II BOB. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganish.
Maqsad: Buyuk daho Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni haqida
ma`lumot, doston tahliliga oid ilmiy – metodik fikrlar bayoni, IX sinfda dostonni
o‘rganilishiga oid ayrim mulohazalar.
Darsning metodi: O‘qituvchining ma’ruzasi, suhbat, ifodali o‘qish,
ko‘rgazmalilik, ilmiylik.
Ko‘rgazmalilik: “Farhod va Shirin” dostoni haqidagi miniaturalar va rasmlarni
namoyish etish.
Darsning borishi: O‘tgan darsda o‘tilgan Alisher Navoiyning hayoti, ijodiy
faoliyati va “Xamsa” asarini yaratilishiga oid savollarni o‘rtaga tashlash,
o‘quvchilar bilimini aniqlash:
a) o‘qituvchining “Farhod va Shirin” dostoni haqidagi kirish so‘zi, adabiyotshunos
olimlarning doston haqidagi ilmiy talqinlari;
b) “Farhod va Shirin” dostoni mazmunini bayon etish;
d) doston haqida o‘quvchilar taassurotini aniqlash.
2.1.Badiiy asar tahlili haqida ma’lumot. IX sinf “Adabiyot” darsligida Alisher
Navoiyning hayoti va adabiy faoliyati, “Xamsa” asari, uning yaratilish tarixi, uni
tashkil etgan dostonlar haqida ma’lumot beriladi, “Layli va Majnun”, “Farhod va
Shirin”, “Sab`ai sayyor” dostonlari analiz qilinadi. Analiz bayon xarakterida
bo‘lib, bayon jarayonida muallif dostonlarda ifodalangan g‘oya, orzu – umidlar,
obrazlar haqida ham to‘xtalib, Navoiy yashagan davrdagi ijtimoiy tuzum va bu
tuzumning adolat, erkinlik istagan kishilar boshiga solagan musibatlarini, Layli va
Majnun, Farhod va Shirinning fojiali taqdirini, ularning erki, orzu – umidlarini
poymol etgan yovuz kuchlarni ochib beradi.
13
Badiiy asar tahlili ham badiiy asar ustida ishlash bosqichlarining eng
muhimlaridan biridir. Tahlilning maqsadi, vazifasi, tarkibi va o‘ziga xos mazmuni
mavjud. Tahlilning bosh maqsadi, asarda aks etgan badiiy olam mohiyatini
13
Зуннунов А. Ўзбек адабиёти методикаси тарихидан очерклар. T.: “Ўқтувчи”, 1980. 54- б.
37
anglash, uning asl mazmunini to‘g‘ri va to‘la idrok etishdan iborat. O‘quvchilar
asarda ask etgan voqea va qahramonlar muallifning nuqtai nazari bilan
aloqadorligini, shunga qaramay asardagi badiiy olam bilan haqiqiy hayot orasiga
tenglik alomati qo‘yib bo‘lmasligini anglay boshlaydilar.
Tahlil jarayonida o‘quvchilar yozuvchi tomonidan tanlab olingan hayotiy
materiallarning muayyan maqsad va vazifalariga bo‘ysungan holda tegishli
izchillikda kelishini ham bilib olishadi. Bu izchillikni tanlash va ta’minlash ham
yozuvchining badiiy – estetik niyatlariga aloqadorligini kuzatishadi, bunga ishonch
hosil qilishadi. Asardagi mavjud syujet va kompozitsiyaning o‘z – o‘zidan yuzaga
kelmasligini ongli ravishda tasavvur eta boshlashadi. Tanlangan har bir shakl, janr,
uslubning asl mohiyati yorqinlashadi.
Tahlil birdaniga yaxlit tarzda amalga oshmas ekan. Demak, muayyan mavzu
yoki yo‘nalishlarning tanlab olinishi tabiiydir. Shunga ko‘ra, asarning syujeti va
kompozitsiyasi, uning obrazlar tizimi, mavzu va g‘oyalar qamrovi, poetikasiga xos
bo‘lgan xususiyatlar alohida – alohida tahlil etilishi mumkin.
