|
MAVZU. PUL MABLAG’LARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBI
|
bet | 112/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditMAVZU. PUL MABLAG’LARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBI
Auditning maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari
Kassa muomalalarini yuritish O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 1998 - yil 24 - yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidaga muvofiq, barcha yuridik shaxslar, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o`zlarining pul mablag`larini bank muassasalarida saqlashlari shart.
«Yuridik shaxslar o`rtasidagi hisob-kitoblar hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar bank muassasalari orqali faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pullar qanday maqsadlar uchun olingan bo`lsa, faqat shunga sarflanadi.
Tashkilotlar o`z kassasida kassadagi naqd pullar qoldig`i limitlari doirasida naqd pullarga ega bo`lishlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldig`i limitlari va tushumni ishlatish me'yorlarini bank muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda belgilaydi. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari bundan mustasno.
Zarur bo`lgan hollarda ko`rsatilgan limitlar qayta ko`rib chiqilishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar savdo va maishiy xizmatlar sohasi tashkilotlarining tushumdan ish haqi, pensiya va nafaqalar to`lashga foydalanishlari man etiladi»1.
Kassa muomalalarini yuritish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o`zi qabul qilib olgan pul va boshqa boyliklarni but saqlashi uchun to`liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.
Pul mablag`larini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishning asosiy maqsadi: korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valutadagi (5020) naqd pul mablag`larini, bankdagi hisob-kitob (5110), valuta (5200) schyotlari va boshqa maxsus (5500), pul ekvivalentlari (5610) hamda yo`ldagi pul (o`tkazmalari) mablag`lari (5710) schyotlariga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag`lari» bo`limi bo`yicha ma'lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag`larini hisobga olish uslubiyotining O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiqliligi to`g`risida xulosa bildirish, ularni saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirilishi hamda qonuniyligini ta'minlashdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
1 «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari». O’zR markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998-yil 24-yanvarda 376-son (1/16-son bayonnoma) bilan tasdiqlangan. Mazkur qoidalarga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan: O’zR AV 30.07.1999 y. 565-1-son bilan ro’yxatga olingan 1-son qo’shimcha, O’zR AV 14.12.1999 y. 565-2-son bilan ro’yxatga olingan 2-son qo’shimcha, O’zR AV 31.07. 2000 y. 565-3-son bilan ro’yxatga olingan 3-son o’zgartish va qo’shimchalar, O’zR AV 03.04.2003 y. 565-4-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MBB qarori, O’zR AV 05.03.2004 y. 565-5-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MBB qarori.
inventarizatsiya o`tkazish yo`li bilan kassadagi mavjud pul mablag`lari, qimmatli qog`ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig`ini aniqlash;
kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari» ga rioya qilinayotganligini aniqlash;
bank muassasasidagi hisob-kitob, valuta va boshqa maxsus schyotlar bo`yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish;
o`tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa qilish.
Fanga oid o`quv adabiyotida pul mablag`lari auditorlik tekshiruvini o`tkazishning maqsadi quyidagicha ifodalangan:
«Tekshiruvning asosiy maqsadi - pul mablag`lari oqimini aks etuvchi schyotlarda amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, ishonchliligi va xojalikni samarali yuritish maqsadlariga muvofiqligini aniqlashdir.
Tekshirish maqsadlari va foydalanadigan ma'lumot manbalari pul mablag`lari turlaridan kelib chiqqan holda farqlanadi. Chunonchi, kassa operatsiyalari auditi o`tkazilganda tekshiruv maqsadi quyidagilarga rioya qilinganligini aniqlashdan iborat:
naqd pul va boshqa boyliklar kassada but saqlanishi, ularni bankdan olib kelishda saqlash sharoitlari;
chek daftarchalari belgilangan tartibda saqlanishi, chekdan ko`chirmalar va ular bo`yicha pul olish tartibi;
kassaga pul kirim qilish va undan pul berish operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish qoidalari;
kassada naqd pul limit chegarasida saqlanishi hamda xizmat safarlari, xojalik xarajatlari va boshqa ehtiyojlar uchun hisobotli pul berilishi;
banklardan, yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pul va tushumlar o`z vaqtida va to`liq kirim kilinishi;
kassa operatsiyalarini amalga oshirishda kassa intizomiga rioya qilinishi;
kassa operatsiyalari hisobi va kassa daftarini yuritish, kassada saqlanayotgan boshqa boyliklar bo`yicha tahliliy hisob daftarlari yuritilishi;
jo`natilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) va boshqa moddiy boyliklar uchun yuridik shaxslar bilan naqd pul orqali hisob-kitob qilish tartibi;
banklardan chek orqali olingan naqd pul maqsadga muvofiq ishlatilishi;
ish kuni yakunlangandan keyin limitdan ortiq bo`lgan naqd pul banklarga to`liq qaytarilishi;
ishonch qog`ozlari rasmiylashtirilmasdan turib begona shaxslarga naqd pul berish holatlari mavjudligi.
Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma'lumot manbasi quyidagilar hisoblanadi:
naqd pullarni kirim qilish va berish bo`yicha dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO-1, KO-2);
kassa daftari (KO-4 shakli), kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro`yxatga olish daftari (KO-3, KO-Za);
kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar;
5010 - «Milliy valutadagi pul mablag`lari», 5110 - «Hisob-kitob schyoti», 5610 - «Pul ekvivalentlari» (turlari bo`yicha), schyotlari, 006 - «Qat'iy hisobot
blankalari» balansdan tashqari schyoti va boshqa hisob-kitob schyotlari bilan korrespondentlangan schyotlar bo`yicha hisob registrlari, balanslar va boshqa hisobot shakllari»1.
Yana bir guruh olimlarning fikrlariga ko`ra, ushbu muomala bo`yicha auditning birinchi galdagi vazifasi quyidagicha, «Kassada amalga oshirilgan xojalik operatsiyalari audit nazoratida birinchi bajariladigan vazifa kassadagi naqd pullar holatini nazorat o`tkazilayotgan kun holatiga dalolatnoma bilan rasmiylashtirishdir. Kassadagi pul mablag`larining audit uchun asosiy manba bo`lib kirim-chiqim kassa orderlari, kassa kirim-chiqim orderlarini ro`yxatga olish daftari, kassa daftari, kassir hisoboti sanaladi».
Kassadagi pul mablag`larini hisobga olish audit obyektini quyidagi 9.1- jadval ma'lumotlari asosida guruhlashtirish mumkin.
9.1-jadval Kassadagi pul mablag`lari hisobiga oid muomalalarni audit obyektlari
-
Ko`rsatkichlar nomi
|
Schyotla r raqami
|
Moliyaviy hisobot shakllaridagi
ko`rsatkichlar
|
1-shakl
|
4-shakl
|
Satr
raqami
|
Satr
raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Kassadagi pul mablag`lari
|
5000
|
330
|
010-240
|
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`lari
|
5100
|
340
|
010-240
|
Chet el valutasidagi pul mablag`lari
|
5200
|
350
|
250-280
|
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag`lari
|
5500
|
360
|
|
Pul ekvivalentlari
|
5600
|
360
|
|
Yo`ldagi pul mabalag` (o`tkazma) lari
|
5700
|
360
|
|
Xulosa qilib aytganda, auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablag`lari va kassa muomalalarini hujjatli tekshirishni boshlashdan oldin, odatda, kassadagi naqd pullar, qimmatli qog`ozlar va qat'iy hisobot blanklarini inventarizatsiyadan o`tkazishlari shart. Bunda pul mablag`larini hisobga olishga doir respublikamizdagi qonunlar va me'yoriy hujjatlarga asoslanish zarur.
|
| |