• Auditorning xulosalari va qarorlari
  • Ni­zom ishlab chiqilmagan va tasdiqlanmagan N 2
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet109/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    T/ r.

    Savol mazmuni yoki o’rganilayotgan ob’ekt

    Javob mazmuni (tekshiruv natijasi)



    Bel- gi

    Auditorning xulosalari va
    qarorlari




    1

    2

    3

    4

    5




    A. Ichki nazorat




    1

    Xodimlar jadvali tasdiqlanganmi va unga rioya etiladimi?

    Xodimlar jadvali xar yili bir marotaba qaytadan ko’rib chiqiladi

    N2

    Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo’lishi mumkin




    2

    Xar bir xodimga shaxsiy
    varaqalar yuritilganmi?

    Xa, yuritilgan

    N4

    Nazorat etarli
    darajada




    3

    Ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish
    to’grisidagi buyruqlar o’z
    vaqtida qabul qilinadimi?

    Buyruqlar o’z vaqtida va to’gri qabul qilinadi

    N4

    Nazorat etarli darajada




    4

    Xodimlar bo’limi tomonidan tasdiqlangan ishbay xaqlar va ta­rif stavkalar
    qo’llaniladimi?

    Xodimlar bo’limi tomonidan bir yilda kamida bir marotaba tanlab olib nazorat amalga oshiriladi

    N2

    Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo’lishi mumkin

    5


    Ish xaqidan ushlab qolishlar tekshiriladimi?

    Bir yilda kamida bir marotaba tan­lab olib nazorat amalga
    oshiriladi

    N2

    Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo’lishi mumkin

    6

    Soliqlar bo’yicha xisoblar ijtimoiy sugurta, soliq idorala­ri tomonidan
    tekshirilganmi?

    Hisobot yilida tekshiruv o’tkazilmagan

    N2

    Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo’lishi mumkin

    7


    Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari to’gri raqamlanganmi?

    Ketma-ket raqamlash
    qo’llaniladi

    N4

    Nazorat etarli darajada


    8

    Mukofotlar, mehnat ta’tili, kassalik varaqalari va boshqa-larni xisoblash
    tartibiga rioya qilinadimi?

    Rioya qilinadi, lekin korxonada to’lovlar tartibi to’grisida ichki Ni­zom ishlab chiqilmagan va
    tasdiqlanmagan

    N2

    Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo’lishi mumkin

    9


    Ish xaqi va boshqa to’lovlar o’z vaqtida to’lanmagan xolatlari bo’lganmi?

    Ha, bo’lgan

    N2

    Sabablarini aniqlash lozim

    10


    Ish haqini tayyor
    mahsulotlar bilan to’lash holatlari bo’lganmi?

    Ha, bo’lgan

    N2

    Ha, bo’lgan

    11

    Ish haqini tayyor
    mahsulotlar bilan to’lash holatlari bo’lganmi?

    Ha, bo’lgan

    N2

    Ha, bo’lgan




    12

    Ish haqini xisoblash bo’yicha dastlabki xujjatlar, taxliliy va sintetik xisob
    ma’lumotlari
    solishtiriladimi?

    Chorak oxirida tan­lab olib tekshiriladi

    Nz

    Tanlab olib tekshiruv o’tkazish lozim






    Izoh . N1-past daraja; N2-o’rtachadan past; Nz-o’rtacha; N4-yuqori.

    Test savolnomalariga javob olingandan keyin, auditor tekshiruv dasturini ishlab chiqadi va unga muvofiq xodimlar bilan hisob-kitoblarning har bir turi bo’yicha auditorlik tekshiruvini o’tkazadi.





    T.r.

    Muolajalar ro’yxati

    Ma’lumotlar manbasi

    1

    2

    3

    1

    Ishbay ishlovchi xodimlar ish maxsuli xisobining tashkil etilishi va nazorati xamda ish xaqi
    xisoblanishini tekshirish

    Naryadlar, marshrut varaqalari, tabellar,
    ish maxsuli me’yorlari, ishbay xaqlar

    2

    Vaqtbay va boshqa haq to’lash
    turlari bo’yicha xisoblarni
    tekshirish

    Tasdiqlangan tarif stavkalari, lavozim
    maoshlari, tabellar

    3

    Ish xaqidan ushlab qolishlar
    bo’yicha xisoblarni tekshirish

    Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari, jurnal-
    orderlar, buyruqlar va boshqalar

    4

    Xodimlar bo’yicha taxliliy xisob yuritilishini tekshirish

    Shaxsiy xisobvaraqlar, qaydnomalar, mashinogrammalar






    5

    Ijtimoyi ehtiyojlar bo’yicha
    to’lovlar to’g’ri
    hisoblanganligini tekshirish

    To’lov qaydnomalari, yoritib yozishlar,
    mashinogrammalar







    6


    Ish haqi bo’yicha deponentlangan summalarni
    tekshirish

    Deponent varaqlari, deponentlangan ish xaqini o’z xisobga olish daftari







    • Vaqtbay mehnatga haq to’lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to’g’ri qo’llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to’g’risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo’yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga uydirma (soxta) shaxslar kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo’yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini xodimlar bo’limidagi shaxsiy tarkibni hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo’yicha avval to’langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaxslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.

    • Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibida bo’lmagan va qisqa muddat ishlagan shaxslarga yozilgan naryadlar hamda sifatsiz ishlarni, yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo’yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisoblar to’g’riligiga katta e’tibor qaratiladi.

