1.2.Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot. Alisher
Navoiy hijriy yil hisobi bilan “o‘n yettinchi ramazon oyi sana 844-tovuq yili”
(milodiy hisob bilan 9-fevral 1441-yil) da tug‘ilgan. Uning tavallud topgan joyi
Bog‘i Davlatxon deb atalib, Xuroson davlatining yirik shahri Hirot atrofida edi.
8
Тўxлиев Б.Адабиёт ўқитиш методикаси. –T.2010,111-115-б.
20
Alisherning otasi G‘iyosiddin Muhammad “Kichina Bahodir”, “Kichkina
baxshi” laqablari bilan mashhur edi. U Hirotning Chig‘atoy ulusidan
bo‘lib,temuriylar saroyida e’tiborli shaxslardan, “o‘z davrining mashhurlaridan va
Chig‘atoy elining qahramonlaridan edi”. U “bisyor saodatmand va nek niyatli
inson bo‘lib, tabiatida juda katta odamiylik xususiyati mavjud edi”. Alisherning
onasi Kobulning amirzodalaridan Shayx Abu Said Changning qizi bo‘lgan.
Alisherning oilada nechanchi farzand ekanligi aniq emas. Har holda uning o‘zi
akasi ham bo‘lgani haqida xabar beradi. Darveshali ismli ukasi bo‘lgani esa
ma’lum.
Alisherning bolaligidanoq zehni o‘tkirligi, ziyrakligi, xushfahmligi bilan o`z
tengdoshlari ichida ajralib turar edi Uning tarbiyasida muhitning, ota va ona,
qarindosh-urug‘larning roli katta bo‘ldi.
Xususan, G‘iyosiddin o‘z o‘g‘li tarbiyasiga alohida ahamiyat bergan. Bu
haqda Davlatshoh: “U o‘z farzandini turli fazilatlar bilan bezash uchun oily
himmatining borini sarf qildi va u buzrugvorning harakati bekor ketmadi, buning
natijasida uning o‘g‘li izzat va kattalik taxtiga o‘tirdi …”, - deb yozadi.
Alisherda uch-to`rt yoshga kirgandayoq she’r eshitishga, she’r o‘qish va
yodlashga qiziqish paydo bo‘la boshlagan. U keyinroq bu vaqtlarni shunday
eslaydi: “… uch yosh bila to‘rt yoshning orasida erdim, azizlar o‘qumoq taklifi
qilib ba’zi hayrat izhor qilurlar erdi …”. Azizlarni hayratga solgan bayt Amir
Qosim Anvorning Alisher yod o‘qib bergan quyidagi matlai edi:
Rindemu oshiqemu chahon so‘zu choma chok,
Bo davlati g‘ami tu zi fikri chahon chi bok.
Alisherning bolaligidan poeziyaga bunchalik muhabbat qo‘yganligining yana bir
muhim boisi ─ u o‘sib, tarbiyalangan oila a’zolari adabiyotga, she’riyatga juda
qiziqqan kishilar bo‘lganligidir. Alisher kamol topayotgan xonadonda she’riyat
muhlislari tez-tez yig‘ilib turar va she’rxonliklar, g‘azalxonliklar bo‘lar edi.
O‘sha davr odatiga ko‘ra hamda yosh Alisherning kitobga havasi kuchliligini
nazarda tutib, uni to‘rt yoshdan sal o‘tganda maktabga beradilar. Alisher maktabda
bo‘lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga o‘qiydi va tarbiyalaydi.
21
Xondamirning yozganidek, Alisher “… oz vaqt ichida tengdosh va sheriklaridan
ilgarilab ketadi. Nozik tab’ining soflik va sog‘lomlik ovozasi olamga yoyiladi va
muborak fikrining dalilligi haqida so‘zlar xalq orasida og‘izdan – og‘izga ko‘chib
yuradi”.
