Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati




Download 304,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana27.11.2023
Hajmi304,56 Kb.
#106199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati.Davlat ta’lim standartlari ta’lim 
mazmunini, shakllar, vositalar, usullarini, uning sifatini baholash tartibini 
belgilaydi. Ta’lim mazmuning o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat 
hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) 
ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim 
standartlari o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar 
va boshqa me‘yoriy hujjatlar yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘quv rejasi davlat ta’lim 
standartlarining tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim sohalarini me’yorlashni hamda 
maktabning moliyaviy taminotini belgilashga asos bo‘ladigan davlat hujjatidir. 
Tayanch o‘quv rejasi predmeti bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini o‘quvchiga 
yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini 
ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan o‘quv predmeti bo‘yicha davlat standartlariga 
muvofiq beriladiga ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi.
6
Metodist olim Q.Yo‘ldoshevning “ Adabiy saboqlar “(T,2004) qo‘llanmasi 
umumta’lim maktablarida badiiy adabiyotni o‘qitishning muhim muammolariga 
bag‘ishlangan bo‘lib, unda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Xorazmiyning 
“Muhabbatnoma” asari, Lutfiy, Nodira g`azallari, Oybekning “Navoiy” romanini 
o‘rganishning usullariga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan. Bu 
ma’lumotlar adabiyot o‘qituvchilarining faoliyatlari uchun zaruriy dastur 
hisoblanadi. SamDU dotsentlari F.Badriyev, A.Xudoyberdiyevlar tomonidan 1198-
2003-yillarda yaratilgan “Adabiyot o‘qitish metodikasi” qo‘llanmasida 
umumta’lim maktablarida badiiy adabiyotni o‘qitishning nazariy va amaliy 
masalalariga oid fikrlar, metodika faning tarixiy bosqichlar, boshqa fanlar bilan 
aloqasi, adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish, badiiy asar tahlili, badiiy asar 
6
Тўхлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Т. 2010, 43-44-б.


13 
janrini o‘rganish, yozuvchi tarjimai holini o‘rganishga oid ma’lumotlar keltirilgan; 
ilg‘or maktab tajribalari umumlashtirilgan. 
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizning mustaqillik davri va 
undan keyin yaratilgan darslik va metodik qo‘llanmalarda umumta’lim 
maktablarida adabiyot o‘qitishning samarali usullari bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy 
fikrlar bayon etilgani holda shuningdek,mumtoz adabiyotimiz va hozirgi davr 
adiblari ijodiga oid eng yaxshi namunalarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlar 
keltirilan holda,daho ijodkor Alisher Navoiyning “Xamsa”sidagi “Farhod va 
Shirin”dostonini monografik tarzda o‘rganishning usullari bilan bog‘liq bo‘lgan 
nazariy fikrlar, dars namunalari kam uchraydi. Bu esa o‘z navbatida buyuk shoir 
ijodini o‘rganishda o‘qituvchilarga qiyinchilik tug‘diradi. Shu maqsadda mazkur 
malakaviy bitirish ishimizda daho ijodkor Alisher Navoiyning jahonshumul 
“Xamsa” asarini yaratishdagi poetik mahorati, asarning jahonshumul ahamiyati, 
xususan, umumta’lim maktablarining IX sinfida “Farhod va Shirin” dostonini 
o‘rganishning ijobiy usullari haqida ma’lumot berish, dars namunalarini keltirish, 
bu asarning mamlakatimizning mustaqilligi sharoitida komil insonni 
shakllantirishdagi ahamiyati haqida shaxsiy fikrlarni bayon etishni maqsad qilib 
oldim. 
Shu maqsadda quyidagilarni hal etish nazarda tutiladi: 
1.Kirish: buyuk daho Alisher Navoiy “Xamsa”sining ahamiyati haqida fikrlar. 
2.Mavzuga oid ilmiy –metodik adabiyotlar tahlili. 
3.Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishga oid metodik fiklar. 
4.Q.Yo‘ldoshev,V.Qodirov,J.Yo‘ldoshbekovlar tomonidan yaratilgan darslik
(Alisher Navoiy bo‘limi tahlili). 
5.”Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishga oid nazariy fikrlar, metodik
tavfsiyalar,dars namunalari keltirish. 
6.Xulosa va tavfsiyalar. 
7. Ilova. 
8.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini berish ko‘zda tutiladi.


14 

Download 304,56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 304,56 Kb.
Pdf ko'rish