Tahlil uchun asarning qaysi bir unsuri jalb etmasin, undan ko‘zlangan maqsad
bitta bo‘ladi. Bu ham bo‘lsa, muallif k‘zda tutga asosiy masalaga e’tibor berishdir.
Maktab dasturlarida bu to‘g‘ridan – to‘g‘ri tahlil obyekti sifatida belgilangan. IX
sinf “Adabiyot dasturi”da ayrim romanlarda berilgan tavsiflarni kuzatish mumkin.
Unda Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”i ─ falsafiy ta`limiy – ahloqiy doston.
Dunyoni tasavvufiy idrok etish. Islomiy ahloqiy tarbiyasi: iymon, ilm, adab,
saxovat, rostgo‘ylik, xalqqa naf yetkazish . . ., nuqtai nazaridan ko‘riladi.
14
O‘quvchilarda badiiy didni tarbiyalash va rivojlantirish murakkab masalalardan
biridir. O‘quvchilar ma’lum darajada adabiy bilimlarga ega bo‘lmasdan
turib,adabiyot tarixiga doir faktlar va jamiyat tarixi to‘g‘risida yetarli bilim
olmaydilar. IX sinf dasturi o‘quvchilarni murakkab adabiy hodisalar ichiga olib
kiradi. O‘quvchilar bu sinfda uzoq asrlarga mansub bo‘lgan asarlar, adabiy
yo‘nalishlar, adabiy jarayon bilan tanishadilar.
14
Тўxлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. T. 2010, 47-53- б.
38
IX sinf dasturidan o‘rin olgan xalq og‘zaki ijodi, yozuvchilar ijodi tarixiy –
adabiy jarayonning uzviy sohasi sifatida o‘rganiladi; har bir yozuvchining ijodi
qaysi traditsiyada rivojlangani, adabiyotning umumiy rivojiga qanday yangilik
qo‘shgani aniqlanadi. IX sinf o‘quvchilari asarning g‘oyaviy – estetik
evolyutsiyasini, siyosiy va adabiy yo‘nalishlarga munosabatini aniqlash
ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Mana shularga ko‘ra, IX sinfdagi dars IV – VII
sinfdagiga nisbatan boshqacha xarakterda bo‘ladi, asarni analiz qilish
murakkablashadi, o‘quvchilar qiyinchilikni his etadilar. IX sinfda o‘quvchilar
badiiy asarlarni sistemali o‘rganib, ular haqida fikr yurita boshlaydilar, asarni tahlil
qilish bilan har bir obrazda oldinga surilgan g‘oyani, fikrni bilib oladilar. Ularda
faqat obrazga emas, balki asar muallifiga, uning fikr – o‘ylarini bilishga qiziqish
ortib boradi, natijada uni ijodkor shaxs, talant egasi sifatida his etadilar. IX sinf
o‘quvchilarida yozuvchini ana shu zaylda tasavvur etish birinchi kun
mashg‘ulotdan boshlanadi. Shuning uchun ham, ular Alisher Navoiy va uning
“Farhod va Shirin” dostonini qiziqib o‘rganadilar, ularda bu asar haqida to‘liq
tasavvur hosil bo‘ladi. O‘quvchilar “Yozma adabiyot” mavzusini, ayniqsa, Alisher
Navoiy ijodini o‘rganishga kirishganlarida adabiyot nima ekanini chuqur his
etadilar. Alisher Navoiyning orzu –istaklarini, uning podsho va riyokor shayxlarga
bo‘lgan munosabatini payqab oladilar. O‘quvchilar Alisher Navoiy yaratgan
obrazlarni o‘rganish bilan hayot va odamlar haqida fikr yurita boshlaydilar. IX
sinfda ham asar yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotdan so‘ng asar
o‘qiladi, tekst ustida ishlanadi va tahlilga kirishiladi.
15
O‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, buyuk daho ijodkor Alisher Navoiy
o‘zining “Xamsa” asarini yaratish bilan jahon adabiyotiga yangi, muhtasham, eng
muhimi kitobxonni hayratga soluvchi bino yaratdi. Buyuk shoirning besh dostoni
o‘z ichiga olgan ilmiy ummoni jahonning 70 dan ortiq tillariga tarjima qilindi.