Shohruhning o‘limi (1447) temuriy shahzodalar o‘rtasidagi o‘zaro kurashlarga
yo‘l ochadi. Xuroson va uning markazi Hirot tartibsizliklar va qirg‘inlar o‘chog‘iga
aylanadi. Xalq bu “ro‘zgor havodisi fitnasi” bardosh berolmay, shaharni tashlab
keta boshlaydi. Bular ichida G‘iyosiddin Kichkina oilasi ham bo‘lib, ularning
karvoni Iroq tomon yo‘l oladi. Taft qishlog‘iga kelganda, ular dam olish uchun
to‘xtaydilar va yosh Alisher tasodifan o‘z davrining yirik tarixchisi, mashhur
“Zafarnoma” asarining muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi va
o‘zining ziyrakligi, berilgan savollarga biyron – biyron javob berishi bilan keksa
olim diqqatini o‘ziga tortadi.
Alisherning oilasi besh yillik darbadarlikdan so‘ng “vatan muhabbati” talabiga
muvofiq, Yazd cho‘li orqali Xurosonga qarab yo‘lga chiqadi. Xondamir hikoya
qilishicha, yo‘lda shunday bir hodisa yuz beradi. Bu vaqtda hali yosh bola bo‘lgan
Alisherni yo‘l charchog‘i va uyqu yengib, ot ustidan yerga qulab, tushib qoladi.
Ertalab quyosh chiqqanida u uyqudan uyg‘onib qarasa, poyonsiz sahroda bir o‘zi
oti bilan qolibdi. U darrov Xuroson yo‘lini topib ilgarilab ketadi va omon – eson
ota-onasi yoniga boradi.
“Lison ut-tayr” dostonida shoir o‘zining o‘quvchilik yillarini tasvirlar ekan,
Shayx Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlarini, ayniqsa, Farididdin
Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini berilib o‘qiganini ta’kidlaydi.
“Mantiq ut-tayr” asari chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lib, shoir o‘zining
so‘fiyona dunyoqarashini qushlarning o‘zaro suhbat va sayohatlari tasviri orqali
g‘oyat sodda va tasavvufga xos majoziy usulda ifoda etgan edi. Asar yosh bola
tasavvurini chalg‘itib yuboradi, u o‘zini hamma narsadan chetga tortib, yolg‘izlikni
yoqtiradigan bo‘lib qoladi:
Kim dedim: uzlat eshigin ochqomen,
Dahri bema’ni elidin qochqomen.
22
Bu voqeadan xabardor bo‘lib qolgan Alisherning ota-onasi kitobining o‘g‘illariga
salbiy ta’sirini ko‘rib tahlikaga tushadilar va kitobni yashirib, uning nomini ham
atamaslikni buyuradilar:
Lek chun yodimda erdi ul kalom,
Yoshurun takror etar erdim mudom.
Ondin o‘zga so‘zga maylim oz edi,
Qush tili birla ko‘ngul hamroz edi.
Alisherning bu vaqtda 10-11 yoshlarda ekanini ko‘zda tutsak, 4-5 ming misradan
iborat katta bir asarni yod olishi uning o‘tkir qobilyatini ko‘rsatuvchi favqulodda
bir hodisa edi.
Shoir birinchi tartib bergan devoni “Badoe ul-bidoya”, keyinroq tuzgan
“Xazoyin ul-maoni” devoniga yozgan debochalarida va “Munshoat”ga kirgan
xatlaridan birida kichik yoshda o‘zining “she’rning parishon savdosiga giriftor”
bo‘lganini va “tufuliyat zamonida” ko‘nglining “nazmning parokanda vasvosig‘a
mashg‘ul va sheftavor” bo‘lganini ta’kidlab, “sig‘ari sinda” aytilgan ab’yotlari
haqida fikr yuritadi va “G‘aroyib us-sig‘ar” devoniga “yetti-sakkiz yoshtin yigirma
yoshqacha” bitilgan g‘azallari to‘planganini bildiridi.
Xondamirning xabar berishiga ko‘ra, Alisher Navoiy yigitlik yillaridayoq,
Lutfiyning yuqori bahosi va tahsiniga sazovor bo‘lgan.
