Tadqiqotning maqsadi va vazifalari




Download 304,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana27.11.2023
Hajmi304,56 Kb.
#106199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Prezidentimiz Islom Karimov 
“O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida: “Biz farzandlarimizning barkamol 
1
Бадриев Ф., Худойбердиев А. Адабий талим ва комил инсон тарбияси.//Адабий талим ва ёшлар тарбияси.-
T. 2010,7-8- b. 



ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy, axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom 
bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur”,- deya ta’kidlaydi. 
“Barkamol avlod ─ O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori ” asarida esa : 
“Kadrlar tayyorlash 
sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy – axloqiy har tomonlama 
barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi”, - deb ta’kidlagan edi. 
Prezidentimiz milliy dastur haqida so‘zlagan nutqida uning maqsad va vazifalarini 
aniq ko‘rsatib: milliy dasturning maqsad va vazifalari shaxsni shakllantirishga 
qaratilganini, shaxs islohotlarining asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi 
ekanini, milliy dasturdan kuzatilgan maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi, 
birinchi navbatda, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning yanada 
yaxshilanishiga olib kelishini,jamiyatdagi yangi shaxs – komil insonlar vujudga 
kelishini aytadi.
2
Asrlar osha omon qolib, bizga yetib kelgan milliy qadryatlarimiz, ma’naviy va 
ma’rifiy madaniyatimiz, ilm – ma’rifat, shuningdek, pedagogika fani mustaqillik 
sharofati ila yangidan rivoj topa boshladi. 
Ma’lumki, har bir mustaqil davlatning istiqboli fan – texnika, ilm – maorif 
taraqqiyoti hamda barkamol milliy kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazish bilan 
bog‘liqdir. Shu bois ham mustaqil davlatimiz ilm – fan hamda maorif rivojiga 
salohiyatli milliy kadrlar yetishtirishga jiddiy e‘tibor bermoqda.
3
Shaxsni barkamol bo‘lib yetishishiga, eng muhimi, uning ma’naviy dunyosini 
boyishiga sabab bo‘ladigan omillardan biri – bu badiiy adabiyotdir. Aslini olganda 
o‘zbek milliy adabiyotimizning poydevorini qurgan, uni jahon miqyosida san’at 
darajasiga ko‘targan buyuk daho Alisher Navoiy bo‘lib, bu buyuk zotning 
ummonga teng asarlari, ayniqsa, jahon adabiyotidan muhtasham o‘rin olgan 
“Xamsa” asari asrlar osha bashariyatning bebaho durdonasi, ma’naviy – ma’rifiy, 
axloqiy – estetik mulkiga aylandi. Ana shunday so‘z san’atining durdonasi 
hisoblangan “Xamsa” asarini o‘rganish, ayniqsa, Navoiy idealini o‘quvchilarga 
2
Зуннунов А.,Толипов Ў.Миллий қадрятлар асосида ўқувчи шахсини шакллантириш.-Т.: “Шарқ”,2006.5- б. 
3
Зуннунов А.Педагогика тарихи.-Т.: “Шарқ”, 2004.3-4- б. 



yetkazish ko‘p jihatdan o‘qituvchining ilmiy – nazariy bilimi, dars berish san’ati, 
aniqrog‘i, ”Xamsa” asaridagi qahramonlar sarguzashti va idealini tahlil qilishga 
bog‘liq. Bu jihatdan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari adabiyot kursi bo‘yicha 
darslikka ega bo‘lganliklari holda, Navoiydek buyuk zotning asarlarini o‘rganish, 
tahlil qilish, ularni o‘quvchilar ongiga yetkazishga oid adabiy – tanqidiy va 
metodik qo‘llanmalarga ega emas, ehtiyoj sezadilar . . . Bu narsa adabiyot o‘qitish 
metodikasi sohasida, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda ilmiy metodik, 
aniqrog‘i, tadqiqot ishlarini olib borish va dars samaradorligini oshirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan ilmiy metodik qo‘llanmalarni yaratishni taqozo etadi. 
Mavzumiz buyuk Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin ” dostonini 
umumta’lim maktablarining IX sinflarida o‘rganish usullariga bag‘ishlanganligi 
sababli, shunga oid darsliklar, metodik qo‘llanmalar, ilmiy axborot namunalarini 
o‘rgangan holda malakaviy bitirish ishimizga ilg‘or maktab tajribalari va shaxsiy 
kuzatishlarimni umumlashtirishni nazarda tutdim. Shu maqsadda, adabiyot 
metodikasiga oid o‘tgan asrning 60-80-2000-yillar va mustaqillik davrida 
yaratilgan darsliklar, metodik qo‘llanma va ilmiy maqolalar, axborot namunalarini 
o‘rganish, ularni tahlil etish, munosabat bildirish nazarda tutildi.Zotan, adabiyot 
metodikasi fani umumta’lim maktablarida badiiy adabiyotni o‘qitishning mezonini 
belgilaydi, dars samaradorligini oshirishning turli usullari haqida bahs yuritadi, 
tavsiyalar beradi, eng muhimi, o‘quvchini badiiy adabiyot vositasida san’at 
olamiga olib kirishning usullarini belgilaydi. Ana shuning uchun ham malakaviy 
ishimni yozish jarayonida taniqli metodist olimlarni ilmiy tavsiyalarini o‘rganish, 
ularni dars jarayonida qo‘llash, yozishim kerak bo‘lgan malakaviy bitirish 
ishimning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Download 304,56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 304,56 Kb.
Pdf ko'rish