|
Mobil aloqa tizimlari monitoringi va radiochastotalardan
| bet | 2/12 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 24,22 Kb. | | #613 |
343 ta (2013 yilda 350 ta) “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazilib, ishtirok etgan 1351 nafar (2013 yilda 1983 nafar) tadbirkor va fuqarolarning 472 ta (2013 yilda 577 ta) muammoli masalalari ko‘rib chiqilgan va ijobiy javoblar berilgan. Ommaviy-axborot vositalarida chiqishlar soni 123 tani (2013 yilda 130 ta) tashkil etgan.
Qo‘llanilgan ma’muriy jazo choralari bo‘yicha:
O‘tkazilgan tekshirishlar, tadbirlar, kelib tushgan ma’lumotlarni o‘rganish natijalariga asosan aloqa sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzgan shaxslarga nisbatan 2014 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi”ning 152- moddasi
1- qismi, 153 va 154- moddalariga asosan Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 57 nafar shaxslarga nisbatan 24 317 420 so‘m miqdorida ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan.
|
| |