Orazin yopqoch, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo`lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh, ─
Matlai bilan boshlanadigan g‘azali shu davr, ya’ni o‘n besh, o‘n olti yoshlaridagi
shoir ijodining mahsuli bo‘lib, u Xondamirning yozishiga qaraganda, Alisherning
“yoshlari endigina to‘lib, yigitlik davri boshlangan” paytlarida yaratilgan.
9
Alisher Navoiy 1464-yilda Hirotga qaytadi. Shoir otasidan qolgan meros bilan
yashashga, adabiy va madaniy markazlardan biri hisoblangan ona shahrida ijodiy
ish bilan shug‘ullanishga umid bog‘laydi. Hirotga kelgan dastlabki kunlaridayoq
Abdurahmon Jomiy bilan shaxsan uchrashib, u bilan yaqindan tanishish Alisher
Navoiy uchun bir umrga katta ahamiyat kasb etib qoldi. Navoiyshunoslikda bu
9
Ўзбек адабиёти тарихи. –Т. 1978, 40-46-бет.
23
uchrashuv haqida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim navoiyshunos olimlar Husayn
Boyqaro davrida Hirot madaniy markaz bo‘lib, ko‘zga ko‘ringan olim va fozillar
shu shaharga to‘plangan ekan, bu ikki daho uchrashuvi ham shu vaqtlarga to‘g‘ri
kelsa kerak, degan fikrni bildiradilar.
Alisherning tahsili uchun Samarqandni tanlashi bejiz emas edi. Samarqand
Hirotdan keyin ikkinchi ilmiy-madaniy markaz sifatida Ulug‘bek davrida olim va
shoirlar, maktab va madrasalari bilan shuhrat qozongan edi. Bu yerga ilm o‘rganish
uchun mamlakatning har chekkalaridan tolibi ilmlar kelib turar edi.
Alisher Navoiy Samarqandda yashagan dastlabki kunlarida faqirona hayot
kechirdi. U moddiy qiyinchilikda yashasa-da, Samarqand madrasalariga qatnadi,
ilm-fan, adabiyot va san’at ahli bilan do‘stlashdi, ular orasida tez orada e’tiborli
kishilarga aylandi. She’rlari Xurosonda shuhrat tutgan Alisher Navoiy ko‘p
o‘tmay, asli Xurosonlik bo‘lgan Ahmad Hojibekning diqqatini o‘ziga tortadi.
Ahmad Hojibek Samarqandda katta obro‘ga ega bo‘lib, Ulug‘bekning madaniyat
sohasidagi an’anasini ma’lum darajada davom ettirgan, olim va fozillarni qadrlab,
madrasa va maktablar qurilishiga ahamiyat bergan, ilm ahliga homiylik qilgan.
Ahmad Hojibek Alisherni ham o‘z homiysiga olib, unga ilm olish va yashash
uchun sharoit yaratib beradi,moddiy jihatdan yordam ko‘rsatib turadi.
Bu davrda Samarqandda mashhur olim, yirik qonunshunos va arabshunos Xoja
Fayzulloh Abdullays yashar edi. Alisher Navoiy shu olimning madrasasida tahsil
ko‘rib, “fiqh” ilmidan dars oladi, uning xonaqosi hujralaridan birida yashaydi.
Alisher Navoiyning Samarqanddagi hayoti g‘oyat mazmunli bo‘ldi. Shoir bilan
birga Samarqandda“muammoda Samarqand ahli ani Mavlono Sharafiddin Yazdiy
muqobalasida mazkur” qiladigan Mavlono Uloiy Shoshiy, Ulug‘bek Mirzo
madrasasining mudarrisi Xoja Xurd, Ulug‘bek Mirzo bila hamsabaq va musohib
bo‘lgan Mavlono Muhammad Olim, har kuni besh yuz baytni osonlik bilan
bituvchi “sari’ul-qalam kotib” Mavlono Soyiliy, muzika ustasi Darvesh Ahmad
Samarqandiy, talantli shoir Mirzobek, andijonlik shoirlardan Yusufshoh Safoiy va
boshqa ko‘p shoir va san’atkorlar ham istiqomat qilar edilar. Shoir o‘zining
24
samarqandlik ijodkor do‘stlari bilan fors-tojik va turkiy shoirlarning asarlarini
sinchiklab o‘rganadi, ular yuzasidan bo‘lgan bahslarda qatnashadi.
