga bog‘liq holda
amalga oshiriladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi umumbashariyat xazinasiga o‘zining
umrboqiy lirik she’rlari kitobxonni hayratda qoldiruvchi dostonlari, ayniqsa, inson
ruhiyatiga, uning ma’naviy olamiga ijodiy ta’sir etuvchi, aniqrog‘i, o‘zida komil
insonga xos xislata ega bo‘lgan qahramonlarning sarguzashtlari bilan dunyoga
tanilgan buyuk daho Alisher Navoiyning hayoti, uning madrasada tahsil olagan
davri adabiyotga bo‘lgan ixlosi, ayniqsa, buyuk ijodkor Fariduddin Attorning
“Mantiq ut-tayr” asarini yod olishi, ustozlari Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy va fors-tojik
adabiyotining daholaridan Abdurahmon Jomiy bilan do‘stlashganligi, ota-bola
tutunganligi, eng muhimi shoirning Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy
tomonidan yaratilgan “Xamsa” asarini chuqur tahlil etganligi va ustozi
Abdurahmon Jomiyning qistovi bilan tamoman xamsachilikda yangi davr, yangi
uslub, yangi g‘oya eng muhimi boshqalarda uchramaydigan poetik mahorat
yaratganligi, Alisher Navoiyning “Xamsa” asari dunyo san’atida yangi davrni
boshlab berganligi haqida ma’lumot beradi.