Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2014 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot




Download 24,22 Kb.
bet1/12
Sana21.03.2017
Hajmi24,22 Kb.
#613
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2014 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

2014 yilda o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha:

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2013 yil 30 noyabrdagi 02-G- son qarori bilan tasdiqlangan 


“2014 yilda o‘tkaziladigan tekshirishlar reja-jadvali”ga muvofiq, 2014 yil davomida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (kelgusi matnlarda – Inspeksiya) va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 21 ta (2013 yil davomida 25 ta) xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati rejali tekshirilgan.

Mazkur rejali tekshirishlarning:

- 10 tasi - telekommunikatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha;

- 3 tasi - ma’lumotlar uzatish yo‘nalishi bo‘yicha;

- 1 tasi - teleradiodasturlarni tarqatish yo‘nalishi bo‘yicha;

- 7 tasi - loyihalash va qurish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarda o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan 21 ta tekshirishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 14 apreldagi 92- son qarori ijrosi bo‘yicha Inspeksiya tomonidan nodavlat televidenie va radioeshittirish ob’ektlarida rejadan tashqari tekshirishlar o‘tkazish yuzasidan 2014 yil 13 maydagi 32-14/637- son buyurtma Kengashga kiritilgan hamda Kengashning 2014 yil 26 maydagi 032- son xatiga muvofiq joriy yilning iyun va iyul oylarida 80 ta tadbirkorlik sub’ektlarida rejadan tashqari tekshirishlar o‘tkazilgan.

Rejadan tashqari tekshirishlar natijalari yuzasidan qo‘riqlash va muhofaza qilish masalalari bo‘yicha aloqa sohasiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga taqdim etilgan.

2014 yil davomida bevosita joylarga chiqib 1718 ta (2013 yilda 1423 ta) sub’ektlar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan, o‘tkazilgan seminarlar soni 299 tani (2013 yilda 421 ta) tashkil etib, ushbu seminarlarda 3368 nafar (2013 yilda 4657 nafar) tadbirkor va korxonalar xodimlari ishtirok etishdi. 



Download 24,22 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 24,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2014 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

Download 24,22 Kb.