Navoiy Samarqandda ekan, Xurosonning ahvoli hamon yomon, Abdusaid
xalqni har tomonlama ezmoqda edi. Navoiy Xurosonning bu davrdagi ahvoliga
baho berar ekan: “Sulton Abusaid Mirzo zamonidakim, Xuroson ahli Samarqand
ahliga asir erdilar va har nav zulm va taaddiki, alardin voqe bo‘lsa, bu asirlar
(Hirot aholisi) mute va farmonpazir”, - deb yozadi.
Avoiyning xalqparvarlik va odillik kabi fazilatlarini bilgan ko‘pchilik omma
uning vazir sifatida ko‘tarilishidan juda mamnun edi, ilm va san’at ahllari uni
sharaflar va shoirlar Amir Alisherning muhr bosgan kuniga atab “tarix”lar bitgan
edi.
Navoiyning o‘z e’tiroflaridan va o‘sha zamon tarixchilarining yozganlaridan
shu narsa seziladiki, bu davrda Navoiy katta huquqlarga ega bo‘lgan. U davlat
ishining deyarli hamma sohasiga aralashar, eng murakkab va muhim masalalarni
ham o‘zi hal qila olar edi. Navoiy kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishlar,
o‘zining shaxsiy, hatto ijodiy ishlarini ham ikkinchi planga surib qo‘yishga majbur
bo‘lgan edi. O‘z vazirlik yillari haqida shoir “Hayrat ul-abror”da:
Kim bor edi boshima ko‘p mehnatim,
Yo‘q edi bosh qoshig‘ali fursatim, ─
deb yozadi. Bunda ayniqsa, mazlumlarning arz-dodini eshitish, ularga yordam
berish, hojatini chiqarish, zolimlarning qo‘lini zulmdan tiyish eng ko‘p vaqtni olar,
shikoyat bilan keluvchilarning esa son-sanog‘i, oxiri yo‘q edi. Arz qilgan masalalar
bitta Navoiyning o`zi hal etishi mumkin bo‘lmagan ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi
masalalar ham ediki, shoir ularni “butmagi aql oldida imkon emas”, deb ta’riflaydi.
Navoiy davlat ishlarini nihoyatda halollik bilan, faqat xalq va davlat manfaatlarini
ko‘zlab, insof va adolat asosida olib borishga intiladi.
Hirotning o‘sha davrdagi shuhratini dunyoga yoygan binolardan biri Navoiy
qurdirgan “Ixlosiya” madrasasi bo‘ldi. Shu madrasaning janubida “Xalosiya”
nomli katta xonaqoh barpo etildi. Madrasaning g‘arbida “Shifoiya” nomli bino
qurilib, bu yerda mashhur tabiblar to‘plandi. Madrasaning g‘arbida yana katta
25
Masjidi jome, masjid yonida bir gumbaz ham qurilgan. Bu gumbazga “Dorul -
xuffoz”(“Qorilar uyi”) deb nom berilgan. Navoiy kutubxonasida 70 dan ortiq
xushxat kotib va naqqosh xat ko‘chirish, kitoblarga ziynat berish bilan
shug‘ullangan. Bulardan tashqari, Navoiy Hirotning ichida “Nizomiya”, Marvda
“Xusraviya” nomli madrasalar qurdirgan. Hirot va boshqa shaharlarda yana 10 dan
ortiq xonaqoh, 20 dan ortiq masjid qurilgan. Navoiyning qurilish ishlari butun
Xuroson va uning shaharlarida olib boriladi. Navoiy ixtiyoridagi mablag‘lar
hisobiga qurilgan binolarning soni ba’zi manbalarda uch yuzdan ortiq deb, ba‘zi
manbalarda to‘rt yuzga yaqin deb ko‘rsatiladi.