    • Auditorlik tekshiruvi vaqtida xodimlarni rag’batlantirishga qaratilgan turli to’lovlar, ya’ni: ma’lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko’ra mukofotlar, tovon tavsifidagi ish vaqtidan

      • tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo’shimcha to’lov va ustama haqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta’tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to’lovlar hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganiga alohida e’tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korxonada ichki moddiy

    rag’batlantirish va turli qo’shimcha to’lovlar va mukofotlarni hisoblash to’g’risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug’i bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to’g’risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo’lishi lozim.

      • o’rtacha ish haqiga asoslangan hisoblar to’g’riligini tekshirganda o’rtacha ish haqi to’g’ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish kerak. Aniqlangan kamchilik va xatolar bo’yicha buxgalter tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim.

      • Ish haqidan daromad solig’i to’g’ri ushlab qolinganligi, ijro varaqalari bo’yicha chegirmalar, nafaqa jamg’armasiga ajratmalar, hisobdor summalar bo’yicha qarzlar, moddiy zararni qoplash bo’yicha to’lovlar, olingan ssudalar bo’yicha to’lovlar, kreditga olingan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari, shaxsiy sug’urta shartnomalari bo’yicha to’lovlar, xodimning arizasiga muvofiq jamg’arma banklarga o’tkaziladigan summalar tekshiriladi.


    • Ish haqidan chegirmalar to’g’riligi tekshirilganda ular hujjatli ravishda asoslanganligi va qonuniyligi, ushlab qolingan summalar o’z vaqtida maqsadga muvofiq o’tkazilganligi aniqlanadi. Bundan tashqari, barcha chegirmalarning umumiy summasi bir oylik ish haqining 50% miqdoridan yuqori bo’lmasligini unutmaslik kerak.

    • Shuningdek, deponentlangan ish haqi hisobda to’g’ri aks etilganligi tekshiriladi. Ish haqini deponentlash xodim betob yoki u xizmat safarida

    bo’lganida amalga oshiriladi. Deponent qarzlari haqiqatda vujudga kelganligi va qonuniy ravishda hisobdan chiqarilganligini tekshirish uchun deponentlangan summalarni tegishli davr bo’yicha hisob-kitob-to’lov qaydnomalari bilan solishtirish, turli hujjatlardagi (chiqim kassa orderlari, to’lov qaydnomalari, arizalar va boshqalar) deponentning imzolarini bir biriga solishtirish lozim.
    Deponentlangan ish haqi hisob-kitob hisobvarag’idan o’tkazilganda esa,
    oluvchilarning manzillari to’g’ri ko’rsatilganligini aniqlash kerak.

    • Amaliyotda oluvchilarning uy manzillari ataylab noto’g’ri ko’rsatilishi, buning natijasida qaytarilgan o’tkazmalar korxona kassasiga kirim qilinmaganligi, shuningdek, xodimlarga bajarilmagan ishlar uchun ish haqi hisoblab ularni deponentlash yo’li bilan kassir tomonidan hzlashtirish hollari ham uchraydi.

    • Auditorlik tekshiruvi jarayonida ish haqi hisoblanishi va hisob registrlarida ko’rsatilgan ish haqidan chegirmalar bo’yicha hisobvaraqlar to’g’ri korrespondentlanganligini aniqlash lozim. Buning uchun xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisobvaraqlari ma’lumotlari asosida ish haqi bo’yicha

    yig’ma hisoblar tekshiriladi. Hisob jurnal-order shaklida olib borilganda xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisobvaraqlarining kredit bo’yicha oboroti 10 va 10/1-sonli jurnal-order ma’lumotlari bilan, ushbu hisobvaraq bo’yicha debet ma’lumotlari esa - 1, 2, 8-sonli jurnal-order ma’lumotlari bilan solishtiriladi.

    • Ma’lum bir sanaga ish haqi bo’yicha tahliliy hisob ma’lumotlarlari Bosh kitob va buxgalteriya balansidagi xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisobvarag’ining sintetik hisobi ma’lumotlarlari bilan muvofiqligi aniqlanadi. Buning uchun oyning 1-sanasiga xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisobvarag’ining qoldig’i hisob-kitob-to’lov qaydnomasining yakuniy summalari bilan solishtiriladi. Tafovutlar paydo bo’lsa ularning sabablari aniqlanadi. Ish haqi jamg’armasidan turli to’lovlar va chegirmalarni chiqarib tashlash yo’li bilan pul xarajatlarini yashirib ko’rsatish, bo’naklarni to’liq ushlab qolmaslik, pul hujjatlarini qaytadan hisobdan chiqarish va ular


    • bo’yicha to’lovlarni xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisobvarag’ining debetiga o’tkazish, bir hisob-kitob qaydnomasidan qoldiqni ikkinchisiga ko’chirishda debitorlik qarzni kamaytirib yoki kreditorlik qarzni

    ko’paytirib ko’rsatish, hisob qarovsiz qoldirilganligi yuqorida qayd etilganlarning asosiy sabablaridir.

    • Auditorlik tekshiruvi vaqtida aniqlangan xato va kamchiliklar, talablariga rioya qilinmagan me’yoriy hujjatlar ko’rsatilgan va hisobotning ko’rsatkichlariga miqdoriy ta’siri aniqlangan holda, auditorning ishchi hujjatlarida qayd etiladi.


    • Download 13,28 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   211




    Download 13,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy audit

    Download 13,28 Mb.