Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha
Vakolatli organlar tomonidan tegishli ruxsatnoma (litsenziya)siz xizmatlar ko‘rsatish hamda ruxsat berilmagan texnologiyalardan foydalanib, xalqaro ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga chiqish holatlarini aniqlash yuzasidan tashkil etilgan tadbirlarga Inspeksiya xodimlari jalb etilgan holda 2 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tekshirishlarga oid qonun va qonun osti hujjatlar talablari bajarilishi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy bilim darajasini oshirish maqsadida olib borilgan profilaktika ishlari davomida 20 ta shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 26 dekabrdagi 319- son bayoni qaroriga asosan vakolatli organlar bilan hamkorlikda Respublika bo‘yicha Internet-kafe xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyati bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilib, 7 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, jami 29 ta (2013 yilda 61 ta) XYuSlar maxsus ruxsatnomalarsiz «Internet» xizmatlari ko‘rsatayotganligi aniqlangan.
Jami 29 ta maxsus ruxsatnomalarsiz “Internet” xizmatlari ko‘rsatayotgan sub’ektlardan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida -3;
- Buxoro viloyatida – 20;
- Xorazm viloyatida – 1;
- Jizzax viloyatida -2;
- Andijon viloyatida - 3 ta aniqlangan.
Ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan tegishli vakolatli organlar tomonidan, tegishli choralar ko‘rilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014 yil 11 apreldagi 132- son buyrug‘iga asosan “Jamoat joylarida Internet tarmog‘iga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq “O‘z tarmog‘ini tashkil etish huquqisiz ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish” faoliyat turini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya kelishuvlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan litsenziyatlarga xatlar chiqarilib, litsenziyatlar litsenziya kelishuvlariga tegishli qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi ta’minlandi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi keskin o‘zgarishlar va rivojlanishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan tarmoq standartlari, normativ- huquqiy hujjatlar, davlat standartlari hamda rahbariy hujjatlar yuzasidan tegishili taklif va mulohazalar berildi.
|