Navoiy mamlakat uchun qancha ko‘p qayg‘urmasin, uning qilayotgan ishlarini
shoh bora – bora kam qo‘llab – quvvatlaydigan, fitna va bo‘xtonlarga ishonadigan
bo‘lib qoladi. “Tazkirat ush-shuaro” muallifining xabar berishiga ko‘ra,
haqiqatdan ham Navoiy ma’lum bir vaqtdan keyin Sultonning o‘zidan ayniganing,
shoirga qarshi uyushtirilgan yolg‘on – yashiriq ig‘volar ta’siriga tushganining
guvohi bo‘ladi va tezroq davlat ishidan ketish taraddudiga tushadi. Binobarin,
Husayn Boyqaro atrofida to‘planib olgan fisqu – fujurchi amaldorlar ham o‘z
mavqeini mustahkamlash uchun kurashni kuchaytirib, Navoiyni saroydan
chetlashtirish payiga tushgan edilar.
Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida o‘z davri ziyolilarini, olim va
san’atkorlarini, rassom va muhandislarini, xattot va shoirlarni o‘z atrofiga tortdi.
Hirot adabiy muhitidagi eng mashhur va hammaga manzur kishi, zabardast shoir
va olim Abdurahmon Jomiy edi. Navoiy Jomiyni garchi yigitlik davridan boshlab
tanisa ham, lekin ular orasidagi eng yaqin munosabatlar shu davrda o‘rnatildi.
Navoiy undan faqat adabiy va ilmiy jihatdangina maslahat olmay balki vazirlik
lavozimi taqozosi biln davlat ishlarid, siyosiy va ijtimoiy faoliyatda ham
maslahatlar olib turardi. 1476 – 1477-yillar orasida esa u Jomiyni o‘ziga pir
sifatida tanlagan edi.
Bu davr Hirot madaniy hayotida Shayxim Suhayliy, Atoulloh Mahmud Husayn,
Husayn Jaloyir, Muhammad Solih Ahliy, Ohiy, Osafiy, Hiloliy, Binoiy, Xotifiy,
Mir Husayn Muammoiy, Sayfi Buxoriy, Abdullohiy, Mulla Muhammad
26
Badahshiy, Yusuf Badeiy kabi o‘z davrida ko‘zga ko‘ringan va devon tartib etgan
o‘nlab shoirlar; Mirxond va Xondamir kabi tarixnavislar, Sulton Ali Mashhadiy,
Mirali va Abdujamil kabi usta xattotlar, qilqalam rassom va go‘zal miniaturalar
sohibi Behzod, Shoh Muzaffar, Mahmud Muzahhib, mohir sozanda va
musiqachilardan Xoja Yusuf Burhon, Mavlono Alishoh, Xoja Abdulloh Marvarid,
Shayxi Noyi, Qulmuhammad Udiy, Mirmurtoz, Husayn Udiy, Shohquli
G‘ijjakiylar, talaygina hofizlar yashar va ijod etar edilar.
10
1500-yil dekabrining oxirlarida Husayn Boyqaro Astrobod yurishidan qaytar
edi. An’anaga ko`ra, saroyning barcha e’tiborli kishilari shohni kutib olishga yo‘la
chiqadilar. Ular orasida Navoiy ham bor edi. Sog‘lig‘i juda yomonlashganiga
qaramay, shoir saardan qaytgan sulton huzuriga yetib keldi va hamrohlari
yordamida uning ko‘ksiga bosh qo‘yib, hushidan ketadi. Shu ahvolda yarim tunda
uni uyga olib keladilar. Ertasiga mashhur tabiblar maslahatga to‘planib, qon
olmoqqa qaror beradilar. Ammo buning foydasi bo‘lmaydi. Uch kun hushsiz
yotgan Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun xalq: shohdan
gadogacha, olimdan cho‘pongacha, shoirdan dehqongacha ulug‘ farzandining
o‘limiga qayg‘u va iztirob bilan motam tutadi.
|