Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishga oid ayrim ilmiy metodik fikrlar




Download 304,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana27.11.2023
Hajmi304,56 Kb.
#106199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

1.1. Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishga oid ayrim ilmiy metodik fikrlar. 
Keyingi yillarda yozuvchilar tarjimai holini o‘rganishda medodist olimlar o‘rtasida 
turli xil fikrlar mavjud: kimdir darsliklarda yozuvchilarning tarjimai holini keng 
yoritish kerak desa, kimdir hatto “shart emas`` degan fikrni oldinga suradi. Aslida 
ijodkorlarning tarjimai holini o‘rganishga kengroq o‘rin berilishi uning ijodini 
to‘laroq tushinib olishdan tashqari yozuvchining estetik olami, falsafiy qarashlari, 
hayotga munosabati eng muhimi, ijodiy metodi va poetik mahoratini o‘rganish, 
tushunib olish imkonini beradi. 


17 
Adabiyot o‘qitish metodikasi darsligi va qo‘llanmalarda yozuvchi ─ 
ijodkorning tarjimai holini o‘rganishga oid qimmatli fikrlar bayon etilgan. 
Ayniqsa, taniqli metodist olim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Asqar 
Zunnunovning “Maktada adabiyot o‘qitish metodikasi” (Toshkent ,O‘qituvchi 
nashriyoti, 1991) darsligi,shuningdek, metodist olim Boqijon To‘xliyevning 
“Adabiyot o‘qitish metodikasi``(Toshkent ,2010) qo‘llanmasi, Sam DU 
dotsentlari F.Badriyev, A.Xudoyberdiyevlarning “Adabiyot o‘qitish metodikasi” 
(Samarqand 2003) qo‘llanmalarida yozuvchi tarjimai holini o‘rganishga oid 
ilmiy-metodik fikrlar talqin etilgan. Chunonchi, prof.A.Zunnunov bu haqida 
quyidagilarni yozadi: 
“Yuqori sinflarda yozuvchining tarjimai holi ijodiy faoliyati bilan bog‘liq 
holda o‘rganiladi. Bunday mavzuni o‘rganishda o‘quvchilarning diqqat-e’tibori 
yozuvchining adabiyot rivojida, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan 
o‘rniga, ijodiy komolotining asosiy bosqichlariga jalb etiladi. Bu masalalar 
bo‘yicha ma’lumotni o‘quvchilar, asosan, darsda yozuvchining hayoti va ijodi 
haqida qilinadigan ma’ruzasida oladilar,ayrim asarlarini o‘qish va o‘rganish bilan u 
haqida yanada kengroq tushunchaga ega bo‘ladilar. 
Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishda uning boshqa yozuvchilar bilan adabiy 
aloqasiga, ular ijodiga bo‘lgan munosabatiga ahamiyat beriladi.Chunki har bir 
yozuvchi faqat o‘z zamondoshlari bilan cheklanmasda, o‘zidan oldin yashab, ijod 
etgan yozuvchilarning adabiy merosini o‘rganadi,ularning eng yaxshi 
traditsiyalarini ijodiy davom ettiradi. Shu ma’noda u o‘tmish odatlar ijodining 
davomchisi, kelajak ijodkorlarning ustozi, yosh avlodning tarbiyachisi hisoblanadi. 
Yuqori sinflarda esa, yozuvchining ijodiy yo‘li to‘la o‘rganiladi, programma 
asosida bir yoki bir necha asari atroflicha tahlil qilinadi. Chunonchi, VII sinfda 
Alisher Navoiyning g‘azal, ruboiy va tuyuqlardan ayrimlari va “Farhod va Shirin`` 
dostoni atroflicha tahlil qilib o‘rganilgan holda, boshqa dostonlari haqida umumiy 
ma‘lumot beriladi”.
7
7
Зунуннов A.,Эсонов Ж. Мактабда ўқитиш методикаси.- T.: “ Ўқитувчи”, 1985 , 95-97-б. 


