O‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari (IDX)ni ko‘rsatilishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 378-con qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat organlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) orqali aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishi yuzasidan har oyda monitoring o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha Qo‘mitaga ma’lumotlar kiritib borilmoqda. O‘tkazilgan monitoring natijasida davlat organlari tomonidan interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishida quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan:
Monitoring qilingan 77 ta davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining
33 tasida interaktiv xizmatlar to‘liq ko‘rsatilmoqda, lekin 7 ta davlat organining asosiy faoliyatiga doir ko‘rsatilishi belgilangan bazaviy interaktiv davlat xizmatlari joylashtirilmagan, 40 tasida umummajburiy bo‘lgan davlat xizmatlari to‘liq ko‘rsatilmagan.
|