|
Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi
|
bet | 115/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditValuta schyotlariga doir muomalalar auditi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar nafaqat milliy valutadan, balki O`zbekiston qonunchiligiga muvofiq, chet el valutasidagi pul mablag`laridan ham foydalanishlari mumkin.
Xojalik subyektlari O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining qarori3 bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank schyotlari to`g`risida» yo`riqnoma ga muvofiq xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg`arma, muddatli va boshqa depozit schyotlarning xorijiy va milliy valutadagi turlarini ochishi mumkin.
Mijozlar tomonidan xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg`arma, muddatli va depozit schyotlarning xorijiy va boshqa milliy valutadagi turlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
schyot ochish to`g`risida ariza;
davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha.
1 Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003., 207- b.
2 Tulaxodjaeva M.M. va boshqalar. Audit. O’quv qo’llanma.-T.: 2004., 66-67 b.
3 2001 -yil 6 -oktabrdagi 5/4-son (1-son) qarori.
tadbirkorlik subyekti bo`lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan budjet tashkilotlari tomonidan:
schyot ochish to`g`risida ariza;
soliq organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha.
norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan:
schyot ochish to`g`risida ariza;
agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzo namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha;
rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan:
schyot ochish to`g`risida ariza;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) taqdim qilinadi.
Hujjatdagi ma'lumotlar schyot ochish to`g`risidagi arizaga yoziladi.
Mazkur bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan schyot mavjud bo`lsa, faqat schyot ochish to`g`risida (belgilangan shaklda) ariza taqdim qilinadi.
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar to`lovi uchun quyidagi xorijiy valutalar qabul qilinishi mumkin:
AQSh dollari;
Ingliz funt sterlingi;
YEVRO;
Shveytsariya franki;
Yapon ienasi.
«Xojalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushumni xorijiy valutada oladilar. Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy valutada amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun ular O`zbekiston va chet el banklarida valuta schyotlarini ochadilar. Xorijiy valuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks etish O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo`mitasi va Markaziy bank qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2001- yil
16 -noyabrda 1085-son bilan ro`yxatga olingan «Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to`g`risida Nizom» bilan tartibga solinadi.
Valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chet el valutasining har bir turi (AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi va boshqalar) bo`yicha alohida olib boriladi va xojalik operatsiyalari amalga oshirilgan sanasidagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki belgilagan kurs bo`yicha «Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» va «Chet eldagi valuta schyotlari» schyotlarida so`m ekvivalentida aks ettiriladi»1.
1 Tulaxodjaeva M.M. va boshqalar. Audit. O’quv qo’llanma.-T.: 2004. 68 b.
Bankdagi valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni tekshirish mobaynida auditor quyidagilarga alohida e'tibor qaratishi lozim (9.2-jadval).
9.2-jadval Valuta schyoti bo`yicha muomalalarni tekshirishdagi auditorlik muolajalari
-
№
|
Auditorlik muolajalari
|
1.
|
Joriy valuta muomalalari va kapitalning harakati bilan bog`liq valuta muomalalari huquqiy
rejimiga rioya qilinishini tekshirish
|
2.
|
Valuta muomalalarini amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining litsenziyasiga ega bo`lgan, vakolatli banklar orqali valuta muomalalarini amalga
oshirishni tekshirish
|
3.
|
Vakolatli banklarda ayrim valuta muomalalarini amalga oshirish uchun O`zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnomalar va litsenziyalarning mavjudligini tekshirish.
|
4.
|
Yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud bo`lgan, legal kelib chiqishga ega valuta mablag`lari chegarasida chet el valutasidagi hisob-kitoblarni amalga
oshirilganligini tekshirish
|
Valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham har bir valuta schyoti bo`yicha amalga oshiriladi.
Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, agar O`zbekiston korxonasining xorijiy bankda, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo`yicha ochilgan schyoti bo`lsa, bu litsenziya unga valuta tushumini qabul qilish uchun asos bo`la olmaydi. Shuning uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy bankdagi schyotga valutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo`lishi lozim.
Audit jarayonida, rezident bo`lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valuta tushumi qabul qilinishining to`liqligi va to`g`piligini tekshirishda, auditor vakolatli banklardagi ularning valuta schyotlari bo`yicha quyidagilarni aniqlashi kerak:
tashkilot valuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini qoniqtirish hisobiga jarima to`lash yoki zararlarni qoplash, ya'ni o`zaro talablarni hisobga olish to`g`risidagi talablarni;
eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish mobaynida ham o`zaro qarz surishish hollariga yo`l qo`yilmaganligi;
O`zbekiston Respublikasiga o`tkazilishi lozim bo`lgan va xorijdagi rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o`tgan tushumdan to`lovlar amalga oshirilmaganligini.
|
| |