18 
Ijodkor tarjimai holini o‘rganishning nazariy-ilmiy masalasi prof. Boqijon 
To‘xliyevning yuqorida tilga olingan qo‘llanmasida aniq misollar asosida talqin 
etilgan. 
Badiiy asarlarni o‘rganishda uning muallifi haqidagi ma’lumotlar ham 
ayricha ahamiyat kasb etadi. Bu ma‘lumotlar ko‘pincha, asarning g‘oyaviy-badiiy 
mazmunini teranroq anglashda, asarning ijtimoiy-estetik mohiyatini to‘g‘ri 
belgilashda yordam beradi.Mazkur ma’lumotlar qayerlarda olinadi? 
Ularni adiblarning o‘zlari yozib qoldirgan tarjimai hollardan, adib haqida 
aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-
bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma yozma holida yetib kelgan 
manbalardan olish mumkin. Bu boradadagi eng yaxshi omillardan yana biri adib va 
yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan materiallardir. 
Badiiy asarni tahllil qilish jarayonida adibning o`z fikrlaridan foydalanish 
ham yaxshi samara beradi. Masalan,Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodini 
o‘rganishda bevosita uning o‘z asari ─ “Qutadg‘u bilig”ga murojaat qilish o‘rinli 
bo‘ladi. Buning asosiy sabablaridan biri, adib haqida boshqa ilmiy, tarixiy 
manbalarda tegishli axborotlarning saqlanib qolinmagani yoki hozircha topilmay 
turishidir. 
Kitob muqaddimasida adib o‘zining tug‘ilgan yurtini eslatib o‘tadi: 
Munuqi turug‘laq Quz O‘rdu eli, 
Tub-asli,nasabdin yurumish tili. 
Buning tug‘ilgan eli Quz O‘rdudir, 
Tub-asli, nasl-nasabdan tili so‘z ochdi. 
Quz O‘rdu turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy shaharlardan biri. 
U Bolosag‘un nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Bu shahar XI asrda yaratilgan 
yana bir muhtasham obida─Mahmud Kog‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida 
bir necha marta tilga olinadi. Jumladan, bu shaharning arg‘un lahjasida Quz ulus, 
o‘g‘uz lahjasida esa Quz O‘rdu deb yuritilishini Mahmud Qoshg‘ariy maxsus qayd 
etadi.Mana bunday muallif izohlari, eslatmalari badiiy ijodning o‘ziga xos 
xususiyatlarni tushunish uchun ham, adibning shaxsiyatiga aloqodor bo‘lgan 


19 
ma’lumotlarni oydinlashtirish uchun ham, o‘rni bilan esa muayyan bir adabiy 
hodisaning ijtimoiy-estetik ahamiyatini tasavvur etish uchun ham favqulodda katta 
yordam berish mumkin bo‘ladi.
Yozuvchi, san’atkor oddiy kishilardan shu bilan ham farq etadiki, uning 
asarlarida hayot hodisalari, faktlari faqat qayt etilibgina qolmaydi. Har gal biror 
hodisa,fakt haqidagi hikoya – yozuvchining, san’atkorning shu narsaga, hodisaga, 
pirovardida kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Bu 
“munosabat omili” shunchalik muhimki, faqat ugina bizga hodisa haqida 
haqqoniy,mukammal, yorqin tasavvur bera oladi. San‘atkorning ijobiy munosabati, 
mehri va muhabbat bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina cho‘g‘dan 
olingan temirdek, o‘z rangi,harorati, fazilatlari bilan hayratga solishi va 
tahsinimizga sazovor bo‘lishi mumkin.
8
Shuni ham qayd qilish kerakki, bugungi kundagi adabiyot o‘qitish masalasi 
sho‘rolar davrida yaratilgan darslik va ilmiy manbalar tubdan farq qiladi. Bu farq 
darslikning didaktik talablardan tashqari ilmiy-ma’naviy masalalarini o‘z ichiga 
olishi bilan belgilanadi. Shu jihatdan, buyuk Alisher Navoiy ijodi, uning ummon 
asarlari, ayniqsa, ”Xamsa” asarini o‘rganishda adabiyotshunos olimlardan 
akademiklar: A.Qayumov, B.Valixo‘jayev, I.Sultonov, A.Rustamov; professorlar: 
A.Hayitmetov, H.Sulaymonov, M.Muhiddinov, S.G‘aniyeva, N.Komilov, 
R.Vohidov va boshqa adabiyotshunos olimlarning monografiyasi hamda ilmiy 
tadqiqot ishlaridan foydalanish umumta’lim maktablari o‘quvchilarini adabiyot 
olamiga olib kirishdan tashqari, ularda ilmiy tushunchalarni yuzaga kelishiga 
yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida maktab partasida adabiyot haqida bilim 
olayotgan talabalarni, o‘quvchilarni ijobiy qobilyatlarini o‘stirish eng muhimi, 
san’at olamiga olib kiradi. 

Download 304,56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Download 304,56 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishga oid ayrim ilmiy metodik fikrlar

Download 304,56 Kb.
Pdf ko'rish