Mobil aloqa tizimlari monitoringi va radiochastotalardan
foydalanishni nazorat qilish yo‘nalishi bo‘yicha
2014 yilda Inspeksiya hamda boshqa vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan 2014 yil chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, REV va YuChQlarni noqonuniy ishlatilishini oldini olish maqsadida 214 ta (2013 yilda 210 ta) qo‘shma tadbirlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 33 ta shaxsda (2013 yilda 37 ta) 130 ta (2013 yilda 248 ta) radioelektron vositalar noqonuniy ishlatilayotganligi aniqlandi va 33 ta shaxsga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.
Kabel televideniesi xizmatlarini ko‘rsatuvchi XYuSlar bo‘yicha
Inspeksiyaning tegishili topshiriqlari bilan kabel televideniesi xizmatlarini ko‘rsatuvchi XYuSlar tomonidan magistral va bino ichiga tortilgan kabellarni tartibga keltirilganligi yuzasidan ma’lumotlar olinib, haqqoniyligi Inspeksiya xodimlari tomonidan joylarga chiqib monitoring qilinib, bugungi kunda XYuSlar tomonidan kabellarni tartibga keltirish ishlari 70% bajarilganligi va rejada belgilangan vazifalarni to‘liq bajarish ishlari davom ettirilayotganligi aniqlangan.
|