Sababi shumikim, xitoy, olmon, fors – tojik, yapon va boshqa millat kitobxonlari
shoir asarlarini jon dildan sevib tilga oladilar. Ana shuning uchun ham
mamlakatimiz jonkuyari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
15
Зуннунов А., Эсонов Ж. Мактабда адабиёт ўқитиш методикаси. T. : “Ўқитувчи”, 1985, 83-85- б.
39
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida buyuk shoirga baho berib: “Agar
bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak,
mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”, - degan edi.
16
Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni ilmiyligini ta’minlash
maqsadida Respublikamiz olimlarining Alisher Navoiyning badiiy san’ati, uning
“Xamsa” asarining jahonshumul ahamiyati, shuningdek, “Farhod va Shirin”
dostonining poetik qiymatiga oid fikrlarini bayon etadi. Bu narsa o‘qituvchining
faqat IX sinf darsligida aytilgan ma’lumotlar bilan cheklanib qolmasdan “Xamsa”
asarining tahlili, undagi dostonlarning jahonshumul ahamiyati haqida ham
o‘quvchilarga ma’lumot berish imkonini beradi. Shu maqsadda o‘qituvchi o‘zining
“Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishga bag‘ishlangan kirish mashg‘ulotida
o‘zbek mumtoz adabiyotining III tomini yaratgan akademik B.Valixo‘jayevning
ilmiy fikrini keltirishi, Alisher Navoiy ijodiga berilgan yuksak baho hisoblanadi.
Doston an’anaviy hamd va na’tlar bilan boshlanib, qalam vasfi, Nizomiy, Xusrav
Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy haqidagi boblardan so‘ng dostonning yozilish
sabablari va undan kuzatilgan maqsad bayoni beriladi. Shundan so‘ng
Badiuzzamon mirzoga bag‘ishlangan bob keladi. Bularning hammasi dostonning
muqaddimasi bo‘lib, undan keyin Farhodning tug‘ilishi, unga nom qo‘yish bilan
bog‘liq hamda Farhodning vafotigacha bo‘lgan sarguzashtlari bayon qilinadi.
Farhod vafot etgach, Sheruya Xusravni o‘ldirib, Shiringa talabgor bo‘ladi. Shirin
esa Farhod qabrida uning yonida vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Mehinbonu ham
olamdan o‘tadi. Xuddi shu vaqtda Chindan Farhodni yo‘qlab Bahrom keladi,
Farhod vafotini eshitadi. Sheruyani yengib, Arman o‘lkasida bir odil
kishinipodshoh qilib qo‘yadi. Dostonning voqeasi shu yerda tugaydi.
Dars davomida masalaning bunday qo‘yilishi o‘quvchilarda “Farhod va Shirin”
dostoning tarixiyligi, uning yaratilish sabablari, mazmuni, ayniqsa, buyuk
shoirning mavzu tanlashda uning mahoratini o‘rganish imkonini beradi. Bu haqda
taniqli adabiyotshunos olim, prof. G‘. Karimov quyidagilarni bayon etadi: “Ulug‘
san’atkor va donishmand mutafakkir Navoiy inson va uning ichki his – tuyg‘ulari
16
Karimov I. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma`naviyat”, 2008, 47-b.
40
to‘g‘risida so‘zlaydimi, koinot kengliklaridan bahs ochadimi yoki bo‘lmasa kichik
lirik she’rlarida muhabbat qo‘shig‘ini to‘qiydimi, lirik, epik asarlarida tiyran
falsafiy tushunchalarni bayon etadimi ─ hamma o‘rinda, u yoki bu munosabat
bilan gul va gulshandan bahs ochadi . . .
Navoiy yaratgan bog‘ning kishini hayratga soluvchi gulshani bu uning
“Farhod va Shirin” dostonidir. Adib ushbu asarni yozishga kirishar ekan, bu
ko‘hna sharq afsonasini yangi mazmun bilan boyitib, unga yangicha ruh va bo‘yoq
berishga jazm qilganini aytadi va shunday yozadi:
Oni nazm etki, tarhing toza bo‘lg‘ay,
Ulusqa mayl beandoza bo‘lg‘ay.
Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq,
Muqarrar aylamak sandin na loyiq”.
17
|